Olim

ARTIKOVA MUHAYYO BOTIRALIYEVNA

Turon fanlar akademiyasi faxriy akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor

Artikova Muhayyo Botiraliyevna 1979-yilda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, pedagogika fanlari doktori, professor. U “Do‘stlik” ordeni (2024-y.), “Mehnat Faxriysi” ko‘krak nishoni (2023-y.), Buxoro davlat universitetining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi dinamik rivojlanishi va yangi loyihalarni qo‘llagani uchun Fransiyaning oltin medali (2000-y.) va bir qator Faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 1996-2000-yillarda Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar” ta’lim yo‘nalishini, 2001-2003-yillarda mazkur oliy dargohning “Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti” yo‘nalishida magistraturani tamomlagan. U 2003-2019-yillar mobaynida Andijon davlat universiteti Pedagogika kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida, 2014-2019-yillarda Pedagogika kafedrasi mudiri, 2019-2022-yillarda Maktabgacha pedagogika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Muhayyo Artikova 2008-yilda “Oilada o‘smirlarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusida nomzodlik, 2020-yilda “Umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2022-2023-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti Magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2023-yildan hozirga qadar Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. U O‘zbekiston Respublikasi Turon fanlar akademiyasining faxriy akademigi diplomini qo‘lga kiritgan, professor ilmiy unvonini olgan. Yangi darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, elektron dars ishlanmalarini yaratgan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etgan, sohaga oid Davlat dasturlari va Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlashda faol qatnashadi. Nufuzli jurnal va to‘plamlarda 240 ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik tavsiyanomalar chop etgan hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Muhayyo Artikova Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari oliy o‘quv yurtlaridagi Pedagogika fanlari bo‘yicha Ixtisoslashgan Ilmiy kengashlarda faoliyat olib borgan holda hozirga qadar ilmiy rahbarligida 20 nafardan ortiq tadqiqotchi PhD, 2 nafardan ortiq pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini egallashga muvaffaq bo‘lgan. Muhayyo Artikova Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida “Qozog‘iston xalqi Assambleyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda, Germaniya Federativ Respublikasi Drezden Texnika Universitetining Pedagogika fakulteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini rasmiylashtirish, DUAL ta’lim tizimini amaliyotga tatbiq qilish maqsadida, Germaniya Federativ Respublikasi Shtutgart shahrida o‘tkazilgan. “DIDACTIC 2025 in GERMANY” ko‘rgazmasida faol ishtirok etgan. Artikova Muhayyo Botiraliyevna A-1-41-raqamli “Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv-ishlab chiqarish tizimida milliy an’anaviy bazani hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” nomli amaliy tadqiqotda (2015-2017-yy.) loyiha rahbari, OT-F1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvni oldini olishda shaxs faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik tadqiqi” nomli fundamental (2017-2020-yy), FZ-202001064-raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish” nomli amaliy tadqiqot (2020-2021-yy.) loyihalarida a’zo sifatida ishtirok etgan. “Scientific Academy” ilm ma’rifat markazining 7-sonli buyrug‘iga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan “Ta’lim iftixori” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Respublikasi fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-sentyabrda 433-sonli buyrug‘iga asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni, Qozog‘iston o‘zbeklari EMB “Do‘stlik” hamjamiyatining 01/015 qaroriga binoan “Qozog‘iston o‘zbeklari EMB “Do‘stlik” hamjamiyatiga 30 yil” yubiley medali bilan taqdirlangan. Hindiston Respublikasining Javaharlal Neru Universiteti (JNU) tomonidan e’tirof etilib, “Yil professori – 2026” faxriy xalqaro mukofot sohibi bo‘lgan. Pedagogik faoliyati davomida erishgan natijalari va yutuqlari munosib rag‘batlantirilib, 2023-yilda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Olima o‘zining samimiyligi, mas’uliyatliligi va tashkilotchilik qobiliyati bilan talaba-yoshlar, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar orasida obro‘ qozondi. Oilali, 3 nafar farzandning onasi.