Olim

AIMBETOV NAGʻMET QALLIEVICH

Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, O‘zRFA akademigi

Nagʻmet Aimbetov 1992-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining “Faxriy Yorligʻi”, 2001, 2006, 2011, 2016, 2021-yillarda “Oʻzbekiston Mustaqilligiga 10, 15, 20, 25, 30-yil” esdalik nishonlari, 2012-yilda “Doʻstlik Ordeni”, 2009-yilda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi”, 2010-yilda Yevropa ilmiy-sanoat palatasining medali, 2023-yilda ardoqli nuroniy koʻkrak nishoni mukofotlari bilan taqdirlangan. Ikki marta OʻzR Oliy Majlisi Senati a’zosi boʻlib saylangan (2004-2009, 2010-2014).



N.Aimbetov 1955-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan, ma’lumoti oliy, 1977-yilda Toshkent davlat universitetining “Amaliy matematika va mexanika” fakultetini amaliy matematika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.



U 1979-1982-yillarda Ukraina Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining  aspiranturasini tugatgan.



Iqtisodiyot fanlari doktori (2000), professor (2007), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (2017).



U 170 ga yaqin ortiq ilmiy ishlar (jumladan mustaqillik yillarida 85 ta, xorijda - 31 ta), 5 ta monografiya va 4 ta oʻquvlik muallifi.



N.Aimbetovning asosiy ilmiy yoʻnalishi – Qoraqalpogʻistondagi ustuvor ilmiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan Janubiy Orolboʻyi ekologik muammolarining ijtimoiy-iqtisodiy aspektlarini, ya’ni mintaqaviy ekologik-iqtisodiy muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan. Orolboʻyi mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ilmiy asoslarini yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Muntazam ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda. Jumladan, bevosita uning ishtirokida “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish”, “Bandlik”, Qoraqalpogʻiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining prognozi” dasturlari ishlab chiqilgan. U tomondan Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlarining ijtimoiy va ekologik tansiqligi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy rivojining konsepsiyasi ishlab chiqildi. 



Qoraqalpogʻiston mintaqasida joylashgan Tebinbuloq titan-magnetit temir koni negizida (Sultanuvays tepaligi, Qoraoʻzak tumani) metallurgiya kombinatini barpo etish gʻoyasini olib chiqa oldi. Ushbu gʻoyani N.Aimbetov oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi boʻlgan davrida 2007-yili koʻtargan. Tegishlicha oʻz biznes-planini tavsiya etgan. Ayni paytda Qoraqalpogʻistonda birinchi (Oʻzbekistonda ikkinchi) boʻlgan metallurgiya majmuasining barpo etilishi boʻyicha ishlar boshlanib ketdi.



Qoraqalpogʻistonda mahalliy qazilmalardan foydalanishda N.Aimbetovning xizmatlari katta. Qoraqalpogʻiston mintaqasining mamlakatimizda mahalliy mineral zaxiralari boʻyicha katta imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum. Ularning orasida tarkibida baholi glaukonit minerallari mavjudligi e’tiborga loyiqdir. 



Mineralning ushbu turi 20-asrning oʻrtalarida dunyo olimlari tomonidan ochilgan va hozirda dunyoning AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va hk. singari rivojlangan davlatlarda kengdan foydalanilmoqda.



Ammo MDH davlatlarida yaqin davrlargacha oʻzining rivojini topa olmagan edi. Lekin soʻngi davrlarda ushbu mineralning xususiyatlari kengroq ochilishi bilan u Rossiyada va Ukrainada oʻzining bir qator yoʻnalishlarda sanoat darajasida faol foydalanilmoqda, jumladan suvni tozalashda, tuproqni tiklashda va h. Oʻzining xosiyatlari boʻyicha ushbu mineral keng qirrali foydalanuvchi mineral hisoblanadi.



Shunday qilib oʻzining xosiyatlariga koʻra u universal tabiiy minerallar qatoriga kiradi. Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki glaukonit oʻndan ziyod tarmoqlarda foydalaniladi. Ularning eng asosiylari oqava suvlarini va har xil sanoat chiqindilaridan tozalaydi, suvni neft qoldiqlaridan, qishloq xoʻjaligida erlarni har xil shoʻrlanishdan tozalaydi, qishloq xoʻjaligi hayvonotlarini har xil ozuqalar bilan boyitadi va hk.



N.Aimbetovning eng aktual takliflaridan biri bu – Qoraqalpogʻistonning shimoliy zonalarida joylashgan tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasidir. Uning takliflariga boʻla ushbu mintaqalar tabiiy xomashyolarga boydir.



Oʻzbekistonda mintaqalarning rivojlanishi mamlakatimizda barqaror rivojlanishning muhim faktori hisoblanadi. N.Aimbetovning taklif etgan konsepsiyasi quyidagicha.



Ustyurt platosi va Sultanuvays tepaliklaridan boshqa Qoraqalpogʻistonda mineral resurslarga boy boʻlgan boshqa mintaqalar ham mavjuddir. 



Ularning qatoriga Orol dengizining gʻarbi va janubida joylashgan erlardagi qazilmalar, shuningdek Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Chimboy, Kegeyli va Qoraoʻzak tumanlarining shimoliy boʻlimiga qarashli yerlardir.



Umumma’lum boʻlgan Orol fojiasi Moʻynoq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga juda katta zarar koʻrsatdi. Shuning bilan birga Orol dengizining qurib qolgan tubida katta masshtablarda urugʻlash ishlari avj olmoqda.



