Akademik Saidaxror Saidaxmedovich Gʻulomov 1947-yil 25-iyun Toshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1964-yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1969-yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kibernetika fakultetini bitirgan. 1973-yilda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisod universitetida fan nomzodligini yoqlagan (muddatdan 1-yil ilgari) va Moskvada qolib kafedrada ilmiy ishini davom ettirgan. 1974-yili TXXI Iqtisodiy kibernetika kafedrasida katta o‘qituvchi, 1975-1978-yillarda kafedra dotsenti boʻlib ishlagan, 1981-yilda M.V.Lomonosov nomidagi MGUda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1984-yilda professor ilmiy unvonini olgan.
1984-1985-yillarda TXXI Iqtisodiy kibernetika fakulteti dekani, 1986-1988-yillarda TXXI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 1988-1991-yillarda TXXI rektori, 1991-1998-yillarda TDIU (sobiq TXXI S.G‘ulomov tashabbusi bilan TDIUga aylantirildi) rektori, 1990-1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash deputati, 1998-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, 2004-2006-yillarda TDIU rektori, 2006-2011-yillarda O‘z FAning vitse prezidenti, 1996-2011-yillarda O‘zbekiston-AQSH mamlakatlari do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalari jamiyatlari Kengashining raisi, 2006-2011-yillarda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalari jamiyatlari Kengashining raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2011-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Uning bevosita tashkilotchiligi asosida 1990-yildan boshlab O‘zbekistonda birinchi TDIUga qarashli iqtisodiyot litseyi, kolleji va gimnaziyasi hamda “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro biznes”, “Xalqaro turizm”, Marketing, xalqaro moliya, bank va xalqaro valyuta munosabatlari, bojxona, “Iqtisodiy informatika” mutaxassisliklari va fakultetlari ochildi.
1990-yilda TDIU qoshida nodavlat “O‘zbek-Amerika biznes” maktabi ochilib (birinchi direktori akademik K.X.Abduraxmonov), unda IELTS TOEFLtestlarini topshirib, avval 10 nafar, keyin yuzlab talaba va o‘qituvchilar AQSH va YEI davlatlariga o‘qish va malaka oshirishga yuborildi. Xilari Klinton bu biznes maktabni yuqori baholab, “Pravda vostoka” gazetasiga maktub yozgan (1993-yil 18-yanvar). Madlen Olbrayt (2000-yil) va Xillari Klinton (2011-yil) O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lganlarida bu xususiy “O‘zbek-Amerika biznes maktabi”ning rahbari bilan uchrashib, moliyaviy yordam berdilar va har yili 25 nafar talaba AQSH banklarida 5-oylik malaka oshirdi.
1992-yilda Turkiyada 1000 nafar talabani o‘qitish dasturi boshlandi. Shunda, birinchi bo‘lib, Ankara universitetida 20 nafar professor-o‘qituvchi (avval lotin alifbosiga o‘rgatilib), 3 oy malaka oshirib, TDIUga bozor iqtisodiyoti dasturlari va darsliklari olib kelinib, bozor iqtisodiyoti asoslari o‘qitila boshladi.
1998-yildan boshlab, Oliy ta’lim vaziri, «Ustoz» va «Iste’dod» Prezident fondining raisi sifatida 1900 yaqin professor-o‘qituvchilarni xorijning yetakchi o‘quv markazlarida (Garvard, Kembrij, Sarbonna, Pekin, Shanxay, Amerika universiteti, Merilend, Vestminister, Seul, Song universitetlarida, V.G.Plexanov nomidagi RIU, Lomonosov nomidagi MDU) ommaviy tarzda malakasini oshirish jarayonlarida hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish va xorijda tanilgan jurnallarda maqolalar chop etish, hamda O‘zbekistonda filiallar ochildi (V.G.Plexanov nomidagi RIU, Lomonosov nomidagi MDU va Vestminister universitetlari). Ilm fan va Oliy ta’lim tizimining strategiyasi ishlab chiqilib, rivojlanish konsepsiyalari taklif etildi:
«Формирование системы непрерывного экономического образования — приоритетное направления экономических реформ в Узбекистане». 4,8 пл. Т.,ТГЭУ, 1998.
«Концепция непрерывного экономического образования Республики Узбекистан». 3,0 п.л. Т.,ТГЭУ, 1998.
