Texnika fanlari doktori, professor Kubaymurat Ismayilovning otasi Ismoil bobo Hayitov hozirgi Qoʻshrobod tumani Qirqovul qishlogʻida yashab oʻtgan. Ismoil ota Zaynab ona bilan turmushlarida bir nafar qiz farzand koʻrishgan va qizlari ikki yil umr koʻrib vafot etgan. Shundan keyin oradan ancha yillar oʻtgan boʻlsada Ismoil bobo bilan Zaynab ona boshqa farzandli boʻlishmagan. Ismoil otaning qarindosh-urugʻlari uni yana uylanishga undaydilar. Ismoil ota Oyimxol ona nikohdan oʻtishib turmush qurishadi. Turmush qurishganiga 5-6 yil oʻtgan boʻlsada Olloh Ismoil ota bilan Oyimxol onaga farzand bermaydi. Tushkunlikka tushgan Ismoil boboni yoshi ulugʻ insonlar “farzandli ayol”ga uylantirish toʻgʻrisida qarorga kelishadi.
Ismoil ota mirob boʻlib ishlab yurgan davrlarida Gʻoʻjimsoyning Tegirmonovul qishlogʻida yashab kelayotgan farzandli ayol Ulbozor ona bilan oila qurishadi va 1950-yili oʻgʻil farzand koʻrishadi va unga Kubaymurat deb ism qoʻyishgan. Ulbozor ona farzandlari bilan Tegirmonovul qishlogʻida yashagan. Shu sababli Ismoil ota oʻgʻli Kubaymuratni koʻz oldimda oʻsib ulgʻaysin deb Kubaymurat oʻn sakkiz oyligida Qirqovul qishlogʻida Ismoil bobo bilan birga yashayotgan Zaynab va Oyimxol onalarning qaramogʻiga-tarbiyasiga olib kelib bergan. Onalari Kubaymuratni koʻz qorachigʻiday avaylab-asrab tarbiya bergan. Ulbozor ona esa tez-tez kelib oʻgʻlining holidan xabar olib turardi. Kubaymurat uch yoshlarga kirganida ota-onalarning xolis orzu, niyat va tilaklari amalga oshib, Kubaymuratga cheksiz onalik mehrini bergan Oyimxol onaga ketma-ket Xolmoʻmin (1953-yil), Qambibi (1956-yil) (Olloh rahmat qilsin), Robiya (1958-yil) va Abdumutal (1962-yil) ismli farzandlarni Ollohim ato etgan. Ular bugungi kunda jamiyatimizning turli jabhalarida faol a’zosi sifatida xizmat qilib kelishmoqda.
Kubaymurat 7 yoshga toʻlganda, ya’ni 1957-yilda shu qishloqdagi 74-sonli boshlangʻich maktabda dastlabki ta’limni ola boshlagan. Toʻrtinchi sinfni tamomlagach yashayotgan qishloqdan roppa-rosa 3 kilometr uzoqlikdagi Qoʻrgʻon qishlogʻida joylashgan 73-sonli oʻrta maktabga 5-sinfdan boshlab oʻqishga piyoda borib oʻqib kelgan. Boʻlajak olim maktabning yuqori sinf oʻquvchisi davrida Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi FA M.Oʻrozboev nomidagi Mexanika va inshootlar zilzilabardoshligi institutida ishlab yurgan olim, t.f.n., keyinchalik butun dunyoga mashhur boʻlgan, taniqli akademik Toshpoʻlot Shirinqulov mehnat ta’tiliga chiqib, qishloqqa kelganida Kubaymurat bilan suhbat qurib, darslarga boʻlgan qobiliyatini va iste’dodini sinab koʻrar, xususan, matematikadan misol va masalalarni yechishda nimalarga koʻproq e’tibor berish lozimligi haqida oʻzining qimmatli maslahatlarini berganlar, ilmiy salohiyati boshqa oʻqituvchilardan keskin farq qiluvchi, oʻsha davrda boʻlajak olimlar H.Saitqulov, A.Turdibekovlardan saboq olgan. Ularning mukammal bilimli oʻqituvchilik xarakterlari, Kubaymuratning kelgusida ilm-fan sohasida jamiyatga xizmat qiladigan salohiyatli inson boʻlib shakllanishiga turtki boʻlgan boʻlsa ajabmas.
