Yuldashev Dilshod Qo‘ldoshevich 1960-yil 16-sentyabrda Toshkent viloyatining Piskent tumani Said qishloq kengashining Kultepa qishlog‘ida kolxozchi oilasida tavallud topgan.
Yuldashev Dilshod Qo‘ldoshevich 1982-yili Leningrad veterinariya institutining “Veterinariya” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli bitirgan. U o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mehnat faoliyatini o‘sha yili Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi E. Telman nomli jamoa xo‘jaligida bosh veterinariya vrachi lavozimidan boshlagan.
U 1982-yilning dekabr oyida O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish institutining “Ozuqalar texnologiyasi va oziqlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi aspiranturaga o‘qishga kirgan. U 1983-yilning may oyidan 1984-dekabr oyigacha Shimoliy Kavkaz va Leningrad Harbiy okruglarida harbiy xizmatda bo‘lgan.
Harbiy xizmat so‘ng u O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish instituti aspiranturasidagi o‘qishni davom ettirib uni 1987-yili bitirgan va to 1993-yilgacha shu institutning “Chorva mollarini oziqlantirish va ozuqalar texnologiyasi” bo‘limida kichik ilmiy xodimi lavozimida ishlagan.
Yuldashev Dilshod Qo‘ldoshevich 1992-yili “Sog‘in sigirlar ratsionida paxta sheluxasidan olingan gidrolizli qandli siropni qo‘llash samarasi” mavzusidagi “Chorva mollarini oziqlantirish va ozuqalar texnologiyasi” 06.02.02 mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini Leningrad agrar universitetida yoqlagan.
Yuldashev Dilshod Qo‘ldoshevich mehnat faoliyati davomida 1993-1994-yillari Toshkent viloyati agrosanoati uyushmasining chorvachilik bo‘limi boshlig‘i, 1994-2005-yillari “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “Qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi” boshlig‘i, “Kadrlar va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi”da bosh mutaxassisi, boshlig‘i lavozimida, 2005-2017-yillari “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining “Kadrlar va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi” boshlig‘i o‘rinbosari, “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasining “Kadrlar va ijtimoiy rivojlantirish bo‘limi” boshlig‘i lavozimida, 2017-2019-yillari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining “Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish va jamoat bilan aloqalar bo‘limi” bosh mutaxassisi, 2019-yil 26-avgustdan to 2020-yil 10-fevralgacha “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligi o‘rinbosari-xizmat boshlig‘i” lavozimida ishlagan.
Hozirda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot institutining “Quyonchilik seleksiya va genetika Markazida “Ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va tatbiq etish” bo‘limi mudiri va “Veterinariya meditsinasi” jurnallari muharri lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Yuldashev D. Q. 2020-2022-yillari Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot institutida loyiha ijrochisi, loyiha rahbari, “Quyonchilik va parrandachilik” bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi dotsent lavozimida ishlagan. U Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Chorva mollarini va parrandalarni oziqlantirish”, “Hayvonlar etologiyasi” fanlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan.
D. Q. Yuldashev 2020-yildan O‘zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “Parrandasanoat” uyushmasi, “Agrobanki” aksiyadorlik tijorat banki bilan bilan barcha viloyatlarda aholi va fermerlarning chorvachilikni ilmiy asoslarda rivojlantirish o‘qitishlarida “Chorva mollari va parrandalarni ilmiy asoslarda oziqlantirish” mavzusida va Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Chegara qo‘shinlarining ta’minot bo‘yicha barcha okruglarda “Askarlarni ta’minlash uchun chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va chegaralarni yuqumli kasallikdan saqlash” o‘qitishlari olib boradi.
Uning olgan ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyundagi PQ-5146 sonli “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasi mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” va 2022-yil 8-fevraldagi PQ 120 sonli “O‘zbekiston respublikasida chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallagan dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi”, 12-sonli “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi qarorlari va ularni bajarishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi buyruqlarida tatbiq etilgan.
D. Q. Yuldashev 2021-yildan boshlab Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari loyihasini tayyorlovchi ishchi guruh, “Parrandasanoat” uyushmasining “Parrandachilik korxonalarining texnologik me’yorlarini tayyorlovchi ishchi guruhi a’zosi, 2022-yildan BMTning YUNESKO tashkilotining 2020-2024-yillarga amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmasini rivojlantirish” (“Skills Development in Rural Areas of Uzbekistan”) o‘rta ma’lumotli kadrlarning ko‘nikmalarini standartlarini yaratish loyihasida chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishi bo‘yicha milliy ekspert sifatida faol ish yuritmoqda.
