Jo‘raboy Yaxshilikov 1997-yili “Xalq ta’limi a’lochisi”, 2021 yilda I darajali “Mehnat faxriysi” nishonlari bilan taqdirlangan. Umumiy mehnat staji – 50 yil.
J. Yaxshilikov o‘z mehnat faoliyatini 1975-yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Falsafa kafedrasiga soatbay o‘qituvchi sifatida boshladi. Ayni paytda Samarqand shahridagi Axunbabaev nomidagi terini qayta ishlash zavodida oddiy ishchi sifatida ishlagan. 1977-yildan SamDU Falsafa kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan hamda ishdan ajralmagan holda 1978-1982-yillarda kafedra qoshidagi sirtqi aspiranturada o‘qigan. 1982-yil 4-noyabrda Toshkent davlat universiteti qoshidagi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Kolxozchi-dehqonlarda ilmiy-materialistik dunyoqarashning shakllanishida ilmiy-texnik inqilobning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1984-yildan 1987-yilgacha kafedra dotsenti lavozimida ishlagan.
1987-yil 10-noyabrdan 1989-yil 10-noyabrgacha doktorlik dissertatsiyasini tugallash maqsadida katta ilmiy xodim lavozimiga o‘tkazilgan va Moskva davlat universiteti “Falsafa” fakulteti dialektik materializm kafedrasiga ilmiy safarga jo‘natilgan. Akademik S.T.Melyuxin rahbarligida “Hozirgi davrda O‘zbekistonning sotsial-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotining obektiv va subektiv omillari dialektikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ishlagan. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha olib borgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida 1989-yili Moskva shahridagi “Высшая школа” nashriyotida 11,5 bosma taboqda “Sotsial-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotni jadallashtirish dialektikasi” mavzusidagi monografiyasi chop etilgan.
Doktorantura muddatida doktorlik dissertatsiyasi yakunlangandan keyin 1989-yil 10-noyabrdan yana kafedra dotsenti lavozimida ishlay boshlagan. J. Yaxshilikov olib borgan ilmiy tadqiqot sohasida erishgan yutuqlari uchun SamDU rektori tomonidan 1989-1990-yillar ikki marta SamDU faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
1990-1991-yillarda kafedra dotsenti va oliy maktabga tayyorlash fakulteti dekani vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Uzoq yillar olib borgan ilmiy tadqiqotlari asosida 1993-yil 17-noyabr kuni O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademik Ibrohim Mo‘minov nomidagi “Falsafa va huquq” instituti qoshidagi doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy Kengashda “Hozirgi davrda O‘zbekistonning sotsial-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotining obektiv va subektiv omillari dialektikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Doktorlik dissertatsiyasi 1994-yil 27-yanvarida OAK tomonidan tasdiqlangan. 1992-yil SamDU Falsafa kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 1994-yil fevral oyidan boshlab kafedra mudiri, professori lavozimiga saylangan. Kadrlar tayyorlash va olib borgan ilmiy tadqiqotlari asosida 1999-yil 27-mayda OAK tomonidan professorlik ilmiy unvonini tasdig‘ini olgan.
