Olim

KALDIBEKOVA ANARGUL SOTBAROVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor

Kaldibekova Anargul Sotbarovna – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy peda-gogika universitetining “Umumiy pedagogika” kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi. Umumiy ish staji 48 yil. Mohir pedagog, taniqli olim 40 yildan buyon ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.



Anargul Kaldibekova 1960-yili, 1-yanvarda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1977-yili shu tumandagi 31-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatgan. Anargul o‘quvchilik yillarida Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sur’at” gazeta-sida o‘quvchi-yoshlar hayotiga, urush va mehnat faxriylarining shonli yo‘llariga bag‘ishlab 20 dan ortiq maqolalar chop etgan.



1979-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining “Filologiya” fakultetiga o‘qishga kirgan va 1984-yilda qozoq tili va adabiyoti o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha tugatgan.



1985-yildan 1988-yilgacha  Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institu-tining “Umumiy pedagogika” kafedrasida laborant, soatbay-o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.



1988-1991-yillarda shu institutning kunduzgi maqsadli aspiranturasida o‘qigan.



1991-yildan 2010-yilning 28-oktabriga-cha Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining “Umumiy pedago-gika” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 2010-yilning 28-oktabridan shu kafedrada professor lavozimida ishlayapti.



1993-yili 7-sentabrda “Интернацио-нальное воспитание учащихся старших классов казахской школы в процессе изу-чения родной литературы” (на материале казахских школ Республики Узбекистан) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 1994-yili 27-yanvarda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.



A.S.Kaldibekovaga 2008-yil 27-martda dotsent ilmiy unvoni, 2010-yil 28-oktabrda universitet professori ilmiy unvoni berilgan.



Professor A.S.Kaldibekova Oliy ta’lim tizimida pedagog kadrlar tayyorlash, pedago-gika fanlarini o‘qitish, “ustoz-shogird” tizi-mida ishlash, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim samaradorligini oshirish, ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik adabiyotlar va o‘quv qo‘llanma-larni yaratish borasida katta amaliy tajribaga ega.



A.S.Kaldibekova 20 yildan ortiq vaqt davomida “Umumiy pedagogika” kafedrasi-ning o‘quv-uslubiy birlashmasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Har o‘quv yili uchun “Umumiy pedagogika: Pedagogika nazariyasi Pedagogika tarixi. Pedagogik mahorat” fani bo‘yicha o‘quv-tematik rejalarni, yakuniy va oraliq nazorat, seminar va amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini, testlarni ishlab chiqishda, mus-taqil ish vazifalarini tayyorlashda professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam beradi. Uslubiy birlashma yig‘ilishlarida pedagogika fanini o‘qitishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi va kafedra a’zolari bilan birgalikda muammolarni hal qiladi. Shuningdek, univer-sitet o‘quv-uslubiy kengashi a’zosi sifatida universitetning o‘quv jarayoni sifatini oshirish-ga hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa, innovatsion ta’lim jarayonida uning “o‘quv-uslubiy kengashlar faoliyati  pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish shartidir” degan g‘oyani ilgari surgani, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ushbu mavzudagi ma’ruzalari bilan ilmiy jamoat-chilikni jalb qilgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, so‘ngi yillarda kafedraning ilmiy va metodik seminarlarida o‘qigan “Ta’lim jara-yonini modernizatsiyalash”, “Pedagogik fan-larni o‘qitish jarayonida ta’lim texnolo-giyalaridan foydalanish: muammo va yechim-lar”, “Ta’lim jarayonida innovatsion texnolo-giyalarni loyihalash va rejalashtirish”, “Inklyuziv ta’lim – bugungi kun talabi”, “XIX asrning oxiri – XX asr boshidagi reformatorlik pedagogikaning konsepsiyalari va g‘oyalari”, “Umumiy pedagogika fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarida o‘qitishning an’anaviy va interfaol metodlarini uyg‘unlikda foydala-nish”, “Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim mazmunini belgilashning me’yoriy-huquqiy asoslari (Germaniya, Xitoy davlatlari asosida)”, “Pedagogik prognostikaning ayrim dolzarb  masalalari”, Pedagogning prognostik ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati”, “Oliy maktab didaktikasi: an’anaviylik va zamonoviylik” mavzularidagi ma’ruzalari kafedra a’zolari uchun katta metodik yordam bo‘ldi.



Olima “Umumiy pedagogika” fanidan bakalavriat talabalari uchun o‘quv dasturlarini,  ishchi dasturlarini yaratishda ishtirok etadi. O‘zbekistonda birinchi marta “Pedagogik fikrlar taraqqiyoti”, “Pedagogik riskologiya”, “Pedagogik prognostika” fanlari bo‘yicha magistratura talabalari uchun o‘quv dasturlari va  ishchi dasturlarini yaratdi.