Moʻynoq tumani oʻzining maydoni boʻyicha juda kengdir. Tuman Orol dengizining asosiy maydonini egallaydi va shuningdek Amudaryo deltasining ikki yoqasida joylashgan. Aholisining eng zich joylashgan punktlar bu – Moʻynoq shahri va Kazaxdarya posyolkasidir. Ushbu aholi yashaydigan tumanning eng katta punktlari oʻz-aro transport yoʻli bilan bogʻlanmagan.



Agarda tumanda mineral-xomashyoga boy boʻlgan Beltau, Kushkanatau, Porlitau, Akkala va h. tepaliklarini nazarda tutatigan boʻlsak, ulardan foydalanish uchun bu erlar tegishlicha transport ta'minotiga muhtojdir. Qoraqalpogʻistondagi mavjud temir yoʻllar bu erlarni qoplamagan. Shu sababli Chimboy tumanining markazidan Taxtako‘pir tumanining markaziga temir yoʻl tortilib, undan Beltau, Porlitau, Kushkanataudan Kazaxdarya posyolkasigacha davom ettirish taklif etiladi.



Amudaryoning ikki sohilida ikkita suv havzalari mavjud – “Mejdurechche” (daryoning chap sohilida) va “Maypost” (daryoning oʻng sohilida). Ushbu ikkita suv havzalarini biriktirib uning ustidan suv qurilmasini yaratish taklif etiladi. Ushbu suv qurilmasi ustidan temir yoʻl oʻtkazilib uni Uchsay posyolkasi, Sudoche koʻli yonidan oʻtib, Ustyurt platosidagi Amudaryo zakaznigidan  oʻtib temir yoʻlni Qoʻngʻirot-Beyneoʻ temir yoʻl magistraliga ulash taklif etiladi. Bunday holda temir yoʻlning uzunligi 300 km chamasida boʻladi.



Ushbu takliflar amalga oshirilsa agar, qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar oʻz yechimini topar edi.



N.Aimbetov ayni paytda «Noaniqlik sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning moslashuvining nazariy-konseptual asoslari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida)» fundamental loyihasiga rahbarlik qilib kelmoqda.



Xalqaro loyihalar doirasidagi ilmiy faoliyati. “Sudoche koʻlining suvli-botqoqlik erlarini tiklash” xalqaro loyihasining “Ijtimoiy - iqtisodiy monitoringi” komponentiga rahbarlik qildi (1995-2002). Qoraqalpogʻistondagi “Bosh Janubiy Kollektori” xalqaro loyihasining “Ijtimoiy-iqtisodiy monitoringi” komponentiga rahbarlik qildi (2006-2009).



Ayni paytda PROON loyihasi doirasida tuproqlarning shoʻrlanishini oldini olish yoʻnalishida glaukonit minerallaridan foydalanish yuzasidan ishlar olib bormoqda. Uning ilmiy ishlarida asosan Orol dengizining qurishi natijasida vujudga kelgan ekologik faktorlar inobatga olinadi. Koʻp yillik tadqiqotlaridan kelib chiqib olim tomonidan “ekonologiya” tushunchasi kiritilgan.



Xalqaro konferensiyalardagi ishtiroklari. “Markaziy Osiyoning Orol dengizi mintaqasidagi ekologik muammolar” (London, 1990); “Ekologik inqiroz sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar” (1994, San-Diego, AQSh) seminarlarida oʻz ma’ruzalari bilan chiqishlar qilgan.



1995-yili Nukus shahrida “Orol boʻyining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari” mavzusida xalqaro konferensiyasini tashkil etgan. “Olimlar Markaziy Yevroosiyodagi suv muammolari haqida” mavzusidagi XI-ilmiy konferensiyasida ma'ruza bilan chiqdi (2004 g., Blyumington, AQSh). 2006-yilda “Janubiy Orolboʻyi biologik resurslarini asrash” mavzusidagi birinchi xalqaro konferensiyasi tashkil etgan. Ushbu konferensiya har ikki yilda muntazam ravishda oʻtkizilib kelinmoqda.



2019-yili hamrais sifatida Xitoy Xalq Respublikasi Akademiyasining Markaziy Osiyoning ekologiya va atrof muhit ilmiy-tadqiqot markazi va Sinszyan ekologiya va geografiya instituti bilan hamkorlikda Xalqaro konferensiyasini tashkil etdi. Ushbu konferensiyaning qaroriga koʻra Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti tarkibidagi Moʻynoq xalqaro biostansiyasida meteostansiya barpo etish boʻyicha taklif kiritildi va bugunda ushbu meteostansiya qurib bitkazildi.



Jamoatchilik faoliyati. Toʻrt marta deputat boʻlib saylangan: Nukus shahar kengashi (1987-1990), Moʻynoq tumani kengashi (2004-2009, 2010-2014, 2015-2019). Ikki marta OʻzR Oliy Majlisi Senatining a'zosi (2005-2009; 2010-2014).



Qoraqalpogʻiston Respublikasi rahbariyati oldida OʻzR Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining fundamental kutubxonasida saqlanayotgan Qoraqalpoq folklorining noyob qoʻlyozmalari negizida Qoraqalpoq folklorining koʻp jildligini nashr etilishini masala etib qoʻygan. Bugungi kunga kelib ushbu koʻp jildlikning 106 tomi nashr etildi.



2004-yildan «OʻzR Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi axborotnomasi» jurnalining bosh muharriri, «Markaziy Osiyo iqtisodiyoti» jurnalining tahririyati a’zosi.



Kadrlar tayyorlashdagi salohiyati. Fan doktorlari – toʻrtta, fan nomzodlari va PhD – toʻqqizta. Hozirgi davrda uchta doktorantga (DSc) ilmiy maslahatchi va toʻrtta bazaviy doktorantga (PhD) ilmiy rahbarlik qilmoqda.