Olim

BAXODIROVA GULNOZ KAMOLOVNA

Pedagogika fanlari doktori, dotsent

Gulnoz Baxodirova 2021-yili “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Umumiy mehnat staji - 28 yil.



Hozirda ISFT -International School of Finance Technology and Science  institutining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boʻshligʻi. Mehnat faoliyatini 1997-yildan Qashqadaryo viloyati Qarshi iqtisodiyot kolleji oʻqituvchiligidan boshlagan. 2008-2009-yillarda Qarshi davlat universiteti oʻqituvchisi, 2009-201-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi vazifasini oʻtagan.



Baxodirova Gulnoz Kamolovna oʻz mehnat faoliyatini 2011-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining Nashr tahririyat boʻlimi boshligʻi, 2014 -2020-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, 2020-2023-yillarda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish Markazining “Xorijiy ta’lim tizimi tajribasini, normativ-metodik asoslarini tahlil qilish va joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish” boʻlim boshligʻi kabi turli lavozimlarida va 2023-yildan boshlab nodavlat oliy ta’lim muassasasida professor lavozimida  oʻz mehnat faoliyatini yuritib kelmoqda. Baxodirova Gulnoz Kamolovna oliy ta’lim tizimi menejmenti, ta’lim sifati, xorijiy ta’lim tizimi tajribasini tahlil qilish va joriy etish, oliy ta’lim muassasalarni xalqaro reytinglarga kirish, oʻquv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish boʻyicha mutaxassis.



Oʻzbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi “Оliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” jurnalida tahririyat hay’ati a’zosi.



Koʻplab (Oʻzbekiston, Oʻzbekiston 24, Mahalla, Sevimli, Yoshlar, Milliy, Oʻzbekiston) telekoʻrsatuvlarda oliy ta’lim islohotlari, oliy ta’lim sifati, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash kabi masalalar bilan faol ishtirok etib kelmoqda. 



2012-yildan boshlab “Talabalarning bilish faoliyatini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar (bilim va taʼlimning pedagogik sohalari misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqotini boshlab, 2019-yilda Samarqand davlat universiteti huzuridagi Ilmiy Kengashida muvafaqqiyatli himoya qildi. Ikkita pedagogik texnologiyaning yakka muallifi. G.K.Baxodirova tomonidan 6 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 2 та uslubiy qо‘llanma, 13 ta  xorij jurnallar va xalqaro konferensiyalarda maqola,  48 ta maqola respublika OAK roʻyxatidagi jurnallarda hamda tezislar, Web of Science maʼlumotlar bazasida 2 ta, Scopus maʼlumotlar bazasida-Q2 parametrli jurnal-larida 2 ta maqola, “Narodnoye slovo” gazetasida 1 ta maqola, vazirlik miqyosidagi konferensiyalarda 4 ta ilmiy ishlar nashr ettirilgan. Bir qancha oʻquv adabiyotlari respublika miqyosida pedagogik amaliyotda qoʻllanib kelinmoqda.



 Baxodirova Gulnoz oliy ta’lim vazirligi tizimida bir necha yil faoliyat olib borganligi tufayli, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib, professor M.Kodirov va professor M.Tojievlar bilan hamkorligida 5 nafar falsafa doktorlari tayyorlagan hamda о‘zining ilmiy rahbarligida 5 nafar falsafa doktorlari tayyorlanib kelinmoqda.



2021-yilda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.Ped.140.01 raqamli ilmiy kengash kotibi sifatida tasdiklangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy seminar ilmiy kotibi. 2019-2024-yillarda  6 nafar pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori talabgorlariga rasmiy opponent va Ilmiy seminarlarda taqrizchi sifatida ishtirok etgan.



Oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining ITD-1-45 – Pedagogik texnologiyani milliy modeli asosida oʻquv mashgʻulotlari loyihasini tuzish va amaliyotda qoʻllash (2012-2014-yy.), – Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy potensialni oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleks dasturi (2017-2021-yy.), Oʻzbekistondagi Jahon bankining AIF (Akademik innovatsiyalar fondi) 2/13 – Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida oʻqituvchi faoliyatini baholash (2019-2020-yy.) mavzudagi loyihalar moderatori.



Gulnoz Baxodirova oʻzining pedagogik va ilmiy faoliyati davrida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, v.b.professor lavozim-larida malakali kadrlar tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.



Baxodirova Gulnoz Kamolovna oilali,  2 nafar farzandi, 1 nafar nabirasi bor. U koʻp yillik samarali mehnati, isteʼdodi, kasbiy mahorati, ilmiy-ijodiy mahorati soha mutaxassislari va keng jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan



Respublika miqyosidagi yutuqlari, faoliyatidagi ibratli tajribalari, tashabbuskorligi va izlanuvchanligi bilan nom qozongan. Shuningdek, Baxodirova Gulnoz kamtarin, insonparvar, adolatli, fidoiy mehnatsevar, masʼuliyatli, talabchan, qatʼiyatli, kommunikativ, bilimdon, tashabbuskor, motivatsiya beruvchi, tashkilotchilik, yetakchilik, kompetentlik qobiliyatlariga ega boʻlgan olima ayol.  U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, moʻtabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.