Olim

AXATOV JASURJON SAIDOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Aхatov Jasurjon Saidovich 1979-yilda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. 1994-yilda Buxoro Davlat universiteti huzuridagi lisey-internatni tamomlagan. 2000-yil Buxoro Davlat universiteti Fizika-matematika fakultetini Fizika yoʻnalishi boʻyicha muvaffaqiyatli bitirib bakalavr hamda 2002-yili Nazariy fizika yoʻnalishi boʻyicha Magistr darajalarini olgan.



2002-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida aspiranturani oʻtab, mazkur dargoh huzuridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashda 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi boʻyicha 2007-yili prof. R.R. Avezov ilmiy rahbarligida nomzodlik,



2021-yilda doktorlik (DSc) dissertasiya-larini muvaffaqiyatli himoya qilgan.  J.S. Aхatovning asosiy ilmiy tadqiqot yoʻnalishi quyosh energiyasini issiqlikka aylantirish  va undan issiqlik energiyasi manbai  sifatida shoʻr suvlarni chuchitish va toza ichimlik suvi ta’minoti tizim-larida, issiq suv ta’minoti tizimlarida, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashda foydalanish, fazaviy oʻzgaruvchan materiallar asosidagi issiqlik akkumulyatorlaridan foydalangan holda quyosh issiqlik qurilmalari hamda turar-joy binolari issiqlik samarador-ligini oshirishga, nanosuyuqliklar asosi-dagi issiqlik tashuvchilardan foydalanib issiklik uzatish jarayoni samaradorligini oshirishga, mujassamlashgan quyosh energiyasi yordamida termokimyoviy sikl asosida vodorod olish texnologiyasini tadqiq etishga qaratilgan izlanishlardan iborat.



J.S. Aхatov bir qator Xalqaro va Respublika tanlovlari gʻolibi va loyihalar ishtirokchisi hisoblanadi. Jumladan: 2005-yil - OʻzR FA Yosh olimlar tanlovi gʻolibi, 2005-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamgʻarmasi granti sohibi, 2006 yil – Xalqaro TWAS fondi granti sohibi, 2007-hamda 2008-yillarda - Xalqaro INTAS fondi granti sohibi, 2009-yil KOICA, 2010 yil Erasmus, 2011 yil YuNESKO, 2012 yil DAAD fondlari grantlari sohibi, 2012 yil ADB granti, 2014 yil AKShning IVLP dasturi granti sohibi, 2014- hamda 2015-yillarda IncoNet CA dasturi grantlari sohibi, 2018-2019-yillarda XXRning PIFI dasturi granti sohibi, 2019-yil XXRning MOST dasturi granti, 2023-yil Singapurning SCP dasturi grantlari sohibi boʻlib, ushbu grantlar doirasida Xitoy, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Italiya, Isroil, Germaniya, Avstriya, Fransiya, AQSh hamda Singapur davlatlari olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, turli ilmiy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda.



J.S. Aхatov hozirda Xalqaro Quyosh Energiyasi Uyushmasi (ISES-International Solar Energy Society) a’zosi, “Renewable Energy”, “Sustainable Energy Technologies and Assessments” kabi Xalqaro ilmiy jurnallar muharrirlaridan biri, Turkiyaning DÜTED (Düzce University Journal of Technical Sciences) ilmiy jurnali tahririyati a’zosi, Ozarbay-jonning UNEC JEAS (UNEC Journal of Engineering and Applied Sciences) ilmiy jurnali tahririyati a’zosi, shu bilan birga u Respublikamizda nashr qilinadigan Xalqaro Scopus bazasiga kiruvchi hamda AQShda “Applied Solar Energy” nomi bilan ingliz tilida chop qilinadigan Xalqaro ilmiy jurnali Bosh muharriri hisoblanadi.



J.S. Aхatovning nafaqat ilmiy maqolalari, balki bir qator ilmiy-ommabop ishlari ham “Xalq soʻzi” gazetasi, “Ekologiya xabarnomasi” va “Agrobiznes” jurnallarida chop etilgan. Shuning bilan birga uning ishtirokida televidenieda, “Oʻzbekiston” hamda “Dunyo boʻylab” kanallarida Oʻzbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga qaratilgan koʻrsatuvlar namoyish etib kelinmoqda.



J.S.Axatov rahbarligidagi ilmiy jamoa tomonidan ishlab chiqilgan vodorod olish uchun Quyosh termokimyoviy reaktori Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 2022-yil 17-21-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “Innoweek.uz-2022” xalqaro innovasion gʻoyalar haftaligida “Eng yaxshi ixtiro qilingan texnika loyihasi” nominasiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi. 



J.S. Aхatov Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli Ilmiy Kengash ilmiy kotibi; Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.111.03 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi; Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.T.03.03 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy Seminar a’zosi;



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti-dagi “Quyosh energiyasidan foydalanish” yoʻnalishi seminarining raisi;



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Innovasion rivojlanish Agentligi tasarrufidagi Ilmiy-texnik Kengash a’zosi, hamda yosh tadqiqotchilarni xorijiy  ilgʻor tashkilotlar va ilmiy markazlarga stajirovkalarini amalga oshirishni tashkil etish maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi a’zosi (eksperti) hisoblanadi.



J.S. Aхatov rahbarligida 2 ta falsafa doktori (PhD) hamda 4 ta magistrlik dissertasiyalari muvaffaqiyatli himoya qilinib, hozirda 2ta fan doktori (DSc) va 4 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish boʻyicha ishlarga rahbarlik qilmoqda.



J.S. Aхatov iste’dodli olim, uning muallifligi va xam muallifligida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, 10 dan ortiq foydali modelga hamda sanoat namunalariga patentlar, 20 dan ortiq hisoblash dasturlari guvohnomalari olingan, shu bilan birga hozirda xirsh indeksi (h) – 11 (Scopus ID: 24480799400) ni tashkil etib, tashkilotchilik va yuksak insoniy fazilatlari bilan OʻzR FA Fizika-texnika instituti ilmiy jamoasi, respublika va xorijiy hamkorlar e’tiborini qozongan.



Ayni vaqtda texnika fanlari doktori, professor J.S. Aхatov OʻzR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti Quyosh issiqlik va energetik qurilmalar laboratoriyasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.