Olim

MUXIBOVA ULFATXON UCHKUNOVNA

Filologiya fanlari doktori, professor

Ulfatxon Muxibova 2007-yili Nyu- Yorkda Xalqaro Hindi tili konferensiyasida Hindiston hukumatining “Hindi tili targ‘ibotiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti, 2012-yil Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar uyushmasi Raisining “Yosh olimalarni tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti, 2023-yilda Kanadada Hindi tilida chop etiladigan “Pustak Bharati” jurnali tomonidan “Ijodkorga ehtirom” mukofoti bilan taqdirlangan.



2023-yilda U. Muxibova Hindistonning Rabindranat Tagor universiteti tomonidan “Til va adabiyot sohasida ulkan yutuqlarga erishgan adabiyotshunos olim” nomli mukofot bilan taqdirlandi.



U. Muxibova 2021-yilda “Jahon Hindiy tili Kengashi”ga O‘zbekiston tomondan vakil sifatida qabul qilinib, bugungi kungacha Kengash ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 2021-yildan Rahidov nomidagi xalqaro jamoa Fondi a‘zosi sifatida, 2022-2023-yillarda Respublika miqyosidagi “Filologiya va ijtimoiy fanlar” bo‘yicha Ilmiy-texnik ekspert kengashining a’zosi sifatida faoliyat olib bordi. 2025 yil fevral oyida Hindistonning Rabindranat Tagore universiteti tomonidan Xalqaro Hindiy tili Olimpiada Kengashi tashkil etildi va ushbu Kengashga O‘zbekiston tomonidan a‘zo sifatida prof. U. Muxibova qabul qilindi.



Hindiston mustaqilligi kurashchisi, hind xalqining dohiysi Mahatma Gandi tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlab 2019-yil sentyabr oyida o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada U. Muxibova ishtirok etdi va ushbu konferensiyada Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida shu yili nashr etilgan “Mahatma Gandi” nomli kitobning taqdimotini o‘tkazdi.



2021-yilda Hindiston Madaniy Alokalari Konsulligining Bosh Direktory Tashkentga tashrif buyurdi va safar davomida hindi tiliga Ixtisoslashgan 24-o‘rta maktabga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hindshunoslari va maktabning hindi tili o‘qituvchilari bilan hindi tili darsliging yangi avlodini yaratish kelishib olindi. 2022-yilda Ulfatxon Muxibova rahbarligi va muallifligida 5-11-sinf o‘quvchilari uchun jami 7ta “Hindiy tili darsligi” kitobi tayyorlandi va Toshkentdagi Lal Bahodir Shastri nomli Hind madaniyati markazi homiyligida nasr ettirilib, sentyabr oyida maktab rahbariyatiga taqdim etildi.



U. Muxibova ilmiy faoliyatda 2017-yildan OAK qoshidagi Filologik yo‘nalishda ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash va shu Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.



U. Muxibovaning umumiy mehnat staji - 46 yil. U. Muxibova oʻz mehnat faoliyatini 1979-yili Toshkent davlat universiteti Sharq fakulteti Hind filologiyasi kafedrasi katta laboranti, 1986 yil sentyabr oyidan o‘qituvchi lavozimida ishladi. 1989-1992-yillarda u Toshkent davlat sharqshunoslik instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limida tahsil oldi va 1995-yilda “XVII asr braj adabiyotida “varta” nasriy janri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini hamda 2015-yilda “Boburiylar davri bhakti adabiyoti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2008-2018 yillarda Sharq filologiyasi fakultetining  Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti hamda 2018-2023 yillarda Janubiy Osiyo tillari kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 2009-yilda dotsent hamda 2020-yilda professor unvoniga ega bo‘ldi.



2023-yil sentyabr oyidan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Mahanma Gandi nomli Hindshunoslik Ilmiy Markazi rahbari lavozimida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.



 Shuning bilan bir qatorda, U. Muxibova xalqaro miqyosda turli ilmiy markaz va universitetlarda o‘z ma‘ruzalari bilan chiqib o‘zbek olimalarining ilmiy salohiyatini jahon miqyosiga chiqishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan,  Niderlandiyaning Leiden Universitetida “O‘rta Osiyo va Hindiston adabiy va madaniy aloqalari tarixidan” hamda “Hidistonda Boburiylar davri adabiyoti” mavzularida ma‘ruza o‘qib qaytgan(2018-yil). Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajning 2018-yildagi O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida o ‘zbek hindshunoslari bilan bo‘lgan maxsus uchrashuvda U.Muhibova  nomzodi Mavrikiyada tashlil etilayongan “Xalqaro hindiy tili konferensiyasi”ga tavsiya etildi va U.Muhibova O ‘zbek hindshunosligi: tarix va istiqbol” mavzusidagi ma ‘ruza bilan ishtirok etib qaytdi. 2023 yil fevral oyida Hindiston hukumati tomonidan Fiji orollarida tashkil etilgan “Xalqaro hindiy tili konferensiyasi”ga ham bir necha hindshunoslar bilan bir qatorda prof. U. Muxibova nomzodi ham tavsiya etildi va to‘rt nafar hindshunos Fiji orollarida O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratib konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdilar.



