Olim

MULLABAYEVA NOZIMA MAXMUDJANOVNA

Psixologiya fanlari doktori, professor

Mullabayeva Nozima Maxmudjanovna 1978-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1985-1995-yillar davomida Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 254-oʻrta maktabda tahsil olgan. Maktabda oʻqish davrida bir qator fan olimpiadalarida (ona tili va adabiyoti, tarix va fizika) shahar bosqichida faxrli oʻrinlar sohibi. 1995-1999-yillar davomida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining, Ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti, psixologiya yoʻnalishini bakalavrini imtiyozli diplom bilan tugatgan.



 1999-2001-yillar davomida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining, Falsafa fakulteti, psixologiya yoʻnalishining magistratura bosqichida tahsil olgan. Universitetda oʻqish davomida Toshkent shahar Uchtepa (A.Ikromov) tumani xalq taʼlimi boʻlimi qoshida tashkil etilgan tashxis markazida psixolog metodist sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.



2002-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining aspiranturasiga oʻqishga kirib, Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Toʻlaganova Gulchexra Kuchkarovna rahbarligida “Tavakkalchilikning yosh va psixologik xususiyatlari” muammosini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan.



N.Mullabayeva 2007-yilda “Tavakkalchilikning yosh va psixologik xususiyatlari (Oʻsmirlik va oʻspirinlik davri misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.



2005-yildan boshlab Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti Psixologiya kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlagan. 2018-yil fevral oyida dotsent ilmiy unvonini olishga muvaffaq boʻlgan. Hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Milliy universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti sifatida “Umumiy psixologiya« («Evolyutsion psixologiyaga kirish«, «Sezgi va idrok«, «Kognitiv jarayonlar psixologiyasi” boʻlimlari), Psixologik trening asoslari, “Psixologik tadqiqot natijalarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari«, «Zamonaviy psixologiyada sifat va miqdor metodlari”, “Individual va guruhiy konsultatsiya”, “Mutaxassislikka kirish” va boshqa fanlar boʻyicha maʼruza va seminar mashgʻulotlarini olib borgan.



N.M. Mullabayeva 2003-2005-yillarda Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida «5-7 yoshli bolalarning maktab taʼlimiga yetuklikning psixofiziologik mexanizmlari« mavzusida amalga oshirilgan yirik ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etgan.



2013-yilda Xitoyning Pekin shahrida tashkil etilgan Building Individual and Organizational Capacity for Psychological Intervention after Disasters in the Asia and Pacific Region “Workshop on Psychological Intervention after Disasters” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Pekin shahrida «Building conscious decision-making skills at risky situations in the life of youth» nomli oʻz tadqiqot loyihasini mutaxassis psixologlarga taqdim etgan. Bu loyiha tadqiqot tashkilotchilari va ishtirokchilar tomonidan yuqori baholangan.



2016-yildan boshlab xalqaro hamkorlikdagi “Testing Stereotype Content Model in Post-Soviet Space” loyihasida ishtirok etdi va mazkur loyihaning natijasi sifatida 2019-yilda “Stereotypes as Historical Accidents: Images of Social Class in Postcommunist Versus Capitalist Societies” nomli maqola Personality and Social Psychology Bulletin jurnalida nashr qilindi.



2018-yilda oʻz mehnatlarining samarasi natijasida dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʻlgan.



2020-yilda N.M. Mullabayevaning rahbarligidagi talaba Xasanov Jamshid, respublika psixologiya olimpiyasida ishtirok