Professor Ravza Fazletdinovna Mavlyanova Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti “Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari Genbank laboratoriyasi” mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning umumiy mehnat faoliyati 54 yilni va ilmiy faoliyati 47 yilni tashkil etadi.
R.F. Mavlyanova ilmiy va jamoat xizmatlari uchun “Mo‘tabar ayol” (2025-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” (2022-y.) ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Markaziy Osiyo va Kavkaz Mintaqasida takomillashtirilgan sabzavot genetik resurslar va texnologiyalarni joriy etish uchun u Butunjahon Sabzavotchilik Markazining Faxriy Yorlig‘i (2012-y.) bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Faxriy Yorlig‘i (2001-y.), Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining Faxriy Yorlig‘i (1999, 2003-y.) va qator Tashakkurnomalarga sazovor bo‘ldi.
Ravza Fazletdinovna Mavlyanova 1954-yilda 2-sentyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirib, 1972-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining (hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti) meva-sabzavot va uzumchilik fakultetiga o‘qishga kirdi. Institutni 1977-yilda institutni tugatib, Toshkent viloyati Qibray tumani “Madaniyat” kolxozida agronom lavozimida ishladi.
1979-yildan boshlab Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) dagi akademik N.I.Vavilov nomidagi Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo filialiga (keyin O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti va hozirgi kunda O‘simliklar genetik resurslari instituti) Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik bo‘limiga kichik ilmiy xodimi lavozimiga ishga kirdi. Ushbu lavozimida ishlab u 1979-yilda Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutiga (VIR, Sankt-Peterburg, Rossiya) sirtqi aspiranturaga o`qishga kirdi va 1984-yilda “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyani muvaffaqiyatli yoqlab, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Keyin 1999-yilda O‘zbekiston g‘o‘za seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot instituti qoshida maxsus kengashida “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyani yoqlab, qishloq xo‘jalik fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. 2001-yilda katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga va 2021-yilda professor unvoniga ega bo‘ldi.
1986-1996-yillar mobaynida O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida (O‘zO‘ITI) katta ilmiy xodim, 1996-2004-yillar davomida esa ilmiy ishlar bo‘yicha direktor muovini lavozimlarida ishladi va 1997-1998-yilda ushbu institutida direktor lavozimida faoliyat olib bordi.
O‘z O‘ITIda ishlab turib, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik dasturi (GNTP) bo‘yicha loyihalarni bajarib hamda xalqaro maqomga ega (ICARDA, ICRISAT, IPGRI) kabi xalqaro tadqiqot markazlari tomondan jami 25 ta loyihalarning tayyorlashda va uni amalga oshirishda ishtirok etdi. 1996-yilda respublika Fan va texnologiyalar markazi qoshidagi “O‘simliklar genofondi” Davlat ilmiy-texnik Dasturini tashkil etishda kengash kotibi sifatida faol ishtirok etdi.
1997-yilda R.F. Mavlyanova institut direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelajakni o‘yladi. Respublika mustaqillikka erishgandan va yangi tizim o‘rnatilgandan so‘ng, institut hozirgi va kelajak seleksiya uchun asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari genofondi bilan ishladi.
Mavjud genofondni saqlab qolish va boyitish uchun R.F. Mavlyanova rahbarligida institutning ichki resurslari hisobidan ilk bor genbank tashkil qilindi va unda 100 dan ortiq qishloq xo‘jaligi ekinlarining jahon kolleksiyalarining 153 mamlakatlardan 43 mingdan ortiq nav namunalari urug‘lari saqlash uchun qo‘yildi. Keyinchalik genbank zamonaviy infrastrukturani yaratish uchun u tayyorlangan loyihasini USAID moliyalashtirdi. Ushbu tizimdagi genbank laboratoriyalarida hozirgacha ish olib borilmoqda. Uni rahbarligi ostida O‘zO‘ITIda respublikada ilk bor turli qishloq xo‘jalik ekinlari jahon kolleksiyalari sistematizatsiya etilib, respublikaning milliy genofondining yaratish statusini belgilab berildi. Natijada, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida eng yirik bo‘lgan qishloq xo‘jalik ekinlarining birinchi Genbank tashkil etildi va 2002-yilda institut Genbanki rasmiy ravishda ish boshladi. O‘simliklar genetik resurslarini saqlash va foydalanish respublikaning ushbu yutug‘ini Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik bo‘yicha xalqaro tashkiloti (FAO) ham ta’kidladi va o‘zini jahon bazasiga kiritdi. 2020-yil 13-mayda ushbu Genbank “Qishloq xo‘jalik ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki” va noyob ob’yektiga o‘tkazildi (Qishloq xo‘jalik vazirligi Qarori №282). O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlari genbankining butun dunyo bo‘ylab tan olinishi ‘Spiringer Nature’ tomonidan 2025-yilda nashr etilgan kitoblar seriyasi “Plant Gene Banks – Uzbekistan Genebank” bilan tasdiqlanadi.