Kalkutta shahridagi Mavlono Abul Qalam Ozod Osiyo tadqiqotlari Institutida (2023-yil dekabr oyida), Hindistonning Dehli shahridagi Adabiyot Akademiyasida (2024-yil),  Qozog‘istonning Al Farobiy nomli universiteti Sharq tillari fakultetida (2024-yil) “Boburiylar davri adabiyoti” hamda “Hindistonning O‘rta Osiyo bilan adabiy va madaniy aloqalari tarixidan” mavzularida, shuningdek, 2023-2024 yillarda Hindistonning Javaharlal Nehru, Agra va Dehli universitetlarida “Bhakti adabiyoti”, “Premchand va Abdulla Kaxxor hikoyanavisligining qiyosiy tahlili” mavzusidagi ma‘ruzalari bilan chiqqan.



Ulfatxon Muxibova Hindistonga qiladigan doimiy safarlarida muntazam ravishda turli ilmiy seminar, simpozium va yetuk olimlar, yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi davra suhbatlarida ishtirok etib kelgan.   



2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning Hindistondagi  elchixonasi va O‘zbekistondan tashrif buyurgan bir gurux mehmonlar ishtirokida o‘zbek tili o‘qitiladigan Javaharlal Nehru universitetida  hindlar uchun yaratilgan birinchi “O‘zbek tili darsligi” taqdimotini o‘tkazdi.



2023-yilda J.Nehru universitetida uch oylik ilmiy safarda bo‘lib “XX asr hind romannavisligi” nomli monografik tadqiqotni amalga oshirish bilan bir qatorda Hind tillar kafedrasi magistr va doktorantlariga “O‘zbekiston yoshlari”, “O‘zbekistonda ta‘lim tizimi” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘tkazdi.



Shuningdek, 2025 yil Iyul oyida Agradagi Bhimrao Ambedkar universiteti tashabbusiga ko‘ra U. Muxibovaning “Mahabharata va Ranayana eposlarining o‘rta asr bhakti adabiyotida qayta yartilishi” mavzusida 45 daqiqalik onlayn ma‘ruzasining videosi “Hindiston ilmlar tizimi” ruknidagi Xorij mutaxassislari ma‘rusazi jamg‘armasiga yuborildi.



Xalqaro ta‘lim dasturlari doirasida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yildagi Hindistonning Gujrat shtatiga rasmiy safarida kelishilgan “Qo‘shma ta‘lim” dasturi kesimida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining besh nafar talabasi 2020-2022-yillarda Gujrat universitetida Lingvistika yo‘nalishida tahsil oldi. Ushbu 5 nafar talabaga Gujrat universiteti tomonidan berilgan magistrlik diplomini qabul qilish rasmiy tadbiriga prof. U. Muxibova Gujrat universitetiga tashrif buyurgan.     



U. Muxibova Niderlandiya, Janubiy Koreya va Hindistonning bir qancha universitetlarida Hindiston xalqlari tili va adabiyoti, ingliz tili, adabiyotshunoslik va adabiy aloqalar kabi yoʻnalishlarda malaka oshirib, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan.



Bundan tashqari, yosh hindshunoslarni yetishtirishda Toshkent davlat sharqshunoslik unuversiteti qoshida 2008-yilda Hindiston elchixonasi bilan hamkorlikda asos solingan, 2023-yilda qayta jihozlangan  Mahatma Gandi nomli Hindshunoslik Ilmiy markazi rahbari sifatida talaba, magistrant va doktorantlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida markazda til va adabiyot to‘garagi, talabalarga ilmiy maqolalar yozish tajribasi, tarjimashunoslik amaliyoti kabi yo‘nalishlarda doimiy ravishda turli seminarlar, darslar, uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etib boradi.



