Olim

APTAROV ZAYNIDDIN NORMANOVICH

Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali jarroh

Aptarov Zayniddin Normanovich (Zayniddin Norman o‘g‘li) 1966-yilning 5-yanvarida Samarqand viloyati Xatirchi tumanining Jizmon qishlog‘ida duradgor oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli. 1973-yil Muhammad Jomurot o‘g‘li Po‘lkan nomidagi 34-maktabning birinchi sinfiga borgan. Maktabda kimyo, fizika, tarix va adabiyot fanlariga bo‘lgan ishtiyoqi boshqacha edi. O‘qish paytida (Qo‘shrabot) tuman olimpiadasida birinchi o‘rinni olgan. Shu maktabni 1983-yili (26-maktab)ni a’lo baholarga tamomlagan. 1983-yili Samarqand Davlat tibbiyot universitetiga o‘qishga kirgan. 1990-yili Samarqand Davlat tibbiyot institutining (Universitet) davolash fakultetini bitirgan. 1988–1989-yillarda SamTI 1-klinikasi, reanimatologiya va anesteziologiya bo‘limida va Samarqand viloyat shifoxonasi jarrohlik bo‘limining operatsiya xonasida tibbiy birodar bo‘lib ishladi. 1990–1992-yillar davomida Samarqand viloyat kasalxonasining jarrohlik bo‘limida dastlab o‘rta tibbiyot xodimi, so‘ngra jarrohlik bo‘yicha internatura kursini o‘tadi. 1984-yildan boshlab Samarqand tomirlar jarrohlik markazida “Tomirlar shikastlanishida tomir ichi disseminatsiyali qon ivishining erta tashxisi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlash uchun ilmiy ish olib bordi va 2002-yilning 11-dekabr sanasida himoya qildi. 1992-yilning fevralidan boshlab Toshkent shahri 19-oilaviy poliklinikasida dastlab II toifali, keyin I toifali jarroh bo‘lib ishladi. Hozirda oliy toifali jarroh. Ilmiy yo‘nalish jarrohlikning ko‘p sohalari bilan bog‘liq. Jumladan, jigar va o‘t yo‘llari, oshqozon, oshqozon osti bezi, koloproktologik va yiringli kasalliklar bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, tomir jarrohligi kasalliklari bilan ham shug‘ullangan. 2006-yilning 1-avgustidan Yakkasaroy TTB-KMP statsionar qismi bilan shifoxonasida jarroh bo‘lib ishlab kelgan. 2018-yilning yanvar oyidan 58-OPda jarroh bo‘lib ishlamoqda. 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Shulardan ayrimlari “Грудная и сердечно-сосудистая хирургия”, “Хирургия”, “Вестник хирургии”, “European Science Review”, “Клиническая хирургия”, “Ангиология и сосудистая хирургия”, “Анналы хирургии”, “Бюллетень НЦССХ им. А.Н. Бакулева”, “Скорая медицинская помощь” (Санкт-Петербург), “Сибирский научный медицинский журнал” (Новосибирск), “European Science Review”, “Klinichna khirurhiia” (Киев), “O‘zbekiston xirurgiyasi” kabi jurnallarda chiqqan. Bundan tashqari, 4 ta monografiya: “Tomirlar shikastlanishida DQI”, “Tomirlar shikastlanishi”, “Травматические повреждения сосудов и их последствия”, “Surgical treatment of traumatic vascular injuries”, 2 ta risola: “Birinchi yordam ko‘rsatish”, “O‘t pufagining yallig‘lanishi va uning oldini olish” va 2 ta uslubiy tavsiya va 5 ta uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 1994–2018-yillar davomida Toshkent shifokorlar malakasini oshirish institutida o‘z malakasini oshirdi. To‘rt karra fan bo‘yicha jahon chempioni va ikki marta olimpiada chempioni hisoblanadi. 