Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Abbosxon Marupov 1948-yilning 29-oktyabr kuni Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Maktabda o‘qib yurgan paytida biologiya faniga qiziqar edi. Shu bois u 11-sinfni tugatgandan so‘ng, ota kasbini egallash uchun Toshkent qishloq xo‘jalik institutining O‘simliklarni himoya qilish fakultetiga o‘qishga kirdi va 1971-yili oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli bitirdi. Bilimga chanqoq bu yigitga ustozlari aspiranturada qolib, o‘qishni davom ettirishni maslahat berishdi. O‘simlik dunyosi uni o‘ziga shunchalik maftun etgan ediki, u ustozlarining bu taklifini bajonidil qabul qildi.
1972-1975-yillari O‘rta Osiyo O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutining aspiranturasida mashhur o‘zbek olimasi, professor N.Mirpo‘latova rahbarligida izlanishlar olib bordi va 1975-yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Yillar o‘tishi bilan ilmga chanqoqlik uni Moskvaga yetakladi. U ingliz tilini mukammal o‘rganishni, shu yo‘l bilan dunyo fanidan xabardor bo‘lishni istardi. Shu bois 1978-1979-yillarda sobiq Ittifoq qishloq xo‘jaligi vazirligining K.Skryabin nomli Veterinariya akademiyasi qoshidagi maxsus ingliz tili kursida ta’lim oldi. Ingliz tilini mukammal egallagach, xorijga ketdi. 1981-1983-yillarda Efiopiya Qishloq xo‘jalik vazirligida maslahatchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi va Sobiq Ittifoqning Efiopiyadagi elchixonasining, hamda ushbu davlatning tashakkurnomasiga sazovor bo‘ldi.
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusini u ilk bor 1986-yili Butun ittifoq Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kengashi muhokamasiga qo‘ydi. 1998-yili ushbu institut yo‘llanmasi bilan Butun ittifoq Qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti doktoranturasiga qabul qilindi. Doktoranturani Leningrad shahrida taniqli rus mikrobiologi, akademik G.S. Muromsev rahbarligida o‘tadi.
1990-yili qishloq xo‘jaligi fani bilan shug‘ullanayotgan o‘zbek olimlari orasida birinchilardan bo‘lib, AQSh ning Kaliforniya shtati Devis shahridagi universitetiga taklif qilingan professor bo‘lib uch oy faoliyat ko‘rsatdi. Ushbu nufuzli oliy o‘quv yurtida uch oy dunyoga mashhur fitopatolog Djim De Vey laboratoriyasida g‘o‘zani vilt kasalligidan himoya qilish va viltga chidamli navlar yaratish borasida o‘z tajribasini ortirdi.
Mustaqillik yillarida A. Marupovning izlanishlari yanada sermazmun bo‘lib, O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi O‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida akademik M.V. Muxamedjanovni laboratoriyasida yetakchi ilmiy xodim vazifasida ish boshladi va bir vaqtda 1992-1995-yillar xalqaro nodavlat ekologik “Orol” jamiyatida direktor lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
1993-yili “G‘o‘zani vertitsillyoz viltdan himoya qilishning agrotexnik va biologik vositalarini asoslash va amaliy qo‘llash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
A. Marupov fan doktori bo‘lishiga qaramay, 1999-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini sirtdan tugatdi.
Olim 1995-1998-yillari Jahon bankining O‘zbekistondagi turli loyihalarida rahbarlik lavozimida ishladi. So‘ngra O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markaziga maslahatchi lavozimiga tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Paxta loyihasini qayta qurish agentligi” bo‘lim boshlig‘i (1997), “G‘o‘zani uyg‘unlashgan himoyasi” loyihasi bosh direktori (1997-1999).
1996-1999-yillar - Toshkent Iqtisodiyot Universiteti talabasi (sirtqi).
U O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va investitsiyalarni amalga oshirish maqsadida “Agroilmdunyo” ilmiy ishlab chiqarish korxonasini tashkil etdi va bosh direktori lavozimida ishlab, uning faoliyatini tizimli ravishda yo‘lga qo‘ydi. PL-480 dasturi doirasida 2001-2013-yillarda 96 ta ilmiy loyihalar muvaffaqiyatli bajarildi va ko‘plab yosh olimlar AQShda malaka oshirib qaytishdi.
Abbosxon Marupov bir vaqtning o‘zida ilmiy faoliyatini O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida ham loyiha rahbari sifatida davom ettirgan. U ilk bor STCU orqali (2005-2008-yillar) «Study of intra – specific variability of different geographical populations of Verticillium dahliae and Fusarium oxysporum f.sp. vasinfectum and those aggressiveness in respect to new developed varieties of cotton – wheat seeding rotation» mavzuli R-105 xalqaro loyihasiga AQShning 300 ming dollarlik grantini yutib oldi va laboratoriyani yangi asbob uskunalar bilan jihozladi.
U xalqaro CRDF grantida (2008-2012) UZB2-31001-TA-08 raqami «Sozdanie sortov xlopchatnika s vysokim urovnem (+) – gossipola dlya kormleniya nejvachnyx jivotnyx» loyihasida ishtirok etdi.
A. Marupov O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi PL-480 dasturi doirasidagi bir qator grantlarni g‘olibi bo‘ldi va rahbarlik qildi: “Vilt kasalini qo‘zg‘atuvchisi V.dahliae ning har xil geografik populyatsiyalarini o‘zgaruvchanligi va ularning tumanlashtirilgan navlarga nisbatan agressivligini o‘rganish” grant - UB-ARS, USA (2002); «Izuchenie i razrabotka mer borby s glavneyshimi boleznyami vinograda (oidium, antroknoz i mildyu)» grant - UB-ARS, USA (2004); «Izuchenie i razrabotka mer borby s glavneyshimi boleznyami kostochkovyx plodovyx kultur» - UB-ARS, USA (2006).
