Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi 1992-yil 4-sentyabrda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan, o‘zbek.
2015-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika va matematika fakulteti «Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi» ta’lim yo‘nalishini tamomlab, Fizika va astronomiya o‘qituvchisi, 2017-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi «Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi» mutaxassisligini tamomlab, Fizika va astronomiya o‘qituvchisi ixtisosligini olgan.
2025-yil 5-apreldan pedagogika fanlari doktori (DSc).
2025-yil 11-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Navoiy davlat universiteti kengashining tavsiyasiga koʻra Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizini “Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonida tasdiqladi.
Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi 2024-yilning 21-dekabrida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligidan “Kredit-modul tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar va ta’lim dasturlari asosida takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 2-avgustdagi 359/3-son qaroriga ko‘ra PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashida pedagogika fanlari doktori, professor Qaxxorov Siddiq Qaxxorovich ilmiy rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi 2021-yilning 22-aprelida 02.00.07- Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyo va texnologiyasi (texnika fanlari) 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari) tutash ixtisosliklari bo‘yicha «Mashinasozlik uchun yuqori elektrofizik va antifriksion-mustahkamlik xossasiga ega termoreaktiv polimer kompozitsiyasi va polimer qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiya ishini O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor Negmatov Soyibjon Sodiqovich va texnika fanlari doktori, professor Abed Nodira Soyibjonovna ilmiy rahbarliklarida muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2017-2018-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti «Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi, 2018-2020-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Fan va taraqqiyot» DUK tayanch doktoranti, 2021-yil 26-iyundan «Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021-2024-yil «Fizika va astronomiya» kafedrasi dotsenti, 2024- yil yanvardan «Fizika va astronomiya» kafedrasi professori
G.I. Sayfullayeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi va Navoiy viloyati hokimligi bilan 05.08.2023-yilda tuzilgan 07- sonli shartnomaga asosan “Elektronika sanoati uchun kompozitsion polimer materiallar asosida o‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgichlarning samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy loyihada katta ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
G.I. Sayfullayeva O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi bilan 31.03.2022-yilda tuzilgan 04- sonli “Poliakrilamid va oltingugurt asosida pronolonatsion ta’sirga ega biafol, arzon nanokompozit olish texnologiyasini ishlab chiqish va olingan preparatni amalda qo‘llashga tayyorlash” mavzusidagi ilmiy loyiha ishtirokchisi
G. I. Sayfullayeva 2023-yilning 3-noyabr kuni 60110700 - “Fizika va astronomiya” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalariga “Astronomiya kursi” fanidan “Butun olam tortishish qonuni, ikki jism masalasi. Butun olam tortishish qonuni, ikki jism masalasi. Kosmik tezliklar. Quyosh sistemasi jismlarining massalarini hisoblash” mavzusida, 2023-yilning 17-noyabr kuni kuni “STEAM ta’lim tizimida fizika va astronomiyani o‘qitish” fanidan 60110700 – Fizika va astronomiya mutaxassisligi talabalariga “STEAM ta’limining afzalliklari” mavzusida, 2023-yilning iyul oyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan iqtidorli qizlar uchun tashkil etilgan “Ilm- fan oromgohi” da, 2024-yilning iyun oyida oyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan El- yurt umidi jamg‘armasi stipendiatlari uchun tashkil etilgan “Iqtidoriy” oromgohida, 2024-va 2025-yilning yanvar oylarida Qozog‘istonning M.Avezov nomidagi universitetida o‘tkazilgan “Qishki maktab”da, mentor sifatida ishtirok etib, o‘z ma’ruza darslarni tashkillashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032 sonli qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabida ochilgan “STEM fizika” klubida klub rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har yili iqtidorli talabalar va o‘quvchilar uchun tashkillashtiriladigan ilmiy loyihalarda 2023-yildan buyon “TOP mentor” sifatida faoliyat olib bormoqda.
G. I. Sayfullayeva“Science and innovation” nomli Xalqaro ilmiy jurnalida tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
G. I. Sayfullayeva tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. Ko‘plab uslubiy ishlari e’lon qilingan, jumladan, 4 ta yakka mualliflikda, 20 ta hammualliflikda darslik, 1 ta yakka mualliflikda, 6 ta hammualliflikda o‘quv qo‘llanma, 3 ta yakka mualliflikda 4 ta hammualliflikda monografiya chop ettirgan.
G. I. Sayfullayeva 2022-yil 15-may kuni Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 7- martdagi 101-sonli Farmoyishiga asosan “Fizika va texnologik ta’lim” fakulteti tomonidan tashkil etilgan “Astronomiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi: muammo va yеchimlari” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkilotchisi.
G. I. Sayfullayeva 2024-yil 19-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida oʻtkazilgan “Fizika fanini va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: axborot muammo va yеchimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkilotchisi.
G. I. Sayfullayeva Navoiy viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining STEM fizika klubi rahbari.
Ilmiy rahbarligidagi shogirdi, talaba Mirzaqandova Sohibjamol 2022-2023-o‘quv yili uchun “Prezident” nomidagi davlat stipendiati bo‘ldi, shuningdek “Fizika”Respublika fan olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Ilmiy rahbarligidagi shogirdi, talaba Rashidova Nilufar Normurodovna 2022-2023-o‘quv yili uchun “Navoiy” nomidagi davlat stipendiati bo‘ldi, va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomasiga ega bo‘lgan.
Ilmiy rahbarligidagi shogirdi, talaba Namozova Nilufar 2023-2024-o‘quv yili uchun “Prezident” nomidagi davlat stipendiati bo‘ldi, va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomasiga ega bo‘lgan.
Ilmiy rahbarligidagi shogirdi, talaba Norqulova Madina 2024-2025-o‘quv yili uchun “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiati bo‘ldi, va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomasiga ega bo‘lgan.
Ilmiy rahbarligidagi shogirdi, talaba Bozorova Aziza 2023-2024-o‘quv yili uchun e’lon qilingan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida faol ishtirok etib, pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ilmiy rahbarligidagi shogirdi, talaba Xo‘jayorova Aziza 2024-yil 5-yanvar sanasida Informatika va AT, O‘zbekiston tarixi, Ingliz tili fanidan o‘tkazilgan olimpiadada 3- o‘rin egallab faol ishtirok etib, pul mukofotini qo‘lga kiritdi
Ilmiy rahbarligidagi shogirdi, STEM fizika klubi a’zosi Xolmirzayev Timurjon Nuriddin o‘g‘li Respublika “Milliy fizika” musobaqasida 1- o‘rinni egalladi va O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligining diplom hamda esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldi.
G. I. Sayfullayeva tomonidan “Astrostem.uz” mobil ilovasi va web-sayti yaratildi. Ushbu platforma astronomiyani interaktiv o‘rganish, masalalarni yechish va osmon jismlarini kuzatish imkonini beradi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qulay, zamonaviy va bepul!