1967-1972-yillari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ta’lim oldi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Mashinalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash” fakultetini qishloq xoʻjalik mashinalari mutaxassisligi boʻyicha 1972-yili bitirgan. Vazirlar mahkamasi taqsimotiga asosan yoʻllanmaga binoan “Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik texnika” birlashmasi Samarqand viloyati birlashmasi ixtiyoriga yuborilgan. Birlashma uni Jomboy tumani “Qishloq xoʻjalik texnikasi” birlashmasiga ishga yuborgan.
1972-1977-yillarda Jomboy tumani qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasida turli lavozimlarida ishlagan. 1972-yildan Jomboy tumani qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasida «Mashina traktor parkiga texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi» boshligʻi lavozimida ishlab Mirzo Ulugʻbek, Axunboboev, Nizamatov, Pushkin, Kalinin, Moskva va Gʻazara nomli jamoa xÿjaliklarida texnikalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat kÿrsatish sohasida samarali xizmat qildi. 1975-yildan esa, shu birlashmaning “Gidravlik sistemalarini va yurgizib yuborish dvigatellarini ta’mirlash” tsexi boshligʻi lavozimlarida ÿsha davrning nomdor muhandislari P.A.Aliev, A.N.Jamilov, S.T.Oʻralov, A.S.Sattorov, M.M.Murtozaev, B.Doʻsmatov va boshqalar bilan ishladi.
Jomboy tumani qishloq xoʻjaligi texnikasi birlashmasida turli vazifalarda olib borilgan besh yillik samarali faoliyat K.Ismayilovga ilmiy ish bilan shugʻullanish uchun katta tajriba, amaliyot va tayanch maktabini oʻtadi.
U yana oʻqish, izlanish, ilmiy ishlar bilan shugʻullanishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib, fanning sermashaqqat va zahmatli yÿliga kirib bordi. Lekin har qanday ilmiy ishga ham qandaydir tajriba asos boʻlmasa, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish, mukammalligini ta’minlash naqadar ogʻirligi hammaga ma’lum.
1977-yili Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institut Materiallar qarshiligi kafedrasi assistenti, lavozimiga ishga kirgan.
Keyinchalik Moskva muhandislik-qurilish instituti aspiranti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti assistenti, katta oʻqituvchisi, "Qurilish" fakulteti dekan muovini, dotsent, katta ilmiy xodimi, "Er usti transport tizimlari va mashinasozlik" kafedrasi dotsenti, "Er usti transport tizimlari kafedrasi" mudiri, "Avtomobil yoʻllari, aerodromlar va er usti transport tizimlari" kafedrasi dotsenti, "Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va mashinalar" kafedrasi dotsenti, "Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish" kafedrasi dotsenti, "Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi" kafedrasi dotsenti, "Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi" kafedrasi professori, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining "Qurilish muhandisligi" kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
1978-yildan boshlab, V.V.Kuybishev nomidagi Moskva muhandislik qurilish institutida izlanuvchi ilmiy tadqiqotchi va 1980-1983 yillari aspiranturada oʻqib, mazkur institut qoshidagi ixtisoslashgan D.053.11.02. doktorlik ilmiy kengashida professor I.S.Surkov rahbarligida “Исследование напряжений деформаций в тонком замкнутом цилиндре, подкрепленном кольцом жесткости, от сосредото ченного вдоль параллели радиального давления, за пределом упругости” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muddatidan oldin himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. SSSR OAK tomonida 1988-yili 5-martda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 1992-yildan XDP a’zosi.
2005-yil sentyabr oyida Akademik T.Sh.Shirinkulov va professor I.S.Surkovlar rahbarligida “Ustoychivost obolochek, plastin i sterjney za predelom uprugosti” mavzusida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti qoshidagi ixtisoslashgan D.015.18.01 ilmiy kengashda fan doktori dissertatsiyasini himoya qilgan va texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Oʻz.R OAK tomonidan 2019-yili 28-martda professor ilmiy unvoni berilgan.
K.Ismayilov tomonidan elastiklik chegarasidan keyin konstruksiya elementlarini kuchlanganlik-deformatsiyalaganlik holatlarini hisoblash usulini hamda elastiklik chegarasidan keyin konstruksiya elementlarining ustuvorlik nazariyasini takomillashtirdi.
Kichik elastik – plastik deformatsiya nazariyasi doirasida oʻqqa simmetrik yuklar ta’siridagi silindrik qobiq va doiraviy plastinkaning chiziqli boʻlmagan muvozanat differensial tenglamasi, A.A.Ilyushinning, “elastik yechim” usulidan farq qiluvchi, ketma – ket yaqinlashish usulining yangi varianti asosida yechim olgan.
