Zaxiradagi polkovnik, yuridik fanlari doktori, professor, Ahmedova Soraxon Tolipjanovna 1981-yildan “Militsiya a’lochisi”, 2020-yili “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faxriysi”, 2023-yildan esa “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” koʻkrak nishonlari sohibasi.
Shu bilan birga Soraxon Tolipjanovna Ahmedova 2006-yili “Mustaqillikning 15 yilligi” esdalik nishoni, 2021-yili “Mustaqillikning 30 yilligi” esdalik nishoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-mart kundagi farmoni bilan “Sogʻlom avlod uchun” 11-darajali ordeni bilan taqdirlangan.
Umumiy mehnat staji 55 yilni tashkil etadi. U mustaqil ish faoliyatini rasmiy 15 yoshidan boshlagan boʻlib 08.1970-09.1972-yillarda Fargʻona viloyati, Quva tumani, mashina hisoblash stansiyasining operatori shogirdi, soʻng operator, katta operatori; 09.1972-09.1973-y. Fargʻona viloyati Kuva tuman ichki ishlar boʻlimi kanselyariyasining ish yurituvchisi (erkin yollangan lavozimda), 09.1973-09.1975-y. Fargʻona viloyati, Quva tumanidagi 16-sonli oʻrta maktabning rus tili oʻqituvchisi lavozimlarida ishlagan.
Soraxon Ahmedovaning Ichki ishlar organlaridagi umumiy ish staji esa 50 yilni tashkil etadi. U 1975-yildan 2014-yil may oyiga qadar shaxodatlangan lavozimlarda va iste’foga chiqqandan soʻng ham IIV Akademiyasida erkin yollangan professor lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
U oddiy, voyaga etmaganlar boʻyicha inspektori lavozimidan – “kichik leytenant” unvonidan boshlab turli boshliqlik lavozimlarida “polkovnik”lik unvonigacha boʻlgan yoʻlni mardonavor bosib oʻtgan.
S.Axmedova Moskva shahridagi sobiq SSSR IIV Akademiyasi (adyunkturasini) bitirgan birinchi va bugungi kungacha yagona oʻzbek ayoli.
Shu bilan birga 2004-2009-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi a’zosi boʻlib faoliyatni amalga oshirgan, ilk bor va hozirgacha u bosib oʻtgan yoʻlni hech kim takrorlamagan yagona Ichki ishlar tizimidan chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi boʻlgan ayol xodima hamdir.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tarixida ham ayol kishidan chiqqan birinchi kafedra boshligʻi, ya’ni (1996-2000 y.) maxsus fanlar boʻyicha - mutaxassislik fanlari kafedrasining, ya’ni Ichki ishlar organlarida borshqaruvni tashkil etish kafedrasining birinchi boshligʻi boʻlib xizmat qilgan birinchi ayol kishidan chiqqan boshliq xodimadir.
Ilgari bunday kafedra Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tizimidagi oʻquv yurtlarida boʻlmagan, uni yaratilishiga sababchilardan ham biri S.T. Axmedova oʻzi boʻlgan va kafedrani yoʻqdan bor qilganlardan ham biri boʻlgan, chunki ilk bor barcha oʻquv metodik materiallarini u oʻzi yozib, mashinkada pechat qilib (unda kompyuterlar boʻlmagan), jumladan fan dasturidan tortib, fond ma’ruzalariyu, xatto «Ichki ishlar organlarida boshqaruvni tashkil etish asoslari» darsligini chop etishgacha boʻlgan ishni shaxsan oʻzi amalga oshirgan, bu juda katta ogʻir mehnatni talab etishiga qaramaksdan, u peshona teri bilan kechayu-kunduz mehnat qilib ushbu kafedraning barcha oʻquv bazasini (ikkala tilda!) qisqa muddatda oʻzi yaratgan xodimadir.
