Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna 1973-yilda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek, ma’lumoti oliy, 2004-yil Toshkent davlat agrar universitetining “Zootexniya” fakultetini hamda 2006-yil shu universitetning “Naslchilik” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. Oddiygina tikuvchilikdan fan doktori, professor lavozimigacha boʻlgan mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtgan ustoz 1990-2000-yillari “Toshkentmebel” fabrikasida, 2000-2001-yillar “Doyche-kabel” korxonasida kabel toʻquvchi boʻlib ishlagan. 2001-2004-yillar Toshkent davlat agrar universitetining meva-sabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi fakulteti dekanati katta inspektori va “Ichki nazorat va monitoring” boʻlimi yetakchi uslubiyotchisi vazifalarida mehnat qilgan. 2010-yilda nomzodlik, 2016-yilda doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2020-yilda professorlik unvonini olgan.
M.X. Dosmuxamedova oʻz mehnat faoliyati davomida ishga jiddiy yondashishi, talabchanligi, belgilangan vazifalarga mas’uliyatliligi, oʻz bilimi va pedagogik mahoratini muttasil oshirib borishida dars jarayonlariga ijobiy ta’sirini koʻrsatdi. Ayniqsa, muntazam ravishda ilmiy-amaliy loyihalarda ish olib boradi. Ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarini ilmiy tajribalarga tayangan holda olib borishi talabalarda sohaga boʻlgan qiziqishini uygʻotadi.
2006-2008-yillar mobaynida ilmiy-tadqiqot ishlarini Zootexniya kafedrasida bajarilgan quyidagi loyihalar boʻyicha A-11-250 raqamli «Dehqonchilik va chorvachilikning ekologik optimal bogʻlanishligida tuproq unumdorligini oshirish, shoʻrlanish va choʻllanish oldini olish, qishloq xoʻjalik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni jadallashtirishda fermer xoʻjaliklarining samarali texnologiyalari va modellarini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihada bajaruvchi, 2009-2011-yillar mobaynida KXA-10-072 raqamli «Naslchilik fermer xoʻjaligini takomillashtirish, ozuqa bazasi hosildorligini 150 sentner ozuqa birligiga etkazish, zavod podasini yaratish uslublarini va texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida mas’ul bajaruvchi, 2012-2014-yillar mobaynida QXA-09-101 “Shaxsiy yordamchi va dehqonchilik xoʻjaliklarida qoramollarning sermahsul guruhini, sut va goʻsht yetishtirishning yuqori samarador, ekologik sof, resurstejamkor texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida mas’ul bajaruvchi, 2015-2017-yillar mobaynida KXA-8-118-2015 raqamli “Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishda qoramolchilik sohasini ilmiy asosda shakllantirish, sut va goʻsht mahsulotlari yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish hamda mollarning mahsuldorligini oshirish” mavzusidagi amaliy loyihada mas’ul bajaruvchi, 2018-2020-yillar mobaynida QX-A-QX-2018-945 “Naslchilik korxonasiga import qilingan yaxshilovchi zotlar buqalarini genotipi, shaxsiy xususiyatlari, sperma mahsuldorligi boʻyicha baholash va tanlash hamda sun’iy urugʻlantirish tizimida foydalanish” loyihasida ilmiy rahbar boʻlib izlanishlar olib borib, sohani rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishdi.
2017-2018-yillar “Zootexniya” kafedrasi assistenti, 2018-yilda “Zootexniya” kafedrasida professori vazifasini bajaruvchisi ishga qabul qilinib, 2018-yilda “Umumiy zootexniya” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-yili professor unvonini oldi.
2018-2020-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi va atrof muhit muhofazasi” yoʻnalishi boʻyicha Ilmiy-texnik Kengashi kotibi vazifasida faoliyat yuritdi. Hozirda ham “Qishloq xoʻjaligi va atrof muhit muhofazasi” va “Veterinariya va chorvachilik” yoʻnalishlari boʻyicha Ilmiy-texnik kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.
M.X. Dosmuxamedova pedagogik faoliyatini ilmiy tadqiqotlarga bogʻlagan holda, Sayyor darslar tarzida – ilmiy tajriba maydonlarida, dala sharoitlarida, urugʻchilik laboratoriyalarida ilmiy-amaliy koʻnikmalar bilan olib borayotganligi diqqatga sazovor hisoblanadi. Shuningdek, u talabalarga darslarni zamon talabiga javob beradigan yangi pedtexnologiyalar asosida, interaktiv holatda olib boradi va talabalarga amaliyot jarayonida qoʻllanishini oʻrgatadi.