«Концепция развития техническогво образования Республики Узбекистан». 3,2 п.л. Т.,ТГТУ, 1999г. .
«Концепция интеграции науки и образования Республики Узбекистан». 3,5 п.л. Т.,МинВУЗ и АН РУз, 1999г. .
«Концепция информатизации образования Республики Узбекистан». 3,7 п.л. Т.,МинВУЗ.2000г.
«Концепция развития науки и инновационных технологий в образовании Республики Узбекистан». 3,2 п.л. Т.,ТГТУ, 192001г.
«Концепция развития информационных ресурсов (электронных библиотек) в образования Республики Узбекистан». 3,2 п.л. Т.,ТГТУ, 1999г.
“Ta’limda ma’ruza matinlar texnologiyasini rivojlantirish konsepsiyasi” T., MinVUZ, 2000y.
U ta’lim tizimida mablag‘lardan o‘quv jarayonini tashkil qilishda oqilona foydalanishda ularni «aktiv» va «passiv» qismlarga ajratishni tavsiya etdi. «Aktiv» qismining o‘qituvchilarning malakasini oshirish, darsliklar va o‘quv adabiyotlar yaratish, kompyuterlar va internet texnologiyalari joriy etishga sarflashni bir necha barobar oshirishga (bugun bu aktiv jarajatlar ulushi juda kam) tavsiyalar berdi. Ta’lim sifatini asosan “aktiv ” xarajatlar hal qiladi.
Agar ta’lim sifati xashamatli binolar va sport komplekslarga ortiqcha xarajatlarga bog‘liq bo‘lsa (bu pullar ta’limga emas, balki quruvchilarga sifatsiz qurulishlar isrofgarchiligiga berilvotdi), unda bugun minglab Al Xorazmiy va Beruniylar dunyoga kelib, Prezidentimiz orzulari - Uchinchi renessans davri boshlanar edi. Hamma qurulishlar bilan ovora, Al Xorazmiylar yo‘q, kambag‘allar ko‘payvotdi!
2000-yidan boshlab, ta’lim muassasalari rahbarlari, ayniqsa prorektorlar va fakultet dekanlarining malakalarini oshirish maqsadida har oyda doimiy 2 kunlik seminar-treninglar o‘tkazilib, ularga xorijdan keltirilgan turli o‘quv-uslubiy materiallar jamg‘armasi tashkil etilib (YEI Baloniya jarayoni modul va kredit tizimlari standartlari), u orqali tarqatila boshlandi hamda namunali ko‘rgazmalar tashkil qilish yo‘lga qo‘yildi. Bugunda shu prorektorlar va dekanlar OT tizimidagi islohotlarga bosh-qosh bo‘lib kelishvotdi.
Tanqidiy va kreativ fikirlashga o‘rgatish uchun ta’limda ma’ruza matnlar texnologiyasini qo‘llashni taklif etdi::
O‘qituvchilar xorijiy (AQSH, YEI) va O‘zbekiston darsliklaridan yuzlab kamchiliklar topib (internetdan yangi bilimlar qo‘shib), o‘z ma’ruza matnlarini yozishlari kerak. Eng ko‘p kamchilik topgan va yangi g‘oyalar bilan boyitgan o‘qituvchiga yangi darslikni yozishga (gonorarga) ruxsat berish lozim. Shunda dunyo bozorida bizning darsliklarimiz raqobatbardosh bo‘ladi (patent va litsenziya olinadi) va ularni eksport qilib katta daromad topishimiz mumkin. Bugun Prezidentimiz xorijdan bilim olib kelishga “El-yurt umidlari” jamg‘armasiga 50 mln. dol. ajratdilar.
O‘quvchilarga keyingi yangi mavzuni ma’ruza matnining savollari va testlari bilan elektron shaklida oldindan tarqatib, kim mustaqil mavzuni o‘zlashtirib, ko‘proq va sifatliroq kamchiliklarni mustaqil topib, darslarda o‘zoro muhokamada isbotlasa, shu o‘quvchiga eng yuqori baho qo‘yishi kerak. O‘qituvchi esa darsda oldin talabalar obdon raqobatdoshlikda bir biri bilan bilim almashib, kamchiliklarni topgandan so‘ng yakun yasab, yetishmagan bilimlarini to‘ldirib, ularni ishlatib, foyda topishga o‘rgatadi.
