Olim

SAODAT DAVLATOVA

Tarix fanlari doktori, professor

Saodat Davlatova 1970-yil 28-dekabrda Yakkabogʻ shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasida Millatlararo totuvlik boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat olib boradi. Mehnat staji 30 yil, mazkur vazifada 2021-yildan ishlab kelmoqda. Asosiy ilmiy yoʻnalishlari – Oʻzbekiston tarixi, etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi hamda oʻzbek xalqining moddiy madaniyatini yangicha zamonaviy metodologik uslublarda oʻrganishga qaratilgan. Bundan tashqari, oʻzbek etnologiyasining dolzarb muammolaridan biri sanalgan oʻzbeklarning moddiy madaniyati, oʻzbek xalq hunarmandchiligi tarixi va metodologik asoslari, sanʼat antropologiyasi, madaniy antropologiya bilan ham shugʻullanib kelmoqda. S.Davlatova 2023-yilda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Maʼnaviyat fidoyisi”, 2024-yilda Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining “Xalq diplomati”, 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar qoʻmitasining “Xalqlar doʻstligi” va Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. U oʻz faoliyatini 1993–1996-yillarda ToshDU Tarix fakulteti kunduzgi boʻlim aspiranturasida tahsil olgandan soʻng, 1996–2003-yillar davomida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida ish boshlagan. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti “Etnologiya va antropologiya” boʻlimiga kichik ilmiy xodim vazifasiga qabul qilingan. 2006-yilda OʻzR FA Tarix instituti qoshidagi Birlashgan ixtisoslashgan kengashda “Qashqadaryo vohasi oʻzbeklari anʼanaviy kiyimlarining transformatsiyasi (XIX asr oxiri – XX asr)” mavzusida 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisligi boʻyicha tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2011–2019-yillarda Tarix institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan. Saodat Davlatova Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining A-2-075 “Zamonaviy oʻzbeklar: tarixiy-etnologik tadqiqot” (2006–2008), FA-A1-GO25 PV-2014-0911000555 “Oʻzbeklar: etnik tarix, madaniyat va anʼanalar” (2015–2017), “Oʻzbeklarning milliy identikligining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” (2017–2019) kabi bir necha ilmiy, fundamental va amaliy loyihalarda samarali ishtirok etgan. 2015–2017-yillarda OʻzR FA Tarix instituti doktoranturasida tahsil olgan va 2019-yilda “Oʻzbekistonning janubiy hududlari anʼanaviy hunarmandchiligi tarixiy jarayonlar kontekstida (XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Davlatovaning ilmiy izlanishlari natijasida anʼanaviy hunarmandchilik masalasini tadqiq qilishda fanlararo yondashuv aspektida keng qamrovli tadqiq etishning nazariy-uslubiy jihatlari ishlab chiqilib, tarixiy izchillik, tarixiy-qiyoslash, sanʼat antropologiyasi, geografik determinizm, modernizatsiya, strukturaviy va semantik-semiotik nazariya usullaridan foydalangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyinchalik Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi) huzuridagi Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot institutining F3-201907036 “Oʻzbek oilasi tarixi elektron muzeyini yaratish” (2019–2021 [2022 3 oy]) amaliy loyihasida ishtirok etgan. Mazkur loyiha doirasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston Milliy arxivi va Oʻzbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari milliy arxividan oʻzbek oilasi tarixi, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, oilaviy marosimlar, urf-odat hamda anʼanalar aks etgan fotosuratlar, videoroliklar va tarixiy maʼlumotlar toʻplandi. Shuningdek, kutubxona fondlaridan mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, monografiyalar, ilmiy jurnallar, narrativ asarlar, vaqtli matbuot materiallari asosida bibliografiya yaratildi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Oʻzbek milliy etnomadaniy tantanavor liboslari kolleksiyasining mobil ilovasini yaratish” (2021–2022-yillar) mavzusidagi amaliy loyihasida ishtirok etgan. Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonning janubiy hududlari hisoblangan Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi ayollarining tantanavor liboslarining turlariga (jins, mavsum, marosim, bayram) doir maʼlumotlar toʻplandi. Liboslar turkumining jinslar (ayollar, erkaklar va bolalar) boʻyicha roʻyxati shakllantirildi. Loyiha doirasida muallif tomonidan kitob-albom (Davlatova S. T., Orifjonova G. R. Qashqadaryo-Surxondaryo vohasi ayollarining etnomadaniy tantanavor liboslari. Kitob-albom. – Toshkent: “Fan va taʼlim”, 2022. – 80 b.) nashr etilgan. Shuningdek, mazkur loyihalarni bajarish davomida muallif tomonidan Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus, Ukraina, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston kabi davlatlarda xalqaro miqyosda oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etilgan. 2020-yil sentyabr–noyabr oylarida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti) professori vazifasida ishlagan. 