Olim

ABDULLAYEVA SHAXZODA ABDULLAYEVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna 2025-yilning 30-avgustidan buyon “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Tillar” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Abdullayeva Shaxzoda Abdullaevna 1964-yilning 8-yanvarida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. 1981-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 15-umumiy o‘rta maktabini “a’lo” baholarga tamomlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining “Rus filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirdi. Mazkur fakultetni 1987-yilda tamomlab, ish faoliyatini maktab o‘qituvchisi sifatida boshladi. 1989-yilda Shaxzoda Abdullayeva Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining aspiranturasiga o‘qishga kirdi va uni 1993-yilda tamomladi. 1998-yilda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy Kengashda “Развитие эмоционально-образной русской речи учащихся (на материале художественного текста)” mavzusidagi 13 00 02-ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan dissertatsiya yoqlab, shu yilning o‘zida pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. 2005-yilda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Ixtisoslashgan Kengashda “O‘spirinlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalashning pedagogik asoslari” mavzusida 13 00 01-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligidan dissertatsiya himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Sh.A. Abdullayeva 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 2005-2012-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Pedagogika fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib, talabalar orasidan Alisher Navoiy nomidagi nomdor stipendiatlar va Zulfiya nomidagi sovrindorlarni tayyorladi. Shuningdek fan nomzodlarini tayyorlab, “Pedagogika”, “Pedagogika nazariyasi”, «История педагогики», «История образования и педагогической мысли» kabi 10 dan ortiq darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalarni yaratdi va professor ilmiy unvonini olishga muyassar bo‘ldi. Dekanlik faoliyati mobaynida u ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirdi. 2012-2015-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutining Pedagogika kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritdi. U talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi. 2015-2017-yillarda Abdullayeva Shaxzoda Abdullaevna Toshkent viloyati xalq ta’limi o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Tillar” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritib, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishda samarali natijalarga erishdi, jamoa o‘rtasida hurmat va e’tibor qozondi. 2017-2019-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritdi va ta’lim jarayoniga ilmiy yondashuvlarni keng joriy etib, talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib, bir qator darsliklar, ilmiy maqolalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi sifatida e’tirof etildi. 2019-2022-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Boshlang‘ich ta’lim” va 2022-2025-yillarda “Tillar” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritdi. Dekanlik faoliyati davrida uning tashabbusi bilan xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirilib, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yildi. Bu esa fakultetda ta’lim jarayonining xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilishiga xizmat qildi. Shuningdek, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarga jalb etish va ularning kasbiy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida samarali ishlar olib bordi. Abdullayeva Shaxzoda Abdullaevna 2018-2026-yillarda Janubiy Koreyaning Seul, Sankt-Peterburg shahridagi Высшая школа экономики, Belorus Fanlar akademiyasi va Polotsk shahridagi pedagogika instituti va boshqa MDH va xorij universitetlarida stajirovka o‘tagan. 2025-yilda Xitoy xalq Respublikasining Pekin davlat universiteti “Xorijiy tillar” fakultetida magistrlarga “Til o‘qitish metodikasi”dan 36 soat o‘quv kurslarini o‘qib, “Xalqaro o‘qituvchi” sertifikatini egalladi. Ushbu faoliyat uning xalqaro ta’lim maydonida munosib o‘rin egallaganini, turli ta’lim tizimlari bilan integratsiyalashgan holda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni samarali qo‘llay olishini namoyon etdi. Ayniqsa, xorijiy auditoriya bilan ishlash tajribasi uning metodik salohiyatini yanada boyitib, multikulturalizm sharoitida ta’lim berish ko‘nikmalarini mustahkamladi. Mazkur xalqaro va mintaqaviy tajribalar uning kasbiy mahoratini yanada yuksaltirib, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy amaliyotlarni joriy etish, talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish va ularni global ta’lim muhitiga mos ravishda tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2025–2026-yillarda Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universitetidagi “Rus tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlarga “Rus tili metodikasi”dan dars mashg‘ulotlarini o‘tib, mazkur universitet sertifikatiga ega bo‘ldi. Bu esa uning Markaziy Osiyo miqyosida ham yuqori malakali mutaxassis sifatida e’tirof etilayotganini, ilmiy-pedagogik tajribasi va metodik qarashlari keng doirada tatbiq etilayotganini ko‘rsatadi.