R.F. Mavlyanova doim ilmiy va pedagogik faoliyatni parallel ravishda olib bordi. 2003-2004-o‘quv yilda u o‘rindosh sifatida Toshkent davlat agrar universitetining “Sabzavotchilik” kafedrasida professor lavozimida ishladi. Sabzavot ekinlari seleksiya va urug‘chiligi, yetishtirish texnologiyalari, zamonaviy texnologiyalar dunyo tajribasi bo‘yicha magistrlar uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini olib bordi. Keyingi yillarda u magistratura “sabzavotchilik” mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlari dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbarlik qildi.
2004-yildan R.F. Mavlyanova Butunjahon Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot Markazining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha Toshkentda ochilgan ofisga Mintaqaviy koordinatori lavozimida ishlash uchun taklif qilindi. U ko‘p yillar davomida Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Tadqiqotlari Bo‘yicha Konsultativ Guruhi (CGIAR) Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi uchun Dasturida faol qatnashdi.
R.F. Mavlyanova rahbarligida mintaqasida ilmiy-tadqiqotlar va sabzavotchilik tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Markaziy Osiyo va Kavkaz Mintaqaviy Sabzavotchilik Tarmog‘i” tashkil etildi va ko‘p yillik faoliyat olib borildi. Ushbu Mintaqaviy tarmog‘i sabzavotchilik bo‘yicha sakkizta mamlakatlarni, shu jumladan, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi sabzavotchilik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarini birlashtirdi.
R.F. Mavlyanova har yili Markaziy Osiyo va Kavkaz “CAC Regional Steering Committee Meeting”, “Mintaqaviy sabzavot ekinlarining germoplazmani o‘rganish” va “Yosh olimlar tadqiqotlari” yig‘ilishlarni tashkil qildi. Shunday yig‘ilishlar mintaqadagi mamlakatlar olimlarini hamkorlikka jalb etish, qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tajriba almashish va mintaqada sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy natijalarga erishishga imkon berdi.
R.F. Mavlyanova rahbar va olima sifatida Ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish davomida Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi mamlakatlarga seleksiya uchun turli sabzavot ekinlarining yangi germplazma bilan ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni zamonaviy uslublari bo‘yicha olib borish va davlat reyestriga kiritilgan 18 xil sabzavot ekinlarining 91 ta yangi navlarining yaratilishida (shu jumladan O‘zbekistonda 35 yangi navlar) va rayonlashishida o‘z hissasini qo‘shdi. U yillar davomida ilmiy tadqiqotlarni O‘simlikshunoslik ITI, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, ToshDAU, Milliy universitet va SPEvaKITI bilan olib bordi va shunday hamkorlik davom etilmoqda.
R.F. Mavlyanova xalqaro miqyosida ishlaganda yosh olimlarni tayyorlashda va malakani oshirishda ko‘pgina xalqaro trening-kurslar, seminarlar, anjumanlar va Fermerlar kunlarini tashkil qildi. Mavzular yangi navlar va duragaylarni yaratish, elita urug‘chilik, innovatsion yetishtirish texnologiyalaridan foydalanish va mahsulot hosildorligi va sifatini oshirish, sog‘lom ovqatlanish va sabzavot ekinlarining yangi turlarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini qamrab oladi. Hozirgi kunda u yosh olimlar uchun sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha muntazam treninglar o‘tkazmoqda.
R.F. Mavlyanova ko‘p yillik o`zining olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida ilk bor O‘zbekistonda seleksiya uchun 10 ta ildizmevali va ko‘kat ekinlarning jahon xilma-xilligidan manbalarni ajratib olish ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Ishlab chiqilgan nazariy ishlanmalar sabzavot ekinlari jahon genofondini seleksiyaga ilmiy asosda jalb etish va belgilar kolleksiyalarini yaratish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha (tezpisharlik, hosildorlik, kasalliklarga, issiqqa, qurg‘oqchilikka chidamlilik, yuqori ozuqa moddalar) va boshqa muhim belgilarga ega bo‘lgan dastlabki manba tanlovi prinsiplari seleksiyada asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Noan’anaviy ekinlarning kelib chiqishi va biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda birlamchi va elita urug‘chiligining ilmiy asoslangan xususiyatlari ishlab chiqilib, natijada uning amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi.