1996-1997-yillari SamDU rektorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari va kafedra mudiri, 2004-2005-yillari Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani, kafedra mudiri, 2005-2007-yillari Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani, milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi kafedrasi mudiri, professori, 2007-2011-yillari Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi kafedrasi mudiri, professori, 2011-2015-yillari Samarqand davlat universitetining milliy g‘oya va falsafa kafedrasi mudiri, professori, 2015-2016-yillari Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori, 2016-2020-yillari Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi mudiri, professori, 2020-2023-yillari Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi professori hamda 2023-2024-yillari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professori, 2024-yildan buyon O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, milliy g‘oya va falsafa kafedrasi mudiri, professori lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
J. Yaxshilikov Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi targ’ibotchisi sifatida qator yillar davomida Samarqand shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida Prezidentimizning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy islohotlar sohasi bo‘yicha so‘zlagan nutqlari, qabul qilingan farmonlari hamda har yili respublika mustaqillik bayramlarini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari, mohiyati, hukumatimiz qarorlari, farmonlari, viloyatimiz qaror va farmonlari mazmunini muntazam tarzda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bordi. Ma’naviy targ‘ibot masalalarida juda ko‘p joylarga taklif qilinadi, vaqtini ayamasdan borib, joylarda belgilangan mavzularda targ‘ibot ishlari olib boradi. Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarning malakasini oshirish bo‘yicha milliy g‘oya, ma’naviyat masalalari bo‘yicha muntazam ma’ruza qilib turdi. Olib borgan ishlarini inobatga olib Oqsoqollar kengashi va “Mahalla” jamg‘armasi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2012-yil Samarqand shahar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan Ma’naviyat targ‘ibotchisi tanlovida birinchi o‘rinni olgan. Respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B.Xodiyev J. Yaxshilikovni eng faol targ‘ibotchi sifatida faxriy yorlig‘i bilan hamda 2012-yilda ikkinchi marta ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan. 2002-yil viloyat hokimligi va 2004-yili shahar hokimligi faxriy yorlig‘i bilan, 2008-yil va 2012-yillar falsafa fani rivojiga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Falsafa jamiyatining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
J. Yaxshilikov mamlakatimizda demokratik islohotlarning rivojlanishida faol ishtirok etadi. 1992-1999-yillar viloyat “Vatan taraqqiyoti” (hozirgi davrda “Milliy tiklanish xalq demokratik partiyasi”) partiyasi birinchi kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Viloyatning barcha tumanlarida partiya bo‘limlarini tashkil qilib, aholi o‘rtasida partiya faollari bilan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borib, ko‘ppartiyaviylik to‘g‘risida aholi tafakkurida demokratik tafakkurning rivojlanishiga hissa qo‘shgan. 1992-yil 14-noyabr kuni Respublika “Vatan taraqqiyoti” partiyasining 6 ta viloyat faollaridan biri sifatida O‘zbekiston prezidenti qabulida ishtirok etgan. 1993-1994-1995-1996-yillarda viloyat faollaridan biri sifatida Toshkentda bo‘ladigan mustaqillik bayramiga ishtirok etgan.
J. Yaxshilikov ilmiy tadqiqot sohasida ham qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Olib borgan ilmiy faoliyatini 2 ta davrga bo‘linadi:
1. Mustaqillikkacha bo‘lgan davr. Bu davrda falsafa fanining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 2 ta monografiya, 5 ta risola, 2 ta ilmiy-uslubiy tavsiyalar va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan.
2. Mustaqillik davri. Mustaqillik sharofati bilan falsafa, ma’naviyat, milliy g‘oyaning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Mustaqillik davrida ilmiy tadqiqot sohasida olib borgan ishlari eng samarali hisoblanadi. Bu davrda N.Ubaydov bilan 1994-yili “Zarafshon” nashriyotida “Mirzo Ulug‘bekning tabiiy-ilmiy merosi” mavzusidagi monografiyasi 8 bosma taboqda chop ettirilgan. Ushbu monografiya qayta ishlanib, ikkinchi marta 1998-yilda “Zarafshon” nashriyotida 10,5 bosma taboqda nashr ettirilgan.
1999-yilda prof. Sh.Axadov bilan “Fan” nashriyotida “Temuriylar ma’naviyati” mavzusidagi monografiyasi 10,5 bosma taboqda, 2001-yilda “Fan” nashriyotida prof. Sh.Qo‘shaqov bilan “Mustaqillik va texnik ziyolilar ijodiy faolligi muammolari” mavzusidagi monografiyasi 15,75 bosma taboqda, 2005-yilda “Fan” nashriyotida N.Ubaydullaeva bilan “Jadidchilik va Mahmudxo‘ja Behbudiy” mavzusidagi monografiyasi 10 bosma taboqda chop etilgan.