Elastiklik chegarasidan keyin siqilgan sterjen birinchi tur ustuvorligini yoʻqotishining pastki chegarasi, sterjenni cheksiz-kichik egilgan muvozanat holatida tutib turuvchi kritik kuchlanish miqdori bilan aniqlanishi, kesuvchi modul sterjen boʻylama tolalarining yuklanish, shuningdek yuksizlanish qismlarining cheksiz-kichik uchastkasida, material siqilish diagrammasining kritik nuqtasiga urinma boʻyicha siljishi hamda uning yuklanish qismida kamayishi, yuksizlanish qismida esa ortishi koʻrsatiladi. Bu bilan bifurkatsiya holatida kritik nuqtaning muhim nuqta emasligini tasdiqlangan.
Qurilish poʻlati uchun elastiklik chegarasidan keyin Berlin – Dalemsk laboratoriyasida olgan tajriba natijalari tasdiqlovchi, siqilish diagrammasining analitik ifodasi tenglamasi taklif etgan.
Uchlari har xil mahkamlangan siqilgan sterjenlar, konturi boʻyicha tekis taralgan yuk ta’sirida siqilgan doiraviy va toʻgʻriburchakli plastinkalar, boʻylama yoʻnalish boʻyicha siqilgan yopiq silindrik qobiq, tekis taralgan yuk ta’sirida siqilgan silindrik panel, tashqi bosim ta’sirida boʻlgan yopiq silindrik qobiq va sferik qobiqlarning ustuvorlik masalalarining fundamental yechimlari elastiklik chegarasidan keyin ustuvorlik nazariyasining yangi talqinida olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim va fan vazirligining dasturlari va ilmiy-tadqiqot rejalari doirasida eng muhim ilmiy tadqiqot ishlarida yetakchi ilmiy xodim lavozimida xizmat koʻrsatib, "Reologik murakkab muhitlar mexanikasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish va tarixiy obidalar poydevorlari hamda asoslarining ishonchliligini baholash usulini yaratish"; "Deformatsiyalanuvchi muhit bilan oʻzaro ta’sirlashuvchi anizotrop qatlamli elastik va qovushqoq-elastik konstruksiyalarning mustahkamligi, turgʻunligi va tebranishlarini hisoblash nazariyasi va usullarini tadqiq etish va ishlab chiqish"; "Qatlamli qovushqoq-elastik qobiqlar va plastinkalarning hamda ular bilan oʻzaro ta’sirlashuvchi zichlanuvchi gruntning kuchlanish-deformatsiyalangan holatini grunt skeletining suriluvchanligi va grunt osti suvlarining reologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va usullarini ishlab chiqish" tadqiqotlarni amalga oshirgan, shuningdek, 2017–2020-yillarga moʻljallangan OT-F4-71 "Fazoviy va qobiq konstruksiyalarining zilzilabardoshlik nazariyasini rivojlantirish chiziqliklarni e’tiborga olish muammolarini yechish" davlat granti mavzusidagi ilmiy loyihada ham faol ishtirok etgan.
Tadqiqot natijalari sport, koʻngilochar, savdo, transport va qishloq xoʻjaligi maqsadlarida binolar va inshootlarni loyihalashda amalga oshirildi; burgʻilash, burgʻilash agregatlarining choʻkindi quvurlari; teleskopik perforatorlar, burgʻilash dastgohlari pnevmopodatchiklari, konlar va shaxtalarning gorizontal arkalarni samarali mahkamlashlari; bu erda turli xil geometrik shakllardagi sterjenlar, plitalar va qoplamali qobiqlardan foydalanish samarali.
Olim muntazam xalqaro ilmiy anjumanlar, kongresslar, konferensiyalar va respublika ilmiy konferensiyalarida qatnashib, 230 dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy ishlanmalar ilmiy va ilmiy uslubiy ishlanmalarni chop etgan. Jumladan: 6 ta monografiya va OʻzOOʻMTV grifi bilan 6 ta darslik, 20 ta oʻquv qoʻllanmasi, 12 ta mualliflik guvohnomasi, 40 ta ilmiy maqolasi xorijiy davlatlar chop qilingan.
Professor Kubaymurat Ismayilov quyidagi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti huzuridagi DSc.28.02.2018.T/FM.16.01 raqamli Ilmiy kengash; 1993-yildan 2005-yilgacha Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti va Oʻzbekiston Respublikasi FA Samarqand boʻlimi qoshidagi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan Ilmiy kengash a’zosi; Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti, va Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.t.11.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi; Toshkent davlat texnika universiteti va Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.T/FM.03.04 raqamli bir martalik Ilmiy kengash a’zosi; Samarqand Davlat Universiteti huzuridagi DSc. 30. 08. 2018. AM/T. 02. 09 raqamli Ilmiy kengash; Buxoro muhandislik- texnologiya institut huzuridagi ilmiy PhD D.03.27.02.2021. T/FM.101.02 raqamli imiy kengashlar a’zosidir.
