Olim

YUSUPOV OTABEK YAKUBOVICH

Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent

Yusupov Otabek Yakubovich 1980-yil 10-oktyabrda Samarqand viloyati, Urgut tumanida tugʻilgan, millati — oʻzbek.



1986-1996-yillarda Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 103-oʻrta maktabni imtiyozli tamomlagan.



1997-2001-yillari Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz filologiyasi fakultetini tugatgan. Filolog, ingliz va fors tillar oʻqituvchisi, 2001-2003-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tugatgan.



Umumiy ish staji 25 yil. Shundan oliy oʻquv yurtidagi staji 24 yil. O.Yusupov mehnat faoliyatini 1999-yilda Samarqand shahar 68-maktab ingliz tili oʻqituvchisi vazifasida ish boshlab, 2000-2003-yillarda Samarqand shahar “Samarqand” mehmonxonasi gid-tarjimoni, 2003-2020-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti Xalqaro aloqalar boʻlimi tarjimoni, ingliz tili yuqori kurslar fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi, Ingliz tili nazariyasi va adabiyoti kafedrasi dotsenti, 2019-2023-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili II fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.



2023-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.



2020-yil sentyabr oyida 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2021-yil dekabr oyida dotsent ilmiy unvonini olgan.



Yusupov Otabek Yakubovich tomonidan 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma, 20 ta maqola (xorijiy jurnallarda), 42 ta ilmiy maqolalar, respublika konferensiyalarida 15 ta, xalqaro konferensiyalarda 22 ta ilmiy ishlar nashr ettirilgan, 3 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olishga erishgan. Xalqaro eʼtirof etilgan SCOPUS hamda Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazalarida mavjud ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgan yuqori “Xirsh indeksi”ga ega.



Pedagogika sohasidagi faolligi va mehnatsevarligi, liderlik qobiliyati, koʻp yillik samarali va halol mehnati hamda oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati, yosh avlodni tarbiyalashda qoʻshayotgan munosib hissasi, hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun Yusupov Otabek Yakubovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Faxriy yorligʻi “Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” hamda “Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni va boshqa bir qator tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.



Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy seminar va ilmiy kengash aʼzosi hisoblanadi. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori talabgorlariga rasmiy opponent va Ilmiy seminarlarda taqrizchi sifatida ishtirok etgan.



O.Y.Yusupov iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishiga jalb etish va ularning ilmiy-nazariy bilim salohiyatini yanada oshirish maqsadida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda. Rahbarligida 4 nafar Navoiy nomidagi davlat stipendianti va 1 nafar Islom Karimov nomidagi davlat stipendiati sovrindori boʻlgan.



Yusupov Otabek Yakubovich oʻz faoliyati davomida bir qator xalqaro loyihalarda koordinator hamda ishchi guruh aʼzosi sifatida ham faol ishtirok etib, institutga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda oʻz faol ishtirok etgan.




  • Yevropa Ittifoqining 2014-2016-yillarga moʻljallangan Tempus Project DeTEL 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK TEMPUS-JPCR Aston University “Yevropa tillarini oʻqitishni rivojlantirish: zamonaviy texnologiyalar asosida oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha magistratura dasturini yaratish” loyihasi koordinatori;

  • ERASMUS+ 2017-2021-yillarga moʻljallangan (Erasmus+ Capacity Building in Higher Education – CBHE) dasturi (585845-EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP) CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi boʻyicha magistratura dasturini ishlab chiqish” loyihasi koordinatori sifatida faoliyat yuritdi va loyiha natijasiga koʻra 2020-2021-oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi tashkil etilishida oʻz hissasini qoʻshdi;

  • Buyuk Britaniyaning Aston universiteti, Germaniyaning Humboldt universiteti, Fransiyaning Kan universiteti, Portugaliyaning Portu universitetlari bilan hamkorlikda ERASMUS+ dasturining International Credit Mobility “Key Action 1 – Mobility for learners and staff – Higher Education Student and Staff Mobility” loyihalari koordinatori;

  • Amerika Qoʻshma shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalarining nofilologik taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim oluvchi talabalar uchun 2018-2019-yillarga moʻljallangan “Access English for STEM” (science, technology, engineering, mathematics) loyihasi rahbari;

  • AQSH elchixonasining 2020-2022-yillarga moʻljallangan “English Access Microscholarship Program” maktab oʻquvchilari uchun ingliz tilini oʻrgatish loyihasi rahbari;