2020-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli, 2017-yil 19-maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5046-sonli Farmonlari va boshqa meʼyoriy hujjatlari, shuningdek, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Kengashining 2020-yil 29-maydagi 9-sonli yigʻilishi qarori asosida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tarkibidagi “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi rahbari lavozimida 2023-yilgacha faoliyat olib borgan. S. Davlatova Laboratoriya oldiga qoʻyilgan vazifalar, faoliyat koʻlami va talabidan kelib chiqib: etnologik tadqiqotlarning yangi texnologiya hamda usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; Oʻzbekistondagi millatlararo munosabatlarni tahlil qilish, etnik nizolarni oʻrganish va prognozlashtirish hamda bu borada qator dala tadqiqotlarini olib borish; media maqola, audio va video diskussiyalar uyushtirish; Laboratoriyaga jalb etilgan olimlar guruhini shakllantirish va uning tarkibida iqtidorli talaba hamda magistrantlar uchun “Ilmiy-ijodiy ustaxona” tashkil etish uchun ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda 200 dan ortiq mavzular bazasini yaratish; etnologik tadqiqotlarning yangi texnologiya va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish maqsadida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish hamda ularda etnologik tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish uchun talaba, magistr va doktorantlarni etnologiya sohasidagi tadqiqotlarga yoʻnaltirish hamda nazariy kurslarni eksperimental (etnografik mediapraktika) film, videoroliklar (mavjud, olingan va olinadigan) orqali tushuntirish yoʻnalishlarida qator ishlarni amalga oshirgan. Shuningdek, millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uygʻunlashtirishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish borasida xorijiy mamlakatlarda millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion gʻoyalar va loyihalarni oʻrganish, ularni mamlakatimizda tatbiq qilish boʻyicha takliflar tayyorlash, monitoring, tahlil va prognozlashtirish vositasida Oʻzbekistondagi millatlararo munosabatlar holatiga taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan xalqaro munosabatlardagi salbiy tendensiyalarni aniqlash va ularning barvaqt oldini olish, profilaktika qilish, bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda jamiyatda millatlararo muomala madaniyatini, bagʻrikenglikni, fuqarolarning shaʼni va milliy qadr-qimmatini hurmat qilishni shakllantirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqishda jonbozlik koʻrsatgan. S. Davlatova oʻz faoliyati davomida tarix, etnografiya, etnologiya va antropologiya hamda millatlararo munosabatlar sohasi masalalariga bagʻishlangan 400 ga yaqin ilmiy maqola va tezislari respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan hamda 3 ta monografiya, 2 ta kollektiv monografiya, 2 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 1 ta bibliografiya, OTMlar uchun 1 ta darslik, 1 ta atamalar izohli lugʻati muallifi hisoblanadi. Tajribali mutaxassis mustaqillik yillarida Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kabi davlatlarda oʻtkazilgan 50 dan ortiq xalqaro anjumanlarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan. Markaz rahbari 4 ta Ilmiy kengash va 2 ta Ilmiy seminar yigʻilishlarida aʼzo sifatida muntazam qatnashib keladi. S. Davlatova hozirgi kunda 30 ga yaqin ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qiladi. Uning rahbarligida 2021–2025-yillarda 6 ta falsafa doktorligi (PhD), 1 ta fan doktorligi (DSc) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi hamda ularning monografiyalari yuzasidan 20 dan ortiq ekspertlik xulosalari tayyorlandi. Saodat Davlatova London (United Kingdom)dagi Association of Dress Historians Events & Updates (Kiyim-kechak tarixi boʻyicha tarixchilar assotsiatsiyasi) aʼzosi hisoblanadi. Shuningdek, “Yevropa-Osiyo” Xalqaro ijtimoiy-gumanitar akademiyasi akademigi (2024, Rossiya) va Jahon madaniyati instituti (YUNESKO) faxriy professori (2024, Qozon, Rossiya) kabi ilmiy unvonlarga sazovor boʻlgan. Bundan tashqari, S. Davlatova Millatlararo munosabatlar qoʻmitasida olib borgan faoliyati davomida aholi, jumladan, yoshlarda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, shuningdek, bagʻrikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuygʻusini mustahkamlash maqsadida 2021–2026-yillarda yurtimizda “Xalqlar doʻstligi kuni” va Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishlarini ishlab chiqishda hamda respublikada faoliyat olib borayotgan 157 ta milliy madaniyat markazlari (qozoq, qirgʻiz, turkman, tojik, belarus, turk, boshqird, tatar, arman, koreys)ning yubiley sanalarini nishonlash doirasida ilmiy-amaliy va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish hamda yuqori saviyada oʻtkazishda eʼtiborga sazovor ishlarni amalga oshirgan. 