34 ta nazmiy va ilmiy kitoblar muallifi. Shularning ayrimlarini keltiramiz: ILMIY-OMMABOP MAQOLALARI “Kuyish – og‘ir jarohat”, “O‘t pufagini ehtiyot qiling”, “Oshqozonni ehtiyot qiling”, “Ichak buralishi”, “Oyoq og‘riganda”, “Qorin og‘riganda”, “Paysalga solib bo‘lmaydi, aks holda...”, “O‘t pufagi yallig‘lanishining oldini olish”, “Oyoq og‘riganda... Po‘lkan shoir qachon o‘z qishlog‘iga keladi?”, “Jizmonga bir kelib keting”, “Vaqti keldi”, “El otasi edi”, “Toifa va daraja kerakmi?”, “Ulushimni qo‘shsam”, “Qon ketsa...”, “Xafaqon qanday kasallik?”, “Qandli diabetdan saqlaning”, “Shifokorlar kuch sinashdi”, “Shifokorlar sumalagi”, “Kori neko‘ kardan az pur kardan ast”, “Tabarruk zot”, “Qiblagoh ota”, “Yuksak tibbiy madaniyat – sog‘lig‘imiz garovi”, “Shifokor faylasuf va ruhshunos bo‘lmog‘i zarur”, “Tabobatga baxshida umr”, “Muhabbatni anglash”, “Kitob – yaxshi fazilatlar tarbiyachisi”, “Elda aziz edi...”, “Ilm osmonida porlagan inson”, “Elga ziyo taratgan inson”, “Qalbning beg‘uborligi”, “Nurparvar siymo”, “Duoning xosiyati”, “Ezgulik yo‘lida kamarbasta”, “Tani sihhat – behi davlat”, “Elda sizday allomalar ko‘p bo‘lsin”, “O‘z qadrini biladi”, “Ochmagay hech qachon yaxshilar yodi”, “Ezgulikka dahldor inson”, “Ilmu fanga dil bog‘lagan inson”, “Kasbini sevgan xalqini ham sevadi”, “Qish mehridan bahra olib”, “Bahor sog‘inchi”, “Alla ayting, onajonlar”, “Soxta anevrizm”, “Sinoni o‘z piri deb biladigan shifokor”, “Ulkan maqsadlar uchun yashagan inson”, “Kindik qonim to‘kilgan maskan”, “Jizmon qishlog‘ida qad ko‘targan Shayx Nodirjon xo‘ja azizlar maqbarasi”, “Yumshoq arqon qattiq bog‘laydi”, “Ilmni ulug‘lagan inson”, “Fidoyi va talabchan ustoz edi...”, “Go‘zal hayot lazzati bu...”, “E’tiborli ham e’tirofli olim edi...”, “Ilm ummonida porlagan inson bu...”, “XX-asrning 500 nafar olimidan biri”, “G‘aybulla as-Salom uyimizda mehmon bo‘lgan”, “Mahoratning kaliti – ishtiyoq”, “Bemorlar hayoti uchun”, “Inson qalbining tarovati bu...”, “Ibratli inson...”, “Kulgi darg‘asi...”, “Orzu-maqsadlar yo‘li bu...”, “Kabsa uylar jilosida yashaydi otam”, “Xalq xizmatidan charchamaydi”, “Qutlov”, “Kabsa uylarning jilosi”, “Beg‘ubor damlar bu...”, “Yetuk olim, mohir jarroh, sohir notiq”, “Zayniddin Norman – Tibbiyoti fanlari doktori”, “She’rga dilni ochgim keldi”, “Hayotdan saboq berayotgan muallim”, “Ilm-bilim ziynati, ustoz – hayot ma’nosi bu...”, “Qalbi – nur, amali – shifo”, “Mehnat ortidan orttirgan baxt bu...” va boshq.

