Olim

TASHMATOV RUSTAM XUSANOVICH

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Tashmatov Rustam Xusanovich, 1978-yilda 8-noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qoshidagi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim lavozimida ishlashdan boshlagan.

 

 Aspiranturada ta’lim olish muddati tugagach, 2006-yil 1-fevraldan e’tiboran mazkur tashkilotning katta ilmiy xodim lavozimida ishlashni davom ettirgan. 2007-2016-yillarda R.X. Tashmatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Institutsional va iqtisodiy tadqiqotlar markazida katta ilmiy xodim, yosh olimlar amaliy loyihasida ilmiy rahbar lavozimida faoliyat olib bordi. 2016-2018 yillarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida sektor mudiri o‘rinbosari, sektor mudiri lavozimlarida, 2021-2022-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi bo‘limining “Iqtisodiyot” kafedrasida dotsent lavozimida ishladi.

2022-yil 5-sentyabrdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazining “Korporativ boshqaruv va investitsiyalarni aksiya hamda obligatsiyalar chiqarish hisobiga jalb qilish muammolarini tadqiq etish” bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

R.X. Tashmatov mamlakatimizda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida murakkab masalalarni hal qilishda tashabbuskor va o‘ziga mas’uliyatni qabul qilishga qodir bo‘lgan ilmiy-pedagogik xodim, qolaversa, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan iqtisodchi olim sifatida o‘zini ko‘rsata olgan.

 

U oxirgi 20 yildan ortiq davr mobaynida mintaqaviy iqtisodiyot, institutsional iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti hamda korporativ boshqaruv sohalari bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U bugungi kunga qadar mamlakatimizda iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishga doir 210 dan ziyod ilmiy, o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar chop etgan, shulardan 13 tasi monografiya (shu jumladan 5 tasi yakka mualliflikda), 4 ta o‘quv qo‘llanma (shu jumladan 1 tasi yakka mualliflikda), 4 ta ilmiy-ommabop risolalar, 80 tadan ortiq ilmiy maqolalar (shundan 30 taga yaqin xalqaro ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda), 100 ga yaqin xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlaridagi maqola va tezislar (shundan 40 taga yaqin xalqaro konferensiya to‘plamlarida) chop etgan.  Umumiy hajmi 1000 betga yaqin 30 tadan ziyod ilmiy va amaliy ishlanmalari (shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar, tahliliy va doklad ma’lumotnomalari, uslubiy tavsiyanomalar, ilmiy taklif va tavsiyalar va h.k.) muallifi (shundan 14 tasi amaliyotga joriy etilib, tegishli ma’lumotnomalar olingan) va 6 ta mualliflik guvohnomalari olgan, 1 ta xalqaro patent hammuallifi.

 

R.X. Tashmatov iqtisodiyot fanining mintaqaviy iqtisodiyot, institutsional iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va korporativ boshqaruv sohasi bo‘yicha nafaqat nazariyotchi, balki yetuk amaliyotchi olim hamdir.

 

Uning ilmiy ishlarida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlarida o‘z aksini topgan. Xususan, u tomonidan olingan institutsional iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va korporativ boshqaruv sohasidagi ilmiy natijalar quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarda tatbiq etilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-sonli Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli Farmoni;

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-4889-sonli qarori;  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  63-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi “Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  138-sonli qarori;

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi “Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 2020-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi 1025-sonli qarori;

Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Surxondaryo viloyatining 2020-2030-yillarda innovatsion rivojlanishi konsepsiyasi”;  

“Davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov o‘tkazish va nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom” va boshqalar.

 

R.X. Tashmatov o‘z bilimi va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda turli zamonaviy yo‘nalishlardagi kurslarida malakasini oshirib, amaliy tajribasini orttirib keladi. Jumladan, R.X. Tashmatov korporativ boshqaruvchining malakaviy attestati hamda qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikatiga ega. 

 

R.X. Tashmatov hozirga qadar bir qator yetakchi professional va ilmiy hamjamiyatlar a’zosi, jumladan, O‘zbekiston kuzatuv Kengashlarining mustaqil a’zolari assosiatsiyasi, ijtimoiy fanlar tadqiqotlari hamjamiyati (Social Science Research Network), respublikamizda faoliyat ko‘rsatuvchi yirik korxonalardagi kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi. 

