Olim

KAMILOVA NODIRA GAYRATOVNA

Psixologiya fanlari doktori, professor

Nodira Kamilova Toshkent shahrida 1972-yil 5-iyun sanasida tavallud topgan.



N.Kamilova 1997-yildan buyon  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasida assistent-o‘qituvchi, o‘qituvchi,  dotsent, Amaliy psixologiya kafedrasi professori, Maxsus pedagogika fakulteti dekani, Psixologiya o‘quv ilmiy markaz direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022-yil 5-yanvardan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi direktori lavozimiga tayinlandi va hozirga kadar markazni boshqarib kelmoqda. N.Kamilova zimmasidagi vazifalarni bajarishga mas’uliyat va tashabbuskorlik bilan yondashadi. Ta’lim jarayonini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi.



N.Kamilova 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy ish, shu jumladan,  5 ta monografiya, 6 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 25ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. Bular orasida pedagogika kollejlari uchun “Bolalar psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma, oliy ta’lim muassasalari uchun “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya”, “Psixogigiyena”, “Konfliktologiya” va “Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” (2019)  nomli o‘quv qo‘llanmalar  amaliyotda keng qo‘llanib kelinyapti.



“Konfliktologiya” (2020) va “Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi”(2020) nomli darsliklari o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr ettirilgan. Hammualliflikda tayyorlangan “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya” (2020), “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” (2019), “Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat” (2021) nomli darsliklari bo‘yicha bo‘lajak psixologlar ta’lim olmoqda.



N.Kamilova butun faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muntazam shug‘ullanib keldi.



N.Kamilova 2000-yilda “Psixologicheskiye osobennosti samootsenki podrostkov s deviantnim povedeniyem” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.



2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dotsent ilmiy unvonida tasdiqlandi. 2020 yilda “Xulqi og‘ishgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasa tarbiyalanuvchilari resotsializatsiyasining psixologik-pedagogik xususiyatlari” mavzusida fan doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. N.Kamilova ilmiy rahbarligida 56 nafar magistrlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Hozirgi kunda 2 nafar tadqiqotchi muvaffaqiyatli psixologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 3 nafar mustaqil tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini  himoyaga taqdim etgan va 4 tasi yakunlash arafasida.



N.Kamilovaning  ilmiy izlanishlari respublikada keng ommalashtirilib kelinmoqda. Jumladan, 2006-2008 yillarda N.G.Kamilova  rahbarligida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Penitensiar muassasalar tarbiyalanuvchilarining jamiyatga reintegratsiyasi va ijtimoiy-psixologik readaptatsiyasi” mavzusidagi loyiha doirasida respublikadagi yetakchi olimlar va amaliyotchilar bilan birgalikda bugungi kunda voyaga yetmagan huquqbuzarlarni jamiyatga integratsiyalash va qayta tarbiyalashda muvaffaqiyatli tarzda foydalanilayotgan penitensiar muassasalar tarbiyalanuvchilarining resotsializatsiya tizimini takomillashtirish uchun uslubiy ta’minot yaratildi.



N.G.Kamilova tomonidan  2012-2014-yillar davomida  bajarilgan “Talaba yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida talaba yoshlar orasida huquqbuzarlik va moslashmaslikning oldini olish dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy-amaliy faoliyat natijalari bo‘yicha monografiya, darslik va qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. “Yoshlar orasida suitsidal xulq psixoprofilaktikasi” va “Tobe axloq   psixoprofilaktikasi” nomli uslubiy qo‘llanmalar oliy ta’lim muassasalari ma’naviyat va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan keng qo‘llanib kelinmoqda.



2018-2020-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston uyushmagan yoshlarida mafkuraviy immunitetni ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy amaliy loyiha doirasida tayyorlangan bir qator uslubiy qo‘llanma va targ‘ibot materiallari yoshlar bilan ishlaydigan hokim o‘rinbosarlari faoliyatida qo‘llanib kelinmoqda.



N.Kamilova rahbarligidagi “Ekstremal vaziyatga tushgan odamlarda tibbiy-ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish” mavzusida innovatsion loyiha 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlovda g‘olib bo‘ldi va  Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.  Natijada, “Sergak bo‘l” va “Bardam bo‘l” mobil ilovalari yaratildi va intellektual mulk agentligidan dasturiy mahsulotga patentlar olindi. Shu bilan birga, OTM uchun “Ekstremal vaziyatda psixologik xizmat” nomli elektron darslikka intellektual mulk agentligi tomonidan dasturiy mahsulotga patent olindi.



2023-2024 yillarda N Kamilova rahbarligida “Ijtimoiy va huquqiy xatar guruhi yoshlarida ijtimoiy-psixologik immunitetni ta’sirchan mexanizmlarini ilmiy asoslarini yaratish” mavzusida innovatsion loyihasi doirasida “Yoshlarga yo‘ldosh” elektron platformasi yaratildi va  amaliyotga tatbiq etildi. Elektron platforma ijtimoiy xatar guruhiga kiruvchi yoshlar resotsializatsiyasi ta’minlash uchun audiovizual ishlanmalar, onlayn diagnostika testlar, ta’sirchan tavsiyalar ularni jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan.



N.G.Kamilova 2008-2018-yillar davomida Pushkin nomidagi LDUning BMT ning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha hukumatlararo tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan “Ta’lim butun hayot davomida: barqaror rivojlanish manfaatida uzluksiz ta’lim”  (“Obrazovaniye cherez vsyu jizn: neprerivnoye obrazovaniye v interesax ustoychivogo razvitiya”) mavzusidagi Xalqaro konferensiyada;  2013-yili MIU (Belorussiya) tomonidan o‘tkazilgan “Ta’lim butun hayot davomida” (“Obrazovaniye cherez vsyu jizn”) mavzusidagi Xalqaro konferensiyada,  2005-yilda Germaniyaning Albert Lyuis nomidagi Universitetida, 2022-yil “SNG olimlari xalqaro Forumi”da  o‘tqazilgan ilmiy anjumanlarda ma’ruzalari bilan  faol ishtirok etdi. 



Ko‘p yillik pedagogik staj va tajriba, ilmiy salohiyatga, o‘z sohasida amaliy malakaga ega  bo‘lgan Nodira G‘ayratovna Kamilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirish, stajirovka o‘tash va ta’lim olishni tashkil etish “Iste’dod” jamg‘armasi va grant sohibi bo‘lgan.  2018-yil 1-31-oktabr kunlari N.Kamilova Leningrad davlat universitetida malaka oshirgan.  Shu bilan bir qatorda, 2022-yilda TDPU qoshidagi kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida malaka oshirgan. Malaka oshirish davomida orttirilgan bilim va tajribalarni Nodira Kamilova yosh pedagoglarga seminar-treninglar va namunaviy ma’ruzalar  shaklida yetkazib berdi.



Bugungi kunda N.Kamilova  xorijiy ilmiy jurnal “Vestnik LGU” (Rossiya), Respublikada nashr etiladigan nufuzli jurnallar “Bola va zamon” va “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



Kamilovaning ilmiy qiziqishlari ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan bolalarni ijtimoiy moslashuvini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ularning faol fuqarolik pozitsiyasiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Nodira Kamilova 2005-2018-yillar davomida  xulqi og‘ishgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus muassasa tarbiyalanuvchilari uchun universitet talabalari bilan hamkorlikda xayriya aksiyalarni tashkillashtirib kelingan. 



N.Kamilova 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Faxriy yorlig‘i bilan  taqdirlangan.