Soatova Nodira Isomitdinovna JDPU 10.00.01-o‘zbek tili va 10.00.02 – o‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy ekspert seminar raisi.
JDPU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD03/04.06.2020. Fil.113 raqamli Ilmiy Kengash va seminar a’zosi.
“Filologik tadqiqotlar” ilmiy jurnalga bosh muharrir oʻrinbosari, “Məktəbəqədər və ibtidai təhsil” Azərbaycan Respublikası Baku elmi-metodik jurnali, “Academic Research in Educational Sciences” ilmiy-metodik jurnali, “Ijtimoiy-gumanitar sohada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar” ilmiy metodik jurnallariga jamoatchilik asosida tahririyat a’zosi.
“Yil ayoli” milliy tanlovining “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha 2021-yil Respublika bosqichi g‘olibasi.
Soatova Nodira Isomitdinovna 1967-yil 22-aprelda Jizzax (hozirda Sharof Rashidov) tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
1974-1984-yillar Jizzax tumanidagi Narimonov (hozirda Sharof Rashidov) nomidagi 10-o‘rta umumta’lim maktabini a’lo baholar tamomlagan.
1984-1988-yillarda A.Qodiriy nomidagi JDPI o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti(3B №853843)ni imtiyozli tamomlagan.
1988-1994-yillar Jizzax shahridagi 14-18-o‘rta umumta’lim maktablarda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
1994-yildan hozirgacha JDPU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta laboranti, o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsenti, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, hozirda professor lavozimlarida ishlamoqda.
Soatova Nodira Isomitdinovna 2001-yilda 10.00.02 - Hozirgi milliy adabiyot (O‘zbek adabiyoti), 10.01.03- Milliy adabiyot tarixi (O‘zbek adabiyoti tarixi) ixtisosligi bo‘yicha “Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida epik tasvir an’analari” mavzusidagi filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi O‘zFA Til va adabiyot institutidagi ixtisoslashgan Kengashning 31.01.2002-yil 84/1 bayonnomasi tavsiyasiga ko‘ra filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan (01 № 006980).
Soatova Nodira Isomitdinovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi 23.09.2004-yil 107/1 bayonnomasi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan (03 № 004755).
2023-yil 10-yanvarda 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida Shuhrat ijodining o‘rni” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan va 2023-yil 31-yanvar 332/1-sonli bayonnomasi bayonnomasi tavsiyasiga ko‘ra, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berilgan (04 № 007366).
Soatova Nodira Isomitdinovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi 3.07.2004 yil 357/1 bayonnomasi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olgan (05 № 005137).
Soatova Nodira Isomitdinovnaning “Ayol bilan munavvar olam”, “Epik tasvir an’analari”, “O‘zbek-qozoq lingvistik lug‘ati”, “An’ana va vorislik”, “Epic Image Traditions in A. Kadiri”, “Shuhrat ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari”, “Furqat hayoti va ijodini muammoli ta’lim metodida o‘rganish”, “Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi”, “O‘zbek adabiyoti”, “Edebi iletişim – yaratici sürecin aynasi” kabi monografiya, lug’at, o‘quv qo‘llanma va antologiyalari nashr etilgan hamda 250 dan ortiq ilmiy maqolalari chet el va Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan.
2020-yildan hozirgacha JDPU huzuridagi PhD.03/04.06.2020.FIL.113.02 raqamli ilmiy seminar a’zosi.
2023-yildan hozirgacha JDPU huzuridagi PhD.03/04.06.2020.FIL. 113.02 raqamli ilmiy Kengash a’zosi.
2023-yildan yildan hozirgacha JDPU 10.00.01 - O‘zbek tili va 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar raisi.
“Filologik tadqiqotlar” ilmiy jurnalga bosh muharrir oʻrinbosari(2024), “Məktəbəqədər və ibtidai təhsil” Azərbaycan Respublikası Baku elmi-metodik jurnali(2024), “Academic Research in Educational Sciences” ilmiy-metodik jurnali(2022), “Ijtimoiy-gumanitar sohada ilmiy-innovatsion tadqiqotlar” ilmiy metodik jurnallarida (2025) tahririyat a’zosi.
Soatova Nodira Isomitdinovna professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot dasturi ishtirokini yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi OTMlari bilan o‘zaro hamkorlik asosida turli ilmiy anjumanlarni o‘tkazish va konferensiya materiallarini to‘plam holida chop etilishini muntazam ta’minlab kelmoqda. Xususan, so‘nggi yillar ichida “Inson ma’naviy kamolotida kitobning o‘rni va ahamiyati” (2018), “Milliy o‘zlikni anglash va millatlararo do‘stlik, qardoshlikni kuchaytirishda adabiyotning o‘rni va ahamiyati (2019), “Filologiyaning umumnazariy masalalari” (2019, 2020. 2021), “O‘zbek tili uslubiyatining dolzarb masalalari” (2021), “O‘zbek tili va adabiyoti tarixi, tadrijiy taraqqiyotining o‘rganilishi: natijalar va muammolar” (2021), “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” (2021, 2022,2023,2024), “Biz salaflar izdoshlarimiz” (2023) kabi Respublika va Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazdi va ushbu konferensiya materiallari asosida to‘plamlarini nashrga tayyorlovchi, taqrizchi va muharrir bo‘lgan.
