Olim

SMANOVA ZULAYXO ASANALIYEVNA

Kimyo fanlari doktori, professor

Z.A. Smanova Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, sohaga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talaba yoshlarga zamonaviy bilim asoslarini o‘rgatish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari uchun OO‘MTV vazirining, Innovatsiya vazirligining va O‘zMU rektorining qator faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan. “Yurt iftixori” va “O‘z kasbining fidoiysi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. Z.A. Smanova 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan. Umumiy ish staji 38 yil.



Smanova Zulayxo Asanaliyevna kimyo fakultetining “Kimyo”, “Tabiiy birikmalar kimyosi”, “Oziq ovqat mahsulotlari analizi” va “Neft va gaz kimyosi” yo‘nalishlari talabalariga “Analitik kimyo”, “Atrof-muhit obyektlari analizi”, “Optik analiz usullari”, fanlaridan hamda “Noorganik va analitik kimyo”,  “Kimyo” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bosqichi talabalariga “Zamonaviy fizik-kimyoviy analiz usullari”, “Molekulyar spektroskopiya”, “Kimyoviy sensorlar”, “Analitik va fizik-kimyoviy tahlil usullari” fanlaridan o‘zbek va rus tillarda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Uning ma’ruzalari yangi pedagogik usullardan keng foydalanilgan holda zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslanib o‘tkaziladi va o‘zining ilmiy – nazariy asoslanganlik darajasi bilan ajralib turadi.



Z.Smanova 1987-yil Toshkent davlat universiteti Kimyo fakultetiga o’qishga kirib 1992-yil a’lo baholar bilan ushbu oliy ta’limni tamomlagan. U 1993-1995-yillar Toshkent davlat universiteti “Analitik kimyo” kafedrasi aspiranti,  1998-2001-yillarda muhandisi lavozimida o’z mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2002-2003-yillarda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti”Analitik kimyi” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, 2003-2005-yillar kafedra dotsenti sifatida ilmiy faoliyatni olib borgan. 2005-2011-yillar - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Noorganik va analitik kime” kafedrasi dotsenti;2011- 2016-yillar - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Umumiy, noorganik va analitik kime” kafedrasi dotsenti; 25.05.16 y.- 25.12.16. -Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Analitik kime” kafedrasi mudiri v.b. lavozimlarida ishlab kelgan. 29.12.2016-x.v. - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Analitik kimyo” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.



Z.A. Smanova «Analitik kimyo» kafedrasining aspiranturasida qolib ilmiy izlanishlar olib bordi va 1998-yilda 02.00.02.-Analitik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha “Sorbsionno-fotometricheskoye opredeleniye nekotorix tyajelix metallov immobilizovannimi organicheskimi reagentami” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.



Ko‘p yillik mehnatining samaradorligi natijasida 2015-yili  Smanova Z.A. “Immobillangan organik reagentlar va ularning og‘ir zaharli metallarni aniqlashda analitik qo‘llanilishi» mavzusidagi 02.00.02 – analitik kimyo ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.  Ilmiy tadqiqot ishlari og‘ir va zaharli metallarni metrologik va analitik tavsiflari yaxshilangan yuqori sezgir va selektivlikka ega bo‘lgan yangi usullarni yaratishga bag‘ishlangan. 2018-yil professor ilmiy unvonini olgan.



Z.A. Smanova hozirgi kunda O‘zbekiston va Qozog‘iston Fanlar Akademiyasining akademigi Sh.T.Tolipovning, kimyo fanlari doktori, professor A.M.Gevorgyan va professor R.X.Djiyanbayevalarning ishlarini davom ettirib kelmoqda va analitik kimyo sohasida ilmiy rahbarligida 100 dan ortiq magistrlar, 23 ta kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 6 ta fan doktori (DSc) tayyorlangan. Hozirgi kunda uning rahbarligida 2 ta doktorant, 5 ta tayanch doktorantlar dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.



Professor Z.A. Smanova 2016-yildan O‘zMU huzuridagi doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bo‘yicha 16.07.2013.K.01.02 raqamli Ilmiy Kengashning a’zosi, 2022-yildan DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy Kengashning raisi asosida faoliyat olib boradi.



Hozirgi kunda atrof-muhit obyektlari, sanoat materiallari tarkibini aniqlashda, ekologik muammolarni hal etishda, xususan, havo, tuproq va chiqindi, oqava suvlar tarkibidagi og‘ir, zaharli metall ionlarini aniqlashda immobillangan organik reagentlardan foydalanish va  ular yordamida metrologik, analitik tavsiflari yaxshilangan tezkor usullarni ishlab chiqish bo‘yicha yangi yo‘nalishda tadqiqotchilari va talabalari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



Organik kimyo va polimerlar kimyosi kafedrasi bilan birgalikda «Regioselektiv reagentlar sintezi» F-7.22 fundamental grantida Z.A. Smanovaning ilmiy ishlari yangi sintez qilingan organik reagentlarni funksional polimerlarga immobillab ularning xossalarini optimallashtirish va atrof-muhit obyektlaridan og‘ir va zaharli metallarni aniqlashda ushbu immobillangan reagentlarni qo‘llashga bag‘ishlangan. tadqiqotlar yangi sorbsion-spektroskopik usullar yaratishga yo‘naltirilgan. 



F-12.53. «Polimer tashuvchilarga immobillangan reagentlar bilan atrof-muhit obyektlaridan ekotoksikantlarni fotometrik va sorbsion fotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish» amaliy grantining  rahbari va ushbu grantda olib boriladigan tadqiqotlar yangi sorbsion-spektroskopik usullar yaratishga yo‘naltirilgan. 



Atrof-muhit obyektlarini metrologik baholashning qattiq fazali spektrofotometrik usuli yaratilgan. Yaratilgan metodning analitik xususiyatlari va metrologik xarakteristikasi o‘rganilgan holda uni tabiiy va chiqindi suvlar analizi uchun tekshirib ko‘rilgan va sinovlar o‘tkazilgan.



Ishlab chiqilgan usullar turli xil suvlarini analiz qilish laboratoriyasi GidrometITI, OTKMZ markaziy analitik va yangi texnologiyalar laboratoriyalarida, Toshkent viloyati va Bekobod SES kimyoviy laboratoriyalarida, YAFI radio preparatlar bo‘limi, Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish komiteti va boshqa analitik laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotga joriy qilish uchun tavsiya etilgan. Olingan eksperimental natijalar O‘zMU, SamDU, UrgDU, Jizzax DPU, TashFarmI bakalavriat va magistratura talabalari uchun “Analitik kimyo”, “Atrof muhit obyektlari analizi”, “Fizik-kimyoviy analiz metodlari” hamda “Analitik kimyoda metrologiya, statistika va kompyuterlar” kabi kurslarning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarga joriy etilgan.



MGU kimyo fakultetida stajirovka va malaka oshirib kelgan.



Smanova Zulayxo Asanaliyevna - kimyo fanlari doktori, 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 4 ta ixtiro uchun patent, 8ta DGU, 3ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq monografiyalar, 30 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Bir qator xalqaro va respublika konferensiyalari ishtirokchisi. 30 dan ortiq shogirdlar tayyorlagan. Ular respublikamizning turli viloyatlarida izlanishlar olib bormoqdalar.



Bugungi kunga qadar ilmiy faoliyati davomida ilmiy yo‘nalishiga doir 100 dan ortiq Scopus, Web of Science va boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari jurnallarida, xorijiy ilmiy jurnallarda, OAK tasarrufiga kiritilgan ilmiy jurnallarda doimiy ravishda ilmiy maqolalarni chop ettirgan. Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy – amaliy anjumanlarda o‘zining ilmiy maqolalari bilan  ishtirok etib ma’ruzalar qilgan.



Zulayхo Smanova boshchiligida Qozog’iston respublikasi Muxtar Avuezov nomidagi Qozog’iston universiteti bilan birgalikda “1+1” magistratura yo‘nalishi ochildi.



Smanova Z.A. universitet va fakultet miqyosidagi barcha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.



Smanova Zulayxo Asanaliyevna fakultetdagi ilmiy faoliyati bilan birgalikda jamoat ishlarida faol ishtirok etib, o‘zining yetakchilik xususiyatini namoyish etmoqda. Qolaversa, kimyo fakulteti pedagogik jamoasi va talabalar orasida ilm fidoyisi va komil shaxs sifatida  qadrlanadi.



Z.A. Smanova dunyoqarashi keng, innovatsion g‘oyalar targ‘ibotchisi sifatida talabalar va professor-o‘qituvchilarga ilmiy faoliyat olib borishlarida, yangi loyihalar yaratishda o‘z yordamini, maslahatlarini berib kelmoqda. Ish faoliyati davomida shogirdlari bir nechta nufuzli xalqaro va respublika miqyosida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.



Smanova Z.A. oilali, 2 nafar farzandning onasi. U kamtarligi, ishda va  talabalarga nisbatan talabchanligi,  o‘z ilmiy saviyasini oshirish ustida tinmasdan ish olib boradi. Ishda o‘ziga yuklangan vazifaga mas’uliyat bilan qaraydi  va bu xislatlari bilan u talabalar va hamkasblari orasida katta hurmat qozongan.