Olim

ABDURAXMONOVA MANZURA MANAFOVNA

Sotsiologiya fanlari doktori, professor

Professor Abduraxmonova Manzura  Manafovna 2009-yildan buyon Farg‘ona davlat universitetida  faoliyat ko‘rsatib, o‘zining pedagogik faoliyati davomida mamlakatimizda ijtimoiy fanlar rivojiga  munosib hissasini qo‘shib kelayotgan olimalardan biri hisoblanadi.



M.Abduraxmonova 1986-1988  -yillarda Farg‘ona  kooperativ texnikumining “tovarshunoslik va oziq-ovqat tovarlari bilan savdoni tashkil etish”, 1991-1996-yillar davomida  Samarqand kooperativ institutining “nooziq-ovqat  tovarlari tovarshunosligi” mutaxassisligi bo‘yicha  tahsil olgan. Tahsil olish bilan birgalikda 1987-1990-yillar davomida Farg‘ona shahar  komsomoli instruktori, 1990-1995-yillar davomida Farg‘ona shahar  Markaziy univermag tovarshunosi, 1995-2009-yillar davomida o‘zi tomonidan ta’sis etilgan “Mohlaroyim” firmasi rahbari, 2009-2016-yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti  iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, fan nomzodi (darajasi) va dotsent lavozimlarida, shuningdek, 2017-2022-yillar davomida Farg‘ona davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi mudiri va  bugungi kunda  professori lavozimida   faoliyat yuritib kelmoqda. Pedagogik faoliyat davomida оlima M.Abduraxmonova  2012-yil 13-iyul oyida 08.00.01 - “Kichik biznes va  xususiy tadbirkorlik  subyektlari faoliyatini  davlat tomonidan  qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish” mavzusida  nomzodlik dissertatsiyasini (PhD) Toshkent Moliya instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda muvaffaqiyatli   himoya qilgan  va O‘zbekiston   Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi  tomonidan  2012-yil 27-dekabr oyida  iqtisodiyot  fanlari  nomzodi ilmiy darajasini, keyinchalik esa dotsentlik ilmiy unvonini qo‘lga kiritadi.  Ushbu mashaqqatli yo‘lda unga ustozlari – iqtisodiyot fanlari doktorlari, professorlar Ahmadali G‘ofurov va Vaxabov Abduraxim Vasikovichlar  nazariy va amaliy  jihatdan qo’llab-quvvatlashib, yordam ko‘rsatadilar.



Shuningdek, 2023-yil iyul oyida “O‘zbekiston umumiy o‘rta ta'lim tizimida ijtimoiy ish faoliyatining shakllanishi” mavzusida  22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» ixtisosligi bo‘yicha sotsiologiya fanlaridan doktorlik (DSc)  dissertatsiya ishini himoya qiladi va ilmiy darajasini oladi. 2024-yilda professorlik unvoniga ega bo‘ladi.



Professor M.Abduraxmonovaning mamlakatimizda ijtimoiy fanlar taraqqiyotini rivojlantirishga  bo‘lgan sa’y-harakatlari natijasida Farg‘ona davlat universitetida mavjud bo‘lgan “Ijtimoiy ish”  kafedrasi tarkibida “Sotsiologiya” yo‘nalishi (hozirda alohida kafedra sifatida faoliyat yuritmoqda).



Ijtimoiy ish (fuqarolarni  o‘zini o‘zi boshqarish organlari) maxsus sirtqi yo‘nalishi, aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan “Sug‘urta” yo‘nalishi (hozirda iqtisodiyot fakultetida faoliyat yuritmoqda) kabi yo‘nalishlarini ochilishiga ta’lim va me’yoriy hujjatlar, ya’ni ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarni topib, tayyorlab berish orqali ko‘maklashadi va natijada Farg‘ona davlat universitetida yangi yo‘nalishlar tashkil topadi. Shuningdek, Ijtimoiy ish yo‘nalishini rivojlanishini  davom ettirish maqsadida Ijtimoiy ish kafedrasi tarkibida  magistratura mutaxassisligi   va   sotsiologiyaning  22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» ixtisosligi bo‘yicha doktorantura yo‘nalishlari shakllantiriladi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishlar nazariy va empirik tadqiqotlar uchun sifatli kadrlar tayyorlanishiga  xizmat qilmoqda. Olimani atrofi  shogirdlar bilan qamrab olingan.



