Saidaxbor Sobitovich Bulatov Gretsiya “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasi, Rossiya xalqaro pedagogik ta’lim fanlari akademiyasi va Turon fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, “Mehnat shuhrati” ordeni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda Turon fanlar akademiyasining 10 yilligi ko‘krak nishoni sohibi, Xalq maorifi a’lochisi, pedagogika fanlari doktori, professor.
Saidaxbor Sobitovich Bulatov sermah-sul, serqirra va mehnatkash olim, iste’dodli ensiklopedist olim. U sermashaqqat ilmiy tadqiqot yo‘lini bosib o‘tgan tajribali ziyoli insondir.
U 1952-yil 28-noyabrda Toshkentda xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1961-1971-yillarda 224-o‘rta maktabni bitirgan. 1976-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti Badiiy grafika fakultetining rasm, chizmachilik va mehnat ta’limi yo‘nalishini muvaffaqiyatli tugatib, 1978-yildan Nizomiy nomidagi TDPUning Badiiy grafika fakultetida o‘z pedagogik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. U O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosidir.
Pedagogika instituitda M.Nabiyev, R.Choriyev kabi akademiklardan, 1982-1985-yillarda esa Moskva Davlat pedagogika universiteti aspiranturasi olimlaridan ta’lim oldi. 1985-yilda akademik V.S.Kuzin rahbar-ligida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffa-qiyatli himoya qildi. S.S.Bulatov 1990-1992-yillarda Moskva Davlat pedagogika univer-sitetida doktoranturada o`qidi va 1994-yili fan doktori dissertatsiyasini himoya qildi.
Olim mustaqil O‘zbekiston Respublika-sida tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha birinchi fan doktori bo`lgan.
Olim O‘zbekistonda birinchi bor “O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati” qomusini yozgan. Bu ensiklopedist-olim - S.Bulatov tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida 600 dan ortiq ilmiy ishlar yozilgan, jumladan. 5 ta ensiklopediya – (8 jildlik «Naqqoshlik san’ati» ensiklopediyasi), 18 ta monografiya, 100dan ortiq darslik, o‘quv va metodik hamda elektron qo‘llanmalar, 600 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan. U 20 dan ortiq kashfiyotlar qilgan. Uning asosiy kashfiyotlaridan biri shuki, u Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi qoshida (portalida) Mirzo Ulug‘bek ko`rsatmasi bilan ishlangan bezakda 18 ming olamning xaritasi aks ettirilganligini astronomic-timsoliy tahlil orqali ilmiy asoslab bergan. Hozirgacha dunyo olimlari tomonidan butun koinot xaritasi chizilmagan.
Ustoz-shogird an’analari asosida professor S.S.Bulatovning ilmiy maktabi yaratildi. Ta’lim tizimida “Ustoz-shogird” an’analaridan foydalanish nazariyasi va metodologiyasining innovatsion texnologiya-lari ishlab chiqildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, uning rahbarligida 1 ta fan doktori va 7 ta falsafa fanlari doktori hamda 25 ta magistrlik dissertatsiya ishlari himoya qilindi.
O‘zbekiston va dunyo olimlari ocholmagan unutilgan milliy timsollar va ramzlar tilini qayta tiklab, salkam 400 yildan beri sir bo‘lib kelayotgan Samarqand shahridagi “Sherdor madrasasi”, Toshkentdagi “Ko‘kaldosh madrasasi”, Buxorodagi “Nodir devonbegim madrasa” va boshqa tarixiy yodgorliklarning bezaklarni ramziy tilda o‘qib, ularning mantiqiy asoslarini kashf etdi.
O‘zbekiston ilm va ijod ahli, ziyolilar, o‘quvchi va talaba-yoshlar butun xalqimiz hayotidagi muhim voqea 8 jildlik “Naqqoshlik san’ati” ensiklopediyasining yaratilishidir. Chunki asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan meros bo‘lib kelayotgan naqqoshlik san’ati turlari hali yetarlicha ilmiy o‘rganilmagan va bir yaxlit to‘plam - ensiklopediya ko‘rinishida chop etilmagan edi.
Muallif uzoq yillar davomida o‘zbek xalq amaliy san’at turlaridan naqqoshlik san’ati tarixi, maktab, ramz, timsol, asbob-uskunalari, xomashyolari, xalq ustalari, an’analarini bir tizim asosida o‘rgangan. Kitobda ular alifbo tartibda berilgan bo‘lib, rangli va oq-qora surat va chizmalar bilan bezatilgan.
Ensiklopediya badiiy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya olayotgan va milliy madaniyat an’analari istiqboli bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangandir.
Olim xalq amaliy bezak san’ati sohasidan tashqari tasviriy san’at, falsafa, mantiq, astronomiya, psixologiya, xalq milliy pedagogikasi, estetika, etika, tilshunoslik, etnografiya va tarix fanlaridan monografiyalar chop ettirgan. Amerika, Angliya, Germaniya, Shvetsariya, Ispaniya, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekistonda xalqaro va Respublika konferensiyalarda o‘zbek xalq amaliy san’atini ta’lim tizimida o‘qitilishidagi muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘qidi va ular nashr qilindi. Shuningdek, rivojlangan mamlakat-laridagi ta’limni o‘rganib, uning tashabbusi bilan yangi fan, ya’ni “Ramzshunoslik” fani badiiy ta’lim tizimida o‘qitila boshlandi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda. “O‘zbekistondagi Islom sivili-zatsiyasi markazi binosining tashqi bezak-larining konseptual asoslari” nomli 5 tomli 4 ta tilda monografiya tayyorladi u nashr qilindi.
O‘zbekistondagi ITSM da 3 ta loyiha rahbari. Birinchisi B-0304 raqamli “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosining tashqi bezaklarini ramziy va mantiqiy-konseptual asoslarini”. Ikkinchisi “O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati ustalari ensiklopediyasi”ni tayyorlash va uni nashr qilish. Uchinchisi “Temuriylar davri me’moriy egzotik bezaklarning konseptual asoslari”.
O‘zbekistonda ramzshunoslik bo‘yicha yagona mutaxassis bo‘lib, u “Ramzlar” ensiklopediyasini o‘zbek hamda ingliz tillarida birinchi bo‘lib yaratgan ensiklopedist olimdir. (hajmi 108 b.t.)
Bugungi kunda farzandlari mehribon va jonkuyar ota izidan borib har qancha mashaqqatli bo‘lmasin ilm yo‘lini tutdi. O‘g‘li Po‘latov Azizxon Saidaxborovich yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. Qizlari Madina Saipova Saidaxbor qizi Arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilib, hozirda doktoranturada o‘qishini davom ettirib fan doktori ilmiy tadqiqot ishini tugatdi va u himoyaga tayyorlanmoqda.
Bulatov Saidaxbor Sobitovichni doimo xalqimizning fidoiy insoni, zabardast olimi sifatida elda aziz bo‘lishlarini tilab qolamiz!
Asosiy asarlari: