O‘rayeva Darmon Saidaxmedovna 1967-yil 7-mayda Turkmanistonning Chorjo‘y shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. 1974-yilda Buxoro viloyati Olot tumanidagi 1-o‘rta maktabga o‘qishga borib, uni 1984-yilda “Oltin medal” bilan bitirgan. Shu yili Buxoro davlat pedagogika institutining “O‘zbek filologiyasi va chet tillar” fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limiga o‘qishga kirib, uni 1988-yilda “imtiyozli diplom” bilan tamomlagan.
Mehnat faoliyatimni o‘zi o‘qigan Olot shahridagi 1-o‘rta maktabda ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib boshlagan. So‘ngra 1989-1992-yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyoti kafedrasi huzuridagi kunduzgi aspiranturada tahsil olib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti huzuridagi Ilmiy kengashda 1993-yil 17-noyabrda filologiya fanlari doktori, professor O.Safarov rahbarligida “O‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarida parallelizmlarning xarakteri va badiiy-kompozitsion vazifalari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1992-yildan boshlab Buxoro davlat universiteti O‘zbek adabiyoti kafedrasida o‘qituvchi, dotsent, professor lavozimlarida ishlab kelmoqda.
1998-2004-yillarda (orada onalik ta’tili bilan) BuxDU doktoranti bo‘lgan. 2005-yil 23-noyabrda O.Safarov ilmiy maslahatchiligida “O‘zbek motam marosimi folklorining janriy tarkibi, genezisi va badiiyati” mavzusidagi doktorlik tadqiqotimni himoya qilib, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
2006-yilda dotsent, 2018-yilda professor unvonlarini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Hammuallifligida vazirlik grifi asosida “O‘zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori” (O.Safarov, M.Qurboova. 2007), “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi” (O.Safarov, 2010), “O‘zbek mifologiyasi” (M.Jo‘rayev, 2019), “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” (G‘.Murodov, 2023) darsliklari, “O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi xrestomatiyasi” (T.Mirzayev, O.Safarov, 2008), “Jahon adabiyoti terminlarining izohli lug‘ati” (D.Quvvatova. 2015, 2019), “Folklor amaliyoti” (M.Jo‘rayev, M.Jo‘rayev. 2021), “Mif va badiiy ijod” (M.Otajonova, S.Nurullayeva. 2024) kabi o‘quv qo‘llanmalari chop qilingan.
Ilmiy qiziqishlari serqirra olimaning hozirgacha 10 monografiyasi (“O‘zbek motam marosimi folklori” (2004), “Bo‘zlardan uchgan g‘azal-ay” (2004), “Buxor elda gul sayli” (2010), “Oxunjon Safarov” (2010), “Buxoro davlat universiteti: yuz yillikka qadam.” (2016), “Semurg‘ qo‘nar davlatmandning boshiga” (2017), “Ilmliga dunyo yorug‘” (2017), “O‘zbek xalq qo‘shiqlarida parallelizm” (2019), “Uzbek Funerari traditions. Classifikation and character of folklore of Uzbek lament traditions” (2020), “O‘zbek motam marosimi folklori janrlari genezisi va badiiyati” (2023), 6 metodik qo‘llanmasi (“O`zbek xalq og`zaki badiiy ijodi”. 2 jildlik. (2006), “Avazxon” dostonini kollejlarda o‘rganish” (2011), “Rustamxon” dostoni badiiyati” (2011), “Maqollarni sinkveyn usulida o‘rgatish” (2015), “Yoshlarni hunarga o‘rgatishda folklordan foydalanish” (2018), “Talaba ensiklopediyasi” (2022), 2 ilmiy risolasi (“O‘zbek xalq qo‘shiqlarida radif” (2015), “El xizmatida bo‘lish saodati” (2017), 400ga yaqin ilmiy maqola va tezislari e’lon qilingan bo‘lib, soha mutaxassislari uchun muhim qo‘llanma sifatida xizmat qilib kelmoqda.
“Jahon adabiyoti terminlarining izohli lug‘ati” o‘quv qo‘llanmasi uchun intellektual mulk obyekti saqlashga kiritilganligi haqidagi xalqaro guvohnoma (Patent raqami: № 3867) hamda “O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi” nomli elektron darslikning mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash to‘g‘risidagi guvohnoma (№ 005809. 28.12.2022) egasi.
