Olim

TOJIBOYEVA MUQADDAS ABDURAHIMOVNA

Filologiya fanlari doktori, professor

Muqaddas Tojiboyeva mumtoz va jadid adabiyotini o‘rganishda, milliy merosimizni targ‘ib qilishda hamda yoshlar ong-u shuuriga singdirishda munosib hissasini qo‘shib kelayotgan olima, Andijon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori.



Tojiboyeva Muqaddas Abdurahimovna 1971-yil 25-aprelda Namangan  viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987-yili  tumandagi 16-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan. 1987-1992-yilda Toshkent davlat universiteti (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning O‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.



Tojiboyeva Muqaddas1992-1995-yillar – Andijon chet tillar instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. 1994-1998-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) aspiranti sifatida professor Begali Qosimov rahbarligida “Yusuf Saryomiy hayoti va ijodi” mavzusida tadqiqot ishlarini olib borgan.



1999-yil 8-iyuldan filologiya fanlari nomzodi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutidagi ixtisoslashgan Kengashda 10.01.03 – “Milliy adabiyot tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Yusuf Saryomiyning hayoti va ijodi” mavzusida bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasini 1999-yil

5-mayda himoya qilgan.



1999-2002-yillar – Chet tillar instituti Ma’naviyat bo‘limining boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirdi.



2002-yil 27-avgustdan - Andijon davlat universiteti “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasiga ishga qabul qilindi. 2020-yil 27-avgustga qadar  O‘zbek adabiyotshunosligi  kafedrasi  dotsenti v. b vazifasida ishladi.



2007-2013-yillar – Filologiya fakulteti Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi vazifasida faoliyat yuritdi.



2009-2012-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti kafedrasining katta ilmiy xodimi sifatida professor H.Boltaboev rahbarligida ilmiy ishlarini davom ettirdi.



2018-yilda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06. Fil. 46.01 raqamli ilmiy kengashda 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Jadid adiblari ijodida mumtoz adabiyot an’analari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2023-yilda professorlik ilmiy unvonini olgan.



2016-2019-yillar – Filologiya fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 



2020-2024-yillarda Filologiya fakulteti tarkibidagi “O‘zbek tili va adabiyoti”  kafedrasining mudiri vazifasida ishladi.



2024-yildan  Andijon davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori sifatida talabalar, magistrlar, doktorantlarga adabiyot sohasidagi bilim va tajribalarini o‘rtoqlashib kelmoqda. 



M.Tojiboyeva ilm –fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyati jarayonida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, yosh olimlarni yetishtirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olima sifatida 2018-yil aprel oyidan Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.0602017. Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi seminar va kengash a’zosi,  2020-2022-yillar Alisher Navoiy nomli O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi ilmiy kengash va ilmiy seminar a’zosi, 2022-2024-yildan Namangan davlat universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengash a’zosi, 2024-yildan Andijon davlat universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengash a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. Mazkur faoliyat jarayonida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda filologiya fanlari doktori (doctor of science) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan bir necha dissertatsiyalarga   taqrizchi-opponent bo‘lgan. 



2022-yilda ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING FAXRIY YORLIG‘I bilan taqdirlandi.



M.Tojiboyeva jonkuyar ustoz, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat va malakaga ega olim sifatida 2023-yil “Yilning eng yaxshi pedagogi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. 



Muqaddas Tojiboyeva Abdurahimovna  Xalqaro tajriba almashish masalasini o‘z faoliyatida tizimli yo‘lga qo‘ygan. M.Tojiboeva Xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan ilmiy-pedagogik faoliyatga oid xalqaro tadbirlarda, konferensiyalar, kongresslar, anjumanlarda taklifga asosan ma’ruza bilan qatnashib kelmoqda. So‘nggi uch yilda oliy ta’lim sifatini xorijiy tajribaga tayangan holda yuksaltirish maqsadida Turkiya, Hindiston davlatlarida stajirovka o‘tagan. Yaponiya, Turkiya va Qozog‘iston davlatlarida xizmat safarida bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rgangan va ularni tatbiq etish ishlari davom etmoqda.



