Olim

AXMEDOV VOXID NIZOMOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

Axmedov Vohid Nizomovich 1976-yil 7-aprelda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. V.N.Axmedov 1997-yilda Buxoro davlat universiteti kimyogar, kimyo o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tugatib, ish faoliyati shu universitetdan boshlagan.

U 2011-yil 29-dekabrda Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi D.067.24.02 raqamli birlashgan ixtisoslashtirilgan kengashda 05.17.06 – «Plastmassa va shishaplastiklar texnologiyasi hamda ularni qayta ishlash» ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. V. N. Axmedov nafaqat o‘quv-uslubiy faoliyatda yuksak natijalarga erishgan, balki ilmiy-tadqiqot sohasida ham samarali izlanishlar olib bormoqda. Xususan, u muallif sifatida 250 dan ortiq ilmiy ishlarni yaratgan bo‘lib, shular qatorida 30 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 29 ta darslik, 17 ta o‘quv qo‘llanma, 63 ta elektron darslik va 11 ta monografiya alohida ahamiyatga ega. Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar e’lon qilish orqali V.N.Axmedov ilmiy natijalarini xalqaro darajada e’lon qilib kelmoqda. V.N.Axmedov tomonidan 250 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan bo‘lib, shulardan 190 tasi xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida, 110 tasi Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda qilingan ma’ruzalarning tezislaridir. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat intellektual mulk agentligining 6 ta patenti, xalqaro 3 patent muallifidir. V.N.Axmedov Volgograd tibbiyot universiteti professori, k.f.d. Anatoliy Kuzmich Brel bilan hamkorlikda 2 ta o‘quv qo‘llanma 1 ta elektron darslik, Saratov Davlat universiteti professori Yuliya Aleksandrovna Kadikova bilan hamkorlikda 3 ta elektron darslik yaratdi. 2024-yilda Satpaev universiteti professori t.f.d Kenjebek Akmalauli bilan bitta darslik, 2025-yilda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori Kedelbaev Baxtjan Shilmirzaevich bilan bir darslikka O‘zbekiston Respublikasida nashr guvohnomasi olindi, G.Turebekova bilan bitta darslik uchun Qozog‘iston Respublikasida nashr guvohnomalari olindi va chop etildi. Axmedov V.N. 2001-yilda yurtimiz ravnaqi va jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtiroki, oliy ta’lim tizimini yuksaltirish va rivojlantirish yo‘lida halol, vijdonan hamda fidokorona mehnat qilgani, yoshlarning intellektual salohiyatini shakllantirishda qo‘shgan ulkan hissasi, milliy urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizni talaba-yoshlar ongiga singdirish borasidagi alohida xizmatlari uchun “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida dunyo tan olgan Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Sankt Peterburg davlat universiteti va Kipr xalqaro universiteti, Tyumen davlat universiteti, Bauman universiteti, Osh davlat universiteti, Dushanbe davlat universiteti, Satpaev nomidagi Alma-ata milliy texnika universitetida “Elementorganik birikmalarning rivojlanish istiqbollari” fan moduli bo‘yicha ma`ruza mashg`ulotlarini o`tib kelmoqda. Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Jumladan, Qozog‘istondagi “GREEN TECHNOLOGIES” nomli xalqaro forumda o‘z rahbarligida 2 nafar talaba bilan ishtirok etib, olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari doirasidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Uning rahbarligida 14 ta tadqiqotchilar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan. Shuningdek, 3 nafar tadqiqotchi ilmiy ishlarini himoya qilish arafasida turibdi. 20 ga yaqin tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilarga ilmiy maslahatlarini berib kelmoqda. Buxoro davlat texnika universiteti kimyo va neft-gaz texnologiyasi bazasida o`zining ilmiy maktabini yaratgan. V.N.Axmedov 2018-20 yillarga mo‘ljallangan PZ-2017090419 raqamli “Elementorganik polimerlar asosida sho‘rga chidamli gidrofob qurilish kompozitsiyalari uchun tarkib yaratish va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida amaliy loyiha (2018-yilda 100 mln, 2019-yilda 167 mln, 2020-yilda 220,34 mln so‘mlik) va 2021-2022-yillarda “№ 18/18-2021 Tabiiy gaz tarkibiga qo‘shiluvchi odorant moddasini ishlab chiqarish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish” kabi loyihalarning rahbari. Shuningdek, V.N.Axmedov tashabbusi bilan Buxoro davlat texnika universiteti kimyo texnologiyasi kafedrasi bazasida 10 ta o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan. V.N.Axmedov ilmiy-tadqiqot faoliyati davomida Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli ilmiy kengash ilmiy seminari a’zosi hisoblanadi. Ayni kunda V.N.Axmedov 6 nafar mustaqil tadqiqotchiga rahbarlik qilibgina qolmasdan, o‘z ilmiy maktabini yaratib o‘z atrofiga 50 ga yaqin iqtidorli talabalar, 10 nafar magistrantlarni va 20 ga yaqin yosh olimlarni birlashtirgan holda, respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish va yuksak madaniyatini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. V.N.Axmedov institut buyruqlarini va fakultet farmoyishlarini o‘z vaqtida bajarib keladi. 2014-yil 31-yanvardagi № 13-U (01) buyrug‘iga asosan 2014-yil 8-9-aprel kunlari institutda Respublika miqyosida tashkil etilgan “Kimyoviy texnologiyaning dolzarb muammolari” ilmiy amaliy konferensiyani mas’ul kotib sifatida juda yuqori saviyada tashkil etdi va o‘tkazdi. Institutning 2014-yil 8-noyabrdagi buyrug‘iga va 12.02.2015-yilgi institut rektorining 20 – U (01) raqamli asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari Buxoro viloyat va shahar Kengashlariga saylovini o‘tkazuvchi 23-saylov uchastkasi rais o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bordi va saylovni uyushqoqlik bilan tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatdi. V.N.Axmedov rahbarligida universitet jamoasi Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan 4 xalqaro kimyo olimpiadasida faol ishtirok etib 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Zelyonaya Yevraaziya xalqaro tadqiqotlar tanlovida V.N.Axmedov rahbarligidagi ilmiy loyiha faxrli 1-o‘rinni egalladi va Minsk shahrida o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimiga taklif etildi. V.N.Axmedov doimiy ravishda o‘z pedagogik malakasi va ilmiy nazariy ishlari ustida izlanib kelmoqda. U tashkilotchi, g‘amxo‘r murabbiy va bilimdon pedagog, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi sifatida institut jamoasi va talabalar orasida hurmatga sazovor.