Shunda fanni o‘zlashtirish 80-90% chiqib (chunki talabalar mustaqil tayyorlanib kelib, tushunmaganini so‘raydi), o‘quvchilar innovator bo‘lib, har bir ishni boshlashdan oldin undan kamida 7ta kamchilik topib, ishni kamchiliklarni tuzatish va sifatini yaxshilashga o‘rganadi.
O‘zbekiston FA vitseprezidenti sifatida va boshchiligida ijtimoiy-gumanitar fanlarni jamiyatdagi roli yanada yuksaltirildi va ularni istiqboldagi ITMni kompleks rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqildi:
«O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlar taraqqiyoti va istiqboli» Ilmiy maqola 0,7 b.t. Jurnal «Obshestvennie nauki v O‘zbekistone», № 4-5, 2006.;
«O‘zbekiston Respublikasi FA ijtimoiy-gumanitar fanlar kompleksi muassasalarini rivojlantirish konsepsiyalari» Ilmiy to‘plam 11.5 b.t. T., «Fan», 2006.;
«Ilmiy salohiyatni yuksaltirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli va istiqboli» Ilmiy maqola 0,6 b.t. «Falsafa va huquq» jurnali, 2006.;
«Fan va ta’lim integratsiyasi orqali ta’limning sifatini ko‘tarish - davr talabi» Ilmiy to‘plam 0,6 b.t. T., «Fan», 2006.;
«Ijtimoiy-gumanitar fanlar kompleksi muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasi istiqbollari» Ilmiy maqola 0,6 b.t. «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnali №5-6, 2006.
S.G‘ulomov rahbarligida TDIUda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab:
“Algoritm” dahasida professor-o‘qituvchi va aspirantlarga mo‘ljallangan 9 qavatli, 240 o‘rinli 2 ta turar-joy qurilib ishga tushirilgan va viloyatlardan kelgan yosh olimlar Toshkent shahrida propiskaga o‘tkazildi.
10 yildan ortiq qurilishi to‘xtatib qo‘yilgan ma’muriy 14 qavatli bino, ikki yonidagi zamonaviy kutubxona va madaniyat saroyi binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
TDIU ichida fontan yonida 4 qavatli o‘quv binosi qurildi.
Yana bir o‘quv binosi “Kinochilar uyi”ning chap tomoniga hisob-iqtisod fakulteti (dekan prof. Yo.Abdullayev) tashabbusi bilan qurildi, lekin keyin Xalq ta’limi vazirligiga olindi.
Bo‘stonliq tumanida Yusufxonada 25 ga yer olinib, 300 kishi dam olishi mumkin bo‘lgan oromgoh qurildi va jihozlandi.
Zangiota tumanidagi Moskva kolxozida 1,5 ga va Yangibozor tumanida 50 ga yer olinib suv, gaz, chiroq, yo‘llariga asfalt yotqizilib, professor-o‘qituvchilarga uchaska va dala hovli sifatida bo‘lib berildi.
Kelesda suv bo‘yida 1,5 ga yer olib, 2 qavatli issiq mineral suvli profilaktoriy qurildi.
TDIU hovlisiga Beshyog‘och arig‘idan suv tortilib, yuzlab sosna daraxtlari ekilib, obodonlashtirildi.
Domla “Ilmning avvali sukut, so‘ng eshitish, so‘ng uni yod olish, so‘ng unga amal qilish, so‘ng esa uni tarqatishdir”, degan hadisga amal qilib, xalqqa ziyo tarqatib kelmoqda. Faqatgina 2010-yildan boshlab, u kishi tomonidan jami 470 ga yaqin uchrashuvlarda ma’ruza va seminarlar o‘tkazilib, ularda 55 ming 300 nafar tinglovchi qatnashgan(ilovada tashkilot nomi, sana va soni keltirilgan).
Xususan, maktaб (Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda) ta’lim muassasalarida jami 97 marta uchrashuv o‘tkazilib, undagi tinglovchilar soni 83700 kishini tashkil qilgan.
Eng ko‘p uchrashuvlar, jami 420 marta oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib, tinglovchilar soni esa 98 300 kishi.