U 1988-yili Moskva shahridagi sobiq SSSR IIV Akademiyasi adyunkturasi kunduzgi boʻlimidagi oʻqishni tamomlab, muvaffaqiyatli nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan boʻlib, Sobiq SSSR Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan 3 noyabr 1988-yilda “yuridik fanlar nomzodi” ilmiy darajasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan 25-yanvar 1996 yilda “dosent” ilmiy unvoni, 2018-yilda “yuridik fanlar doktori” (DSc) ilmiy darajasi va 2020-yilda “professor” ilmiy unvoni berilgan.
Koʻp yillar S.T. Axmedova xorijiy jurnallarda tahrir hay’ati a’zosi boʻlib kelmoqda, jumladan 2019-2023-y.y. “of Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences” xalqaro elektron jurnalining tahrir hay’ati a’zosi boʻlib kelgan. Hozirgi kunda Germaniyaning International Bulletin of Applied Sciences and Technology xalqaro elektron jurnalining tahrir hay’ati a’zosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining «Huquqiy Olam» (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Huquqiy olam ilmiy-amaliy jurnali) ilmiy-amaliy jurnalining tahrir hay’ati a’zosi boʻlib kelmoqda.
Soraxon Axmedova 150 dan ortiq ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar muallifi, shundan 13 darslik va 8 oʻquv qoʻllanmalar, 5 ta monografiya. Hammualliflikda rus va uzbek tillarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va Ma’muriy javobgarolik toʻgʻrisidagi kodeksiga sharxlar tayyorlagan, undan xozirgacha koʻplab kursant va tinglovchi hamda mustaqil izlanuvchi va professor-oʻqituvchilar ham foydalanib kelmoqda. Shu bilan birga u Mustaqil O‘zbekistonning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining ilk loyihasini tayyorlashda faol ishtirok etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks loyihasini nafaqat tayyorlashda (1992-1994y.) soʻng (ayniqsa 1996- 2000 yillarda va keyin 2004-2014 yillarda ham) unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan xizmat yillari davomida koʻplab ishchi guruh a’zosi boʻlib ishtirok etib oʻz xissasini qoʻshib kelgan.
Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati, jamoat xavfsizligini ta’minlash va kuch-vositalarni boshqarish hamda profilaktika xizmati faoliyatini tashkil etish sohasidagi faoliyatini isloh qilish va tartibga solishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, Hukumat qarori va IIVning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ekspert sifatida faol ishtirok etgan.
S.T.Ahmedovaning ilmiy tadqiqotlari va ta’lim sohasidagi faoliyati xalqaro miqyosda ham tan olingan. U 2011-yili davlat delegasiyasi tarkibida Germaniyada safarda boʻlib, Gamburg oliy polisiya maktabining tinglovchilariga master klass ma’ruzasini oʻtkazgan. Uning ilmiy maqola, tezislari “Web of Science” xalqaro bazalari hamda xalqaro ilmiy toʻplanmalarda chop etilgan. Soʻngi yillar davomida koʻplab xorijiy davlatlarning xalqaro konferensiyalarida faol ishtirok etib ma’ruzalar oʻqiydi, jumladan Germaniya (Gamburg), Belorussiya (Minsk), Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg, Krasnodar, Ural, Moskva va boshqa IIV tizimlariga taluqli oʻquv yurtlari tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Soraxon Axmedova ichki ishlar tizimiga minglab professional, etuk kadrlarni tayyorlashda fidoiylik bilan xizmat qilmoqda, u samarali oʻqitish usullarini egallagan boʻlib, ma’ruza kurslari, seminar va amaliy mashgʻulotlarni zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda, yuqori oʻquv-uslubiy va ilmiy saviyada olib boradi.
