1948-yil 17-aprelda Osh shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. 1954-1965-yillarda Osh shahrida V.I. Lelin nomidagi 11 yillik maktabda o‘qigan. Maktabni bitirgach 1965-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakulteti fizika mutaxasisligiga o‘qishga kirgan va uni 1969-yili fizika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli bitirgan. O‘qishni bitirgach 1969-yili a’lochi talaba sifatida fakultetdagi nazariy fizika kafedrasiga o‘qituvchi sifatida ishga olib qolingan. 1969-yildan boshlab uning pedagoglik faoliyati fizika fakulteti bilan bevosita bog‘liq. Ish faoliyatida fizika o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishini nazariy fizikani o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha pedogogika fanlari nomzodi professor Arkadiy Aronovich Pinskiy rahbarligida olib borgan.
1985-yili 17-aprelda Chelyabinsk pedagogika instituti qoshidagi dissertatsion kengashda “Приемственность в развитии статистических идей при подготовке учителя физики в педагогическом институте” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va pedagogika fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 1988-yili dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lgan. Keyinchalik pedpgogika fanlari nomzodi A.A. Pinskiy raxbarligida ilmiy tadqiqot ishini davom ettirib 1993-yilda “Методологические и дидактические основы формирования вероятностно-статистических идей и понятий (на примере обучения физики в высшей и средней школе)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1998-yili professor unvoniga sazovor bo‘lgan. 1992-1998-yillarda fizika fakulteti dekani bo‘lib ish faoliyatini yuritgan va 50 yildan ortiq vaqt davomida “Kvant mexanika hamda statistik fizika va termodinamika”dan hozirgi kungacha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.
1998-2007-yillarda Qirg‘izistonning “Qirg‘iz-o‘zbek” universitetining taklifiga binoan ushbu oliy o‘quv yurtida kafedra mudiri, fakultet dekani va “Qirg‘iz-o‘zbek” universiteti pedagogika institutining direktori bo‘lib ish yuritgan. Ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda shogidlar tayyorlashga ham alohida e’tibor bergan. Jumladan Nizomiy nomidagi TDPU fizika va astronomiya kafedrasi bo‘yicha 4 ta, Qirg‘iziston Respublikasidan 3 ta va boshqa oliy o‘quv yurtlaridan 4 ta fan nomzodlari va 1 ta fan doktori dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.