O.Y.Yusupov Samarqand davlat chet tillar institutidagi faoliyati davomida institut xalqaro aloqalarini rivojlantirishda, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitetlar va oliy oʻquv yurtlari bilan ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik Shartnomalari va Memorandumlari imzolashda oʻz hissasini qoʻshgan. Jumladan, AQSHning Vebster Universiteti, Buyuk Britaniyaning Aston universiteti, London Metropolitan Universiteti, London biznes va moliya universiteti, Germaniyaning Humboldt universiteti, Haydelberg pedagogika universiteti va Yohannes Gutenberg universiteti, Fransiyaning Quyi Normandiya Kan universiteti, Ispaniyaning Siviliya, Kadis Universitetlari va Yevropa Ispan tili oʻqituvchilari Assotsiatsiyasi, Italiyaning Siyena Universiteti va Turin Holden maktabi, Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat lingvistika universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Markaziy Osiyo va Afrika davlatlari instituti, Yaroslavl davlat pedagogika universiteti, Tyumen davlat universiteti, Voronej davlat universiteti, Chelyabinsk davlat madaniyat instituti, Kursk davlat universiteti, Nijegorod davlat universiteti, Altay davlat pedagogika universiteti va Orenburg davlat universiteti, Belorus Respublikasining Mogilev davlat universiteti, Polessk davlat universiteti, Baranovich davlat universiteti va Vitebsk davlat texnologik universiteti, Ukrainaning Kiyev Milliy lingvistika universiteti, Nikolayev Milliy universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay xorijiy tillar universiteti, Sinszyan pedagogika universiteti, Sinszyan agrar universiteti va Sian xalqaro taʼlim universitetlari, Janubiy Koreyaning Xankuk xorijiy tillar universiteti, Gachon universiteti, San Mun universiteti, Xansung, Chonnam, Chodang, Gyonsang, Keymyung, Chonbuk, Chungju, Donguk, Changvon, Cheju va Transport milliy universitetlari, Jungbu universiteti, Yaponiyaning Sukuba, Nagoya universitetlari, Fukuoka Prefekturasi va Shinshu Universitetlari, Indoneziyaning Gunadarma universiteti, Malayziyaning Sultan Idris universiteti, Mugʻulistonning Mugʻuliston milliy universiteti, Tojikiston Respublikasining S.Ulugʻzoda nomidagi Tojikiston davlat tillar instituti, Qozogʻistonning Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-turk universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari va anglashuv memorandumlari imzolangan. Shuningdek, “British Council” tashkiloti, Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti, XXRning Xanban tashkiloti, JICA, KOICA va boshqa xalqaro taʼlim tashkilotlari hamda xorijiy mamlakatlar elchixonalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.



2014-yilda Xitoy Xalq Respublikasining Xanban xalqaro tashkiloti, Shanxay xorijiy tillar Universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida tashkil etilgan “Konfutsiy instituti” tashkil etilishida oʻz hissasini qoʻshgan.



Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vebster universiteti oʻrtasida Samarqand davlat chet tillar instituti bazasida Vebster universiteti TESL “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida oʻqitish” magistratura mutaxassisligi boʻyicha bir yillik magistratura mutaxassisligi tashkil etish boʻyicha Anglashuv Memorandumi imzolashda hamda 2019/2020 oʻquv yilidan MA TESL “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida oʻqitish” magistratura dasturini tashkil etilishida oʻz hissa qoʻshgan.



O.Y.Yusupov oʻz faoliyati jarayonida yangi innovatsion-pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni taʼlim jarayoniga qoʻllash bilan bir qatorda, doimiy ravishda Respublikamiz hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻz malakasini oshirib kelmoqda:



2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida Finlandiyaning Yuvaskula universitetida oʻz malakasini oshirib qaytdi.



2021-yil iyul, avgust oylarida AQSHning Texas universitetida tashkil etilgan “Ingliz tili oʻqituvchilari malaka oshirish kursi”da ishtirok etdi;



2019-yil iyun oyida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi International Credit Mobility loyihasi doirasida Portugaliyaning Portu universitetida malaka oshirish bilan bir qatorda universitet talabalariga maʼruzalar oʻqidi;



2018-yil iyul oyida Buyuk Britaniyaning Aston Universitetida tashkil etilgan “Content and Language Learning” moduli boʻyicha seminar-treninglarda ishtirok etdi;



2017-yil sentyabr oyida Koreya Respublikasining Xalqaro taʼlim milliy instituti (National Institute for International Education) da Xalqaro taʼlim va almashinuv soha mutaxassislarini malakasini oshirish kursida ishtirok etdi;




  • 2016-yil yanvar fevral oylari Yevropa Ittifoqining Tempus Project DeTEL “Yevropa tillarini oʻqitishni rivojlantirish: zamonaviy texnologiyalar asosida oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha magistratura dasturini yaratish” loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning Aston Universitetida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etgan;

  • 2015-yil 7-iyundan 9-iyulgacha boʻlgan muddatda Yevropa Ittifoqining “ERASMUS MUNDUS” dasturi doirasida “Xalqaro munosabatlar sohasida kadrlar almashinuvi” loyihasi doirasida Italiyaning Paduya Universiteti xalqaro aloqalar boʻlimida oʻz malakasini oshirgan;

  • 2013-yil 30-oktyabrdan 18-noyabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan tanlov sovrindori sifatida Buyuk Britaniyaning Norvich xorijiy tillar institutida “Ingliz tili trenerlari malakasini oshirish” kursida malaka oshirgan;

  • 2011-yil avgust oyida Litvaning Klayepeda universitetida malaka oshirgan.



2008-yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan tanlov sovrindori sifatida Malayziyaning Mara texnologiyalar universitetida pedagogik va innovatsion mahorat yoʻnalishida oʻz malakasini oshirib qaytgan.



Shuningdek, Koreya Respublikasining Cheju universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay xorijiy tillar universiteti, Ispaniyaning Kompostella universiteti, Gretsiyaning Gʻarbiy Attika universiteti, Buyuk Britaniyaning Aston universitetlarida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar hamda qisqa muddatli seminar-treninglarda ishtirok etgan.



O.Yusupov Oʻzbekiston davlat jahon tillari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorligi davrida universitetning ilmiy salohiyati, ilmiy unvonlilar soni, ilmiy nashriy faollik sezilarli darajada oʻsdi. Xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomli davlat stipendiyasi sohiblari, Zulfiya davlat mukofoti sovrindor soni oʻtgan yillarga nisbatan ancha oshdi.



O.Yusupov tashabbuskor, yangilikka intiluvchan, oliy taʼlim tizimidagi islohotlardan toʻliq xabardor, jamoani boshqara oladigan, talabchan, qoʻyilgan vazifalarga tezkorlik bilan yondasha oladigan rahbar hisoblanadi.