D. Q. Yuldashev 2022-2024-yillar davomida “O‘zbekiston qishloq joylarida malaka oshirish” loyihasiga chorvachilik bo‘yicha mahalliy mutaxassis sifatida u o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun 20 ta milliy kasbiy standartlarni (MKS), shuningdek, ko‘nikmalarga asoslangan 3 ta -zootexniya, o‘simlikchilik va fermer xo‘jaligini boshqarish sohalarida uchta o‘quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlashga hissa qo‘shgan. Ushbu Dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 438 buyrug‘i bilan tasdiqlangan va tajriba sinovi uchun respublikamizning 4 ta texnikumlarida joriy etilgan.
D. Q. Yuldashev 2021-yildan jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekiston milliy innovatsiya tizimini modernizatsiyalash» (MUNIS) loyihasining 1.1 sonli «Hayvonlar ozuqalari iqtisodiyotida inqilob: Sholini qayta ishlash sanoati qoldiqlarini ozuqalar komponentlarini samarali ishlab chiqishning innovatsion texnologiyasi» subloyihasi chorvachilik va oziqlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisidir.
U o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Rossiya, Gretsiya, Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti akademiyasida malakasi oshirgan. Xalqaro ISO standartlari bo‘yicha Germaniyaning “ISO standartlarni joriy etuvchi, auditori, menejeri”, “Yuqori mahsuldor sigirlarni oziqlantirish” bo‘yicha xalqaro sertifikatlariga ega.
D. Q. Yuldashev o‘zining Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tekshirish instituti va “Quyonchilik seleksiyasi va genetika Markazi”dagi qisqa mehnat faoliyati davomida xodimlarni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab yordam berib kelmoqda.
U doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etib, yosh olimlar va institut ilmiy xodimlari bilan birgalikda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni» ga, 1-oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» ga, 8-dekabr «O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun» ga, 21-mart «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarda, bundan tashqari umuminsoniy qadriyatlar va vatanparvarlik tarbiyasi, fan, madaniyat, adabiyot, san’at, islom ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning tavallud sanalarini nishonlash tadbirlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.
Yuldashev D. Q. tomonidan 2020-yildan so‘ng zootexniya va veterinariya yo‘nalishlari bo‘yicha taqsil olayotgan mutaxassislar uchun 4 ta darslik 8 ta monografiya, 8 ta tavsiyanomalar chop etilgan.
Yuldashev D. Q. ilmiy faoliyati davomida mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 60 dan ortiq ilmiy maqola, chop etgan, mahalliy va xalqaro konferensiyalarda 40 ga yaqin ma’ruzalar qilgan. Uning jami ilmiy ishlari soni 130 tadan ortib ketgan.
D. Q. Yuldashev yozgan “Chorva mollari va parrandalar uchun ozuqalar va ozuqaviy qo‘shimchalar (turlari, tarkibi va ishlatilishi)” nomli darsligida chorva mollari va parrandalar uchun ozuqalar va qo‘shimchalari turlari, ularning tarkibiy qismlari, oziqlantirish ilmida 2004-yildan qo‘llanilayotgan zamonaviy energetik to‘yimliklari va ularning sifatlarini baholash tizimi, chorva mollari, parrandalar uchun ratsionlar tuzishning asoslari va unga zamonaviy ilmiy yondoshuvlari, chorva mollari uchun mo‘ljallangan turli ozuqalar va ozuqaviy qo‘shimchalarning energetik to‘yimliligini hisoblash yo‘llari, ozuqalarning tabiiy to‘yimliligini oshirish usullari, ozuqalardagi to‘yimli va biologik faol moddalarning hayvonlar organizmida chorvachilik mahsulotlariga (go‘sht, sut va boshqalarga) aylanish jarayonlari yoritilgan.
D. Q.Yuldashev o‘z ustozi professor S. N.Xoxrin bilan hamkorlikda yozgan “Turli chorva mollari, mo‘ynali va uy hayvonlarini oziqlantirish” darsligida chorva mollari, mo‘ynali va uy hayvonlari, parrandalarni yangi energetik ozuqa birligida chorva mollari va turli parrandalar, mo‘ynali va uy hayvonlarining turi, fiziologik holati, yil mavsumi va berayotgan mahsulotlariga (go‘sht, sut va boshqalarga) ko‘ra ilmiy asoslangan to‘laqonli, muvozanatlangan oziqlantirish me’yorlari va usullari yoritilgan. Mazkur darslikda qishloq xo‘jaliklari, uy sharoitida eng ko‘p ishlatiladigan asosiy chorva mollari, mo‘ynali hayvonlarni turi, yoshi, oziqlantirishning fiziologik xususiyatlari, holatlari bo‘yicha zamonaviy batafsillashtirilgan oziqlantirish talablari, ratsionlar tuzish va nazorat usullari har bir bob, hamda uning bo‘limlarida alohida berilgan. Ushbu darslikda oxirgi 20-30 yillarda oziqlantirish ilmida erishilgan so‘nggi ilmiy izlanmalar natijalar, amaliy-texnik yutuqlari ma’lumotlari o‘zbek tilida berilgan.