Xususan, 2023-yilning 1- 30-iyun kunlarida  Turkiya davlatiga xizmat safariga bo‘lib, Turkiya davlati    Yege universiteti va IKSAD instituti ta’lim fakulteti, Yege universiteti   Xalqaro aloqalar bo‘limi  “Turk dunyosi o‘qituvchilarining tajriba almashish va malaka oshirish o‘quv”   malaka oshirgan. Malaka oshirish davomida Yege universiteti  Adabiyot fakulteti o‘zaro tajriba almashish maqsadida magistratura bo‘limi talabalariga  “ Jadid adabiyoti”  fanidan 12 soatlik mahorat darslari o‘tgan. 12-13-iyun kunlari Xalqaro ilmiy kongressda “Jadid adabiyoti: an’ana va yangilikning uyg‘unlashuvi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok yetgan.



2023-yilning 24-25-fevral kunlari Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati Jumabek Tashenev nomli universitet bilan hamkorlikdagi Chimkent shahrida o‘tkazilgan mohir sarkarda, atoqli olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va jahon madaniyati” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ilmiy maqolasi bilan qatnashib, o‘zbek-qozoq adabiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.



2023-yil 28-29-aprel kunlari O‘zbek-qozoq adabiyoti va madaniy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida Qozog‘istonning Sayram shahridagi Yusuf Saryomiy nomidagi 107-litsey maktabida  Yusuf Saryomiyning 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Ko‘p tilli bilim berish: bilim,tajriba,innovatsiya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi va “ALG‘IS XAT”, ya’ni FAXRIY YORLIQ bilan taqdirlandi. 



Shuningdek, Xorijiy xalqaro ko‘rgazmalarda, xususan Qozog‘istonda,  o‘zining ilmiy yutuqlarini ommalashtirishda rasmiy ishtirok etganligi ayni muddao va maqsadga muvofiq bo‘ldi. Ya’ni  M.Tojiboyevaning “Sayramlik shoir”  (2023) monografiyasi hamda “Bir g‘uncha Devon” (2023) kitoblari taqdimoti Chimkent yozuvchilar uyushmasi a’zolari va madaniyat xodimlari, Jumabek Tashenov nomli Qozog‘iston  universiteti talabalari, Qozog‘istonning Sayram shahridagi 107 – maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida  o‘tkazildi.  Tadbirda M.Tojibaeva mehnatlari e’tirof etildi va tadbir ishtirokchilariga M.Tojibaeva o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.



2024-yilda M.Tojiboyevaning mazkur monografiya va tabdil kitobi Qozog‘istonda 1000 nusxada qaytadan nashr etildi.           



2023-yilda Qozog‘istondagi o‘zbek xalqining tili, madaniyati va an’analarini, millatlararo totuvlikni rivojlantirishdagi hamda jamoat  ishlaridagi samarali faoliyati uchun “DO‘STLIK” medali bilan taqdirlandi.



 2024-yilning 25 va 26-noyabr kunlari Javaxarlal Neru universitetiga borib, Markaziy Osiyo tillari, adabiyoti va madaniyati fakultetida O‘zbek tili yo‘nalishi talabalari va magistrantlari bilan uchrashib, belgilangan mavzularda ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar bilan suhbat uyushtirib, o‘zaro tajriba almashish ishlarini amalga oshirdi. 26-noyabr kunning ikkinchi yarmida Hindistondagi O‘zbekiston elchixonasida davlat elchisi S.M.Rustamboev bilan davra suhbatida o‘zbek va hind adabiy, ilmiy aloqalar borasidagi suhbatda ishtirok etib, yangi g‘oyalar bilan qaytdi. 27 va 28-noyabr kunlari Jamiya Milliya Islamiya universitetida “Doro Shukuh: madaniy plyuralizm va diniy sinkretizm” ga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.



Tojiboyeva Muqaddas Abdurahimovna 120 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. Shu jumladan,  o‘quv-uslubiy qo‘llanma, darslik, monografiya, 13 ta xorijiy jurnallarda maqolalar, 30 ta OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda maqolalar, 30 ta ilmiy-ommabop jurnallarda, 24 ta xalqaro anjumanlarda maqolalar, 40 tadan ortiq respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarda maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda.



Muqaddas Tojiboyeva davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yoxud xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini, fan-texnika ishlanmalarini bajarishda faol qatnashib keladi. M.A.Tojiboyeva O‘zbekiston Milliy universitetida 02.01.2016-31.12.2016 yillarga mo‘ljallangan Grant F1-02 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasida grant a’zosi sifatida faol ishtirok etgan. 02.01.2020-31.12.2022 yillarga mo‘ljallangan  “Jadid.uz. platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.



