Teshabayeva Elmira Ubaydullayevna 24-dekabr 1960-yilda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1985-yilda D.I.Mendeleev nomli Moskva kimyo-texnologiya institutining «Organik bo‘yoqlar texnologiyasi va oraliq mahsulotlar» ixtisosligini muvaffaqiyatli tamomladi va muhandis-texnolog mutaxassisligini olgan. 1992-yilda «Sintez i polimerizatsiya β-alkoksietilmetakrilatov, sopolimerizatsiya ix s akrilonitrilom po kompleksno-radikalnomu mexanizmi» mavzusidagi dissertatsiya ishini O‘zR FA ning «Polimerlar kimyosi va fizikasi» va 2016-yil doktorlik dissertatsiya ishini «Maxalliy xomashyolar asosida kompozitsion elastomer materiallar olish texnologiyasini yaratish» mavzusida 02.00.14 -Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha Toshkent kimyo texnologiya institutlarida himoya qilgan.
1985-1987 yillari O‘zR O va O‘MTV qoshidagi Ilmiy ishlarni olib borishga ko‘mak berish markazi muhandisi, 1987-1992-yillari Toshkent tekstil va yengil sanoati instituti aspiranti, 1992-1994-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimer kimyosi va fizikasi instituti kichik ilmiy xodimi, 1994-2005-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fan va taraqqiyot ilmiy-texnologik kompleks katta ilmiy xodimi, bosh ilmiy kotibi, «Polimerlar mexanikasi» laboratoriyasi mudiri, kompleks doktoranti, 2005-2020-yillari Toshkent kimyo-texnologiya instituti dotsenti, «Neft - gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi» va «Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi» kafedralari mudiri, 2020-yildan Toshkent Davlat transport universiteti professori lavozimida ishlab kelmoqdalar.
Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna o‘z faoliyati davomida u Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi texnika yo‘nalishlari bo‘yicha yangi 6 ta yo‘nalish, 3 ta mutaxassislik kafedrasi va 1 ta laboratoriya tashkil qilgan va hozirgi vaqtda yetuk qadrlar va olimlarni yetishtirishga xizmat qilib kelmoqda.
Elmira Ubydullaevna o‘z pedagogik va ilmiy yo‘nalishlarida chet el davlatlarida, MDX va Respublikamizda ko‘zga ko‘ringan pedagog-olim, yoshlarni mehribon murabbiysi va Elastomer kompozitsiyalarining strukturasini shakllantirish ilmiy yo‘nalishlariga ulkan hissa qo‘shgan va birgalikda yetuk qadrlar tayyorlashga erishgan olimdir.
E.U.Teshabaeva shogirdlari va universitetning talabalar bilan ishlashning ta’sirchan va samarali vositalarini amaliyotga joriy etish, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni yanada kuchaytirish, pirovardida jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladigan ma’naviy, intellektual va jismoniy yetuk yoshlar avlodini tarbiyalashda xodimlar va talabalar o‘rtasida o‘zaro ishonch va ochiq muloqotlar tarzda ishlarni olib boradi.
Elmira Ubaydullaevna tomonidan Mahalliy organik va noorganik xomashyolar asosida elastomer kompozitsiyalar va rezina sanoati uchun ingrediyentlar ishlab chiqarish va ulardan Respublikamiz mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jalik, kimyo, neft va gazni qayta ishlash, oziq-ovqat va boshqa sanoatlar uchun rezinotexnika buyumlari olishning ilmiy asosini yaratish sohasida muvaffaqiyatli ishlayotgan ilmiy-maktab yaratgan.
Elmira Ubaydullaevna olib borilayotgan «Yangi avlod elastomer kompozitsiyalari tarkibi va texnologiyasini yaratish» xalqaro va maxalliy ilmiy-tadqiqot mavzulari rahbari. Hozirgi kunda shogirdlari bilan birgalikda Rossiya, Belarusiya, Qazakiston, Turkmaniston va respublikamiz hududlarida joylashgan Rezina-texnika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari ishlatuvchi xomashyolarni faollashtirish va ular asosida yangi texnologiyalar va buyumlar yaratish ustida ilmiy ishlar olib bormoqda.
Elmira Ubaydullaevna rahbarligida 10 dan ortiq fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan va tayyorlanmoqda. Uning rahbarligida hozirgi kunda 4 ta tayanch doktorant va 2 doktorant ilmiy ishlar olib bormoqda. Faoliyati davomida qator Davlat ilmiy-texnik dasturlari loyihalari rahbari bo‘lgan. Uning tadqiqotlari natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi rezinotexnika sanoati uchun yangi avlod xomashyolar yaratilgan va tatbiq qilingan.
Bulardan tashqari uning tadqiqotlari natijalari oliy o‘quv yurtlarining Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlari o‘quv rejalariga kiritilgan. U 2007-2018 yillarda Toshkent kimyo texnologiya institutida 02.00.14-Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantlardan malakaviy imtixon olish komissiyasi kotibi, 2008 yildan D 067.24.04 va D 067.50.01 birlashgan ixtisoslashgan ilmiy kengashlari qoshidagi ilmiy seminarlar ilmiy kotibi va a’zosi. 2010 yildan boshlab Toshkent kimyo texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar ilmiy kotibi va ilmiy kengash a’zosi hamda Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSs.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli ilmiy kengash ilmiy kotibi sifatida faoliyat olib boradi.Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi eksperti. Xalqaro Rezinshiklar uyushmasi kengashi a’zosi. Bir qator xalqaro anjumanlarning dasturiy va tashkiliy qo‘mitalari kotibi va a’zosi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi tomonidan Kimyo sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 13 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan mukofot g‘olibi va ilmiy-pedagogik salohiyati va tajribasini yosh avlodga ilm berish, pedagog shogirdlarni tayyorlash va ularni tarbiyalashga bag‘ishlagan uning fidokorona mehnatlari «O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA 25 YIL» estalik nishoni va Rossiya Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi «Qozon milliy texnologik tadqiqot universiteti» tashakkurnomasi boshqa diplomlar va maqtov qog‘ozlari bilan taqdirlangan.
Elmira Ubaydullaevna talabalikdan hozirgacha oliy ta’limning turli javhalarida o‘ta samarali faoliyat ko‘rsatib, yuksak vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik faoliyati tufayli oliy ta’lim, fan sohalarida, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda va talaba yoshlarni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.
Oliy ta’limni dunyo standartlariga to‘g‘ri keladigan ikki bosqichli ta’lim standartlari va dasturlarini yangi mukammallashtirilgan shaklda yaratishda u jonbozlik qilib kelmoqda. Ular tomonidan 5 ta darslik va 30 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 8 ta monografiya,