Filologiya fanining dolzarb ilmiy muammolari tadqiqi bo‘yicha 2017-2025-yillar davomida qator shogirdlar tayyorlab yetishtirdi. Ulardan 6 nafari DSc – D.Rajabov (2019), M.Rajabova (2021), M.Gadoyeva (2022), H.Hayitov (2024), R.Kasimova (2024), O.Adizova (2024), 30dan ortig‘i PhD. – Sh.Istamova (2017), 2018-yilda U.Amonov, R.Kasimova, O.Adizova, O.Fayzullayev (2019), 2020-yilda Z.Kabulova, N.Adizova, N.Qodirova, R.Rajabova, M.Qilicheva, 2021-yilda M.Xamidova, G.Qaxxorova, 2022-yilda M.Sulaymanova, G.Nazarova, D.Narzullayeva, Sh.Nizomova, M.Niyazova, S.Axmedova, N.Jumayeva, Z.Jalilova, A.Jumayev, G.Rustamova, J.Temirova, S.Nurullayeva, 2023-yilda O‘.Hamdamova, M.Maxmudova, Z.Safarova, D.Karimova, N.Abdullayeva, L.To‘rayeva, M.Sharipova, 2024-yilda I.Shoymardonov, D.Jo‘rayeva, A.Naimova dissertatsiya himoya qildi. Olima yaratgan ilmiy maktab yildan-yilga kengayib bormoqda.
2012-2016-yillarda “Sharq va G‘arb an’analari badiiy sintezi” nomli F-1-06 davlat fundamental ilmiy grantiga rahbarlik qilgan.
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklorshunoslik bo‘limi tomonidan tayyorlanayotgan yuz jildlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” fundamental tadqiqotlar majmui, 2023-2024-yillarda Turk akademiyasining “Мифологический словар тюркских народов” (“Turk xalqlarining mifologik lug‘ati”), 2024-2025-yillarda yana uning “Semeyniye traditsii tyurkskix narodov” (“Turk xalqlarining oilaviy marosimlari”) nomli xalqaro loyihalarida ishtirok etgan.
2020-yildan BuxDU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/04.06.2021. Fil.72.03 raqamli Ilmiy kengash raisi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosliklari yuzasidan filologiya fanlari doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha DSc.27.06.2017.Fil.46.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi.
Rossiyaning Qozon federal universitetida (2022), Qirg‘izistonning O‘sh (2019), Talas (2022), Jalolobod (2023), O‘sh (2024) universitetlarida ilmiy safarlarda bo‘lib, master-klasslar o‘tkazgan, xalqaro simpoziumlarda spikerlik qilib, sertifikat, “olqish” va “gramota”lar olgan. Olima yana Germaniya, Turkiya, Tojikiston sharqshunos va folklorshunoslari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan.
D. O‘rayeva jamoat ishlarida ham faol. 2009-yildan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi. Partiyaning Buxoro shahar kengashi “Ayollar qanoti” rahbari. 2018-yilda Navoiy shahrida o‘tkazilgan “Nurli navolar” Xalqaro folklor festivalida Hakamlar hay’ati a’zosi sifatida qatnashdi. 2018-yilda Buxoro shahrida “Nasriddin Afandi kunlari”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi viloyat hokimi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro miqyosda “Nasriddin Afandining dunyo kulgi madaniyatidagi o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil qildi. “Talabalar teatr studiyalari festivali”ning respublika saralash bosqichida “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi (2019), “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining gumanitar fanlar yo‘nalishida “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi respublika bosqichi ishtirokchisi (2015, 2016), “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik tanlovining “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi 3-o‘rin sovrindori (2022), “Yil ayoli” milliy tanlovining “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi 1-bosqich g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘llanma olgan (2023).
Ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun “Do‘stlik” ordeni (2021), “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni (2021), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i (2015, 2016, 2021), Buxoro viloyati hokimining “Tashakkurnoma”si (2016, 2023), “Faxriy yorlig‘i” (2019), O‘MTDP rahbari “Tashakkurnoma”si (2022), O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Buxoro viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi kengashi faxriy yorlig‘i (2018) bilan taqdirlangan.
2018-yilda Turkiyaning “Award of the special researcher of the year” sovrinini qo‘lga kiritgan.
D. O‘rayeva oilali. Ikki nafar farzandning onasi. U haqda Buxoro viloyati televideniyesi tomonidan “Mo‘tabar ayol” (2010), “Zamonamiz qahramoni” (2018), O‘zbekiston “Madaniyat va ma’rifat” telekanalidan “Umr daftari” (2023) teleko‘rsatuvlari tayyorlanib, efirga uzatilgan.