Olim

USMANOV VALIAXMAT FAYZULLAYEVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Usmanov Valiaxmat Fayzillayevich 1951-yil 28-yanvar kuni Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1968-yili Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 8-son o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, shu yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qurilish fakultetiga «Sanoat va grajdan qurilishi» ixtisosligi bo‘yicha birinchi kursga o‘qishga qabul qilingan.

 

1973-yili institutni imtiyozli diplom bilan bitirgan V.F. Usmanov institut qoshidagi tajriba konstruktorlik byurosiga muhandis lavozimida ishga qoldirilgan. 1973-yili harbiy xizmatga chaqirilgan va 1974-yil harbiy xizmatdan qaytgandan so‘ng institut «Temirbeton va tosh konstruksiyalari kafedrasi» ga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. Ikki yillik ilmiy-pedagogik faoliyatdan so‘ng 1976-yilda umumiy asosda Kiyev shahridagi qurilish konstruksiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga «Qurilish konstruksiyalari, bino va insho¬otlar» ixtisosligi bo‘yicha aspiranturaga o‘qishga qabul qilingan. 1980-yili aspiranturada o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, texnika fanlari doktori professor Aleksandr Borisovich Golishev ilmiy rahbarligida «Влияние предварительного загружения сборных элементов на трещиностойкость и деформативность сборно-монолитных железо бетонных конструкций» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va 1981-yili texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasida tasdiqlangan. 

V.F. Usmanov 1980-1985-yillar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti «Qurilish konstruksiyalari» kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat olib bordi. 1985-yildan dotsent ilmiy unvoniga ega. 1986-1992-yillar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Temirbeton va tosh konstruksiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimida ilmiy pedagogik faoliyatini davom ettirdi. 1992-yili Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Temirbeton va tosh konstruksiyalari” kafedrasi mudiri lavozimiga saylanib, kafedrani 5 yil muvaffaqiyatli boshqardi. 1992-yili birinchilardan bo‘lib, yakka mualliflikda «Temirbeton qurilmalari elementlarini hisoblash» nomi bilan o‘zbek tilida ikki jilddan iborat o‘quv qo‘llanmasini chop etdi. Temirbeton, shu jumladan yig‘ma – yaxlit temirbeton konstruk¬si¬yalarni betonning nochiziqli deformatsiya¬lanishi e’tiborga olib statik yuklar ta’siriga hisoblashga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq ilmiy maqolalar chop etdi.

 

1998-2012-yillar Samarqand davlat arxitek¬tura-qurilish instituti «Qurilish konstruk-si¬yalari, bino va inshootlar» kafedrasi dotsenti lavozimida o‘z ilmiy-pedagogik faoliya¬tini davom ettirish bilan birga institut malaka oshirish fakulteti dekani lavozimida ishladi.

2012-2020-yillar Samarqand davlat arxitek¬tura-qurilish instituti «Qurilish konstruk-siyalari» kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib bordi.

V.F. Usmanov ilmiy-pedagogik faoliyatini amaliyot bilan mujassam bog‘lagan holda olib bormoqda. U rahbarligida 2000-yil tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan «SVP MASKAN» jamiyati, qurilish vazirligi tomoni-dan berilgan litsenziya asosida respublika hududidagi bino va inshootlarning seysmik jihatdan texnik holatini baholash bo‘yicha amaliy ishlar bilan shug‘ullanib kelmoqda.

 

V.F. Usmanov 2017-yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti «Qurilish konstruksiyalari» kafedrasi mudiri lavozimiga ikkinchi muddatga saylandi. 2017-2023-yillar davomidagi faoliyati ancha samarali bo‘ldi. Kafedrada to‘rtta mutaxassislik bo‘yicha magistratura ochildi va 20 dan ortiq talaba o‘qishga qabul qilindi. 

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Oliy ta’lim vazirligining grifi bilan yakka mualliflikda ikkita darslik – «Temirbeton va tosh konstruksiya¬lari» (V.F. Usmanov), «Yog‘och konstruksiya¬lar» T.Maxmatqulov), hammualliflikda bitta darslik – «Korxonada tayyorlanadigan qurilish konstruksiyalari» (Akramov X.A., Usmanov V.F) va  10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 4 ta monografiya chop etildi.

 

1980-yillardan boshlab bajarilgan ilmiy ishlanmalari, maqolalari va grantlari, ixtirolarining umumiy soni 100 dan ortiq. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengash a’zosi va ilmiy jurnallar redaksiyasi a’zosi hisoblanadi. 

V.F. Usmanov Toshkent arxitektura-quri¬lish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar va Ilmiy kengash a’zosi. Farg‘ona politexnika instituti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samar¬qand davlat arxitektura-qurilish universiteti qoshidagi ilmiy kengashlar a’zosi hisoblanadi.

 

V.F. Usmanov 14 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. V.F. Usmanov rahbarligida ikki nafar tadqiqotchi (Sanayeva N.P va Xamraqulov U.D) 05.09.01– “Qurilish konstruksiyalari bino va inshootlar” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga tasdiqlangan. Texnika fanlari doktori (DSs) ilmiy darajasi talabgorlaridan 2 nafariga maslahatchi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi talabgorlaridan 4 nafarga ilmiy rahbar hisoblanadi.

 

V.F. Usmanovga 2024-yil 9-yanvar kuni professor ilmiy unvoni berilgan.

Ko‘p yillik olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari texnika fanlari doktori professor X.A.Akramovning ilmiy maslahatchiligida mujassamlanib, 2023-yili «Egiladigan yig‘ma-yaxlit temirbeton konstruksiya¬larni hisoblash uslublarini takomillashtirish» mavzusida baja¬rilgan doktorlik dissertatsiya¬sining muvaffaqiyatli himoyasi bilan yakun¬landi. V.F. Usmanov 2024-yil 29-yanvar kuni texnika fanlari doktori ilmiy darajasida tasdiqlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 hamda 30 yilligida ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.