Olim

ADIZOVA NIGORA BAXTIYOROVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

Adizova Nigora Baxtiyorovna 1982-yil 5-noyabr kuni Buxoro tumanida tavallud topgan. U 2000-2004 yillarda Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakultetida tahsil oldi, 2004-yilda universitetni imtiyozli tugatdi. 2004-2006-yillarda Buxoro davlat universiteti Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish yoʻnalishi boʻyicha magistraturada tahsil oldi. 2007–2011-yillarda Buxoro davlat universitetida stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi sifatida faoliyat olib bordi, 2011–2018-yillarda esa universitetning boshlangʻich taʼlim yoʻnalishidagi kafedralarida oʻqituvchi lavozimida ishladi. 2018–2020-yillarda Buxoro davlat universiteti boshlangʻich taʼlim yoʻnalishidagi kafedralarida katta oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritdi. 2020-yildan boshlab Buxoro davlat universiteti boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda, 2022-yildan esa universitetning Pedagogika institutidagi boshlangʻich taʼlim kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Adizova Nigora Baxtiyorovna 2020-yilda yilda “Qiziqmachoqlarning janriy tabiati va badiiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2025-yilda “Talabalarda divergent tafakkurni muammoli taʼlim texnologiya asosida takomillashtirish metodikasi” mavzusida doktorlik ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Adizova Nigora Baxtiyorovna 2020-yilda pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 2025-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini, 2022-yilda dotsent ilmiy unvonini, 2026-yilda professor ilmiy unvonini oldi. Adizova Nigora Baxtiyorovna tomonidan 2 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomasi, 10 dan ortiq darslik, oʻquv qoʻllanmalari, 100 ga yaqin xorijiy 200 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari nashr etilgan. Adizova Nigora Baxtiyorovna oliy taʼlim tizimida mehnatsevarligi, kasbiy mahorati, jonkuyarligi, izlanuvchanligi, tashabbuskorligi bilan salmoqli natijalarga erishib kelmoqda. Buni uning yangi avlod adabiyotlarini yaratish orqali taʼlim sifatini oshirish yoʻlida tayyorlagan va chop etilib, oʻquv jarayoniga tatbiq etilgan “Ona tili oʻqitish metodikasi” (darslik Buxoro: “Kamolot”, 2023-y., 478 b.), “Mutaxassislik fanlarini oʻqitish metodikasi” (darslik Buxoro: “Kamolot”, 2023-y., 240 b.), “Oʻqish darslarini tashkil etish metodikasi” (darslik – Buxoro: “BUKHARA HAMD PRINT”, 2024-y., 280 bet), “Ona tili oʻqitish metodikasi” (darslik Buxoro: “BUKHARA HAMD PRINT”, 2025 y., 545 bet), “Ona tili oʻqitish metodikasi” (Buxoro: “Durdona”, 2021-y., 290 bet), “Ona tili oʻqitish metodikasi” (Buxoro: “Durdona”, 2021-y., 110 bet), “Mutaxassislik fanlarini oʻqitish metodikasi” (Buxoro: “Kamolot”, 2022-y., 200 bet), “Mutaxassislik kirish (Ona tili)” (Buxoro: “BUKHARA HAMD PRINT”, 2024-y., 170 bet), “Husnixat va uni oʻqitish metodikasi” (Buxoro: “BUKHARA HAMD PRINT”, 2026-y., 270 bet), “Qiziqmachoqlarning janriy tabiati va badiiyati” (Buxoro, “Globe” nashriyoti, 2021-y., 125 bet), “Oʻquvchilarda ijtimoiy koʻnikmani shakllantirish” (Buxoro, “Globe” nashriyoti, 2022-y., 113 bet), “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida divergent tafakkurni shakllantirish” (Buxoro, “Globe” nashriyoti, 2023-y., 125 bet),taʼlim jarayonida hamkorlik muhitini shakllantirish” (Buxoro: Durdona, 2020-y., 130 bet), kabi ilmiy-ommabop va oʻquv-uslubiy kitoblari toʻliq namoyon eta oladi. Adizova Nigora Baxtiyorovna koʻp yillik samarali va halol mehnati hamda oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati, jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 2024-yil Buxoro davlat pedagogika instituti rektori tomonidan “Yilning eng ijodkor oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlandi, Buxoro viloyat hokimligining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Yil o‘qituvchisi” tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tanlovning ikkinchi bosqichi 2026-yil 10–28-fevral kunlari tashkil etiladi. Tanlov nizomi talablariga qat’iy rioya qilingan holda ishtirokchilarning kasbiy mahorati va pedagogik faoliyati o‘rganiladi. Shu maqsadda Buxoro viloyati hakamlar hay’ati tarkibi shakllantirilib, T.T. Ma’murov rahbarligida N. Adizova, Sh. Choriyev hamda V. Sodiqovalar hakamlar hay’ati a’zolari sifatida jalb qilindi. Ular 10 kun davomida o‘qituvchilarning dars jarayonlari va ish faoliyatini kuzatib, baholab boradilar. Mazkur tanlov ta’lim tizimida faol va ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining 2026-yil 8-yanvardagi 10-U-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning yanvar oyida Malayziya davlatidagi INTI xalqaro institutiga malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida xizmat safari davomida ushbu institutning ta’lim jarayoni, o‘quv rejalari va zamonaviy o‘qitish usullari bilan tanishib, institut o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim sifatini yaxshilash va hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, interfaol hamda zamonaviy o‘qitish usullarini yanada mukammal o‘rganib tajriba almashinildi. Adizova Nigora Baxtiyorovna — bilim va tafakkurni qadrlaydigan, yosh avlod tarbiyasiga sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi ustozlardan biridir. U o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashib, har bir darsni mazmunli va qiziqarli tashkil etishga intiladi. Uning ijodkorligi va yangicha fikrlashi ta’lim jarayonida zamonaviy usullarni qo‘llashida yaqqol namoyon bo‘ladi. Nigora Baxtiyorovna o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va erkin mushohada yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi. U bolalar qalbiga yo‘l topa oladigan mehribon va samimiy inson sifatida hurmat qozongan. Har bir ilmiy ishida chuqur izlanish va katta tajriba sezilib turadi. U jamoada hamisha ijobiy muhit yaratib, boshqalarga ilhom bera oladi. Uning nutqi ravon, fikrlari aniq va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ta’limga bo‘lgan muhabbati va izlanuvchanligi ko‘plab yosh pedagoglarga namuna bo‘lib xizmat qiladi. Nigora Baxtiyorovna doimo o‘z ustida ishlab, yangi bilimlarni o‘rganishga intiladi. U nafaqat mohir pedagog, balki ijodkor va ma’naviy yetuk shaxs hamdir. Uning sabr-toqati, mehnatsevarligi va odobliligi atrofdagilar tomonidan yuqori baholanadi. Shunday insonlarning borligi jamiyat ravnaqi va yoshlar kelajagi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Institut jamoasi o‘rtasida tashabbuskorligi hamda namunali mehnat faoliyati bilan e’tibor qozongan.