 

2000-2001-yillarda “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” iqtisodiy jurnalining tahririyat a’zosi, 2013-2014-yillarda “Fermer” iqtisodiy-ijtimoiy jurnalning jamoatchilik asosidagi tarjimoni, 2013-2015-yillarida “Uzbekistan today” axborot agentligining jamoatchilik asosidagi tarjimoni, 2020-2021-yillarda “Iqtisodiyot va ta’lim” jurnalining tahririyat a’zosi bo‘lgan. 2023-yildan boshlab “International journal of trends in business administration” (Hindiston), 2025-yildan boshlab “Экономика и бизнес: теория и практика» (Novosibirsk, Rossiya), ilmiy jurnallarida tahririyat a’zosi hisoblanadi.

Bundan tashqari, R.X. Tashmatov bir qator ilmiy-amaliy konferensiyalarning tashkiliy qo‘mitasi a’zosi, ilmiy ishlar to‘plamini chop etish bo‘yicha tahririyat hay’ati a’zosi, shuningdek, qator qonunchilik va normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sifatida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. 

 

R.X. Tashmatov xo‘jalik shartnomalarni bajarishda hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida davlat grantlari asosidagi 10 ta ilmiy loyihalarda, shu jumladan loyiha rahbari sifatida ishtirok etgan. Xususan:

“INDUCTION” MCHJ o‘rtasida tuzilgan 206-22-sonli (17.11.2022 y.) xo‘jalik shartnomani bajarishda;

“UZUMFERMER” MCHJ o‘rtasida tuzilgan 2/24-sonli (1.12.2024 y.) xo‘jalik shartnomani bajarishda;  

 

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Развитие процессов приватизации государственного имущества и поддержки предпринимательства” mavzusidagi GNTP-20 ilmiy loyihasida (2004-2005-yillar.);

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Развитие процессов приватизации предприятий и постприватизационной поддержки. Стимулирования частного предпринимательства” mavzusidagi GNTP-1 ilmiy loyihasida (2006-yil.);

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishning institutsional asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi A2-012 amaliy loyihasida (2009-2011-yillar);

 

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Uy xo‘jaliklari rivojlanishini rag‘batlantirishning institutsional asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi A2-OT-1-17943 amaliy loyihasida (2009-2011-yillar);

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish sharoitida fermer xo‘jaliklarini institutsional rivojlantirish” mavzusidagi YoA-2-02 yosh olimlar amaliy loyihasida (2012-2014-yillar);

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishning institutsional asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ITD-2-021 fundamental loyihasida (2013-2015-yillar);

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Tranzaksiyalar va tranzaksiya xarajatlarini boshqarishning ilmiy-metodologik asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi F-1-68 fundamental loyihasida (2012-2014-yillar);

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Milliy iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari” mavzusidagi F1-FA-1-16435 fundamental loyihasida (2016-2017-yillar);

 

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish hamda uning O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri” mavzusidagi A-2-4 amaliy loyihasida (2017-yil);

Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ichki imkoniyatlarni aniqlash va zaxiralarni safarbar qilishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi OT-F1-022 fundamental loyihasida (2020-yil) ishtirok etgan.  

 

Mazkur ilmiy loyihalar doirasida R.X. Tashmatovning bevosita ishtirokida bir qator ilmiy natijalar olingan hamda amaliyotga joriy qilish uchun yuborilgan va tatbiq qilingan. Jumladan: 

“Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha quvvatlarni unumli joylashtirish va mazkur sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar” nomli analitik ishlanma O‘zbekiston fermerlar kengashi tomonidan foydalanishga qabul qilingan;

 

“Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishda tez o‘suvchi korxonalarning o‘rni” nomli axborot-tahliliy ma’lumot O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadagi chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi hamda Buxoro viloyati hokimligi apparati tomonidan foydalanishga qabul qilingan;

“Совершенствование системы государственных закупок с целью поддержания стабильной внутренней конъюнктуры и обеспечение продовольственной безопасности Республики Узбекистан” analitik ishlanma Surxondaryo viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi xamda Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishga qabul qilingan;

“Перспективы промышленного производства корня солодки и его экспортного потенциала в Узбекистане” nomli analitik ishlanma Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi Xorazm viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan foydalanishga qabul qilingan;

 