U. Muxibova oʻz kasbiy faoliyati bilan bog‘liq 6ta monografiya, 9ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 3 ta tarjima hamda 1 ta hammualliflikdagi lug‘at nashr ettirgan, shuningdek, 150 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublika va xorijning turli ilmiy nashrlarida e’lon qilingan. Jumladan, 1990-yilda «К традиции паломничества в Средней Азии» (ingliz tilida Hindistonda), 1992-yilda “К проблеме возникновения и становления жанра “варта”, 1995-yilda “К характеристике героев агиографического паямтника «Чаураси вейшнаван ки варта», 1999-yilda “Hind bhakt ayollari”, 2003-yilda “Hind sufiy adabiyoti shakllangan adabiy jarayon”, 2005-yilda “O‘rta asr hind adabiyotida bhakt va sufiy siymosi”,  2008-yilda “Рукописи и издания памятника XVII века «Чаураси вэйшнаван ки варта”, “Mushtarak ikki madaniyat”, 2009-yilda “Влияние идеологии бхакти на мировоззрение Махатмы Ганди.”, “Ҳинд адабиёти ва инсон концепцияси”, 2010-yilda “Джайнские бхакты и их место в литературном процессе средневековой Индии”, “Толерантность как основа идеологии бхакти”, “Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг Ҳиндистон маънавий-маърифий тафаккурида тутган ўрни”, 2011-yilda “Qadimiy hind eposlarida ayollar obrazi”, “Кашмирская суфийская поэтесса Лалешвари”, 2012-yilda “Малукдас ва унинг бҳакти ғоялари”, “Язык брадж язык бхакти”, 2013-yilda “Hindiston xalqlari adabiyotini davrlashtirish masalasiga ayrim qarashlar”,   “Суфизм, бхакти и Ганди”, 2014-yilda “Махабхарата” ва «Андхра Махабхара­та»: миллий ва индивдуал талқин масалалари”, 2015-yilda “Bhakti adabiyotining janrlar tizimi”, 2016-yilda “Hind eposlarining keyingi davr  milliy adabiyotlariga va qo‘shni xalqlar adabiyotiga ta’siri”, “Tarjima adabiy aloqalarning muhim bir yo‘nalishi”, 2017-yilda “Вклад династии Бабуридов на развитие литературы”, “Hind milliy qadriyatlari badiiy asarlar sahifasida”, 2018-yilda “XVI-XVIII asr hind adabiy jarayonlari va bhakti adabiyoti”, “Обмен опытом – гарантия качества специалиста.”, 2019-yilda “Ashvagxosha ijodida buddizm g‘oyalari”, “Alisher Navoiy ijodining Hindistonda o‘rganilishi”, 2020-yilda  “Hind eposlarining boshqa tillardagi nusxalari”, 2021-yilda  “Hindiston tashqi ishlar Vaziri Sushma Svaraj”, “Qadimgi hind ertaklarida tarixiy shaxs”, “Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” hamda Kalidasaning “Xabarchi bulut” asari”, 2022-yilda  “Abdulla Qaxxorning “O‘gri” va Premchandning “Hori ke jeevan ka ek din” hikoyasi: qiyosiy tahlil” (xorij jurnalida), “Boburiylar merosini o‘rganishning dolzarb masalalari”, 2023-yilda “Boburiylar davri bhakti she’riyatida milliy an’analar in’ikosi”, “Ta’lim sifatini oshirishda «Qo‘shma ta’lim dasturlari»ning o‘rni”,  “Warta” as a genre of Indian Hagiographik Literature“ (European journal), “Hindistonda milliy ozodlik uchun kurash va adabiy xayot”, 2024-yilda “O‘zbek hind adabiy aloqalarining XXI asr muammolari va istiqboli”, “Qadimgi hind eposlarining Indonez qadimgi davr adabiyotiga ta’siri” kabi maqolalar.



U. Muxibova kasbiy faoliyati doirasida Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo va Afrika xalqlari xalqaro kinofestivallarida 10dan ortiq hind filmlarini o‘zbek tomoshabinlariga sinxron tarjima qilgan. Shuningdek, qadimgi hind ertaklari to‘plamini, yangi davr hikoyalari dan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr ettirgan. 2022-yilda mumtoz o‘zbek adiblaridan Ogahiy hikmatlarini hindi tiliga tarjima qildi va ushbu kitob “Ogahiy hikmatlari to‘rt tilda (hindiy, xitoy, uyg‘ur va turk tillarida)”  nomi bilan nashr etildi.



Shuningdek, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan va maxsus Qarori bilan O‘zbekistonda keng nishonlangan, O‘zbekistonning sovet davri rahbari Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning asarlari qayta nashr etildi. Ushbu nashrlar orasida jahonning 20 ga yaqin tillariga tarjima qilingan “Kashmir qo‘shig‘i” asariga Kirish so‘zi hindshunos olima sifatida prof. U.Muhibova tomonidan yozildi.



U. Muxibova samimiy va kamtarinligi, mehnatsevar va insonparvarligi, ilmga chanqoqligi, o‘z kasbiga sadoqatliligi va vataniga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan ustozlari, shogirdlari, hamkasblari, mahalladoshlari va oilasi orasida katta hurmat va ehtirom qozongan.