J. Yaxshilikov bu yillar davomida uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar tayyorlashda ham faol ishtirok etgan. U kishining tashabbusi bilan falsafa fanidan 1991-1992-1993-yillar 3 qism (24 bosma taboq)dan iborat ma’ruza matnlari nashr ettirilgan. 1995-yilda “Dinshunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanmasida hammualliflardan biri sifatida ishtirok etgan va Toshkent “O‘zbekiston” nashriyotida 18 bosma taboqda chop etilgan. 1995-yili “Falsafa” va “Mantiq” fanlaridan test savollari 5 bosma taboqda nashr ettirilgan. 1999-yilda qayta nashr ettirilgan. 1998-yilda “Falsafa va dunyoqarash” o‘quv qo‘llanmasi hammualliflikda 5,5 bosma taboqda nashr ettirildi. 2001-yil hammualliflikda “Milliy qadriyatlar va ma’naviyat asoslari” o‘quv qo‘llanmasi 8 bosma taboqda nashr ettirildi.
“Ma’rifat” gazetasida 1999-yil 17-fevralda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun turli fanlardan o‘quv dasturi yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan. Bu tanlovda J. Yaxshilikovning “Ma’naviyat asoslari” fani bo‘yicha tayyorlangan dasturi Respublika tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan va belgilangan pul mukofoti bilan taqdirlangan. Bu dastur Toshkentda katta tirajda nashrdan chiqarilgan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Ma’naviyat asoslari” fanidan shu dastur asosida o‘qitiladi.
Falsafa bo‘yicha lug‘atlarni tayyorlashda ham faol ishtirok etgan. Falsafa fanlari doktori, prof. Qiyomiddin Nazarov muharrirligida (“Sharq” nashriyotida Toshkent, 2004-yilda 63 bosma taboqda nashr ettirilgan) “Falsafa qomusiy lug‘at”ining tayyorlanishida hamda prof. M.N.Abdullaeva muharrirligida 18,75 bosma taboqda nashr ettirilgan Falsafa izoxli lug‘atini tayyorlanishida mualliflarning biri sifatida faol ishtirok etgan.
2012-yil dots. L.Jo‘raev hammuallifligida 8 bosma taboqdan iborat “Iqtisodiy madaniyat va davr” nomli monografiyasi chop etildi.
2015-yil dots. N.E.Muhammadiev hammuallifligida 18 bosma taboqdan iborat “Milliy g‘oya va Mafkura” nomli monografiyasi chop etildi.
2017-yil mart oyida www.ziyonet.uz saytida “Milliy g‘oya va mafkura” nomli elektron darsligi e’lon qilindi.
2018-yil dots. N.E.Muhammadiev hammuallifligida Toshkent “Cho‘lpon” nashriyotida 40 bosma taboqdan iborat “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” nomli darsligi chop etildi.
2019-yil dots. N.E.Muhammadiev hammuallifligida Samarqand davlat universiteti nashriyotida 13,5 bosma taboqdan iborat “Texnika va informatsion texnologiyalar falsafasi” nomli darsligi chop etildi.
2021-yil dots. N.E.Muhammadiev hammuallifligida Samarqand davlat universiteti nashriyotida 45 bosma taboqdan iborat “Falsafa” nomli darsligi chop etildi.
2025-yil dots. M.A.Xolmirzaeva hammuallifligida Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyotida 10 bosma taboqdan iborat “O‘zbekistonning milliy manfaatlarini himoya qilishda g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash qonuniyatlari” nomli monografiyasi chop etildi.
2025-yilda Samarqand davlat universiteti nashriyotida 40 bosma taboqdan iborat “Falsafa” nomli darsligi chop etildi.
50 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro va respublika jurnallarida nashr ettirilgan. 400 ga yaqin maqolalari ilmiy to‘plamlarda, respublika va xalqaro konferensiya, simpozium materiallarida nashr ettirilgan.
