Alijon Ro‘ziqulovich Hamroyev pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. A.R.Hamroyev ilmiy pedagogik faoliyati davomida 5 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 20 dan ortiq shogirdlarning ustozi.
A.Hamroyev o‘z mehnat faoliyatini 1996-yilda Buxoro davlat universitetida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. U 1998-2000-yillar Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 42-maktab o‘qituvchisi; 2000-2005-yillar Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi; 2005-2006-yillar Buxoro davlat universiteti til nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi; 2006-2011-yillar Buxoro davlat universiteti til va adabiyot kafedrasi dotsenti; 2011-2012-yillar Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim asoslari kafedrasi dotsenti;
2012-2015-yillar Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim asoslari kafedrasi mudiri; 2015-2016-yillar Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim uslubiyoti kafedrasi mudiri; 2016-2019-yillar Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti; 2019-yildan hozirgi kunga qadar Buxoro davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
A.Hamroyev Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari, respublikamizning boshqa chet el oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda hamkorlikda ishlab kelmoqda.
A.Hamroyev oʻz kasbiy hamda jamoatchilik faoliyati bilan birgalikda ilmiy salohiyatini ham namoyon qilib kelmoqda.
Alijon Hamroyev bir nechta darsliklar “Ona tili o‘qitishning tarixiy genezisi”, “Ona tili o‘qitish metodikasi”, “Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish” va o‘quv qo‘llanmalar “Ona tili o‘qitish metodikasi“, “Mutaxassislikka kirish” muallifidir. Bundan tashqari “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilаrining ijоdiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasi”, “Ona tili ta'limida o'quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish” kabi monografiyalarni ham nashr etilgan.
Turli ilmiy nashrlarda uning maqolalari e’lon qilingan. Jumladan, 2021-yilda “Modeling of Teacher Activity in The Design of Creative Activities of Students in Primary School Mother Tongue Education”, “Modeling Teacher Activities when Designing Creative Activities of Students”, “Designing students' creative activity in primary school mother tongue education as a methodological problem”, “Methods of teaching 1st grade students to use writing tools effectively”, “Modeling activities of teachers when designing creative activities of students”, “Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish metodik muammo sifatida”, 2022-yilda “Effectiveness of Mother Tongue Teaching”, “Evristik ta’lim metodi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish vositasi”, “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishda innovatsion texnologiyadan foydalanish”, “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etish metodikasi”, “Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish”, “Design activities of the teacher in native language education”, “Quality and effectiveness for design of learning outcomes in the language teaching”, 2023-yilda “The effect of action games on the physical development and level of physical fitness of elementary school students”, “Effectiveness criteria and experimental results of designing students' creative activities in primary class mother tongue education”, “ Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga harakatli oʻyinlarning ta’siri”, “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy usullari”, “Learning tasks in mother language and reading literacy education”, “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimini baholashning zamonaviy usullari” kabi ilmiy maqolalari turli davriy nashr, broshyura, konferensiya materiallari va ilmiy-ommabop jurnallarda hamda xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Hamroyev Alijon Ro‘ziqulovich “Pedagogik akmeologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnaliga bosh muharrir vazifasini bajarib kelmoqda.
2020-yil 19-iyunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs. 03/30.12.2019. Fil.19.01 raqamli ilmiy kengashda “Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
A.Hamroyev o‘z kasbining yetuk mutaxassisi sifatida, oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.