Professor Sh.A. Abdullayeva tomonidan xorij mamlakatlari OTMlarida dars berganligi uchun taqdim qilingan sertifikatlar

Sh.A. Abdullayeva “Pedagogika”, “Inson kapitali” Xalqaro va respublikada nashr etiladigan jurnallarida tahrir hay’ati sifatida ham faoliyat yuritmoqda.

2022-yilning 0406-son (TRKI-IV) Til bilish(C2) darajasidagi guvohnomaga ega bo‘ldi. Mazkur yuqori darajadagi sertifikat uning rus tilini mukammal darajada egallaganini, murakkab ilmiy va kasbiy matnlarni chuqur tahlil qilish, erkin muloqot yuritish hamda akademik va rasmiy uslubda aniq va ravon fikr bildirish qobiliyatiga ega ekanini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, ushbu natija uning tilshunoslik va pedagogik faoliyatda yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanganini ko‘rsatadi. U til o‘qitish jarayonida zamonaviy metodikalardan samarali foydalanib, talabalarda til ko‘nikmalarini tizimli va chuqur shakllantirishga muvaffaq bo‘lib kelmoqda. Mazkur yutuq uning xalqaro ta’lim va ilmiy maydonda faol ishtirok etishi, xorijiy manbalar bilan ishlash va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Abdullayeva Shaxzoda Abdullaevna 2020, 2021, 2022, 2023-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash a’zosi, shuningdek Chirchiq davlat pedagogika universitetining Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritdi. 2025-2026-yillarda 130007-Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha Abdulla Avloniy nomidagi O‘zbekiston ITIning Ilmiy Kengash raisi o‘rinbosari hamda bugungi kunda 130002-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Ilmiy Kengash a’zosidir. 2025-2026-yillarda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 03/30.11.2024.Ped.26.04 raqamli ilmiy kengash raisi sifatida faoliyat yuritdi. Faoliyati davomida olima tadqiqotchilarning ilmiy ishlari sifatiga va ularning amaliyotga tatbiq qilinishiga alohida e’tibor qaratdi. Pedagogika fanlari doktori, professor Sh.A. Abdullayeva magistrlik va fan doktorlari dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda. 2010-yildan hozirgi paytga qadar 60 dan ziyod pedagogika fanlari nomzodlari va 130001-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan falsafa fanlari doktorlarini (PhD) va (DSc) tayyorlagan. E. Buketov nomidagi Karaganda Ilmiy tadqiqot universitetining “Pedagogika”, “Filologiya” fakultetlari jamoasi bilan uchrashuv. (2025-yil, aprel, Toshkent shahri)

Pedagogika fanlari doktori, professor Shaxzoda Abdullayeva “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika nazariyasi”, ”Pedagogik diagnostika”, “Hamkorlik pedagogikasi” , “Istoriya pedagogiki”, “История образования и педагогических учений” kabi darsliklar va “Oliy ta’lim didaktikasi”, “O‘qituvchi kompetensiyasi”, “Mualliflik texnologiyalari” kabi o‘quv qo‘llanmalari muallifidir. Uning Scopus va Web of Science indekslangan jurnallardagi maqolalari nashr etilgan va u 12 x-indeksiga ega bo‘lgan olimadir.

Pedagogika fanlari doktori, professor Shaxzoda Abdullayevaning insoniylik fazilatlari uning shaxsiyatida alohida o‘rin tutadi. U kamtarinligi bilan atrofdagilar qalbidan joy olgan, erishgan yutuqlariga qaramay, doimo soddalik va samimiylikni saqlab keladi. Olijanobligi esa uning har bir ishida, insonlarga bo‘lgan munosabatida yaqqol namoyon bo‘lib, adolat va hurmat tamoyillariga sodiqligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u boshqalarga hamdard bo‘lish, qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlash kabi yuksak insoniy fazilatlarga ega. Uning bu xususiyatlari jamoada sog‘lom muhit shakllanishiga, o‘zaro ishonch va hamjihatlikning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Shaxzoda Abdullayeva nafaqat malakali mutaxassis, balki yuksak ma’naviyatli, qalbi keng inson sifatida ham alohida e’tirofga sazovordir. Hozirgi kunda olima “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Tillar” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Ushbu mas’uliyatli lavozimda u kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada mustahkamlash, zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etish va til o‘qitish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, uning rahbarligi ostida o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar keng joriy etilib, talabalarning xorijiy tillarni amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faolligini kuchaytirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish ko‘lamini kengaytirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