 M.A.Tojiboyeva ilmiy rahbarligida 4 ta falsafa doktori dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Bundan tashqari, U 3 nafar kunduzgi tayanch doktorantlarga ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishiga va 4 nafar mustaqil izlanuvchilarning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajalarini olish uchun tayyorlayotgan doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.



Tojiboyeva Muqaddas Abdurahimovna 120 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. Shu jumladan,  o‘quv-uslubiy qo‘llanma, darslik, monografiya,   13 ta xorijiy jurnallarda maqolalar, 30 ta OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda maqolalar, 30 ta ilmiy-ommabop jurnallarda, 24 ta xalqaro anjumanlarda maqolalar, 40 tadan ortiq respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarda maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda.



Muqaddas Tojiboyeva davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yohud xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini, fan-texnika ishlanmalarini bajarishda faol qatnashib keladi. M.A.Tojiboyeva O‘zbekiston Milliy universitetida 02.01.2016-31.12.2016 yillarga mo‘ljallangan Grant F1-02 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasida grant a’zosi sifatida faol ishtirok etgan. 02.01.2020-31.12.2022 yillarga mo‘ljallangan  “Jadid.uz. platformasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.



M.A.Tojiboyevaning 2013-yilda  filologiya fanlar nomzodi dotsent Abdulahad Jo‘raxonov mas’ul muharrirligida “O‘zbek adabiyoti” 2017-yilda “ Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti”  nomli o‘quv qo‘llanmalari, 2020-yilda “ Qo‘qon Adabiy Muhiti”,  “O‘zbek adabiyoti”  nomli uslubiy qo‘llanmalari, 2017- yilda “ Jadid adiblari ijodida mumtoz adabiyot an’analari va mahorat masalalari” nomli monografiyasi, 2023-yilda yilda “ Bir g‘uncha devon” nomli devoni, “O‘zbek adabiyoti tarixi ( milliy uyg‘onish va jadid adabiyoti davri)” nomli darsligi kabi 4 ta monografiya, 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma (2 tasi hammualliflikda), 50 ga yaqin ilmiy maqolalar va  60 dan ortiq tezislari mavjud bo‘lib, ushbu ilmiy ishlardan hozirgi kunda bakalavriat talabalari ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda foydalanmoqdalar.



Nashr etilgan kitoblari



M.A.Tojiboyeva tajribali pedagog sifatida  har bir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotni yuqori ilmiy va metodik saviyada olib boradi. Mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, multimediali ta’lim resurslari, talabalarning ilmiy-nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida zamonaviy taqdimot usullari, elektron resurslardan keng foydalanadi. Talabalarni adabiyot ilmiga oid ma’lumotlarni puxta egallashlarini ta’minlash maqsadida taqdimot, audio-videomateriallar, pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan tarqatma materiallardan unumli foydalanadi.



M.Tojiboyeva kafedrada “Ustoz-shogird” tizimidagi ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish barobarida, iqtidorli talabalar bilan samarali ishlar olib bormoqda. Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirib, ular bilan hammualliflikda maqola va tezislar chop ettirgan. Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirib, ular bilan hammualliflikda maqola va tezislar chop ettirgan. Shuningdek, ustoz-shogird tizimining amaldagi faoliyati sifatida “Yangi Chig‘atoy gurungi”  ilmiy to‘garagiga rahbarlik qilmoqda. Kafedrada tashkil etilgan mazkur to‘garak rahbari sifatida ushbu to‘garakka 20 nafar iqtidorli talabani biriktirib, davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazib keladi.



“Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi doirasida tashkil etilgan “Ixtirochi ayol – 2022” tanlovining yakuniy bosqichida faol ishtirok etganligi uchun Andijon viloyat hokimiyati va Andijon Mashinasozlik instituti rektori  tomonidan maxsus Faxriy Yorliq va Sertifikat bilan taqdirlandi.



M.Tojiboyeva fakultet “Sifat komissiyasi”ning a’zosi sifatida professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etishi, talabalar bilimini reyting Nizomi asosida baholashning adolatli borishi, talabalarning davomati, ta’limning samaradorligi va sifatini oshirishda faol ishtirok etmoqda.



Muqaddasxon Tojiboeva oilali. 3 ta farzandning onajonisi, 3 ta nabiraning mehribon buvijonisi.