R.F. Mavlyanova ilk bor O‘zbekistonda daikon, topinambur, barg salat, sabzavotbop soya, sarsabil loviya, xitoy bargli karam, sabzavotli no‘xati, shirin makkajo‘xori va batat kabi kolleksiyalarni o‘rganish va respublikamiz uchun birinchi mahalliy seleksion navlarini yaratish bo‘yicha ish olib bordi. Ushbu navlari rayonlashtirildi va mamlakatimiz sabzavotchilikga joriy qilindi.
R.F. Mavlyanova innovatsion ishlanmalarning, jumladan sabzavot ekinlarning vegetativ payvandlash usuli, moshning tik o‘suvchi hosildor navlarini yetishtirish va kombayn yordamida yig‘ib olish intensiv texnologiyalari, qimmatli sabzavot ekinlaridan yangi ozuqa turlarini qayta ishlash va mahsulotni ishlab chiqish kabi ishlanmalarni ishlab chiqishga joriy yetilishida tashabbuskor sifatida bo‘ldi. Hozirgi vaqtda respublikadagi bir qator kompaniyalaridan u yaratilgan topinambur “Fayz-baraka” va “Mo‘jiza” navlaridan diabetga qarshi inulin kukuni ishlab chiqaradilar va davolash vositasi sifatida mamlakat dorixona va supermarketlarda sotiladi va chet el mamlakatlarga eksport qilinadi.
Mexanizatsiyalashgan yig‘im-terimiga yaroqli u yaratilgan yangi yuqori hosildor intensiv tipdagi qurg‘oqchilikka chidamli va hosildor (Durdona, Zilola, Marjon, Turon, Barqaror va boshqa) mosh navlari fermerlar yetishtirish uchun tobora ommalashib bormoqda (ayniqsa qurg‘oqchilik va sho‘rlanish sharoitida) va mosh xorijiy mamlakatlarga eksport qilish yil sayin ortib bormoqda.
Stressli atrof-muhit sharoitida hosildorlik va sifatni oshirish uchun pomidor va qovunni barqaror payvandtaklarga vegetativ payvandlash texnologiyasi shogirdlar bilan ishlab chiqilgan bo‘lib ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda.
R.F. Mavlyanova Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari Genbank laboratoriyasi mudiri lavozimida ishlab jahon genetik resurslarni to‘plamlarini boyitish va shakllantirish, ekspeditsiyalarni uyushtirish, genofondni saqlash, o‘rganish va hujjatlashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Yillar davomida olib borilgan ilmiy ish natijasida jami 18 ta patentning hammuallifi bo‘ldi, shundan yaratgan topinambur navlaridan qayta ishlash texnologiyalar bo‘yicha 3 ta patent olindi va yangi pomidor, shirin va achchiq qalampir, bodring, kashnich, sabzavotbop soya va mosh navlarining 15 ta patentlari (shu jumladan xorijiy patentlar - Armanistonda - 6, Gruziyada - 2 va Qozog‘istonda - 3) olindi:
Yillar davomida o‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha ko‘p yillik ilmiy tajribasi va turli ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari bilan faol hamkorlik, istiqbolli germplazma bilan ta’minlash, uslubiy yordam va seleksiya jarayonida bevosita o`zi ishtirok etish orqali natijasida davlat reyestrlariga kiritilgan 19 turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarining 56 navlarining (shundan Qozog‘istonda - 6 ta va Tojikistonda - 1 ta nav) muallifi bo‘ldi.
Yillar oralig‘ida R.F. Mavlyanova tomonidan 300 tadan ortiq ilmiy nashrlar chop etilgan, shu jumladan monografiyalar - 3 ta, kitoblar - 5 ta, kitoblardagi boblar - 7 ta, ilmiy jurnallarda maqolalar – 70 dan ortiq (shu jumladan Scopus, Web of Science, Google Scholar bazasidagi), 50 taga yaqin o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar va risolalar. Chop etilgan ishlaridan 40% xorijiy nashrlarda nashr etildi. Shuningdek, u turli mavzularda 50 ga yaqin ilmiy-ommabop maqolalarni ham yozdi. U boshqa olimlar tomonidan yozilgan sabzavotchilik bo‘yicha 10 tadan ortiq kitoblariga, ko‘plab dissertatsiyalarga rasmiy ravishda taqriz berdi va bu ishlar davom etilmoqda.
Uni rahbarligida “seleksiya va urug‘chilik” va “sabzavotchilik” mutaxassisligi bo‘yicha 8 nafar falsafa doktorlar ilmiy unvonini olishdi hamda ya’ni uch nafar yosh olimlar tadqiqotlarni olib bormoqdalar.
U Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan magistrlar uchun Xalqaro o‘quv dasturi bo‘yicha “Qishki maktab” va “Yozgi maktab” da o‘quv kurslarida ma`ruzalarni taqdim etdi va minnatdorlik Sertifikati bilan taqdirlandi.
R.F. Mavlyanova Yevropa, AQSH, Afrika, Avstraliya, Yaqin Sharq va Janubiy-Sharq mintaqalarining 30 dan ortiq Xalqaro Kongresslar, Simpoziumlar va Konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
O‘z faoliyati davomida u ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol qatnashdi. 2010 - 2020 y. u Sabzavotchilik bo‘yicha Xalqaro Tarmog‘i (VEGINET, Hindiston) Ijro Qo‘mitasining a’zosi bo‘ldi.
R.F. Mavlyanova jamoa ishlarida doimo qatnashmoqda. Ildizmevali ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi Butunittifoq uslubiy komissiyasi a’zosi hamda O‘zO‘ITIda ekspert komissiyasi va tahririyat-nashr komissiyasi raisi, ilmiy kengashi raisi muovini, uslubiy komissiya raisi muovini vazifasida faoliyat ko‘rsatdi. Respublika “O‘simliklar genofondi” ilmiy-texnik kengashi kotibasi, seleksiya va urug‘chilik bo‘yicha yirik ilmiy va innovatsion loyihalar ekspertizasi bo‘yicha ekspert kengashining kotibasi, Vazirlar Maxkamasi qoshidagi Fan va Texnologiyalar Markazi koordinatsion kengashining agrar ishlab-chiqarish kompleksi bo‘yicha ekspert kengashining a’zosi, qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish Markazi Toshkent viloyati bo‘limi kengashi a’zosi, bir necha bor ToshDAU bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat attestatsiya komissiyasining raisi bo‘ldi. O‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha Markaziy Osiyo va Kavkaz Tarmog‘ining qishloq xo‘jaligi ekinlari ishchi guruhining a’zosi bo‘ldi. Bir necha bor Baytqo‘rg‘on tumani xalq deputatlari kengashi deputati sifatida saylandi. Toshkent viloyati “Olima” ayol-olimalar Assotsiatsiyasi va ma'rifat va ma’naviyatga bag‘ishlangan turli tadbirlarda faol ishtirok etdi.
U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi, veterinariya va oziq ovqat xavfsizligi kengashining a’zosi bo‘ldi.
Hozirgi paytda u Qishloq xo‘jaligi bilim va innоvatsiyalar Milliy Маrkazi “Meva, sabzavot va dorivor o‘simliklar sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari va hisobotlarni ko‘rib chiqish” bo‘yicha ekspert kengashi a’zosi, SPEva KITI ilmiy kengashi va uslubiy komissiyani a’zosi, falsafa doktori ilmiy darajani olish uchun kirish va malakaviy imtihonlarni topshirish bo‘yicha kengash a’zosi. “Agro Science” jurnali tahririyat a’zosi. Har yili chet el ilmiy kengashlarida dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha kengash a’zosi sifatida qatnashadi.
R.F. Mavlyanova yirik xalqaro loyihalarda qatnashdi, shu jumladan: “AVRDC- The World Vegetable Center's Regional Varietal Trial in Central Asia and the Caucasus” (2005-2016-y.) - mintaqaviy koordinatori; “Nutrition-Sensitive Vegetable Production Technologies in Tajikistan”, USAID Project (2016-2019-y) - xalqaro experti; “Sabzavot va poliz ekinlarining mahalliy navlari birlamchi urug‘chiligini tashkil etish (Vengriya tajribasi asosida)” (2022-2023-y.) innovatsion loyihasi rahbari edi.
2023-yildan hozirgacha u “Development of Vegetable Breeding Technology in Asia region”, Korea-AFACI – WorldVeg Xalqaro loyihasi, “Joint Research Agreement on Characterization and Evaluation of Plant Genetic Resources for Food and Agriculture”, NARA, Yaponiya Xalqaro loyiha va “Improving biotechnology and digital skills in climate-controlled agriculture (BioDigiSkills)” Latviya Xalqaro loyihalarda tadqiqotlarni faol olib boradi.
2024-2025-yillarda u O‘zbekistonning FAOga Global muhim qishloq xo‘jaligi merosi tizimlari (GIAHS) bo‘yicha taqdim hujjatini tayyorlash bo‘yicha milliy ekspert bo‘lib ishlagan.
U qishloq xo‘jaligi fanlari va yosh olimlarni tayyorlash sohasida faol ishlashni davom ettirmoqda.