2023-yilning 21-avgust kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Fan bo‘yicha I jahon chempionatida (tibbiyot sohasida) chempion bo‘ldi. Sizni Dubayda bo‘lib o‘tgan fan (tibbiyot) bo‘yicha 1-jahon chempionatidagi ishonchli g‘alabangiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizga chin dildan ijodiy g‘alabalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Dubayda bo‘lib o‘tgan birinchi jahon fan chempionatida 69 mamlakatdan 1236 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ishlar 38 ta ilmiy yo‘nalish bo‘yicha taqdim etilgan. Mukofotlarni 360 nafar olim oldi. Hakamlar orasida 30 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor edi.

2024-yilning 21–25-mart kunlari Rim shahrida bo‘lib o‘tgan fan, ta’lim va san’at bo‘yicha I jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Sizni Rimda bo‘lib o‘tgan fan (tibbiyot) bo‘yicha 1-jahon chempionatidagi (tibbiyot, oltin) ishonchli g‘alabangiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizga chin dildan ijodiy g‘alabalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Rimda bo‘lib o‘tgan fan, ta’lim va san’at bo‘yicha I jahon chempionatida 42 davlatdan 352 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ilm-fan va ta’limning 36 yo‘nalishi va san’atning 6 turi bo‘yicha ishlar namoyish etildi. Olim, pedagog va san’at arboblaridan iborat 120 jamoaga alohida nominatsiyalar bo‘yicha sovrinlar topshirildi. Hakamlar tarkibiga 15 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari kirdi. Sizni 2024-yil 15–30-avgust kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha 1-Olimpiada o‘yinlaridagi ishonchli (tibbiyot, oltin) g‘alabangiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizga chin yurakdan ijodiy g‘alabalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Dubayda bo‘lib o‘tgan fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha birinchi Olimpiada o‘yinlarida 60 davlatdan 479 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Asarlar fan va ta’limning 36 ta, san’atning 6 turi bo‘yicha namoyish etildi. Mukofotlarni 180 ta jamoa yoki olimlar, o‘qituvchilar va san’atkorlar individual toifada oldi. Hakamlar orasida 27 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor edi. Sizni 2025-yil 15–25-avgust kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha III jahon chempionatidagi (tibbiyot, oltin) ishonchli g‘alabangiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizga chin yurakdan ijodiy g‘alabalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Dubayda o‘tkazilgan fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha III jahon chempionatida 20 davlatdan 306 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Asarlar fan va ta’limning 36 yo‘nalishi, san’atning 6 turi bo‘yicha taqdim etildi. Musobaqada 45 ta mukofotlar jamlanmasi (oltin, kumush, bronza) topshirildi. Mukofotlarni 188 nafar ishtirokchi (108 nafar olim, pedagog, ixtirochi, rassom yakka tartibdagi musobaqada va jahon chempionatining 26 jamoasi (80 nafar ishtirokchi)) egalladi. Hakamlar orasida 15 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor edi.

Hurmatli Zayniddin Norman o‘g‘li! Sizni 2025-yil 5–15-noyabr kunlari Qohirada bo‘lib o‘tgan Fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha Yevropa, Osiyo va Afrika III qit’alararo chempionatida (tibbiyot, oltin) ishonchli g‘alabangiz bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizga yanada ijodiy g‘alabalar va yutuqlar tilaymiz! Qohirada bo‘lib o‘tgan Fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha Yevropa, Osiyo va Afrika III qit’alararo chempionatida 21 mamlakatdan 459 ishtirokchi ishtirok etdi. Asarlar fan va ta’limning 36 ta sohasi, 6 turdagi san’at bo‘yicha namoyish etildi. Tanlovda 55 ta mukofot to‘plami (oltin, kumush, bronza) topshirildi. Mukofotlarni Qit’alararo chempionatning 211 ishtirokchisi (143 olim, o‘qituvchi, ixtirochi, rassom) va 22 jamoa (68 ishtirokchi) qo‘lga kiritdi. Hakamlar orasida 15 nafar Nobel mukofoti sovrindori bor edi. Hurmat bilan, chempionat tashkiliy qo‘mitasi!