“Ustoz-shogird” an’analariga ko‘ra professor Sh.A. Abdullayeva kafedra professor-o‘qituvchilariga raqamli ta’lim elementlari asosida mahorat-darsini o‘tmoqda. (2025-yil, oktyabr)

Sh.Abdullayeva “Ustoz-shogird” an’analari formatida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblari bilan. (2026-yil, 28-iyun)

Professor Sh.A. Abdullayeva tomonidan yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va ilmiy o‘sishi uchun qulay muhit yaratish, akademik mobillik dasturlarida ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani kafedra faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qilmoqda. Uning tashabbuskorligi, yuksak mas’uliyati va strategik fikrlashi natijasida kafedra zamonaviy, raqobatbardosh va ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan o‘quv-tarbiya bo‘linmasi sifatida yanada rivojlanib bormoqda. U shogirdlari bilan O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, ta’lim natijaviyligini diagnostika qilish bo‘yicha ilmiy maktab yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Sh.A. Abdullayeva kafedra mudirligi faoliyati davomida xorij OTM kafedralari bilan ilmiy, o‘quv-uslubiy aloqalarni mustahkamlashga harakat qildi. Kafedrada respublika OTM xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirish yo‘nalishida muayyan natijalarga erishildi. Xususan, Axmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti, Azarbayjon Baku Slavyan universiteti, Moskva davlat universiteti, Pekin pedagogika universitetining Tillar instituti, Bolgariyaning Varna menejment universiteti, E.Buketov nomidagi Karaganda Milliy-tadqiqot universiteti bilan yaqindan o‘zaro hamkorlik ishlari amalga oshirildi. O‘zaro hamkorlik natijasida kafedra professor-o‘qituvchilari akademik mobillikni amalga oshirishga, referativ nashrlarni chop ettirishga, mahorat darslari, seminar-treninglar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar. Ayniqsa, kafedralarda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha hamkorlikda o‘quv dasturlari, sillabuslar tayyorlanishiga zamin yaratildi, salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zaro hamkorlik asosida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tish imkoniyati kengaydi.

“TIQXMMI” MTU “Tillar” kafedrasi mudiri, professor Sh.A. Abdullayeva Axmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universitetining Filologiya fakulteti talabalariga dars berish jarayoni. (2025-yil, 14-noyabr)

Professor Sh.A. Abdullayeva Baku -Slavyan universiteti talabalari bilan uchrashuvda. (Azarbayjon Respublikasi, 2026-yil, aprel)

Xitoy talabalariga dars berish jarayoni Pekin shahri, Bayjing-Pedagogika universiteti. (2025-yil)

Professor Sh.A. Abdullayeva O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlanish marosimida (2025-yil, 18-noyabr)

Axmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universitetining “Tilshunoslik va adabiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan suhbat (Qozog‘iston Respublikasi, 2025-yil, noyabr)

Sh.A. Abdullayeva Moskva davlat pedagogika universiteti kafedra mudiri V.D. Yanchenko bilan istiqboldagi ilmiy rejalar ustida suhbat

Sh.A. Abdullayeva respublika va Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib, ma’ruzalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini aprobatsiyadan o‘tkazish va OAVda bu ishlarni aks ettirishga muyassar bo‘lmoqda. Shaxzoda Abdullayeva Navoiy davlat pedagogika universiteti olimlari davrasida. Ilmiy-amaliy anjuman. (2025-yilning 4-dekabr kuni, Navoiy shahri)

Professor Sh.A. Abdullayeva O‘zbekiston delegatsiyasi bilan “Turkologiya muammolari tadqiqotlari” mavzusida tashkil etilgan konferensiyasida ishtiroki davrida Azarbayjon lideri Geydar Aliev xotirasini e’zozlash vaqtida (Baku shahri, Azarbayjon, 2026-yil, 8-aprel)