Olim

MIRSANOV GʻAYBULLO KULMURODOVICH

Filologiya fanlari doktori, professor

Mirsanov G‘aybullo oʻz mehnat faoliyatini 1998-yili Samarqand davlat chet tillar instituti, ingliz tili grammatikasi kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida boshladi. U 1999-2002-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti, filologiya yoʻnalishiga aspiranturaga qabul qilingan. 2003-2011-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti, ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 2011-2013-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti, ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi mudiri, 2014-2015-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti, ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2015-2018-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti, katta ilmiy xodim, izlanuvchi. 2019-yilda “Aspektual va temporallik mazmuni ifodasining kognitiv-pragmatik tamoyillari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Mazkur dissertatsiya doirasida ingliz va o‘zbek  tillarida  aspektual va temporal birliklarning deyektik jihatlari aniqlangan va ularning farqlanish usullari ochib berilgan.  Aspektuallikning kognitiv, diskursiv va konseptual sathlardagi freym tavsifi, prototip nazariya doirasida fe’llarning aspektual prototip xususiyatlarining qiyosiy-tipologik tahlili tamoyillari ochib berilgan.



2021-2022-yillarda magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2023-yildan ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.



Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich Samarqand davlat chet tillar institutida ishlash bilan bir qatorda ko‘plab xalqaro va Respublika anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari tashqari institut va Respublika miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2023-yil Samarqand viloyatining eng chekka hududida joylashgan 88-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, maktab fondiga yuzdan ortiq badiiy adabiyot va o‘quv darsliklari hadya qildi.  



Professor G‘. Mirsanov Respublikamizning qator oliy o‘quv yurtlarida, jumladan Termiz davlat universiteti, Nukus davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Jizzax davlat universiteti, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti filologiya yo‘nalishi talabalari, magistrantlari, tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilariga “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari”, “Fe’l semantikasi masalalari”, “Kognitiv tilshunoslik mohiyati va mazmuni” mavzulari doirasida ma’ruzalar qildi, davra suhbatlari uyushtirdi. G‘. Mirsanov chet tillarni o‘qitishni yangi pedagogik usullari, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarni, innovatsion metodlarni tatbiq qilishni nazariy va amaliy asoslari borasida ham qator maqola va tezislar yozgan.



G‘. Mirsanov 2020-2024-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutda OAK ro‘yxatiga kiritilgan “Xorijiy filologiya” jurnalida muharrirlar tarkibiga kiritildi. U xorijlik va mahalliy olimlar, izlanuvchilarning ilmiy ishlari muntazam chop qilinib kelinayotgan mazkur jurnal nufuzi va salohiyatining barqarorligini ta’minlashda uning xizmatlari alohida ahamiyatga egadir.



G‘. Mirsanov shu davrgacha bo‘lgan faoliyati davomida AQSh, Montklear universiteti professori Stive Sigmiller, Monna Moris (Aston universiteti, Angliya) Olga Valigura (Kiyev davlat universiteti) kabi soha mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashgan holda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. G‘. Mirsanovning mamlakatimizda tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari, turli tillartizimida real voqelikni lisoniy ifodasi masalalari, longvokonseptologiya, matn semantikasi, aspektuallik hodisasi va fe’l semantikasi kabi yo‘nalishlari rivojiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlash lozim. Uning rahbarligida 40 dan ortiq magistrlik, 8 ta filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Ayni paytda ham doktorlik ishlariga rahbarlik qilib, yosh mutaxassislarga ilmiy maslahat berish amaliyotini davom ettirib kelmoqda.



Hozirgi paytda “Ingliz tili tarixi va grammatikasi” kafedrasi professori, lavozimida ishlayotgan G‘. Mirsanov o‘zining kasbiy faoliyati bilan birgalikda bir nechta Ilmiy Kengash va ilmiy seminarlarda ham faoliyat olib bordi. U Termiz davlat universiteti ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021. Fil.78.04 raqamli hamda Toshkent davlat Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli ilmiy kengashlar a’zosi. Olim, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 raqamli ilmiy kengash kotibi hamda kengash qoshidagi 10.00.04-Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti va 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat yuritdi.



Professor G‘. Mirsanov semantika, pragmalingvistika, lingvokognitologiya, aspektuallik kabi zamonaviy tilshunoslik ilmiy sohalari doirasida faol ishlar olib borayotgan olimdir. U olib borgan ilmiy tadqiqotlar milliy tilshunosligimizning taraqqiyotiga muhim o‘rin tutmoqda. G‘. Mirasnov tomonidan asosan ilmiy tadqiqot metodologiyasiga oid bo‘lib, ularda ajdodlarimizning boy ilmiy merosini targ‘ib qilish maqsadi asosiy o‘rinni egallaydi.       



G‘. Mirsanov aspektologiya, ingliz tili tarixi, pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik sohalari bo‘yicha yurtimizda istiqbolli mutaxassislardan biridir. Olimning 100 ga yaqin ilmiy maqola, o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan. Shulardan 1 ta monografiya, 3 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma. Olimning 10ga yaqin ilmiy ishlari xorijiy nashrlarda e’lon qilingan. Jumladan, “Diskurs tarkibida aspektual va temporallik mazmun ifodasi” (2019). G‘. Mirsanov ilmiy maqola va maqola va monografiyalari respublikamizda tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari ommaviylashishiga zamin yaratdi hamda olib borilayotgan tadqiqotlar samarasini ta’minlash, yosh izlanuvchilarga tilshunoslik fanining ilg‘or yutuqlari bilan tanishishga imkon tug‘dirdi.



G‘. Mirsanovning e’tibori ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar samaradorligini ko‘tarish, uni yangi bosqichlarga olib chiqish bilan bir qatorda ilmiy faoliyatda fidokorlik ko‘rsatishga qaratilgan. Olim o‘zining samimiyati, kamtarona fe’l-atvori, mehnatsevarligi, yurtiga bo‘lgan mehr-muhabbati bilan jamoatchilik, hamkasblari orasida hurmat-ehtirom qozongan.