D.Q.Yuldashevning Ruziev R. I., Narmuxamedov X. bilan hamkorlikda tayyorlagan “Qishlog xo‘jalik parrandalarini oziqlantirish va kasalliklarini oldini olish, sanatsiya ishlari o‘quv darslikda O‘zbekiston sharoitida yetishtirilayotgan turli parrandalar zotlari, ularni ushlash va oziqlantirish texnologiyalari, parrandalarni boqishda qo‘llaniladigan ozuqalari va qo‘shimchalari turlari, ularning tarkibiy qismlari, turli parrandalar uchun ratsionlar tuzishning yangi zamonaviy ilmiy yondoshuvlari, ozuqalarning tabiiiy to‘yimliligini oshirish usullari, ozuqalardagi to‘yimli va biologik faol moddalarning parrandalar organizmlarida tayyor mahsulotlariga (go‘sht va tuxumga) aylanish jarayonlari, asosi veterinariya kasalliklari va sanatsiya ishlari yoritilgan.
Ta’kidlash joizki mazkur yo‘nalishdagi darsliklar so‘nggi 50 yillikda o‘zbek tilida birinchi bor tayyorlangan hisoblanadi. Ularda ilk bor O‘zbekiston chorvachiligi va parrandachilida hayvonlar va parrandalarni oziqlantirishda yangi zamonaviy ilmiy yondoshuvlar, erishilgan ilmiy –texnik yechilmalar va “energetik ozuqa birligi”ga o‘tish g‘oyasi surilagan.
Yuldashev D. Q. oʻz kasbiy hamda jamoatchilik faoliyati bilan birgalikda xalqaro ilmiy salohiyatini ham namoyon qilib kelmoqda. U Qozoqiston, Qirg‘iziston Tojikiston FA, Rossiyaning K. Timirzazev nomidagi Moskva qilish xo‘jalik akademiyasi, Sankt-Peterburg veterinariya Universiteti va Sankt-Peterburg agrar universiteti, Kuban agrar universiteti, Butun Rossiya Quyonchilik ilmiy tadqiqot va “Chorvachlikni mexanizatsiyalash boshqa oliygohlarida, Gollandiyada, Turkiyada, Azarbayjonda, Qirg‘iziston, Gollandiya, O‘vesiya, Xitoyda o‘tkazilgan 30 dan oshiq xalqaro konferensiyalarda va ochiq darslarda O‘zbekistonning chorvachilik va parrandachiligining holatlari va kelajagi to‘g‘risida ma’ruzalar qilgan va ochiq darslar o‘tkazgan. Yuldashev D. Q Rossiya Federatsiyasining Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiruvchi “Chorvachilik texnikasi va texnologiyalari” ilmiy jurnali redaksiyasi hayotiga kiruvchi chet ellik a’zosidir.
Yuldashev D. Q. O‘zbekistonda chorvachilik va parrandachilikni ilmiy yutuqlardan foydalangan holda rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, chorva mollari va parrandalarni mahsulotlari bo‘yicha oziqlantirish masalalari yuzasidan turli seminar treninglarda qatnashib aholining turli qatlamlariga chorvachilik va parrandachilik bilimlarini o‘rgatish orqali O‘zbekistonning rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
D. Q. Yuldashev mehnat faoliyati davomida bir necha bor mehnatda erishgan yutuqlari uchun “O‘zbekneftgaz” (2000-y, 2012-y, 2018-y) va “O‘zneftgazqazibchiqarish” (2010-y, 2015-y.) kompaniyalarining, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Samarqand veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiya universiteti va uning Toshkent, Nukus filiallari, “Agrobank” ATB, MXQ chegara qo‘shinlarining faxriy yorliqlari va rahmatnomalari bilan mukofotlangan, 2016-yili “O‘zbekiston respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Yuldashev D. Q. o‘zi istiqomat qilayotgan “To‘y nepa” mahalla qo‘mitasining a’zosi va mahalladagi nuroniy kengashining raisi.
U o‘zining samimiyligi, kamtarinligi, Vatanga bo‘lgan muhabbati, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi, chorvachilik sohasiga sadoqati va yurtiga bo‘lgan mehri bilan keng jamoatchilik, hamkasblari, oilasi va mahalla aholisi orasida katta hurmat qozongan.