Professor  M.Abduraxmonova kadrlar tayyorlashda nafaqat milliy darajada balki xalqaro darajada ham xizmat qilib kelmoqda. Olima Qozog‘iston Respublikasining  L. N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universitetida  universitet ilmiy kengash qaroriga asosan “8D031-Ijtimoiy fanlar” ixtisosligi bo‘yicha  dissertatsiya ilmiy kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.



Professor M.Abduraxmonova doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish maqsadida o‘zining ustida qat’iyat bilan ishlaydi. Professor-o‘qituvchilar orasida o‘zining bilimi, dunyoqarashi, mustaqil fikri, tirishqoqligi bilan ajralib turadi.



Olima tomonidan qisqa pedagogik faoliyati davrida o‘quv jihatdan “Maktabda ijtimoiy ish” (2022.), “Yordamga muhtoj bolalar bilan ijtimoiy ish”(2021.), “Xavf guruhidagi bolalar bilan ijtimoiy ish” (2024), “Ijtimoiy ish menejmenti” (2025.), “Bolalar va yoshlarni ijtimoiy  himoyasi va  ta’minoti” (2020.), “Ijtimoiy ishda qo‘llaniladigan namunaviy atamalar lug‘ati” (2024) va “Keksalar bilan ijtimoiy ish”  kabi 10 dan ortiq darslik va qo‘llanmalari tayyorlanadi va nashr etiladi. Shuningdek,  uslubiy jihatdan 2019-2024 o‘quv yillarida “Bola va uning oilasi vaziyatini baholashning samarali usullari” nomli,  ”Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari“ nomli,  “Jamiyat  ishchi  xodimlarini  ijtimoiy himoyalash  tizimining  innovatsion  dasturi” nomli, “Umumiy  ta’lim muassasalarida  ta’lim islohotlari va sifatni oshirishga innovatsion yondashuv” nomli, “Umumiy ta’lim muassasalarida  ijtimoiy  ish amaliyotini amalga oshirish mexanizmlari” nomli, “Yordamga muhtoj o‘quvchilar bilan ijtimoiy ish amaliyotining innovatsion texnologiyalari” nomli, Umumiy  ta’lim muassasalarida ijtimoiy ish amaliyotining innovatsion texnologiyalari” nomli,  Ijtimoiy boshqaruvda jamoatchilik fikri samarali qaror qabul qilish omili” nomli, “Oila va bolalar vaziyatini majmuaviy baholashning samarali yo‘llari” nomli, “AQSHda nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning xususiyatlari” nomli ko‘plab qo‘llanmalari hammualliflikda  yaratiladi va mualliflik  huquqlari qo‘lga kiritiladi.



Ilmiy jihatdan  “Kichik   xo‘jalik yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishning  mintaqaviy   ijtimoiy-iqtisodiy  xususiyatlari” (2008y), “O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik   faoliyatini    davlat  tomonidan qo‘llab-quvvatlashni   takomillashtirish” (2014y.), O‘zbekistonda korporatsiyalarni boshqarish: muammolar   va rivojlanish tendensiyalari”(2019y.),  “O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy va iqtisodiy asoslari” (2020y.), “O‘zbekiston  umumiy o‘rta  ta’lim tizimida ijtimoiy ish kasbiy faoliyatini shakllantirish mexanizmlari” (2021y.),  “Xavf guruhiga mansub bolalar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy ish mexanizmlari” (2021y.  Rossiya YUFU bilan hamkorlikda), O‘zbekiston  umumiy o‘rta ta’lim tizimida ijtimoiy ishning shakllanishi (2023y.), “O‘zbekistonda pensiya tizimini takomillashtirish masalalari” (2024y.), “Umumiy ta'lim muassasalarida bolalar zo‘ravonligi profilaktikasida ijtimoiy ish kasbi faoliyati samaradorligini baholash  (aniqlash) mexanizmlari”, Boshqaruvda xususiy  ijtimoiy ishning nazariy metodologik asoslari (2025y.), “Ta'lim tizimida ijtimoiy ish kasbiy faoliyati orqali  zo‘ravonlikni yumshatish mexanizmlari” (2025) kabi    monografiklari yaratiladi va chop etiladi.  Shuningdek, bugungi kunda qadar  200 dan ortiq milliy va xalqaro darajadagi  ilmiy jurnallarda maqolalari, tezislari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan. Olima Rossiya, Amerika Qo‘shma shtatlari (AQSH), Polsha, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli konferensiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashgan. Xalqaro ilmiy jurnallarda  tahrir a’zosi sifatida faoliyat ham yuritib keladi.



