Turdaliyev Avazbek 1980-yil 10-fevralda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 1987 yil o‘rta maktabni, 2002 yili Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 2008-yilda Farg‘ona davlat universiteti tuproqshunoslik kafedrasida o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan. 2009-2018 yilari FarDU Tabiiy fanlar fakultetida assistent, katta o‘qituvchi, 2018-2022 yilari FarDU Zootexniya fakultetida kafedra mudiri, 2022 yildan FarDU Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2009–2012 yillari Farg‘ona davlat universitetida aspiranturada tahsil oldi va 2016 yil biologiya fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Hozir “Tuproqshunoslik” ixtisosligida dotsent ilmiy unvoniga ega. A.Turdaliyev hozirgi zamon xalq ho‘jaligining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan tuproqshunoslik va qishloq xo‘jaligi masalalari bilan ko‘p yillardan buyon faol shug‘ullanib kelayotgan, mamlakatimiz va bir qator chet el olimlari bilan ilmiy hamkorlik olib borayotgan yetuk mutaxassis-olim sifatida tanilgan. Uning imiy ishlari mamlakatimiz va chet ellarda – AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi davlatlarning nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan. A.Turdaliyev bir necha yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental tadqiqotlar ilmiy grantlarida ishtirok etib keladi.
A.Turdaliyev ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 250 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumaladan 2 ta monografiya (1 tasi xorijiy), 6 dan ortiq o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlagan. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi tavsiyasi bilan 2021 yilda “Tuproq geografiyasi”, 2022 yilda “Tuproqni xaritaga tushirish” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. Hozirgi kunda A.Turdaliyev Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.B.05.03 kengash a’zosi va ushbu Kengashning Ilmiy seminari raisi, bir qator xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar tahririyatida faol ishtirok etmoqda. A.Turdaliyev rahbarligida 1 nafar tadqiqotchi biologiya fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 5 nafar ilmiy tadqiqotchilarga va 2 nafar magistrantlarga rahbarlik qilib kelmoqda. A.Turdaliyev keyingi 5 yilllik faoliyati davomida bitta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi, 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari Scopus va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida chop etildi.
A.Turdaliyev 12 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab bakalavr, magistr va ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Uning shogirdlari bugungi kunda oliy, o‘rta maxsus va xalq ta’limida, davlat va jamoat boshqaruvning turli bo‘g‘inlarida mehnat qilmoqdalar.