Akademik S.G‘ulomovning tibbiyot faxriy professori sifatida shifokorlar bilan hamkorlikdagi innovatsion g‘oyalari tahsinga sazovor. Har bir insonda “individual manzilli minimal iste’mol savatchasi” orqali yashirin ochlikni qisqartirish va umrni uzaytirish g‘oyasi Germaniyada ham tan olingan va patent berilgan (ilovada). Har hafta chop etiladigan “Shifo-info” gazetasida 2016-yildan boshlab, “Aql-zakovat va xotirani rivojlantirish texnologiyalari” bo‘yicha akademik S.G‘ulomovning 100 dan ortiq maqolasi chop etildi.
Muhtaram Prezidentimizning innovatsion rivojlanish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasining eng ustuvor vazifalariga oid keng yechimlar bo‘yicha akademik S.G‘ulomov qator takliflar bilan maydonga chiqdi. Uning “Shifo-info” gazetasining 2020-yil 3-sentyabr sanasi 26-sonida chop etilgan: “O‘zbekiston Respublikasida inson kapitalini rivojlantirishda aqliy qobiliyatni o‘stirish va innovatsiyalarga o‘rgatishga xizmat qiluvchi “aqlli ta’lim” va “aqlli tibbiyot” (aql-zakovatni rivojlantiruvchi) tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar”i Innovatsion rivojlanish vazirligida 11 ta boshqa vazirliklar ishtirokida keng muhokama qilindi va ijro uchun ko‘rsatmalar berildi (O‘z.R Bosh vazirining2018-yil 19-dekabrdagi 24/1-849-sonli farmoyishi va Innovatsion rivojlanish vazirligi muhokama bayonnomasi, 2018-yil 25-dekabr). Bu yerda S.G‘ulomovning qo‘yidagi innovatsion g‘oyalari muhokima qilindi va yo‘l xaritasi tuzilsin, deb tavsiyalar berildi:
1. Har bir oilada sog‘lom umrni uzaytirish va aql-zakovatni rivojlantirish.
2. Sog‘lomlashtiruvchi va qobiliyatni oshiruvchi ta’limni joriy etish.
3. Ta’limga miya bo‘laklari fizkulturasi va xotirani yaxshilash usullarini kiritish (uch “MMM” – mnemonika, mentalnaya arifmetika va meditatsiya).
4. Yashirin ochlikni diagnozlarga kiritish va O‘zbekistonda doktor A.V.Skalniyning (Moskva 8- 800- 3333346) filialini ochish.
5. Nikohdan oldin kelin-kuyovning nasl kasalliklarini tahlil qilish va farzand ko‘rishdan oldin majburiy davolash.
6. Sog‘likni saqlashdan sog‘likni yaxshilashga o‘tib, oldin havo, suv, oziq-ovqat tozaligini saqlash va asab buzilishining oldini olish.
7. Barcha sohalarga sifat ko‘rsatkichlarini kiritib, ta’limda tanqidiy va kreativ fikrlash va kamchilik topib, tuzatib, uzluksiz sifatni yaxshilashga o‘rgatish.
S.G‘ulomov Universitet kutubxonasiga xorijdan 50 ming nusxadan ortiq kitob olib kelib, sovg‘a qilgan.
Akadademik S.G‘ulomov iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirish (tarmoqlararo natural va baholi balansni qo‘llash), jamiyatni axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tizimli modellashtirish hamda ularning ishlab chiqarish, intellektual va tabiiy potensialidan samarali foydalanib, sinergetik samara olishning metodologik va metodik asoslarini ishlab chiqqan.
Olimning bevosita rahbarligida 47 nafar fan doktorligi, 53 nafar fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya qilingan. TDIUda 1989-yilda doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi ilmiy kengashlarini ochib, 187 nafar i.f.n. va 78 nafar i.f.d. tayyorlagan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida ilmiy kengash raisi va O‘z.R OBM ilmiy kengashi a’zosi.
Hozirgi vaqtda “Raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat” ilmiy maktabi TDIUning rektori professor Q.A.Sharipov buyrug‘i bilan (2020-y. 7-yanvar 15-son) “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi qoshida S.G‘ulomov maslahatlari ostida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu maktabda Raqamli Texnologiyalar vazirligi (J.Shukurov) va MICROSFT (U.M.Axmedov) bilan xamkorlikda studentlarni masofadan onlayn “FRILANS” ishga joylashtirib, vaqtliroq daromad topib, ishsizlikni va kambag‘alchilikni qisqartirishga yo‘l ochdi. Ijtimoiy tarmoqlardan Yangi bilim va G‘oyalar yaratish uchun “Asal Ari” va “Baliq tutish” modellarini taklif etdi. Bu modellar ijtimoiy tarmoqlar orqali “Global ommaviy aql-zakovatni” ishlatib, Yangi O‘zbekistonda yangi innovatsiyalar yaratish va uning millionlab nusxalarini eksport qilish imkoniyatini yaratadi.
