Olim

ESHONQULOVA SURAYYO ISOMIDDINOVNA

Filologiya fanlari doktori, dotsent

CHDPU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy seminar a’zosi.



European International Journal of Philological Sciences (Editorial Team | European International Journal of Philological Sciences),  “Azerbaycan diliva adbiyyat tadrisi” (https||tall.edu.az) va “Academic Research in Educational Sciences” (www.ares.uz, ISSN 2181-1385) ilmiy jurnallariga jamoatchilik asosida tahririyat a’zosi.



         Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna 1975-yil 9-fevralda Jizzax (hozirda Sharof Rashidov) tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, millati – o‘zbek.



1982-1992-yillar  Jizzax viloyati Jizzax shahridagi Sharof Rashidov nomidagi 10-o‘rta umumta’lim maktabini a’lo baholar tamomlagan.



1993-1998-yillarda A.Qodiriy nomidagi JDPI o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti (№1928888) kunduzgi bo‘limini tamomlagan.



Pedagogik faoliyatini 2003-yil Jizzax davlat pedagogika instituti sharq



tillari kafedrasi o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan. 2004-2006-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi Sayiljoyi akademik litsey o‘qituvchisi, 2006-2011-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, 2011-2016-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va uni o‘qitish uslubiyati kafedrasi  o‘qituvchisi, 2016-2018-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2018-2019-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, 2019-2020-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 2020-2022 yillari Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2022-2023-yillari Toshkent viloyati Chirchiq pedagogika boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi dotsenti, 2023-2024-yillari Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi professor v.b. lavozimida ishlagan. 2024-yildan hozirgacha Alfraganus universitety Sharq filologiyasi kafedrasi professor v.b. ishlab kelmoqda.



Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna 2011-yil 29-dekabrda 10.01.03-O‘zbek adabiyoti tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Nodira she’riyatida tarixiy obrazlar talqini” mavzusidagi filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan va 2012-yil 31-may 187/1 bayonnomasi tavsiyasiga ko‘ra filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan (01 № 013311).



Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi 30.09.2019-yil 269/1 bayonnomasi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbek adabiyoti  ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan (03 № 008982).



2022-yil 17-noyabrda 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Nodiraning badiiy mahorati” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan va 2022-yil 29-dekabr 330/1-sonli bayonnomasi  tavsiyasiga ko‘ra filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berilgan (04 № 007291).



Eshonqulova Surayyo Isomiddinovnaning “O‘zbek-qozoq lingvistik lug‘ati”, “Mif va she’riyat”, “Tarixiy shaxs siymosi va badiiyat”, “Nodira ijodining o‘rganishda yangicha yondashuv”, “Nodiraning lingvopoetik mahorati”, “Nodira lirikasida mumtoz an’ana va badiiy mahorat”,“Mumtoz asarlarni sharhlab o‘qitish” “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kabi monografiya hamda o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar  muallifi. Ilmiy tadqiqotlar yuzasidan 160 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va respublika jurnallarda chop etilgan. Bundan tashqari, “Ilm-fan fidoiysi – zahmatkash olim” (2020), “Xotira muqaddas – umr abadiy” (2021), “Nomingiz qalblarda yashaydi mangu” (2022) kabi xotira kitoblarini to‘plovchi va nashrga tayyorlovchisi sifatida faoliyat yuritgan. So‘nggi yillar ichida “Filologiyaning umumnazariy masalalari” (2019, 2020. 2021), “O‘zbek tili uslubiyatining dolzarb masalalari” (2021), “O‘zbek tili va adabiyoti tarixi, tadrijiy taraqqiyotining o‘rganilishi: natijalar va muammolar” (2021), “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” (2021) kabi Respublika va Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari asosida to‘plamlarni nashrga tayyorlovchi va taqrizchi bo‘lgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan “Nodiraning badiiy mahorati”  nomidagi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning intellektual mulk egasi.



Eshonqulova S.I. 2003-yildan buyon ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida “O‘zbek tili tarixi”, “O‘zbek tili tarixi va yozuvi” “Eski o‘zbek tili va yozuvi”, “Ona tili va adabiyot”, “Maxsus seminar (Tanlov fan)”, “O‘zbek adabiyoti”, “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Mumtoz asarlarni sharhlab o‘qitish”, “Adabiyotshunoslik”, “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, “Mumtoz tarixiy poetika”, “Adabiyotshunoslik metodologiyasi” fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tmoqda. U yosh avlodga ta’lim tarbiya berib, yuqorisifatli bakalavrlar va magistrlartayyorlashniamalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.



S.I.Eshonqulovaning o‘quv, ijodiy, ijtimoiy, muloqot kabi turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan tanishish imkoniyatini beruvchi pedagogik portfoliosi mavjud (http://portfolio.bimm.uz). Unda professional faoliyatida erishgan kasbiy yutuqlari aks ettirilgan va baho beriladigan materiallari kiritilgan.



Eshonqulova S.I. ilmiy ishlar olib borish bilan bir qatorda respublika yosh malakaviy kadrlarini tayyorlash borasida ham o‘z ulushini qo‘shib kelmoqda.U kafedrada bir necha yillardan beri ilmiy-uslubiy ishlarni olib bordi. Kafedrada ilmiy-ijodiy muhitni shakllantirishda, ilmiy salohiyatini oshirish, iqtidorli talabalarni tayyorlash borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Buning  natijasida  15 nafar  magistr magistrlik ilmiy darajasini oldilar. Bundan tashqari Eshonqulova S.I. fakultetda “Iqtidorli talabalar” to‘garagini rahbari.



 Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna oilali, 1 nafar farzandi bor. U dadil, shijoatli, g‘ayratli hamda aniq maqsadni ko‘zlagan, muvaffaqiyatga erishuvchan inson. Universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari orasida katta hurmatga ega.