M.X. Dosmuxamedova kafedrada sohasi boʻyicha olib borilgan Ochiq ma’ruzalar barchada qoramolchilik sohasiga qiziqish uygʻotadi. Chunki ushbu ma’ruzalarda bugungi kunda naslchilik ishi boʻyicha sohada yuz berayotgan oʻzgarishlar, yangiliklar videoroliklar, taqdimotlarda oʻz aksini topadi, shu bilan birga tinglovchilar bilan fikr almashinuv, taklif-mulohazalar, qizgʻin bahslar tarzida oʻtkazilishi barchani e’tiborini tortadi. Bu esa talabalarning tanlagan sohaga qiziqishi va oʻzlashtirishida qoʻl keladi.
M.X. Dosmuxamedova bugungi kunda talabalarga ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarini berish jarayonida, qoramolchilik sohasini rivojlanishining dolzarb muammolarini hal qilishda naslchilik ishini rejalashtirish qoramollar nasldorlik va mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash bilan bogʻliq tadqiqot ishlarini uzluksiz ravishda bakalavriat, magistr talabalari va tayanch va mustaqil tadqiqotchilar bilan birgalikda olib borayotganligi tahsinga sazovor.
Shuningdek, M.X. Dosmuxamedova tomonidan Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasida “Yosh seleksioner-zootexnik” toʻgaragi rahbari boʻlib faoliyat yuritmoqda. Toʻgarakda shogirdlar bilan amaliy tajribalar tashkillashtirib, oʻquvchi yoshlar bilim koʻnikmalarini amaliyotda tadqiq etib kelishmoqda sohaga qiziqqan iqtidorli talabalarga Qoramolchilikning sohasidagi zamonaviy seleksiya va texnologiyalari toʻgʻrisida mashgʻulotlarni qiziqarli qilib talabalarga etkazishda oʻz mahorati bilan olib bormoqda.
Bundan tashqari, 2020-2023-yillar mobaynida M.X. Dosmuxamedova ilmiy rahbarligida 3 nafar qishloq xoʻjalik fanlari boʻyicha falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasi yoqlangan, hozirda tayanch doktorant himoya qilish arafasida, 3 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD) va 2 ta mustaqil izlanuvchi (DSc)ga rahbarlik qilib kelmoqda.
M.X. Dosmuxamedovaning ilmiy izlanishlari va oʻquv pedagogik faoliyati natijalarini mujassamlashtirgan mahalliy va chet el nashrlarida 160 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Jumladan, 2 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta monografiya, 4 ta tavsiyanomalar 2 ta qoʻllanma chop etilgan.
Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna 2022-yil dekabr oyidan Turon Fanlar Akademiyasi akademigi hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, turli xalqaro va respublika tadbirlarida faol ishtiroki uchun qator sertifikat, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Shuningdek, joriy yil “Ustoz va murabbiylar” kunida, “Agrar soha va uning tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy – innovatsion yoʻnalishdagi samarali faoliyati uchun M.X. Dosmuxamedova pedagogik faoliyatida erishgan yutuqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi vaziri TASHAKKURNOMA va turli sovgʻalari bilan mukofotlandi.
2022-yil M.X. Dosmuxamedovaning “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni”ga bagʻishlangan “Oltin kuz” medalining koʻrik-tanlovida qatnashib DIPLOM bilan va turli sovgʻalar bilan taqdirlandi.
M.X. Dosmuxamedova Professional ta’lim muassasalarining zooinjeneriya (turlari boʻyicha), veterinariya meditsinasi (hayvonlar turlari boʻyicha), baliqchilik yoʻnalishlari maxsus fan va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining respublika seminar-treningida ma’ruza mashgʻulotlarida faol ishtiroki uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.