Professor M.Abduraxmonova innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni rivojlantirishga  maqsadida “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy - madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental  davlat loyihasi a’zosi,  “Jamiyat  ishchi  xodimlarini ijtimoiy  himoyalash  tizimining  innovatsion dasturi” (Kvars aksionerlik jamiyati misolida) nomli loyiha rahbari,  “Qurilish materiallari  va qurilish mollari bozorining marketing  tahlili” loyiha rahbari sifatida olib borgan faoliyatida har bir yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshiradi va muammolar yechimini topishga intiladi va xizmat qiladi.



Olima  M.Abduraxmonova maktab o‘quvchiligida, paxta dalalarida paxta terib yurgan kezlarida,  “xirom etik” kiygan rais ayollarni ko‘rib, ularga  havas qilar ekan, oldiga  “kelajakda  albatta o‘qimishli, hammaga nafi  tegadigan inson bo’laman” degan maqsadni qo‘yib kelgan va ushbu maqsad yo‘lida intilgan.   Pedagogik faoliyati davomida ham,  ona sifatida ham o‘zining  oila a’zolariga hamda ta’limiy  faoliyatining mazmunida talaba yoshlarga ilmiy, kasbiy bilim va ko‘nikmalar  berish, ularni kasbiy mahoratini oshirish bilan birga ularga hayotiy ko‘nikma, saboqlar berishi hamda oila, talabalar turar joyi, maktab va mahallalarda oilalar,  bolalar va yoshlar bilan ishlashi, ulardagi muammolarni aniqlash orqali e’tiborni  muammolar  yechimiga qaratishi, olimaning nafaqat ilmiy emas balki  ilmiy g‘oyalar asosida jamiyat hayotiga, uning ravnaqi va rivoji uchun hissa  qo‘shib kelayotganligidan dalolat beradi va ushbu jamiyatning faol hamda munosib a’zosi va o‘z o‘rniga egadir.



Professor M.Abduraxmonova pedagogik faoliyati davomida rahbariyat tomonidan topshirilgan barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, jamoatchilik ishlarida, shuningdek universitet  kasaba uyushmasining taftish komissiyasi raisi, fakultet  Murabbiylar kengashi raisi lavozimlarida faoliyatni amalga oshiradi. 



Fakultetning ilmiy faoliyatida faol ishtirok etib, professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida, ilmiy ishlar muhokamalarida qatnashib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirib keladi. Olimada ilmiy faoliyat yuritishga qiziqishning kuchliligi, tezkorlik bilan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ilg‘ab olishga moyilligining yuqoriligi, uning qator yutuqlarga erishishiga yordam beradi.



Manzura Abduraxmonova intizomliligi, mehnatsevarligi, siyosiy-ijtimoiy jihatdan dunyoqarashining kengligi, ma’naviy boyligi bilan ajralib turadi hamda  universitet rahbariyati  tomonidan yuklatiladigan vazifalarni bajarishga mas’uliyat bilan yondashadi.



Shuning uchun ham Farg‘ona davlat universiteti  rahbariyati va ilmiy jamoasi olima M.Abduraxmonovani Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning  haqiqiy ishtirokchisi,  shogirdlariga mehribon ustoz, ilm va fan fidoyisi hamda zabardast olimasi sifatida biladi.