JAHON VA Olimpiada CHEMPIONIGA SHAXSIY TAKLIF! Xalqaro tarixiy biografiya instituti Xayrli kun, hurmatli Zayniddin Norman o‘g‘li! Fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha jahon va Olimpiya chempionlari reytingining TOP-50 ligiga kirganingiz bilan tabriklaymiz! Hurmat bilan, Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi. Fan, ta’lim, texnologiya va san’at bo‘yicha jahon va Olimpiya chempionlari reytingining TOP-50 ligiga kirganligi ma’lum qilingan! Butun dunyo olimlari ichida 27-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston esa 17-o‘rinni olgan. Bundan tashqari, 1 ta patent va 1 ta DGU olgan. Bundan tashqari, yuzlab xalqaro konferensiyalar, syezdlar va simpoziumlar ishtirokchisi (onlayn, oflayn).

2021-yildan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. O‘tgan vaqt mobaynida izlanuvchan, javobgarlikni to‘liq his etuvchi ilmiy xodim sifatida o‘zining faqat ijobiy tomonini ko‘rsatib keldi. Bemorlarni davolashda yangi usullarni qo‘llash borasida o‘z ustida tinimsiz ishlab kelmoqda. Hozirda “Tomirlar shikastlanishi va ular oqibatlarining tashxisi, jarrohlik yo‘li bilan davolashni muqobillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida (Akademik V. Vohidov nomidagi RIJIATM tadqiqotchisi). Buning natijasida 50 dan ko‘p maqolalarni xorijiy jurnallarda e’lon qildi. 2025-yilning 15-fevralida “Tomirlar shikastlanishi va ular oqibatlarining tashxisi, jarrohlik yo‘li bilan davolashni muqobillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshidagi bir martalik ilmiy kengashda himoya qildi va butun dunyodan 50 ga yaqin taqrizlar kelib tushdi. Rasmiy opponentlar ham yevropalik olimlar edi (Akademik Lazar Davidovich, professor Ioskevich N.N.). Ilmiy ish natijasi eng rivojlangan davlatlarda joriy qilindi (Serbiya, Ispaniya, Belarus, Rossiya va Indoneziya). Dissertatsiya ishiga baho bergan buyuk olimlarga o‘zimning tashakkurimni aytaman. Ayniqsa, professor Ivan Dakota: “Doktorlik dissertatsiyasini o‘qib chiqqanimdan so‘ng hayratda qoldim. Bu ajoyib ish bilan tabriklaymiz”, – degan. Professor Stefan Olan: “Ushbu yuqori sifatli ish bilan tabriklaymiz! Men sizning qo‘lyozmangizni o‘qib ko‘p narsalarni o‘rgandim”, – professor Visent Riambou: “Ushbu dissertatsiyani batafsil o‘qib chiqqandan so‘ng, men tadqiqotchi tomonidan amalga oshirilgan buyuk ishdan hayratda qolganimni tan olishim kerak”, – degan so‘zlarni keltirib o‘tgan. Akademik Lazar Davidovich taqrizni yozayotib: “Dissertatsiyani ko‘rib chiqish men uchun katta zavq va sharaf baxsh etdi”, – degan. General-mayor, professor Gumanenko Ye. K. o‘zining taqrizida: “Jadvallarni loyihalash va olingan ma’lumotlarni statistik qayta ishlash natijalarini taqdim etish bilan bog‘liq muammolarga qaramay, ta’limotning ushbu va oldingi boblarida muallif tomonidan taqdim etilgan ilmiy va klinik amaliy tadqiqotlar natijalari o‘zining ilmiy va amaliy ahamiyati jihatidan noyob va yuqori bahoga loyiq ekanligini ishonchli ta’kidlash mumkin”, – deb bayon qilgan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyalik professor Biknell Kolin: “Ushbu tadqiqot zamonaviy davrda tomirlar shikastlanishlarini davolash bo‘yicha noyob tushuncha beradi”, – deb ta’kidlagan. Zayniddin Normanning DSc dissertatsiyasiga dunyoning turli burchaklaridan taqrizlar solingan konvert pochta orqali 2025-yilda kelgan. O‘zining ishchanligi va pok vijdonligi bilan xodimlar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan. Jamoat ishlarida faol qatnashadi. Uylangan: ikki farzandi bor.