2021-2022-yillar mobaynida “Fermerlar maktabi” MChJ tomonidan tashkil etilgan kurslarda, tinglovchilarga qishloq xoʻjaligi sohasidagi eng soʻngi zamonaviy bilim va koʻnikmalarni etkazishda sifatli ta’lim bergani hamda oʻzining fidokorona mehnatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi sohasi rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshib kelayotgani uchun TAShAKKURNOMA bilan va turli sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Xitoyda 18-31 iyul oylarida oʻtkazilgan treningi seminarda qatnashib NO. 23A11760028 raqamli SERRTIFIKAT bilan taqdirlandi. Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston Milliy universitetining Biologiya va biotexnologiya fakulteti talabalariga oʻz ma’ruzasi bilan qatnashib SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Muxayyo Xusnitdinovna Xalqaro (GIZ) tashkiloti loyiha asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi (Moʻynoq, Bozatau, Qoʻngʻirot) va Xorazm viloyatining (Gurlan, Urgench, Xonqa) tumanlari Orol boʻyi mintaqasidagi ayollarni agrotadbirkorlikka jalb etish orqali potensialini kuchaytirish komponenti boʻyicha “Aholi tomorqalarida zamonaviy dehqonchilikni tashkil etish”, “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida chorva mollarini parvarishlash va mahsuldorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash” mavzularida seminar-treninglar oʻtkazgan. Olima ayollarga shaxsiy xoʻjaliklarida qoramollarni saqlash, parvarishlash va oziqlantirish texnologiyalari va ularda uchraydigan ayrim kasalliklar boʻyicha ma’lumotlar bilan savol javoblar asosida yuqori mahorat bilan mashgʻulotlar oʻtdi.
Xalqaro (FAO) tashkiloti loyiha asosida Namangan va Andijon viloyatlarining Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon va Marhamat tumanlaridagi ayollarni agrotadbirkorlikka jalb qilish orqali potensialini kuchaytirish komponenti boʻyicha “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda sutdor qoramollarni boqish, sut ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalari” mavzusida seminar-treningni juda yuqori mahorat bilan oʻtgan.
Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02. raqamli ilmiy kengashda a’zo va shu kengash qoshidagi ilmiy seminarda a’zo va Samarqand veterinariya meditsinasi va chorvachilik biotexnologiyalari universiteti Toshkent filiali huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02. raqamli ilmiy kengashda a’zo hamda Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01. ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda a’zo sifatida faoliyat olib boradi.
M.X. Dosmuxamedova Toshkent davlat agrar universiteti va Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida markaz tomonidan 2024-yil 10 noyabrdan 21 noyabrgacha Belarus Respublikasida Belarus davlat agrar texnik universiteti huzuridagi Malaka oshirish institutida “Qoramollar bonitirovkasi” va “Qoramollar embrion transplantatsiyasi” yoʻnalishidagi qisqa muddati malaka oshirishdi. Diplom va sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirlandi
2024-yildan Oliy Attestatsiya Komissiya Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi tadqiqotlari boʻyicha ekspert kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.
M.X. Dosmuxamedova oʻzining pedagogik faoliyatini olib borishda ilmiy izlanishlar bilan bir-biriga mujassamlashtirib olib borayotgan, universitet jamoasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan, yetuk iste’dodli, bilimdon, oʻz kasbini mehr bilan ado etuvchi olima ayol, qat’iyatli, mas’uliyatli, shu bilan birga kamtar, yuqori salohiyatga ega mutaxassis sifatida baholanadi.
Ilmiy-uslubiy, jamoat ishlari natijasida erishilgan yutuqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Respublika Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasi, Toshkent davlat agrar universitet hamda mahallaning qator SERTIFIKAT, FAXRIY YORLIQ, TASHAKKURNOMALARi bilan taqdirlandi.
Oilali, 3 nafar farzandning onasi, 7 nafar nabiraning buvisi, mahallada hurmat va obroʻga ega.
M.X. Dosmuxamedova tirishqoqligi, namunali xulqi, kamtarligi, tartib-intizomi, oʻz ustida muttasil ishlashi, ishga mas’uliyat bilan yondashishi, oʻz vazifalarini puxta va sidqidildan bajarishi, ish faoliyati davomida tashkilotchilik qobiliyati, kerakli tajriba va boshqaruv mahoratiga egaligi, mas’uliyatli va adolatli xodim ekanligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan oliy ta’lim tizimida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻgʻri anglab, mazkur jarayonlarga chuqur e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishi kabi jihatlarini inobatga olgan holda malakali mutaxassis, olima va oqila xodim sifatida yurtimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshishiga universitet rahbariyati ishonch bildiradi.
U omma oldida oʻzini tutish, muomala va kiyinish madaniyatiga, odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qiladi. Qat’iyatli, tashabbuskor, mehnatkash, jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.