J. Yaxshilikov muharrirligida kafedra bazasida tayyorlangan 13 ta ilmiy to‘plam nashr ettirilgan hamda uning tashabbusi bilan 4 ta xalqaro va 10 ta respublika miqyosi konferensiyalari tashkil qilingan va materiallari chop ettirilgan. Shu o‘rinda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 2024-yilning 24-25-may kunlari “O‘zbekiston–Finlandiya ta’limi va barkamol avlod tarbiyasi muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Xalqaro konferensiyada nashr yetilgan maqolalar Google Scholar tizimida indeksatsiya qilindi.
Yosh tadqiqotchilarning, jumladan, O.G‘aybullaev, M.Mirzaeva, Sh.Negmatova, R.Qobilov, Sh.Qarshiev, R.Yuldashev va L.Djuraevlar tomonidan tayyorlangan monografiyalar J. Yaxshilikov muharrirligida nashr ettirilgan. Iqtidorli talabalarni fan olimpiadalariga tayyorlashda ham faol ishtirok etgan. Uning rahbarligida quyidagi talabalar fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan:
1. SamDU bazasida “Dinshunoslik” fani bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida 2002 yili Ergasheva Shahnoza Tarix-falsafa fakulteti 2-kurs talabasi (birinchi o‘rin).
2. 2003-yil Filologiya fakulteti 2 kurs talabasi Ergasheva Luiza (birinchi o‘rin), Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti 2 kurs talabasi Murodov Nodir (birinchi o‘rin) Respublika olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi.
3. 2005-yili Milliy g‘oya fanidan O‘zMUda o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti 2 kurs talabasi Mahbuba Ergasheva 2-o‘rinni egallaydi va shu yili ushbu talaba Davlat Navoiy stipendiyasi sovrindori ham bo‘lgan.
4. 2014-yili Milliy g‘oya fanidan SamDUda o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti, Ijtimoiy-siyosiy fanlar yo‘nalishi 4 kurs talabasi Sattorov Musurmon 1-o‘rinni egalladi.
J. Yaxshilikov malakali kadrlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratgan. Uning rahbarligida ijtimoiy falsafa va estetikaning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borilib, tadqiqot natijalari asosida himoya qilgan fan nomzodlari va falsafa doktorlari 38 ta hamda fan doktorlari 5 tani tashkil etadi.
Shuningdek, 23 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan.
J. Yaxshilikov OAK huzuridagi “Falsafa, tarix va huquq fanlari” bo‘yicha 1998-2002-yillar ekspert komissiyasi a’zosi sifatida hamda 2008-2012-yillarda O‘zMU qoshidagi doktorlik va nomzodlik himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2019-yildan boshlab O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.01.14 raqamli Ilmiy kengashga hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
J. Yaxshilikov tashabbusi bilan 1998-yil ilmiy izlanish olib boruvchilarga ilmiy ishlarini chop ettirishga qulaylik yaratish maqsadida aspirant, doktorant va tadqiqot uchun “SamDU ilmiy tadqiqotlari axborotnomasi” tashkil qilindi va jurnal bir necha fanlar bo‘yicha OAK ro‘yhatiga kiritildi. 1998-yildan 2005 yilgacha bosh muharrir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan, hozirgi kunga qadar jurnal tahririyat a’zosi hisoblanadi.
Toshkentda 1992-yildan nashr etilgan “Istiqbol” informatsion-analitik jurnal tahrir hay’ati a’zosi sifatida, 2013 yildan Xalqaro imom Al-Buxoriy markazi institutida nashr etiladigan “Islom saboqlari” OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnal tahrir hay’ati a’zosi va 2018-yildan Toshkentda nashr etiladigan “Falsafa va hayot” OAK ro‘yxatiga kiritilgan xalqaro jurnal tahrir hay’ati a’zosi hisoblanadi.
