Olim

ZAYNALOV JAXONGIR RASULOVICH

Iqtisod fanlari doktori, professor

   Zaynalov Jahongir Rasulovich 1950-yil 30-aprelda tug‘ilgan, iqtisod fanlari doktori                                                                                                                                                        



1967-1971  yy. - Samarqand kooperativ instituti iqtisod fakulteti studenti



1971-1972 yy. - Buxoro kooperativ texnikumi o‘qituvchisi



1972-1973 yy. - Harbiy xizmatda



1973-1976 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyat Paxtachilik savxozlari trestida katta iqtisodchi, 1975-yildan boshlab ushbu vazirlikning viloyat Qorako‘lchilik trestida katta iqtisodchi.



1976-1979 yy. - Samarqand kooperativ instituti «Savdo va iqtisod» kafedrasining  assistenti



1979 y.(09-11 oylar) «Moliya va kredit» kafedrasining assistenti



1979-1981 yy. - G.V. Plexanov nomidagi Moskva xalq xo‘jalik instituti «Moliya» kafedrasining maqsadli aspiranti



1982-1987 yy. - Samarqand kooperativ instituti «Moliya va kredit» kafedrasining mudiri, i.f.n. dotsent



1987-1989 yy. - «Moliya va statistika» kafedrasining dotsenti, bir vaqtning o‘zida 1989-yildan «Hisob va iqtisod» fakultetining  dekani



1989-1992 yy. - G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiy Akademiyasining «Moliya, pul muomalasi va kredit» kafedrasining maqsadli doktoranti.



1992-1993 yy. - Samarqand kooperativ instituti «Tahlil va moliya» kafedrasining dotsenti, i.f.d.



1993-1997 yy.- «Moliya va kredit» kafedrasining mudiri, i.f.d., professor (08.00.07). Bir vaqtning o‘zida 1994-yildan «Soliq va soliqqa solish» markazining rahbari



1997-2004 yy. - “Moliya va kredit” kafedrasining mudiri, professor va bir vaqtning o‘zida yangidan tashkil etilgan “Moliya va kredit” fakultetining dekani.



2004 y. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Moliya va sug‘urta xizmatlari» kafedrasining mudiri, professor va bir vaqtning o‘zida yangidan tashkil etilgan «Bank-moliya xizmatlari» fakultetining dekani.



2004-2013. yy.- «Moliya va sug‘urta xizmatlari» kafedrasining mudiri, professor



2013-yil iyunidan - «Moliya va sug‘urta xizmatlari» kafedrasi professori va 2013-yilning sentyabridan boshlab 2016-yil yanvargacha institutning Magistratura bo‘limi boshlig‘i



2016-yil yanvardan boshlab 2020-yil oktyabrgacha «Moliya va sug‘urta xizmatlari» kafedrasi mudiri, professor va 2020-yil oktyabridan qayta nomlangan «Moliya» kafedrasi mudiri, professor.



O‘qituvchilik faoliyati:



   “Moliya” “Davlat byudjeti”, “Moliya strategiyasi”, “Davlat moliyasini boshqarish”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Xalqaro valyuta va kredit “Korporativ korxonalar moliyasi”, “Korxonalar moliyasi”, “Korporativ boshqaruv”, “Byudjet-soliq siyosati”, “Narxlashtirish”, “Investitsiya siyosati”, “Xalqaro moliya munosabatlari” va kafedraga berkitilgan boshqa fanlardan ma’ruza va amaliy darslar o‘tadi.



Ilmiy ishlari:



   AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Chexiya, Azerbayjon, Belorus, Qozog‘iston, Ukraina, va boshqa mamlakatlarda chop etilgan 2000dan ortiq monografiya, risolalar, ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza kurslari, amaliy tavsiyaviy ko‘rsatmalar muallifi.



