2000-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan. 1996-yilda Jizzax Davlat pedagogika instituti kunduzgi Biologiya bo‘limini biologiya fani o‘qituvchisi mutaxassiligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan. Murodova Sayyora Sobirovna mehnat faoliyatini Jizzax davlat pedagogika instituti laboranti lavozimidan boshlagan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti aspiranti, Mikrobiologiya instituti kichik ilmiy xodimi, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Toshkent Davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, shu universitetning Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi va fitopatologiyasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi, “Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi” kafedrasi dotsenti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti IOT-2013-5-32 ilmiy guruhida yetakchi ilmiy xodim, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya-fakulteti “IOT-2017-5-22” loyihasi rahbari, katta ilmiy xodim, Toshkent Davlat agrar universiteti Agrobiotexnologiya kafedrasi professori, hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Biotexnologiya kafedrasi professori lavozimlarida ishlab kelmoqda.
“03.00.23– Biotexnologiya” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Fan nomzodligi bo‘yicha dissertatsiya ishini 2000-yil 18-mayda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Bac.thuringiensis var kurstaki entomopatogen bakteriyasining tox-genlarini saqlovchi Bradyrhizobium sp.Vigna radiata L. tuganak bakteriyalari transformantlarini olish” mavzusi bo‘yicha himoya qilgan.
2007-yil 28-iyunda “Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi va fitopatologiyasi” kafedrasi dotsenti unvonini olgan. 2018-yilda Mikrobiologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Mahalliy rizobakteriyalar shtammlari asosida g‘o‘zaning stress sharoitlarga chidamliligini oshiruvchi yangi, raqobatbardosh mikrob preparatlarini yaratish va ularning amaliy ahamiyatini baholash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2018-yil 26-aprelda “03.00.12– Biotexnologiya” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.
2021-yil 25-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 304/1-son bayonnomasiga asosan professor ilmiy unvoniga tasdiqlangan.
Faoliyati davomida 175 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar e’lon qilgan. Shulardan: 116 ta ilmiy ishlari e’lon qilingan, 3 darslik va 2 ta o‘quv qo‘llanma (2 tasi yakka mualliflikda) va 3 ta uslubiy qo‘llanma chop etgan, sohaga oid tayyorlagan va amaliyotga tatbiq etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan 1 ta ixtiro uchun patent va 2 ta mahsulotga mualliflik guvohnomasi olgan. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini oshirishga yo‘naltirilgan “Biotexnologiyaga kirish va jihozlar”, “Hujayra biotexnologiyasi”, “Amaliy enzimologiya” va “Mikrob biotexnologiyasi” fanlaridan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulot darslarini olib borgan. O‘quv jarayonini o‘quv-uslubiy jihatdan yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash maqsadida “Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi” (Darslik, 2008y.), “Agrobiotexnologiya” (Darslik, 2021y.), “Oqsil va fermentlar muhandisligi” (O‘quv qo‘llanma, 2021y.), tayyorlagan va nashr ettirgan.
Fanlardan olib borilayotgan darslarda zamonaviy o‘qitish usullaridan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan to‘liq foydalanib darslarni namunali tarzda o‘tgan. U shu vaqtgacha 5 nafar bakalavr, 12 nafar magistrlik dissertatsiyasi va 2 ta nomzodlik ishiga rahbarlik qilgan.
Ish faoliyati davomida respublika va viloyatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro, mintaqaviy ilmiy-amaliy anjumanlarda biotexnologiya sohasini rivojlantirish muammolariga oid bir qancha ma’ruzalari va ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan. Respublika, viloyat, shahar va OTM miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan. U 2008-2023-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida faol ishtirok etib kelgan, OO‘MTVning faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
R.A. Abduraxmanov “Amaliy matematika” fakulteti “Biotexnologiya” kafedrasining pedagogik mahorati yuqori bo‘lgan, tajribali professor-o‘qituvchilaridan biri hisoblanadi. U barcha ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy tadbirlarida faol ishtirok etib keladi. Shuningdek, S.S.Murodova o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va “ustoz-shogird” yo‘nalishlarida faol qatnashib, yillik reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan. Jamoada o‘tkazilgan anketa va sotsiologik so‘rovlar natijalariga binoan ilmiy-pedagogik faoliyati, jamoatchilik va tashkiliy ishlarda qatnashishi va amaliy tajribaga ega pedagog sifatida tavsiflangan hamda namunali baho berilgan.
Ilmiy faoliyati davomida ID-7-7-“Tuproq jarayonlarini faollashtirgichni olish texnologiyasi” (2005-2006) innovatsiya loyihasi mas’ul bajaruvchisi, I-2012-30-“Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini va tuproq unumdorligini oshirish maqsadida yangi mikrobiologik preparatlardan foydalanish texnologiyasini joriy etish”(2012-2013) katta ilmiy xodim, IOT-2013-5-32- “Sho‘rlangan tuproqlar unumdorligini oshirishda “Zamin” mikrobli kompozitsiyasini qo‘llash va uning sanoat namunasini Davlat kimyo komissiyasi ro‘yxatidan o‘tkazish” (2013-2014) loyiha rahbari sifatida va O‘zMU da bajarilayotgan fundamental FT 50-2017-raqamli loyihada ishtirokchi sifatida ishtirok etib kelgan (2017-2020).
Murodova Sayyora Sobirovna ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalangan holda, o‘quv jarayonlariga ta’limning innovatsion shakl va usullarini, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etib, innovatsion ta’lim metodlari asosida talabalar bilan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. Nazorat o‘tkazish jarayonida darajali, bilishga oid, anglashga oid, tahlilga oid, xulosa qilishga oid testlarni samarali qo‘llaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimedia ta’lim resurslaridan foydalangan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
Kafedra ilmiy-metodik hujjatlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etib, shu yo‘nalishda kafedra professor-o‘qituvchilariga yaqindan yordam beradi. O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni tashkillashtirishda faol qatnashadi.
Talabalar bilan ishlashning ta’sirchan va samarali vositalarini amaliyotga joriy etish, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni yanada kuchaytirish, pirovardida jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladigan ma’naviy, intellektual va jismoniy yetuk yosh avlodni tarbiyalashda talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va ochiq muloqotlar tarzda ishlarni olib boradi.
2019-yilda O‘zbekiston ayollarining eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihasi tanlovida o‘z innovaitson g‘oyasi bilan g‘olib bo‘lganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan. S.S.Murodova doimiy ravishda o‘z malakasini va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi.
U ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilish bilan birgalikda, fidoyi, kamtarin, ko‘p qirrali olim, mohir pedagog, jonkuyar ustoz, tashkilotchi va yuksak madaniyatli inson sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan. U o‘z talabalari va hamkasblari oldida mas’uliyatni doimo his qiladi va o‘zining professional vazifasini har doim sifatli bajaradi. Intizomi, tashkilotchiligi va talabchanligi bilan jamoada obro‘ qozongan.