J. Yaxshilikov grantlar bo‘yicha ishlashga ham e’tiborini qaratgan. 2009-2010-yillarga mo‘ljallangan “Transkommunikatsiyalar taraqqiyoti jarayonida yoshlarning ijtimoiy falsafiy, diniy, axloqiy, estetik va iqtisodiy madaniyatlarining integratsiyalashuvi masalalari” mavzusida (davlat raqami: OT-YoF 8-007) grantida ilmiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. Prof. J.Ya.Yaxshilikov O‘zMU qoshidagi “Falsafa markazi”dagi 2012-2014-yillarga mo‘ljallangan grant tarkibida ham yetakchi xodim sifatida faoliyat ko‘rsatdi, (davlat raqami A1-FA-O-61254 raqamli grant).
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti doirasida A-1-95 grant “Концептуально – философские, социальные и духовно – нравственные проблемы анализа и реализации процесса интеграции науки и образования в Узбекистане” mavzusidagi 2015-2017-yillarga rejalashtirilgan grant a’zosi bo‘lib kelgan.
2015-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Ekologik muammolar va ularni yechishda yoshlar faolligini kuchaytirish” mavzusi asosida Jizzax viloyat “Istikbol” Mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan (grant raqami 36-11/092-15) grant vazifalarini bajarish doirasida ishtirok etgan.
2014-yilda tuzilgan Bio vet-servis Mohinur x/k buyurtmasi asosida “Millat genofondini sog‘lomlashtirishda milliy g‘oyaning o‘rni” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi a’zosi (2014 yil 15 mart, № 5-sonli shartnoma, 500.000 so‘m) hisoblanadi va Ishtixon tuman fermerlar kengashi buyurtmasi asosida “Qishloq tadbirkorlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning obektiv va subektiv omillari” mavzusida tuzilgan xo‘jalik shartnomasi a’zosi (2014 yil 31 may, № 30/1-sonli shartnoma, 1.000.000 so‘m) hisoblanadi. Ushbu xo‘jalik shartnomalaridan jami 1.500.000 so‘m mablag‘ tushirgan.
2015-yil 9-aprel kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” hududiy ko‘rgazmasida TATU Samarqand filiali buyurtmasiga asosan jami 520.000 so‘mlik mablag‘ tushirgan (2015-yil 9-apreldagi № 1-sonli shartnoma).
2016-yil 1-aprelda Samarqand viloyati Ishtixon tuman Fermerlar kengashi bilan hamkorlikda “Fermerlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirishning ma’naviy va huquqiy asoslari” mavzusida tuzilgan xo‘jalik shartnomasi a’zosi. Ushbu xo‘jalik shartnomasidan jami 1.000.000 so‘m mablag‘ tushirilgan.
J. Yaxshilikov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, hukumat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, talaba yoshlar o‘rtasida Prezident asarlarini o‘rganish bo‘yicha va amaliyotga tatbiq qilish yuzasidan keng targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.
Yoshlarda mustaqil tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish, ularning qalbiga milliy g‘oyani singdirish borasida hamda ma’naviy tahdidlar oldini olish borasida “Zarafshon”, “Samarqand” gazetalarida muntazam milliy g‘oya va ma’naviyatning dolzarb mavzulari bo‘yicha maqolalari bilan muttasil qatnashib turadi.
Ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil yetish, ularning natijalarini amaliyotga samarali tatbiq qilinishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu kabi dolzarb maqsadni amalga oshirish uchun tarbiya va ma’rifat masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan respublika miqyosidagi barcha muassasalar jamoasi kabi, jumladan, “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi ham J. Yaxshilikov boshchiligida astoydil faoliyat ko‘rsatmoqda.
J. Yaxshilikov nafaqat ishda, balki oilaviy-axloqiy jihatdan va ijtimoiy faoliyat sohasida ham namunali insondir. U universitetning barcha jamoat ishlarida, kafedra mudiri, fakultet, universitet bosh ilmiy kengashi a’zosi sifatida faol ishtirok etib, o‘ziga topshirilgan ishni to‘liq va maromiga yetkazib bajaradi. Shuningdek, u intizomi va prinsipialligi bilan jamoada obro‘ qozongan.