   Prof.J.R.Zaynalov tomonidan “Moliya: Korxonalar moliyasi”, “Xalqaro moliya munosabatlari”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Investitsiya”, “Moliya bozori”, “Moliya va soliqlar”, “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar”, “Lizing va lizing operatsiyalari” nomli darsliklar, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Lizing va lizing operatsiyalari”, “Moliya strategiyasi”, “Sug‘urta ishi”, “Davlat byudjeti”, “Narx va narxlashtirish”, “Samarqand: kecha va bugun” nomli o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, “Potrebkooperatsiya: xozraschyot i samofinasirovaniye”, “Problemi obespecheniya finansovoy stabilnosti predpriyatiy”, “Mexanizmi regulirovaniya deyatelnosti predprinimatelskix sub’ektov: teoriya i praktika”, “Innovatsionnaya finansovaya politika v usloviyax Yevraziyskogo ekonomicheskogo Soyuza i  formirovaniye adaptivnoy modeli vipusknikov VUZov k sovremennim trebovaniyam rinka truda”, “Problemi organizatsionno-ekonomicheskogo upravleniya proizvodstvom”, “Problemi i perspektivi razvitiya RSB v usloviyax globalizatsii  (opit Kazaxstana, Azerbaydjana i O'zbekistana)”, “Rozvitok bankivskoΪ sistemi v umovax transformatsiΪ yekonomichnogo prostoru”, Tendensii formirovaniya adaptatsii bankovskoy modeli Kazaxstana v usloviyax sovremennoy ekonomicheskoy politiki”, “Sovershenstvovaniye mexanizma finansirovaniya i povisheniya finansovoy ustoychivosti agroformirovaniy v sovremennix ekonomicheskix usloviyax”, “Finansovie texnologii v usloviyax razvitiya didjitalizatsii ekonomik Kazaxstana i Rossii”, “Razvitiye finansovo-kreditnix institutov v usloviyax sifrovoy ekonomiki Rossii i Kazaxstana”, “Sovremennie  strategicheskiye aspekti razvitiya buxgalterskogo ucheta, audita, statistiki i nalogooblojeniya”, “Innovatsionnie finansovie uslugi (na uzb.yaz.: Innovatsion moliyaviy xizmatlar: muammo va yechimlar)”, “Rinochnie transformatsii: novie biznes-modeli, innovatsionnie texnologii, praktika resheniy” va “Innovatsionnoye razvitiye nauki: fundamentalnie i prikladnie problemi” nomli monografiyalar muallifi.



Ilmiy tadqiqotlari:



   1 ta – O‘zbekiston Respublikasi O‘zRFA Fan va texnodogiyalari markazi (FTM)ning fundamental davlat grantiga rahbarlik qilgan va O‘zRFAning 1 ta davlat granti ijrochisi. 30 ta xo‘jalik shartnomalariga ilmiy rahbar, 16 ga yaqin xo‘jalik shartnomalarining ijrochisisifatida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining (1998 y.) loyihasini ishlab chiqilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi komissiyasi taklifiga asosan a’zo sifatida ishtirok etgan.



Ilmiy faoliyati asosiy yo‘nalishlari:





  • Soliqqa tortishni optimallashtirish va aholini ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish;




  • Moliya va kredit munosabatlarini rivojlantirish;




  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBva XT)ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;




  • KBva XT sub’ektlari faoliyatini moliya va soliqlar orqali tartiblashtirish;




  • Moliya-kredit tizimlarini KBva XT sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish;




  • Inflyatsiya, uning salbiy oqibatlarining oldini olish orqali aholi daromadlarini to‘lov qobiliyatini oshirish;




  • KB sub’ektlarini rivojlantirishning innovatsion-investitsion modeli;




  • Xizmat ko‘rsatish soha korxonalarini moliya va kredit resurslari orqali ta’minotini takomillashtirish va h.k.




  • Ilmiy xodimlarni tayyorlash




  • 12 ta fan nomzodi (PhD va DSc) tayyorlagan, 10 dan ortiq doktorantlarga ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchi. O‘zRVM qoshidagi OAKda ekspert a’zosi (2004; 2005; 2006). Samarqand viloyat hokimligi qoshida tashkil etilgan investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha tuzilgan komissiya a’zosi (2017-2018).