 “Innovatsion rivojlanish: muammo va yechimlar” nomli ilmiy risola (muallif R.X. Tashmatov) Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti o‘quv jarayonida, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institute, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi innovatsiya faoliyati va texnologiyalarini transfer qilish markazi ilmiy faoliyatida foydalanilgan;

“Innovatsion xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish hamda uning O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ta’siri” nomli jamoaviy monografiya Samarqand iqtisodiyot va servis institute, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti o‘quv jarayonida foydalanilgan;

 

“Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish uchun tabiiy-resursli salohiyatini aniqlash bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar” nomli jamoaviy monografiya Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti, Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institute. Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi innovatsiya faoliyati va texnologiyalarini transfer qilish markazi o‘quv jarayonida va ilmiy faoliyatda foydalanilgan;

“O‘zbekistonda hududlarni barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish omillari: ustuvor tarmoqlar va infratuzilma” nomli jamoaviy monografiya Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘quv jarayonida foydalanilgan.

 

R.X. Tashmatov uzoq yillardan buyon ilmiy faoliyatni pedagogik faoliyat bilan birgalikda olib bormoqda. U o‘rindoshlik asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2016-2017-o‘quv yillarida “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchi, 2017-2018-o‘quv yillarida “Makroiqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2019-2020-o‘quv yillarida “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti, 2020-2021-o‘quv yillarida sirtqi bo‘limi “Iqtisodiyot» kafedrasi dotsenti, 2023-2024-o‘quv yillarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik maktabida “Biznesni boshqarish MBA” kafedrasi professori v.b.b. lavozimlarida ishladi. 2024-yil 4-sentyabr oyidan boshlab G.V.Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi professori lavozimida o‘rindoshlik asosida ishlab kelmoqda.

 

O‘zining pedagogik faoliyati davomida u oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va jamoatchilik ishlariga o‘zining fanga bo‘lgan daxldorligini, ilmiy muhitga bo‘lgan qiziqishini va xayrixohligini his etgan holda faol qatnashib keladi. Bakalavr va magistratura talabalari uchun bir qator fanlardan ma’ruza va amaliyot mashg‘ulotlarini o‘zbek, rus tillarida yuqori saviyada va talab darajasida olib boradi. Jumladan: 

bakalavriat talabalari uchun rus tilida “Региональная экономика”, “Институциональная экономика”, “Экология и охрана окружающей среды”, “Анализ инвестиционных проектов”, “Внешнеэкономические сделки”, “Интеграционные процессы в мировом хозяйстве”, “Макроэкономический анализ и прогнозирование”, “Международные экономические организации”, “Креативное мышление”, “Экономика труда”, “Мировая экономика и международные экономические отношения”, “Микроэкономика”, “Макроэкономика”, “Политика доходов и заработная плата”, “История экономических ученых” fanlari;

bakalavriat talabalari uchun o‘zbek tilida “Institutsional iqtisodiyot”, “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash strategiyasi”, “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” fanlari;

magistratura talabalari uchun rus tilida “Cтратегия государственного управления”,  “Корпоративное управление”, “Индустриальная и инновационная экономика” fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tib kelgan.

R.X. Tashmatov yuqorida keltirilgan fanlardan o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari, ta’lim texnologiyalari, fanlar bo‘yicha modullar, barcha nazorat turlari uchun topshiriqlar, umumiy nazorat savollari, testlar, glossariyni o‘z ichiga olgan zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualar yaratgan.

 

R.X. Tashmatov ishlab yurgan kafedralarda iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi fanlaridan magistratura va bakalavriat talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish bilan bir qatorda, yosh olimlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga ham rahbarlik qilib kelmoqda. Jumladan, 2 ta iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlagan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik maktabi, G.V.Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali va boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarining 30 tadan ziyod magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u 3 nafar mustaqil izlanuvchilarga, 10 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarligini amalga oshirib kelmoqda.

R.X. Tashmatov o‘z mehnat faoliyati davomida fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kengaytirish hamda mustahkamlash borasida katta e’tibor qaratib kelmoqda. Xususan, fan va ta’lim integratsiyasi doirasida:

oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlariga taqrizlarni berish;

oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlariga taqriz berish;

oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya, davra suhbatlari, ilmiy seminarlarda ma’ruza bilan ishtirok etish;

oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilayotgan “Karyera kuni» va boshqa ijtimoiy harakatlarda va tadbirlarda ishtirok etish; 

oliy ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisi hamda a’zosi sifatida ishtirok etish;

oliy ta’lim muassasalari talabalariga malakaviy amaliyot bo‘yicha rahbarlik qilish ishlarini muntazam ravishda amalga oshirmoqda. 

