2001-yil «O‘zbekiston Mustaqilligi 10 yilligi» esdalik nishoni; 2006-yil «O‘zbekiston Mustaqilligi 15 yilligi» estalik nishoni; 2023-yil “Eng yaxshi ilmiy xodim” ko‘krak nishoni Ostona shahri Qozog‘iston; 2023-yil “Oliy ta’lim a’lochisi ” ko‘krak nishoni O‘zbekiston. Mehnat staji 51 yil. Mazkur professor lavozimida 2022-yildan beri ishlamoqda.
1998-yilda 9-dekabrda O‘zRFA “Fizika - Quyosh” instituti qoshidagi Fizika-texnika instituti huzuridagi D.015.08.01 raqamli ixtisoslashgan ilmiy Kengashda “Oltingugurt bilan kompensatsiya qilingan kremniyda tok beqarorliklarini o‘rganish” mavzusida 01.04.10-“Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan, faxriy jamoatchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2005-yilda “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni 2022-yili professor unvonini olgan. O‘.X. Qurbonova 150 dan ortiq ilmiy maqolalari va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan, nomzodlik himoyasigacha 21 ta ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda, xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya tezis ishlari nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan so‘ng jumladan, 3 ta darslik, 2 ta monografiya, 1 ta patent, 3 ta o‘quv qo‘llanma muallifidir. Ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlaridan pedagogik amaliyotda foydalanilmoqda. O‘.X. Qurbonova uzoq yillar davomida fakultet XQK raisi, kasaba uyushmasi raisi, hamda fakultet murabbiylar kengashi raisi vazifalarini faollik bilan olib borgan.
Uning rahbarligida 1 ta falsafa fanlari doktori hamda 10 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Hozirda 2 nafar ilmiy xodimlar va mustaqil tadqiqotchilarning doktorlik dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbalik qilmoqda. 2017-2020 yillarda OT-F2-50 raqamli “Kremniy panjarasida AIIBVI va AIIIBV yarimo‘tkazgich birikmalarining elementar yacheykalari shakllanishining ilmiy asoslarini ishlab chiqish - fotoenergetika va fotonika uchun istiqbolli materiallar olishdagi yangi yondashuv” mavzusidagi ilmiy loyiha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda katta ilmiy xodim sifatida faoliyatini olib borgan. 2022-yil iyun oyidan kafedradagi Turkiya davlatining Istanbul texnika universiteti hamkorligidagi AL-202102215 xalqaro loyihada faol ishtirok etgan. O‘.X. Qurbonova qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratishda ishtirok etib kelmoqda.
Ushbu qo‘llanmalardan ta’lim jarayonida foydalanilmoqda.
O‘.X. Qurbonova universitet, fakultet va “Raqamli elektronika va mikroelektronika” kafedrasi, Elektronika va avtomatika muhandisligi fakulteti miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ancha yillardan beri faol qatnashib kelmoqda. 2020-yildan elektronika avtomatika fakulteti Xotin- qizlar maslahat kengashi raisi vazifasini faol bajarib kelmoqda. Jumladan, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 2021-2024-o‘quv yillari davomida ToshDTU talabalar turar joyida Yоshlarga oid davlat siyosati ijrosini universitet tomonidan samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida fakultet talaba-yoshlari bilan davra suhbatlari olib bormoqda, o‘quv-tarbiyaviy ishlar yuzasidan talaba-yoshlar bilan muloqotlar olib bormoqda.
2021-yil O‘zbekiston xotin –qizlarining eng yaxshi ilmiy loyiha tanlovi g‘olibi. 2023-yilda MDX ilmiy tashkilotlari orasida eng yaxshi ilmiy xodim unvoniga sazovor bo‘ldi hamda 2023-yil “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi O‘.X. Qurbonova mehnatkash, mas’uliyatli, o‘ziga topshirilgan vazifani sidqidildan bajaradi, tirishqoq. U asosan o‘quv jarayoni va jamoaning ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlanishiga katta e’tibor qaratadi. Xushmuomalali, ilmiy salohiyati yuqori pedagog va o‘ziga talabchan shaxs hisoblanadi. O‘.X. Qurbonova o‘z kasbiy mahorati va ma’naviy dunyoqarashini takomillashtirishga katta e’tibor beradi.
Talabalar, magistrant, doktorantlar va kafedra jamoasi orasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lib kelmoqda. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda faol ishtirok etib kelmoqda. Kamtarin, mehnatsevar, qat’iyatli. Ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida tinimsiz ishlaydi.
Kasb-hunar ta’limi va boshqa OTMlari professor o‘qituvchilari bilan ilmiy-uslubiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda ular bilan birgalikda ta’lim sohasidagi muammolarni bartaraf etishga va uni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha ilmiy maqolalar tayyor-lagan hamda tavsiyalar ishlab chiqqan, ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot ishlarini hamkorlikda muntazam ravishda faoliyat olib boradi. Bir necha bor Faxriy diplomlar bilan taqdirlangan.
Tirishqoq, talabchan, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari orasida katta hurmatga ega. Ibratli oila boshlig‘i. Hozirda 3 o‘g‘il farzandning onasi va 9 nabiraning sevimli buvijonisi.
U oʻzining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga boʻlgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, mo‘tabarligi, professional sohasiga sadoqati va yurtiga boʻlgan mehri bilan keng jamoatchilik, oilasi va mahallasi orasida katta hurmat qozongan.