Shuningdek, professor Kubaymurat Ismayilov: Amerika qishloq xoʻjaligi va biotibbiyot muhandisligi jurnali "Qurilish mexanikasi va materiallar qarshilik" tahririyat kengashi; Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining «Yongʻin-portlash xavfsizligi» ilmiy-amaliy elektron tahririyat kengashi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Me’morchilik va qurilish muammolari (ilmiy-texnik jurnal) jurnal tahririyat kengashi; Buyuk Turon. Xalqaro ilmiy, ma’rifiy-ma’naviy, adabiy-publitsistik, ommabop va tadqiqotlar jurnal tahririyat kengashlari a’zosi sifatida faol ishtirok etib kelmoqda.
Oliy va oʻrta maxsus, Xalq ta’lim vazirliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamgʻarmasi tomonidan 2010-va 2013-yillardan oʻtkazilgan «Yilning eng yaxshi darslik va oʻquv adabiyoti muallifi» Respublika tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi alohida xizmatlari, koʻp yillik samarali mehnati, viloyat taraqqiyotiga qoʻshgan samarali hissasi hamda jamoat ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok etib kelmoqda.
Professor Kubarmurat Ismayilov: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim a’lochisi”; “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi kÿkrak nishondori”; 2010- va 2015-yillarda Samarqand viloyat hokimligi FAXRIY YORLIGʻI bilan va 2020-yilda Qurilish vazirligining FAXRIY YORLIGʻI bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2023-yil Sadriddin Ayni nomidagi adabiyot fondi “Tojikiston Respublikasi” ta’sis etgan “SADRIDDIN AYNI” kÿkrak nishondori boʻlgan. U Turon fanlar Akademiyasi Akademigi hisoblanadi. Bugungi kunda Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universiteti professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Turmush oʻrtogʻi Ismoilova Hakimoy Hamidovna bilan 1973-yili turmush qurishib besh nafar farzandlarini tarbiyalab voyaga etkazgan.
Toʻngʻich farzandi Ismoilov Ilyas Kubaymurodovich, 1974-yil. Samarqand shahrida maktabni 1992-yil bitirib, Samarqand Davlat Arxitektura va qurilish institutiga oʻqishga kirib, 1997-yili imtiyozli tamomladi. Samarqand viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasida yetakchi mutaxassis boʻlib faoliyat olib bormoqda. Turmush oʻrtogʻi Babanazarova Sevara Abdinazarovna 1980-yil. Samarqand davlat universitetini 2001-yil bakalavr, 2004-yil magistraturani tamomladi. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsent Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD). Oʻgʻillari: Kubaymurodov Davronbek Ilyasovich 1999-yil. 2022-yil Samarqand davlat arxitektura va qurilish universitetini imtiyozli tamomlab, shu yili Toshkent arxitektura qurilish universitetiga magistraturaga qabul qilindi. OʻZGASHKLITI da mutaxassis boʻlib ishlab kelmoqda. Kubaymurodov Diyorbek Ilyasovich 2004-yil. 2022-yili Amerika qoʻshma shtatlariga, Janubiy Florida universitetida 3-bosqich talabasi. Kubaymurodov Davlatbek Ilyasovich 2010 yil. Samarqand shahar 17 – maktab oʻquvchisi.
Oʻgʻli Ismoilov Qaxramon Kubaymurodovich, 1976-yil, 1983-yil Samarqand shahrida maktabni bitirib, Samarqand Davlat Arxitektura va qurilish institutiga oʻqishga qabul qilinib, 1998-yil imtiyozli tamomladi. 2000-yildan DXXda faoliyat olib borib hozirda nafaqada. 2023-yildan Hududgaz ta’minot Samarqand viloyat filiali korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimi boʻlib faoliyat olib bormoqda. Oilali, 4 nafar farzandi bor. Turmush oʻrtogʻi Talliboeva Gulnoz Norboevna 1979-yil, 1996-2001-yil Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida ta’lim olgan, 1999-2011-yil Samarqand qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasida, 2013-2019-yil Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasida hisobchi boʻlib faoliyat olib borgan. Farzandlari: Kubaymurodova Shaxrizoda Qaxramonovna 2003-yil, 2021-yil Samarqand shahar 30-umumiy oʻrta ta’lim maktabni a’lo baholarga tugatib, Samarqand davlat chet tillar institutiga oʻqishga qabul qilindi, hozirgi kunda 4-bosqich talabasi. 2023-yil Samarqand shahar 45-umumiy oʻrta ta’lim maktabni a’lo baholarga tugatib, Toshkent Davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilindi. Hozirgi vaqtda shu universitetda 2-bosqich talabasi, shuningdek Samarqand viloyat ma’muriy sudida ish faoliyatini olib bormoqda. Kubaymurodov Asadbek Kaxramonovich 2010-yil. Samarqand shahar 45-umumiy oʻrta ta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi. Kubaymurodov Imronbek Kaxramonovich 2019-yil, Samarqand shahar 10-son MTM tarbiyalanuvchisi.