 

Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida:

davlat boshqaruv organlarida tashkil etiladigan davra suhbatlari, ilmiy seminarlarda ma’ruza bilan ishtirok etish;

hukumat qarorlari loyihasi muhokamasi bo‘yicha ishchi komissiyaning yig‘ilishlarida ishtirok etish;

davlat boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari xodimlariga tayyorlangan ilmiy ishlanmalar natijalari yuzasidan taqdimot bilan ishtirok etish; 

davlat boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlari xodimlari bilimlarini oshirish bo‘yicha tinimsiz ishlarini amalga oshirmoqda.  

R.X. Tashmatov oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida faol ishtirok etmoqda. Jumladan:

2024-yil apreldan boshlab Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.05 – “Хizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.01.2020.I.20.06 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi hisoblanadi. 

 

Shuningdek, Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD03/30.01.2020.I.20.06 raqamli Ilmiy kengash asosida turli iqtisodiyot ixtisosliklari tutashuvida tashkil etiladigan bir martalik Ilmiy kengash a’zosi hamda uning qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi sifatida faol qatnashib kelmoqda. 

Shu bilan bir qatorda, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi 2020.I.10.03.2020.I.10.03. raqamli ilmiy kengashda himoya qilingan dissertatsiya ishlari bo‘yicha tashqi ekspert sifatida tayinlangan.   

Shu bilan birga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishlariga rasmiy opponent, taqrizchi sifatida ishtirok etish hamda avtoreferatlarga taqriz tayyorlash bo‘yicha sidqidildan mehnat qilmoqda. 

 

R.X. Tashmatov normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda va takomillashtirishda ham salmoqli hissa qo‘shmoqda. Jumladan oxirgi 2 yil ichida R.X. Tashmatovning bevosita rahbarligida va ishtirokida:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida uy-joy (kvartira, uy, kvartiraning yoki uning bir qismi)ni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi (Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 327-son qarori bilan qabul qilingan);

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-martdagi 124-son qarori bilan qabul qilingan); 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi” loyihasi;  

 O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori buyrug‘i asosida “2026-2030-yillarda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha strategiya” loyihasi;

O‘zbekiston Respublikasi 2024 yil 4 fevraldagi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi  O‘RQ-907-son qonuniga sharhlari ishlab chiqilgan;

 

O‘zbekiston Respublikasi “Kapital bozori to‘g‘risida” qonun loyihasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar; 

O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholini uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi  qonun loyihasiga taklif va tavsiyalar;

O‘zbekiston Respublikasi 2001-yil 6-dekabrdagi “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-son Qonuni loyihasiga takliflar;

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri)”gi Qonuni loyihasiga taklif va tavsiyalar;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qarori bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobot;

 

 “O‘zbekiston-2030” Strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun 2025 yilda amalga oshirilgan vazifalar bo‘yicha davlat dasturi loyihasiga takliflar;

Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, Kuzatuv kengashlarining javobgarligini sug‘urtalash (D&O Insurance) bo‘yicha yagona tartib, shuningdek chet ellik mustaqil a’zolarning kelib-ketish va yashash xarajatlarini to‘lash shartlari ishlab chiqilishi uchun takliflar;

“Davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov o‘tkazish va nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom” loyihasiga taklif va tavsiyalar tayyorlangan.

 

R.X. Tashmatov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan 2010 yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2020 yilda katta ilmiy xodim ilmiy unvonini, 2023 yilda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini hamda 2024-yilda professor ilmiy unvonini olgan.

R.X. Tashmatov o‘z ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati davomida davlatimiz ichki va tashqi siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlaydigan sog‘lom fikrli, ma’naviy yetuk, maqsad sari intiluvchan, tashkilotchilik qobiliyati shakllangan, o‘zi va boshqalarga nisbatan talabchan shaxs sifatida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradi. 

 

Mehnat faoliyati davomida R.X. Tashmatov o‘zining to‘g‘riso‘zligi, qat’iyati va mehnatsevarligi bilan ilmiy va pedagogik jamoalari orasida hurmat qozongan. 

Oilali, ikki farzandning otasi.