Soatova Nodira Isomitdinovnaning sa’y harakatlari asosida “Ilm-fan fidoiysi – zahmatkash olim” (2020), “Professor Olimjon Jo‘raev zamondoshlar xotirasida” (2020), “Xotira muqaddas – umr abadiy” (2021), “Nomingiz qalblarda yashaydi mangu” (2022), “Kafedra kecha, bugun va ertaga” (2023), “Abadiyatga daxldor ijodkor” (2023) kabi xotira kitoblari nashr yuzini ko‘rdi.
Soatova Nodira Isomitdinovna kafedrada “Ustoz - shogird” tizimidagi ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish barobarida, iqtidorli talabalar bilan samarali ishlar olib boradi, jumladan: “Scientific Academy" ilm ma’rifat markazining 2023-yil 15 fevral kungi 3- sonli buyrug‘iga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” Xalqaro ko‘rik tanlovida shogirdlari Sarvinoz Alibekova va Maftuna Xidirova “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik nishoni va guvohnoma bilan taqdirlangan (2023-yil).
2024-yil shogirdi Israilov G‘ayrat Boyzoq o‘g‘li “Sakkokiy adabiy merosi va poetik mahorati” mavzusida (10.00.02–o‘zbek adabiyoti) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan va 2024-yil 28-avgust 360/1-sonli bayonnomasi bayonnomasi tavsiyasiga ko‘ra, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan (01 № 014565).
Buyuk mutafakkir, adib, yozuvchilar xotirasini qadrlash va tarixiy merosini talabalarga o‘rgatish maqsadida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, buyuk sarkarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, shoirlar Zulfiya, G‘afur G‘ulom, Shuhrat, E.Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Zulfiya tavallud ayyomlari munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Soatova Nodira Isomitdinovna tashabbuskorligida o‘tkaziladi.
Sharof Rashidov tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig‘inida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zosi.
“Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha “Yil ayoli” milliy tanlovining 2021-yil Respublika g‘olibasi.
Soatova Nodira Isomitdinovna universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda Jizzax shahar va Jizzax viloyat ayollari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish” maqsadida o‘tkazilgan sportning Shashka turi bo‘yicha sport musobaqalarida bir necha yillardan beri faxrli 1-o‘rinni egallagani uchun I darajali diplomlar bilan taqdirlanib kelmoqda.
Soatova Nodira Isomitdinovna yoshlarni barkamol avlod etib tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita ilmiy faoliyat bilan chambarchas olib boradi. Xususan, ustoz-shogird an’anasi asosida filologiya yo‘nalishi talabalari Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan. Hozirda, uning ilmiy rahbarligida hamkasb shogirdlari rahbarligida Doniyorova Mohinur, Shomurodov San’at, Alieva Sevinch, Donoboyeva Mohidil, Xidirova Maftuna, Alibekova Sarvinozlar filologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Soatova Nodira Isomitdinovna o‘z ustida tinimsiz izlanuvchan, mahalla ishlariga, jumladan o‘tkaziladigan tadbir va jamoat ishlariga yaqindan yordam beruvchi fuqarolarimizdan biri. U o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan shuning uchun mahalla keksalari va yoshlari oldida hurmatiga loyiq.
Mahalla tomonidan o‘tkazilayotgan adabiy-badiiy kechalarga o‘zining tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. Jumladan, “Vatanni sevmoq iymondandir” “Mahallam-uyim”, “Tozalik-sog‘liq garovi”, “Mushoira”, “Yosh kitobxon”, “Sport-bizning sog‘lig‘imiz”, “Biz bir jamoamiz”, “Vatan tayanchi yoshlar” “Hayotga tayyormisan qizgina”, “Navro‘z umumxalq bayrami”, “Mushoira”, “Ahil bo‘lib yashaylik”, “Vatan tayanchi yoshlar”, “Inson xotirasi doimo aziz” kabi tadbirlarni o‘tkazishga yaqindan yordam beradi va o‘z ma’ruzalari bilan qatnashadi.
Soatova Nodira Isomitdinovna Sharof Rashidov tumani Qahramon MFY mahallasida “Oqila ayollar”, “Buvijonlar maktabi” jamoat a’zosi.
Soatova Nodira Isomitdinovna dadil, g‘ayratli hamda aniq maqsadni ko‘zlagan, muvaffaqiyatga erishuvchan inson. Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida katta hurmatga ega. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Oilada va mahallada o‘z o‘rniga ega shaxs. Jizzax viloyatining eng faol olima ayolidir.