Qizi Ismoilova Feruza Kubaymurodovna 1978-yil. Samarqand shahri 20 maktabini 1995-yil maktabni tamomlab, Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini 1999-yil universitetni tamomlab, Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qoshidagi iqtisodiy ta’lim mintaqaviy markazi, 2010-yildan Samarqand huquqshunoslik kolleji oʻqituvchisi. Hozirgi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini Samarqand filialida ishlab kelmoqda. ”Ta’lim xizmatlari bozorida integratsion jarayonlar rivojlanishining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib bormoqda.
2001-yil Turaboev Doniyor Boʻriboevich bilan turmush qurdi. Kuyovi Samarqand viloyati davlat aktivlari xodimi boʻlib ishlaydi. Farzanlari: 2002-yil Doniyorova Muxlisa Jizzax davlat pedagogika institutini biologiya fakultetini tugatdi va farzand tarbiyasi bilan band. 2004-yil Boʻribov Normurod Toshkent transport universiteti temir yoʻl ekspluatatsiyasi fakulteti 3-kurs talabasi. 2009-yil Doniyorova Bahora 25 umumta’lim maktabi 10-sinf oʻquvchisi.
Oʻgʻli farzandi Ismoilov Otabek Koʻbaymurodovich, 1981-yil. 1997-yilda maktabni bitirib, Samarqand Davlat Universitetining huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirib 2001 yilda bakalavr darajasini olgan. 2002-2021-yillarda davomida Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu bilan birgalikda 2012-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini Davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olib davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan. Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida huquqshunos boʻlib faoliyat olib bormoqda.
O.Ismoilov oʻzining sud tizimida olgan amaliy tajribasini ilm bilan uzviy bogʻlash maqsadida, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy maktabida mustaqil izlanuvchi sifatida “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutida tugatishga doir ish yuritish taomilini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.
Turmush oʻrtogʻi Xusainova Ra’no Abdixoliq qizi 1984-yil. Toshkent davlat yuridik institutiga oʻqishga kirib 2006-yilda bakalavr, 2008-yil darajasini olgan. Hozirgi vaqtda Fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimida ishlamoqda. Yuridik fanlar boʻyicha fan nomzodi. Farzanlari: Koʻbaymurodov Mirzo-Ulugʻbek Otabek oʻgʻli 2010-yil. Toshkent shahridagi aniq fanlarga ixtisoslashgan 50-maktab oʻquvchisi. Koʻbaymurodova Shahina-Begim Otabek qizi 2017-yil. Toshkent shahridagi “Uventa” maktabi oʻquvchisi. Koʻbaymurodov Jaxongir-Mirzo Otabek oʻgʻli 2018-yil. Toshkent shahridagi “Littletoots” maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi.
Qizi Ismayilova Xafiza Kubaymuratovna 1985-yil, 21-sonli liseyni 2001-yili tamomlab, shu yili Toshkent Medisina Institutiga oʻqishga qabul qilindi. Oliygohni tamomlagach 2007-yil Samarkand viloyat stomatologiya shifoxonasida shifokor stomatolog lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda Toshkent shahar 59-Oilaviy poliklinikada shifokor stomatolog lavozimida ishlaydi. 2009-yili Xamraev Maruf Sayfullaevich bilan turmush qurgan, Hozirgi kunda Oʻzbekiston temir metall kombinatda yurist lavozimida ishlaydi. Farzanlari: 2010-yil Sayfullaeva Mubina Marufovna, 2013-yil Sayfullaeva Sevinch Marufovna, 2019-yil Sayfullaeva Saida Marufovna, 2024-yil Sayfullaeva Maryam Marufovnalar Toshkent shahar 182-oʻrta ta’lim maktabida tahsil oladi.