2016-yildan boshlab “Shifo-info” gazetasida ilmiy-ommobop maktab yaratib, bilimni samarali qabul qilish uchun, avval miya xotirasi va qobiliyatini yaxshilash metodikalarini rivojlantirish usullarini o‘rgatib kelmoqda. 700 ortiq aql zakovatni rivojlantirish va sog‘lom umrni uzaytish bo‘yicha maqolalar chop etib, 100 dan ortiq tavsiyalar bergan.
O‘zi o‘qigan Toshkent shahar, Yunusobod tumani 96-maktabda akademik Saidaxror Gulyamov nomiga “Iqtisodchilar kichik akademiyasi” ochilgan, bolalarni bozor iqtisodiyoti, AKT va raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat asoslari bilan tanishtirib, ularni yoshlikdan daromad topishga urgatmoqda. 96-maktabdan tashqari ikkinchi AQSH maktablarining attestatini olish uchun masofadan onlayn kechki hamkorlikda o‘qish tashkil qilgan.
U 11 ta jurnalning tahrir hay’ati a’zosi (Shundan, xorijiylarda - 4 ta), « O‘zbekitonda ijtimoiy fanlarda 2006-2011-y” va Iqtisodiyotda innovatsiyalar 2020-х.в.»” jurnalining bosh muharriri.
ITI natijalari asosida u:
411 b.t. dan ortiq 40 ta monografiya; 507 b.t. dan ortiq 44 ta darslik va o‘quv qo‘llanma; 42 b.t. dan ortiq 131 ta ilmiy maqola, jami 970 b.t. dan ortiq ilmiy ishlarni chop etgan.
Muallifning 53 tadan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy mamlakatlarning nufuzli jurnal va ilmiy to‘plamlarida nashr qilingan. Shundan, 22 maqola Scopus va Web of Sienss jurnallarda, hamda 2 ta monografiyasi Yaponiyada va 1 ta monografiyasi Rossiyada nashr etilgan(ilovada).
Akademik S.G‘ulomov yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda ham o‘ta faol. Uning birinchi darsligi 1991-yilda “Ekonomika i informatika” (12,2 b.t.), ikkinchi darsligi “Iqtisodiy informatika” (hammuallif prof. B.Begalov) (32 b.t.) o‘zbek tilida “O‘zbekiston” nashriyotida chop etildi va “Yilning eng yaxshi darsligi” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.
O‘z faoliyati davomida akademik S.S.G‘ulomov Yangi O‘zbekiston va Raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida yangilik sifatida quyidagi atamalarning mazmun-mohiyatini yoritib berdi: sog‘lomlashtiruvchi aqlli ta’lim, intellektual oila, innovatsion mahalla va fuqarolik jamiyati, innovatsion sog‘likni yaxshilash (aqlli tibbiyot) – aql-zakovatni rivojlantirish (inson xotirasi, fikrlash tezligi va mantiqiy fikrlashini kuchaytirish), innovatsion yuksak ma’naviyat, sog‘lom aqlli ona-bola, intellektual shaxs va jamiyat, modernizatsiya jarayonlarini intellektuallashtirish, kreativ iqtisod va tadbirkorlik, intellektual salohiyatni yuksaltirishning mutlaq ustuvorlik tamoyili, sog‘liqni yaxshilash: har bir oilada sog‘lom umrni uzaytirish va aql-zakovatni rivojlantirishning 12 omili tahlili, sog‘lomlashtiruvchi va qobiliyatni rivojlantiruvchi aqlli ta’lim modeli taklif etilgan va xorijdan patentlar olingan. Bu Yangi O‘zbekiston yangi terminlari maqsadlari barcha sohalarda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xalqimizning turmushini obod qilish uchundir. Akademik Yangi O‘zbekistonni asosiy shiorini ham taklif qilgan: Uchta “SSS”, yani “sifat, sifat va yana sifat”. Innovatsiyalarning ham maqsadi: sifatni yaxshilab, dunyo bozoriga xom-ashyo o‘rniga sifatli innovatsion tayyor mahsulotlarni millionlab nusxalarini eksport qilish. Quyidagi ilmiy ish va maqolalarida bular chop etilgan:
“Intellektual salohiyat samaradorligi” Maqola 0,3 b.t. «Xalq so‘zi», 9-avgust,; 2006.