A.S.Kaldibekova qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 150 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqola-lari, tezislari xorijiy va respublika jurnallari hamda ilmiy to‘plamlarda chop etilgan.  Uning 2007-yili nashrdan chiqqan “Педагогика теориясы” nomli o‘quv qo‘llanmasi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” 2008-yil respublika tanlovida 3-o‘rin oldi. Hammualliflikda 2008-yili nashrdan chiqqan “Pedagogika nazariyasi” nomli dars-ligi “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” 2009-yil respublika tanlovida 3-o‘rin oldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida 2023-yil 7-noyabrda o‘tkazilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovida “Umumiy pedagogika” fanidan yozgan qozoq tilidagi “Жалпы педагогика: Педагогика теориясы. Педагогика тарихы. Педагогикалық шебер-лік” nomli darsligi birinchi o‘rinni egallab, vazirlikning maxsus diplomi bilan taqdirlandi.



Hozirgacha 17ta kitob chop ettirgan. Jumladan, “Pedagogika nazariyasi” (2008 y., 2010 y.,  hammualliflikda),  “Жалпы педаго-гика I. Педагогика теориясы” (2019 y.), “Жалпы педагогика II. Педагогика тарихы. Педагогикалық шеберлік.” (2019 y.), “Жалпы педагогика” (2022 y.), “Uliuma pedagogika” (2024 y., hammualliflikda), “Жалпы педагогика” (2024 y.), “Общая педагогика” (2024 y., ҳаммуаллифликда) nomli darsliklar, “Педагогика теориясы” (2007 y.), “Жалпы педагогика теориясы және практикасы.  1-бөлім. Педагогика тео-риясы” (2013 y.), қорақолпоқ тилида “Педагогика” (2019 y., ҳаммуаллифликда), “Pedagogik riskologiya” (2024 y., hammual-liflikda) nomli o‘quv qo‘llanmalar, “O‘quv-chilarning bilish faolligini oshirish” (2006 y., hammualliflikda), “Pedagogik aksiologiya” (2009 y., hammualliflikda),  “Umumiy peda-gogika  nazariyasi va amaliyotidan labora-toriya mashg‘ulotlari” (2013 y.) nomli uslubiy qo‘llanmalar, “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasi” (2012-y., hammualliflikda) nomli monografiya muallifi.



Professor A.S.Kaldibekovaning “Ustoz-shogird” tizimida iqtidorli talabalar bilan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari e’tiborga loyiqdir. Uning ilmiy rahbarligida talabalar pedagogika fanidan Respublika olimpiadala-rida (2002 y. – Nasretdinova M., 2004 y. – Xodjayev B.X., 2021 y. – Yeskulova A.A.) g‘olib bo‘lishdi. Anargul Kaldibekova ilmiy rahbarligida shogirdi Begzod Xodjayev ikki marta: 2004-yil bakalavrlar o‘rtasida va 2006-yilda magistrantlar o‘rtasida Prezident stipen-diyasi sovrindori bo‘lgan. 2007-yilda esa B.Xodjayev yosh olimlar va iqtidorli talaba-larning I Respublika ilmiy-amaliy konferen-siyasi va ilmiy ishlar tanlovida ishtirok etib, pedagogika-psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha  1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, olima ilmiy rahbarligida har yili xalqaro va respublika konferensiyalariga taqdim etilgan  20 dan ortiq talabalarning ilmiy ma’ruzalari “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” va “Eng yaxshi g‘oya” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplomlar bilan taqdirlandi. 2025-yil 27-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Shimkent Universitetida bo‘lib o‘tgan “Студенческая наука: взгляд молодых” (Talabalar ilm-fani: yoshlar nigohida) xalqaro ilmiy-amaliy konfe-rensiyada ustozning ilmiy rahbarligida ishtirok etgan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” mutaxassisligi 2-kurs magistranti Shomuratova Sarvinozning “Improving reading comprehension through graphic organizers” mavzusidagi ma’ruzasi 1-o‘rinni egalladi. Mazkur mutaxassilikning 1-kurs magistranti Dilshodaxon G‘ayratilla qizi Qudratxo‘jayeva olima ilmiy rahbarligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkitl etilgan “YURT FAXRI” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bir qator magistrantlari xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, diplomlar bilan taqdirlandi.



2014-2015-o‘quv yilidan boshlab “Akademik Siddiq Radjabov o‘qishlari” nomli an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya-ning tashkiliy qo‘mita a’zosi sifatida konferensiyani tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda. A.S.Kaldibekova har yili xalqaro, respublika, universitet miqyosidagi konferen-siyalarning yalpi majlisida pedagogikaning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar o‘qiydi. Ilmiy konferensiyalarda o‘qigan ma’ruzalari uchun bir necha marta univer-sitetning “Faxriy yorlig‘i”, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Xalq ta’lim ministrligining “Faxriy Yorlig‘i” (2020 y.), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasining “Tashakkurnomasi” (2022 y.),  Qozog‘iston Respublikasi Shimkent Universitetining “Tashakkurnomasi” (2023, 2024 y.y.) bilan taqdirlandi. 2021-yil, 26-martda Qozog‘iston Respublikasining Shimkent shahrida o‘tkazil-gan  “Этапы развития, достижения незави-симого Казахстана за 30 лет, задачи и перспективы” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Abdulla Avloniy va qozoq ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlaridagi uyg‘unlik” mavzusidagi ma’ruzasi uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.