U koʻplab xodimlarga ustoz va murabbiylik qilib kelmoqda. Uning ilmiy rahbarligida (rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti mavjudligidan boshlab hozirgi magistraturada) 100-dan oshiq magistrlik ishlarini yoqlagan bitiruvchilari bugungi kunda respublikamiz ichki ishlar tizimida turli rahbarlik lavozimlarida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va kurashish boʻyicha, jamoat tartibini ta’minlashda muvaffaqiyatli xizmat qilmoqdalar.
S.T. Axmedova murabbiylik qilgan shogirdlari esa nafaqat respublika ichki ishlar tizimida va koʻplab boshqa nufuzli davlat organlari tizimlarda ham fidoiy xizmat qilmoqdalar.
Shu bilan birga S.Axmedovaning ilmiy rahbarligida 3 ta yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori dissertasiyasini muvaffiqiyatli himoya etgan boʻlib ushbu yilda 4 ta mustaqil izlanuvchisi himoyaga chiqish arafasida.
Koʻp yillar davomida u Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash va Ilmiy seminarning a’zosi hamda Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi yopiq Ilmiy kengash va Ilmiy seminarning a’zosi boʻlib kelmoqda. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kriminologiya tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengashining Ilmiy seminar a’zosi.
S.Axmedova rahbarligida tayyorlangan xalqaro konkurslarda ishtirok etgan kursant va tinglovchilari esa Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini obroʻsini yuqori koʻtarib xalqaro konkurslarida gʻolib boʻlib 1 oʻrinni egallab kelishmoqdalar (jumladan: Umarov Amir 2022-2023-yili Rossiya Federasiyasini Uraldagi IIV Universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro konkursida, 2023-2024-oʻquv yilgi Rossiya Federasiyasi IIV tomonidan tashkil etilgan xalqaro konkursida Ermanova Elnura va boshqalar).
Professor Ahmedova Soraxon Tolipjаnovna Konstitusiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Ichki ishlar organlari ma’muriy faoliyati va Jamoat tartibini saqlash, Jamoat xavfsizligi asoslari va IIO da boshqaruvni tashkil etish fanlari sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida, milliy qonunchilikni rivojlantirish sohasida oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.
Oilada bir qizning onasi, ikki nabiraning mehribon buvijonisi. Yolgʻiz qizini ham oʻnta oʻgʻilning oʻrnini bosadigan, ziyoli inson qilib tarbiyalagan. U ham filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilishga ulgurgan, dosent, OʻzDJTU xalqaro jurnalistika kafedrasi dosenti.
Soraxon Axmedova oʻtgan yarim asr ichki ishlar tizimidagi mehnat faoliyati davomida ichki ishlar tizimiga minglab professional, etuk kadrlarni tayyorlashda fidoiylik bilan xizmat koʻrsatib kelgan va hamon ushbu sharafli yoʻlda faoliyatini samarali davom ettirmoqda.
Uning yaqinda nashrdan chiqqan o‘z hayotning haqiqiy voqealariga asoslangan insonni maqsad sari intilishga,o‘zida kuch topishga, xar qanday vaziyatda ham xaqiqiy inson bo‘lib qolishga chorlaydigan “O‘ksik dillar faryodi” nomli qissasi yoshlarga katta tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lib, ko‘plab kitobxonlar tomonidan zavq va qiziqish bilan kutib olindi.
Soraxon nafaqat oʻz shogirdlariga, bundan tashqari koʻplab kursant va tinglovchilarga ham, yosh oʻqituvchilar va barcha atrofdagilarga ham xizmat intizomiga amal qilishda, toʻgʻri soʻzligi, samimiyligi, mas’uliyatliligi hamda oʻz vatanparvarlik ruhi bilan shaxsiy oʻrnak, shaxsiy namuna boʻlib kelmoqda. Ayniqsa kursant qizlar va ayol xodimalar professor Soraxon Axmedovadek irodali, sabrli boʻlishni, har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladigan Inson boʻlishni va uningdek polkovnik darajasigacha oʻsishni hamda ichki ishlarda fidoyi xizmat qilishni orzu qilishadilar.