“Ijtimoiy sohada investitsiyalarning samaradorligi. Monografiya. – T.: TDIU. 2019g. – 380 bet;
“O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanish omillari. Bilimga tayangan innovatsion iqtisodiyot”. Monografiya. – T., 2016y. – 127bet;
“Sog‘lom intellektual ona va bola – istiqlol istiqboli”.– Toshkent: Fanvatexnologiya, 2016.– 172 b.;
“Ijtimoiy rivojlanishda intellekt va salomatlikning roli”. – Toshkent: “Navruz” nashriyoti, 2018.– 148 b.
“Капитал мозга в цифровой трансформации экономики”. Журнал «Общественные науки в Узбекистане». 2020 г. №1-2.– С.3-12.
“Raqamli iqtisodiyotda aqlli ta’lim va aqlli tibbiyotni roli”. // Shifo-info. 2020y. 26-son, 23-30-bet.
“Пути повышения интеллектуального потенциала для инновационного развития Узбекистана”. Патент. №EC-01-001710. European Depository, Gepmany, Berlin.2018г.1.июня.
“Национальное умное образование, воспитание и духовность в инновационной экономике”. Europen depository Germany, Berlin. Патент. №EC-01-001745 2018 йил 28 май.
G‘ulomov. S.S. Pardayev M.Q. –O‘ZBEKISTONDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AYRIM TAVSIYALA. SamISI. «SERVIS» jurnal. 2024 y .№3
2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvatlash” yili deb e’lon qilinganda, akademik S.G‘ulomov yana bir shiorni taklif qilib: “Uchta III yani Intellekt, innovatsion g‘oya va innovatsiya”, u shior ostida yangi innovatsion g‘oyalar taklif etib, ma’lumotnoma(dokladnoy zapiskalar) yozib yubordi. Ularning ma’ruzalari qo‘yidagi tashkilotlarda muhokama qilinib, joriy etishga bayonnoma va tavsiyalar berildi:
1. TDIU qoshidagi ITM “O‘zbekiston iqtisodiyotining ilmiy asoslari va rivojlanish muammolari” 2018yil 19-yanvar. 1./1-11-sonli bayonnoma.
2.O‘zR FA. 2018yil 7 fevral. 3-sonli bayonnoma.
3. O‘zR Iqtisodiyot vazirligi. 2018-yil 7-mart. 4-sonli bayonnoma.
4. O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi. 2018-yil 25-dekabr. 25-sonli bayonnoma.
5.2018-2025 yillarda 280 ortiq OTMda va konferensiyalarda ma’ruza va muhokimalar bo‘lib o‘tdi.
Yuqoridagi gʻoyalar va ilmiy ishlar natijasida Saidaxror G‘ulomov raqamli iqtisodiyot sharoitida qo‘ydigi aqliy va jismoniy mehnat samaradorligini solishtirma modelini taklif etgan.
Iqtisodiy nazariyada bozor iqtisodiyotining asosiy kategoriyalari: Xususiy mulk va raqobatning salbiy tomonlari ham mavjudligini yoritib berdi!
Raqamli iqtisodiyot modelida: Shering, Kashering, Piring texnologiyalari orqali xususiy mulkdan hamkorlikda sutkasiga 24 soat/7 kun uzluksiz foydalanish iqtisodiyotning samarasini bir necha barobar oshiradi (Masalan “YANDEKS” va “UBER” taksilardan foydalanish, yangi qurilgan uylarni, asbob-uskunalarni xarajat pullarini qaytarib olish uchun, ijaraga berish yoki xamkorlikda foydalanish)
Raqobat modeli: “Yutdim-yutqazdim”.
Raqamli iqtisodiyotda Kashering, Shering, Piring orqali «Yutdim-yutdim» modelini qo‘llab: raqobatini o‘ziga do‘st qilib, uning mulkidan, moliyasi va bilimidan hamkorlikda foydalanib, qo‘shimcha sinergetik foyda topib, teng bo‘lib olish texnologiyasidan O‘zbekistonda keng foydalanish tavsiya etildi.