Umuman olganda, olima Anargul Sotbarovnaning ilmiy-tadqiqot faoliyati juda keng. O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik va baynalmilallik ruhida tarbiyalash, bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivoj-lantirish, pedagogik innovatsion faoliyat, peda-gogik riskologiya, pedagogik prognostika, kooperativ ta’lim, modulli o‘qitish, o‘zbekis-tonlik qozoq adiblarining asarlarida vatanpar-varlik g‘oyalari kabi mavzularni ilmiy ma’ru-zalari va ilmiy maqolalarida har tomonlama yoritib berayotgani ilmiy jamoatchilik tomoni-dan keng e’tirof etilgan.



A.S.Kaldibekova yana bir katta mavzuga qo‘l urgan. U uzoq yillar davomida XIX asr-ning oxiri va XX asr boshlarida ijod qilgan o‘zbek va qozoq ma’rifatparvarlarining peda-gogik qarashlaridagi uyg‘unlikni qiyosiy tahlil qilib, keng omma e’tiboriga havola etib kel-moqda.  Uning “XX asr boshlaridagi qozoq va o‘zbek ma’rifatparvarlarining pedagogik fikrlariga qiyosiy tahlil”, “XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Tur-kistonda  ta’lim tizimi: jadid maktablariga yangicha talqin”, “Abdulla Avloniy va XX asr boshlaridagi qozoq  ma’rifatparvar-lari”, “Абдулла Авлоний мен қазақ ағар-тушыларының педагогикалық көзқарас-тарында үндестік”, “Mag‘jan Juma-baevning “Pedagogika” kitobi – Turkiston o‘lkasidagi birinchi ilmiy-pedagogik adabiyot”, “ХХ ғасыр басында Түркістан өлкесінде тәрбие моделі: мәні мен құрылымы”, “Jadid ma’rifatparvarlarining tarbiya modeli: mohiyati va tuzilmasi” mavzularidagi ilmiy maqolalari pedagogika tarixida yangi sahifalar yaratishga xizmat qilmoqda. 



Anargul Sotbarovna Qozog‘iston Res-publikasining Shimkent universiteti bilan Nizomiy nomidagi TDPU o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida bir necha yillardan beri akademik mobillik dasturi asosida talabalar uchun ma’ruza va  amaliy mashg‘ulotlar,  professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darslari o‘tkazib kelmoqda. Mash-g‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazganligini tas-diqlovchi Shimkent universitetining sertifikati va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.



A.S.Kaldibekova hozirgi vaqtga qadar 1 nafar fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qilgan. Ikkinchi shogirdi dissertatsiyasini Ilmiy kengash muhokamasiga topshirgan.



Professor A.S.Kaldibekova jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi. Ularning talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni omma-lashtirish, burch va odob-axloq qoidalariga amal qilish borasida olib borayotgan ishlari ham e’tiborga molik. Nizomiy nomidagi TDPUning “Pedagog” gazetasining 2017-yil, 28-dekabr kungi 12-sonida chop etilgan “Asossiz murojaat inson huquqi va man-faatlariga zarar yetkazishdir” mavzusidagi maqolasi barcha fakultetlarda o‘rganilib, uni-versitet jamoasining olqishiga sazovor bo‘ldi. Pedagog Universitet va maktab, mahalla va “Mehribonlik uyi” hamkorligidagi faolligi uchun bir necha bor “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan.



Kaldibekova Anargul Sotbarovna O‘zb-ekiston Yozuvchilar Uyushmasining Qozoq adabiyoti kengashi a’zosi sifatida o‘zbekis-tonlik qozoq adiblari bilan birgalikda radio-televideniya va matbuot orqali chiqishlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Har yili “Нұрлы жол” respublika gazetasida ta’lim-tarbiya, kitobxonlik, ma’ri-fatparvarlarning pedagogik faoliyati va qarash-lari kabi mavzularni yoritishga qaratilgan maqolalari e’lon qilinib boriladi.



Yuqori darajadagi o‘quv-metodik, ilmiy-pedagogik faoliyati hisobga olinib, Anargul Kaldibekovaga universitet miqyosida «Mohir pedagog» (2003-y.), «Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi» (2004-y.) unvonlari berildi. 2007-yil 27-avgustda O‘zbekiston Respubli-kasi Prezidentining Farmoni bilan A.S.Kaldibekova “Shuhrat” medali bilan,  2015-yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi”, 2022-yilda “Qoraqol-pog‘iston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari,  2022-yilning 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan  “Vafo va sadoqat uchun” medali, 2022-yilning 25-noyabr kuni Xalqaro Turkiy madaniyat tashkilotining (TURKSOY) “Axmet Baytursinov” medali bilan taqdirlangan.