       Ilmiy maktab.R.Karlibayeva (i.f.n.), R.Karlibayeva (DSc), B.Sh.Xusanov (i.f.n.), S.S.Aliyeva (i.f.n.), Z.M.Muhammedova (PhD), Daniyarov Q. (PhD), Xusanova D.Sh. (PhD), Hamroyev M.S. (PhD), Muradova N.U. (PhD), Imomqulov T. (PhD), Z.Axrorov (PhD). Dissertatsiya ishining himoya bosqichidagilar Qurbonov X. (DSc), Xusanov B.Sh. (DSc), Imomqulov T. (DSc), Hamroyev M.S. (DSc), Narmamatov B.I. (DSc), Daniyarov Q. (DSc), Sattorov T. (PhD), Teshayev Sh. (PhD), Ernazarov N. (PhD), Ruzibayeva N. (PhD), Latipova Sh. (PhD), Axmedova A. (PhD), Diyarova M. (PhD), Uzakova K. (PhD), J.Gadayev (PhD), Zubaydullayev F. (PhD), Maxmudxodjayev A. (PhD).



       Viloyat hokimligi doirasidagi ilmiy izlanish loyihalari




  • “Samarqand Viloyati Jomboy tumanini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini shakllantirish bo‘yicha konsalting xizmatlari” bo‘yicha ilmiy loyiha ishtirokchisi (moliya, soliq, ijtimoiy himoya sektorlari bo‘yicha mas’ul);




  • Samarqand viloyatida Investitsiya oqimlarini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro forum (2019 y.) ishtirokchisi;




  • Samarqand Viloyati qoshida “Investitsiya loyihalarini baholash” komissiyasining eksperti.



       Assotsiatsiyalarga a’zolik, faxriy lavozimlar, yutuqlar – O‘zR Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (1994-1997), Bank va moliya akademiyasi (1997-2003), Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarining ilmiy kotibi va a’zosi (1993-1994), rais muovini (2003-2004). Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘anda iqtisodiyot universiteti qoshidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha davlatlararo ixtisoslashgan Kengash a’zosi (2001-2011), Moskva iqtisodiyot, axborot va statistika institutining “Moliya va kredit” fanlaridan o‘qitish bo‘yicha tyutor professori (1998-2016 yy.), Xalqaro Yevroosiyo Iqtisodiyot Akademiyasining akademigi (2006), Texnologiyalarni rivojlantirish xalqaro akademiyasining (2007) akademigi.




  • Qozog‘iston Respublikasi “Vestnik KEU” (2002-2010yy.), SamISI “Servis” (2008 y. h.v.) va GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (2021 y. h.v.) xalqaro jurnallarining tahririyatida kengash a’zosi, “Iqtisod va moliya” jurnalining tahririyat kengash a’zosi (2013). O‘zRFA FTMning granti g‘olibi (2003), institut qabul komissiyamining mas’ul kotibi (1983-1984) va kotib muovini (1993- 1994). O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan zonal qurilish otryadining boshlig‘i (1977-1978), institut partiya kotibining muovini (1983-1989). Samarqand kooperativ instituti qurilish otryadi komandiri (1978-1979; 1984) va institut qurilish shtabining komissari (1982-1983).




  • 8 nafar talabasi Respublika olimpiadasida birinchi (3 nafar), ikkinchi (2 nafar) va uchinchi (3 nafar) o‘rinlar sovrindori, 3 nafar talabasi Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, 1 nafar aspiranti “Kelajak ovozi” tanlovi g‘olibi. 10 nafardan ortiq talaba va magistrlari “Ekonomika budushego” xalqaro ilmiy ishlar tanlovida ishtirok etib (2012-2022), I, II va III-sovrinli o‘rinlarni egallashga muyassar bo‘lishgan. Bir talaba 2020-2022 yillar davomida 4 marta xalqaro ilmiy ishlar nominatsiyasi bo‘yicha tanlov g‘olibi.



       “Oliy ta’lim sohasidagi a’lo ishlari” ko‘krak belgisi bilan taqdirlangan (1989). O‘zR mustaqilligining 15 yilligi, 20 yilligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi esdalik nishonlari bilan taqdirlangan. O‘zR “Oliy ta’lim a’lochisi” (1999). “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim fidoiysi” (2000) ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zR OO‘MTVning, O‘zR Davlat Soliq qo‘mitasining Samarqand Viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.