Shu bilan birga Marupov A. bir nechta mahalliy fundamental va amaliy grant loyihalariga rahbarlik qildi (2007-2011 yillar) QX–4F–21 - «Izuchenie bioekologi patogenov vozbuditeley osnovnyx bolezney xlopchatnika i razrabotka nauchnyx osnov otsenki ix vredonosnosti v razlichnyx pochvenno–klimaticheskix usloviyax Uzbekistana»; (2009-2011 yy.) QXA-10-092 - «Razvitie osnovnyx bolezney semechkovyx plodovyx kultur v agrobiotsenoze Uzbekistana i razrabotka mer borby s nimi»; (2012-2016-yillar) QXF–5–032 - «Nauchnoe obosnovanie vnutrividovoy izmenchivosti, virulentnosti i agressivnosti novogo vozbuditelya vilta Fusarium moniliforme Sheld. izolirovannogo iz razlichnyx geograficheskix zon Uzbekistana po otnosheniyu k perspektivnym i rayonirovannym sortam xlopchatnika»; (2012-2014-yillar) QXA–9–058- “O‘zbekistonning urug‘li meva bog‘larida monilioz kasalligini o‘rganish va ilmiy asoslangan kurash choralarini ishlab chiqish”; (2012-2016-yillar)
QXF-5-032 - “O‘zbekistonning har xil geografik mintaqalaridan ajratilgan, g‘o‘zaning rayonlashtirilgan perispektiv navlariga nisbatan virulent va agressiv bo‘lgan yangi vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchisi Fusarium moniliforme Sheld”; (2015-2017 yy.) QXA-9-065-2015 - “G‘o‘zaning vilt patogenlariga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish”; (2018-2019-yillar) BV-I-QX-2018-63 - “G‘o‘zaning vilt kasalligiga qarshi solyarizatsiya va sideratsiya usullarini fermer xo‘jaliklarida joriy etish” va (2020-2023-yillar) MO‘-F3-201908015 - “Sozdanie kolleksii in-vitro i bazy dannyx shiroko rasprostrannennyx na xlopkovyx polyax (Fergannskoy doliny) shtammov gribov Verticillium dahliae Klebahn i Fusarium sp.” loyihalar shular jumlasidandir.
Olim 200 dan ortiq ilmiy maqolalar (shu jumladan AQSh va Yevropa Scopus jurnallarida), shuningdek 3 ta monografiya, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq fermerlarga tavsiyanomalar chop etgan, fermer va klaster xo‘jaliklariga seminarlar uyushtirib, amaliy yordam bermoqda.
S-8290 vilt kasalligiga bardoshli g‘o‘za naviga Patent № NAP 00107 va yangi innovatsion g‘oya “G‘o‘za viltiga qarshi kurashda tuproqqa ishlov berish usuli” Patent IAP 2017 0424, ixtiro guvohnomasi № 1395 “Brakonni ommaviy yetishtiruvchi mexanizatsiyalashgan liniyaning asbob uskunalari yig‘imi”, ixtiro guvohnomasi № 1392 “Oddiy oltinko‘z pillasini yalpi olish uchun qurilma”, ixtiro guvohnomasi № 1420 “Qog‘ozni burmalaydigan qurilma” va ixtiro guvohnomasi № 1399 “Donni gidrotermik zararsizlantirish va ishlov berish qurilmasi” ixtirolari muallifidir.
A. Marupovning O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi tizimida, xususan, paxtachilik, bog‘dorchilik, sabzavot va poliz, moyli ekinlarni kasalliklarga qarshi kurashish borasida yaratgan tavsiyalari, hamda zararkunandalarga qarshi biologik kurashda qo‘llanilayotgan ixtirolari fermer xo‘jaliklarida keng tatbiq qilinmoqda. Uning bevosita ishtirokida yaratilgan viltga bardoshli g‘o‘zaning S-8290 navi respublikaning 113,5 ming gaktardan oshiq maydonlarida ekilmoqda va zararkunandalarga qarshi biologik usulda kurash uchun yaratilgan uskunalar respublikada keng qo‘llanilib katta iqtisodiy samara bermoqda. U ilk bor, Buxoro viloyatida gʻoʻzaning ashaddiy kasalligi boʻlgan viltga qarshi kurashda kasallik qoʻzgʻatuvchi patogenni tuproqdak yoʻq qilish va hosildirlikni oshirish ishlanmasini yaratdi va patent oldi.
А. Marupov o‘zining 59 yillik ilmiy va pedogogik ish faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. U 2 nafar fan doktori va 6 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan va yana 2 nafar shogirdi fan doktori dissertatsiyasini tayyorlashmoqda. Bakalavr, magistr va doktorantlarga doimiy ravishda o‘z bilimlarini o‘rgatib kelmoqda. Seleksiya borasida 7 tadan ortiq himoya qilingan fan doktori dissertatsiyalariga vilt sohasida ilmiy-amaliy yordam bergan va berib kelmoqda.
Professor Abbosxon Marupov ingliz tilini mukammal bilganligi tufayli Avstraliya, Angliya, AQSh, Belgiya, Bolgariya, Gollandiya, Gretsiya, Xitoy, Efiopiya, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojkiston, Turkmaniston va boshqa ko‘plab davlatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyalarda o‘zining ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.
A. Marupov professor N.S. Mirpulatova, Rossiya akademigi G.S. Muromsev va AQSh Kaliforniya Devis Universiteti professori Dj. De Vey lardan viltga qarshi kurash va chidamli navlar yaratish borasidagi eng ilg‘or saboqlarni o‘rgandi.
U respublikada O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida yetakchi olim hisoblanadi.