Undan tashqari, Kraudfonding va Kraudsorsing texnologiyalrini qo‘llab butun dunyodan O‘zbekistonda innovatsiyalarni va raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini rivojlantirish uchun investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar yog‘ish, hamda xorijiy mutahasislarni (ayniqsa, dasturchilarni) masofadan jalb qilish eng samarali yo‘l ekanligi asoslab berildi.
O‘zbekistonda kambag‘allikni kisqartirishda masofadan (on-layn) ishsiz yoshlarimizni xorijga yuqori ish haqi bilan aqliy mehnatga ishga joylashtirish va yangi bilim yaratib, uning millionlab nusxasini sotishni (masalan, bir million dasturchining dasturiy mahsulotlari) bir necha barobar samaradorlikni oshirish yo‘llarini taklif qildi (“Aql kapitalini rivojlantirish uchinchi renessansning eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi”. “Xalq so‘zi” gazetasi (05.04.2022)).
Yana bir yangi ilmiy yo‘nalish, akademik Saidaxror Gulyamov global uchinchi raqamli renessans, raqamli iqtisodiyot va raqamli savodxonlik strategiyasini O‘zbekistonda samarali rivojlantirish va uni o‘qitish metodikasini amalga oshirishda ko‘plab monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma va ilmiy maqolalarni birinchilardan bo‘lib chop etdi. Bularda eng yangi raqamli texnologiyalarni chuqur o‘rganish va ta’lim tizimiga samarali joriy etish ishlari boshlandi:
Yangi O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarini joriy etilishi iqtisodiyotida aqliy mehnat unumdaorliini va sifatni kamida 2-3 barobarga oshiradi.
«Экономика и информатика». Учебник. 12,2 пл.,1991;
“Iqtisodiy informatika» Darslik. 32,0 b.t. – T., «O‘zbekiston», 1999.;
«Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari». Darslik. 17.2 b.t. – T.: «Sharq»,2004.;
“Informatika va axborotlashtirish texnologiyalari”. Darslik. (prof. B.A.Begalov bilan hammualliflikda). 2010 y., 54 b.t.”
“Raqamli iqtisodiyot”. – T.: TDIU-Qar.MII, 2020y.– 365 bet.;
Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. – T.: TMI, 2019y. – 387 bet.;
Raqamli iqtisodiyot va dasturlash asoslari. Izohli lug‘at. – T.: TMI, 2021 y.– 259 bet.;
Технологии искуственного интеллекта в экономике.Учебник. /Под.ред. Т.Тешабаева. – Т.:ТМИ, 2022 г. – 269 стр.
Gulomov S.S. v.b. Raqamli iqtisodiyot, вig data, sun’iy intellekt va dasturlash asoslari: Izohli lug‘at/. T, KMOSTI, 2024y.
Gulyamov S.S. v.b. T., YANGI O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Monografiya. T., KMOSTI. 2024y.
Gulyamov S.S. v.b. “BIG DATA” VA MALUMOTLARNI TAHLIL QILISH MUAMMOLARI. Monografiya. T, KMOSTI. 2025y.
Гулямов С.С. “Цифровая трансформация креативной экономики Нового Узбекистана”.Монография. 2025г. 930 стр.
Bu adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston–2030” va “Bir million dasturchi tayyorlash loyihasi” strategiyalarini samarali amalga oshirishda dasturulamal bo‘ldi.
Akademik S.G‘ulomovning mamlakatimizni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari munosib ravishda taqdirlangan boʻlib, 1989-yilda O‘z FA muxbir a’zosi, 1991-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 1992-yili O‘zbekiston mustaqilligining 1 yilligi nishoni, 1995-yilda O‘zR FA akademigi, 1997-yili “Do‘stlik” ordeni sovrindori, 1999-yili G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasining faxriy fan doktori, 2000-yili “Mehnat shuhrati” ordeni, 2001-yili O‘z.R Xalq ta’lim vazirligi a’lochisi nishoni, 2010-yili Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining faxriy professori (bitta S.G‘ulomov O‘zbekistondan a’zo, qolganlari xorijiy faxriy professorlar), 2021-yili O‘z.R mehnat faxriysi nishoni, 2021-yili O‘z.R Adolat partiyasi nishoni bilan taqdirlangan.