Olim

PAZILOVA MERUERT ERMEKBAEVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Meruert Ermekbaevna Pazilova 1972-yil 7-yanvarda Taxiatash shahrida tug‘ilgan. 1991-yil Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirib, 1995-yilda mazkur institutning maktabgacha pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli tamomlagan.



1995-yildan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘zining faoliyatini boshlagan. M.E. Pazilova turli lavozim va vazifalarni bajarib kelmoqda. Jumladan, 1995-1997-yillar “Pedagogika” kafedrasi assistent-o‘qituvchisi, 1997-2000-yillarda Q.Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti kunduzgi bo‘lim aspiranti sifatida ilmiy ish bilan shug‘ullangan.



2001-yildan bugungi kunga qadar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasi assistent-o‘qituvchisi, katta-o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, professor sifatida pedagogik faoliyatini amalga oshirish bilan bir qatorda kafedrada iqtidorli talabalarga mas’ul sifatida yoshlarni ilmga tortish, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash shuningdek, Respublikamizga ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishlariga doir ko‘plab ishlarni amalga oshirib kelmoqda.



M.E. Pazilova 2004-yil nomzodlik dissertatsiyasini Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi DK.D.113.20.01 raqamli Ixtisoslashtirilgan Ilmiy kengashda “O‘quvchilar ma’naviyatini hadislar vositasida shakllantirishning pedagogik asoslari (“Ma’naviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” fanlari misolida) mavzusida himoya qilgan.



Kafedra mudiri sifatida M.E. Pazilova 2019-yilda “Pedagogika-psixologiya ilmining rivojlanishida innovatsion texnologiyalarning roli va ahamiyati” mavzusidagi Respublika, 2021-yilda jahon olimlari bilan hamkorlikda “Ta’lim- tarbiyaning sifatini oshirishda ilmiy-innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari” mavzusida onlayn xalqaro, 2021-yilda “Xalq pedagogikasida talaba-yoshlarni vatanparvarlikka tarbiyalash an’analari” mavzusida Respublika ilmiy anjumanlar tashkil etgan va o‘zining dolzarb mavzudagi ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. 2023-yil 29-31 mayda M.E. Pazilova pedagogik ta’lim bo‘yicha Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan tashkil etilgan “Качество педагогического образования в условиях современних визовов” mavzusida (IFTE 2023: O‘zbekistan. Nukus-29-31 may 2023 yil) xalqaro konferensiyaning “Методологические подходи в историко-педагогических исследованиях” nomli 7-seksiyasini moderator sifatida boshqarib borgan.



2019-yil 28-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 263/1 son bayonnomasi asosida M.E. Pazilovaga dotsent ilmiy unvoni berilgan.



M.E. Pazilova 2019-yildan Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Ped.34.01 raqamli Ilmiy kengashi qoshidagi ilmiy seminar a’zosi, 2024-yildan boshlab Ilmiy kengashining a’zosi sifatida Respublikadagi pedagogika fani bo‘yicha boshqa da ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash va seminar a’zosi sifatida ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashda fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, L.N. Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti  “KeAQ 8D011- Педагогика және психология”, “8Д018-Әлеуметтiк педагогика мамандарын даярлау” kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida dissertatsion kengashining vaqtincha a’zosi sifatida ishtiroq etib kelmoqda.



2022-yildan buyon Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Fan va jamiyat” ilmiy-uslubiy jurnalning va O‘z PFITI Qoraqalpog‘iston filialida tashkil etilgan “Muǵallim hám úzliksiz bilimlendiriw” ilmiy-uslubiy jurnallarining tahririyat a’zosi.



2022-yildan Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli Ixtisoslashtirilgan Ilmiy kengashda “Ajdodlarimiz merosini o‘rganish jarayonida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusidagi doktorlik ishini himoya qilgan. 2025-yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 366/1 son bayonnomasi asosida M.E. Pazilovaga professor ilmiy unvoni berilgan.



M.E. Pazilova “Andragogika”, “Pedagogikaliq sheberlik”, “Pedagogika teoriyası jáne tariyxı” singari darsliklar, “Салыстырма педагогика”, “Pedagogika nazaryyeti we taryhi”, “Didaktika”, “Yunigogika”, “Pedagogik innovatika” singari o‘quv qo‘llanmalarining muallifi hisoblanadi.



O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-mart № 44-sonli “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” buyrug‘i asosida M.Pazilova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi pedagogika kollejida talabalarga “Pedagogik texnika haqida” mavzusida va boshqada mavzularda ochiq darslar tashkil etgan va talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazgan.



M.E. Pazilovaning ilmiy rahbarligida ko‘plab magistrantlar o‘zlarining magistrlik dissertatsiya ishlarini himoya qilgan, bir qancha mustaqil izlanuvchi va tayanch doktorantlar o‘zlarining ilmiy ishlarini olib bormoqda va pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘lishgan. Pedagogika ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan dissertantlarning ilmiy ishlariga ilmiy opponentlik qilib, yurtimizda pedagogika ilmining rivojlanishiga va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashdi fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda.



U o‘zining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga bo‘lgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga bo‘lgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.