Matibayev Taspolat Baltabayevich 1961-yili Chimkent viloyati Turkiston shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent shahridagi Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi frezerchiligidan boshlagan.
1988-yilda Samarqand Davlat tibbiyot instituti, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Mazkur akademiyaning tadqiqotchisi, aspiranti hamda O‘zbekiston milliy universitetining tadqiqotchi, doktorant sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. 2005-yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislar institutini tamomlagan.
Umumiy ish staji 44 yil, temiryo‘l tizimidagi mehnat staji esa 38 yil.
Taspolat Matibayev shifokor sifatidagi mehnat faoliyatini 1988-yilda O‘zbekiston temir yo‘llari (O‘TY)ga qarashli markaziy klinik kasalxonada jarrohlikdan boshlagan. 1996 yildan O‘rta Osiyo silga qarshi dispanser bosh shifokori, 2002-yildan «Sihatgoh» sanatoriy-profilaktoriy bosh shifokori, 2015-yildan «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Sog‘liqni saqlash xizmati boshlig‘i, 2018 yildan «Sihatgoh» sanatoriy-profilaktoriy bosh shifokori sifatida, 2024-yildan «Sihatgoh» MCHJ direktori lavozimida samarali mehnat qilib kelmoqda…
U 2011-yildan buyon O‘TY Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi, targ‘ibot-tashviqot guruhi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatish bilan birga, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi respublika Kengashi rayosat a’zosi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda jamoatchilik asosida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi huquqiy targ‘ibot guruhi rahbari hamda «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va mafkuraviy immunitetini oshirish» bo‘yicha ishchi guruhi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Taspolat Matibayev keng jamoatchilik o‘rtasida siyosiy, ma’naviy-axloqiy, sog‘lom turmush tarziga bog‘liq davra suhbatlari, tanlovlarni o‘tkazishga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jumladan, 2005-2024-yillarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tizimi jamoasiga, poyezdlar harakati xavfsizligi va shaxsiy xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan lavozimlarda ishlayotganlarga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda respublikaning barcha viloyatlarida 2500 dan ortiq o‘quv seminarlari, davra suhbatlari o‘tkazdi.
Taspolat Matibayev 2009 va 2014 va 2019 hamda 2024-yillarda bo‘lib o‘tgan saylovlarda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga saylangan.
U 2015-yildan Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi o‘rinbosari, Toshkent shahar prokuraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent shahar idoralararo komissiyasi a’zosi, 2018-yildan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, 2018-yildan Toshkent shahar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiya raisi hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi. Shuningdek, u 2019-yildan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi, 2024-yildan xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlarining qo‘shma majlisida senatorlarni saylash maslahat Kengash raisi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi sifatida sidqidildan mehnat qilib kelmoqda.
Taspolat Matibayev xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati, madaniyat va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, adabiyot, sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki va fidokorona xizmatlari uchun bir qator ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
«Faxriy temiryo‘lchi» nishoni, «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni, «Xalq ta’limi a’lochisi», O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Ehtirom» ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining to‘rtta 15 yil; 20 yil; 25 yil; 30 yil esdalik nishoni, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil, 30 yil», «O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markaziga 25 yil; 30 yil», «Adolat» medali esdalik ko‘krak nishonlari, «Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun» medali, “Koronavirusga qarshi fidokorona kurash uchun” medali ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot texnika sohasidagi ko‘p yillik xizmati va soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” esdalik ko‘krak nishoni, Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondining «Oltin meros» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2019-yildan TURON fanlar akademiyasi a’zosi, 2020-yildan Xalqaro ta’lim fanlar akademiyasi a’zosi (MAPN Moskva Rossiya). 2020-yil «Psixologiyadagi xizmatlari uchun» xalqaro psixologiya fanlari akademiyasi ordeni bilan mukofotlangan. 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 2023-yil Xalqaro xalq diplomatiyasi hamdo‘stligi tomonidan «Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikka qo‘shgan hissasi va xalqaro faoliyatdagi alohida yutuqlari uchun medal» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 2024-yil O‘zbekiston temir yo‘llari AJ 30 yilligi ko‘krak nishoni taqdirlandi.
Taspolat Matibayev O‘zbekiston qozoq milliy Markazi boshqarma a’zosi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Jurnalistika sohasidagi «Oltin qalam» XII milliy tanlovi xalqaro diplomi sovrindori, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining «Ijtimoiy sheriklik mavzusida eng yaxshi yoritilgan material uchun» nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi, Toshkent shahar hokimi, Mirobod tuman hokimining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. «Eng faol deputat» va «Eng namunali deputat» sifatida e’tirof etilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Mirobod tuman Kengashiga raislik qilib kelmoqda.
Taspolat Matibayev 30 dan ziyod risola, ijtimoiy mavzudagi 330 dan ziyod ilmiy maqolalar hamda «Ijtimoiy adolat va demokratiya: barqaror taraqqiyot yo‘lida», «Ijtimoiy hamkorlik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishining muhim omili», «Ijtimoiy adolat va demokratiya: davlat va jamiyat hayotining barqaror taraqqiyot yo‘lida», «Jaholat xuruji», «O‘zbekistonda ijtimoiy hamkorlik tizimi: shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari», «Ijtimoiy hamkorlik–millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash vositasi», «Diniy fanatizm va ekstremizmni bartaraf etish omili sifatida «Qiyomatga qolgan qarz» va «Xoinlik» nomli hujjatli filmlar yaratilishida o‘z qissasini qo‘shgan», «Asosiy maqsadimiz – inson manfaatlarini ta’minlash», «O‘zbekiston temir yo‘llari AJ Sog‘liqni saqlash xizmati kasb va axloq odobnomasi», «O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati: Korrupsiya – ijtimoiy xavf», «Gitlerni dog‘da qoldirgan o‘zbek o‘g‘loni», «Yashirin agent», «Siyosiy partiyalarning mahalliy kengashlari: yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida» hamda «Birgalikda g‘olib bo‘lamiz» (COVID-19 pandemiyaga bog‘ishlangan) «Turkistonning birinchi marshali» Sog‘uniy Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘liga bog‘ishlangan) Strategy For The Development Of Uzbekistan:Addressing Corruption As A Social Risk In Civil Society UAE DUVAI, kabi kitoblar nashr etilgan. Shuning bilan birga, koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga, sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri, pandemiyaga qarshi O‘zbekiston tajribasiga bag‘ishlangan maqolalari chop etilgan.