2023-yildan Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi (FTQM) nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashida (ECOSOC) maxsus maslahatchi maqomiga ega tashkilot hisoblanadi. Unga ko‘ra, tashkilotning xalqaro hamkori — Yevropadagi kam sonli etnoslarning huquqlari bo‘yicha guruhi bilan “Samarali va barqaror fuqarolik jamiyatini yaratish orqali zaif jamoalarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi loyihasi (mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va IHMM tasdig‘idan o‘tgan) eksperti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan NNTlar, Yevropadagi kam sonli etnoslarning huquqlari bo‘yicha guruhi hamda mahalliy qo‘mitalar ishtirokida o‘tkazilayotgan seminar-treninglarda “O‘zbekistonda etnik guruhlarning huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda milliy madaniy markazlarning roli” mavzusidagi sho‘bada ekspert sifatida ishtirok etgan. Hozirda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning raqamli etnokonfessional atlasini yaratish” loyihasi rahbari hisoblanadi. O‘zbekistonning raqamli etnokonfessional atlasining yaratilishidan ta’lim tizimida, xususan, oliy ta’limning tarix, etnologiya, madaniyatshunoslik, ijtimoiy antropologiya, sotsiologiya, dinshunoslik yo‘nalishlari o‘quv jarayonlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda sohaga aloqador boshqa vazirlik va tashkilotlar tomonidan keng foydalanilishi ko‘zda tutilgan. Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda bir qator xorijiy ilmiy muassasalar hamkorligida fan, ta’lim va adabiyot, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maxtumquli, Abay Qo‘nonboyev, Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy, Zaki Validi Togan va Chingiz Aytmatovlarning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro onlayn hamda oflayn konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, S. Davlatova tomonidan 300 ga yaqin ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, davra suhbati, forum va 20 dan ortiq xalqaro konferensiya tashkil etildi. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Etno”, “Ibtido”, “Xayrli tong”, “Mavzu”, “Tarix va yangi talqin” nomli koʻrsatuvlarida hamda “Oʻzbekiston” telekanalining “Munosabat” koʻrsatuvida 50 dan ortiq chiqishlar qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarori ijrosini taʼminlash, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishiga erishish maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisining Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi faoliyatini ham olib bormoqda. S. Davlatova Respublika “Oqila ayollar” harakati aʼzosi. Shuningdek, u Qoʻmitaning Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat-kengashi raisi hisoblanadi. Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga bagʻishlangan 50 dan ortiq maqola hamda tezislari eʼlon qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 71-son yigʻilish bayonida belgilangan vazifalarga muvofiq, Oila va xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish va ularni qoʻllab-quvvatlashga doir loyihalarni amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisidagi 5-ilovasining “2026-yilda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ishsiz ayollarning bandligini taʼminlash” boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi uchun takliflar ishlab chiqqan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-22-son Farmoni hamda boshqa qator topshiriqlar ijrosini sifatli amalga oshirishda bevosita ishtirok etib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining “V yoʻnalish. Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish. 74-maqsad. Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash masalalariga oid” belgilangan vazifalar ijrosida faol qatnashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi “BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuniga bagʻishlangan 2023-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha ‘Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik’ turkum tadbirlar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi” boʻyicha ishchi guruh aʼzosi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Dialog” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi yakunidagi “Xotin-qizlar hamda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishda faollik koʻrsating!” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan. S. Davlatova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Oʻzbekistonda Inson huquqlari sohasida xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya bajarilishiga bagʻishlangan Oltinchi davriy hisoboti yuzasidan Parlament komissiyasining majlisida onlayn ishtirok etib, qator takliflar kiritgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401-sonli Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini sifatli amalga oshirishni taʼminlash poydevorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri misolida 14 ta yirik ijtimoiy soʻrov oʻtkazgan hamda 50 dan ortiq takliflar kiritgan. S. Davlatova maktab taʼlimi va oliy taʼlim tizimi uchun Oʻzbekiston hamda jahon tarixi boʻyicha oʻquv dasturlari va amaldagi darsliklar, shuningdek, respublikada chop etilishi rejalashtirilgan ilmiy adabiyotlarni ekspertizadan oʻtkazish va ularni davr talablari darajasiga koʻtarishda faol ishtirok etib kelmoqda. S.T.Davlatova quyidagi loyihalarda ishtirok etgan: 1. FA-F8-039 “O‘zbeklarning etnik identifikatsiyasi: shakllanishi, xususiyatlari, transformatsiyasi” (2007-2011), P-4.3. “Zamonaviy polietnik shahardagi etnomadaniy jarayonlar” (2003-2005), A-2-075 «Zamonaviy o‘zbeklar: tarixiy-etnologik tadqiqot» (2006 – 2008 yillar); 2. F1-XT-01-17138, “O‘zbekistonning zamonaviy qishlog‘i: ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va transformatsiyalarning etnosotsiologik tahlili”. 2012–2014 yillar. Tadqiqot yakunida monografiya chop qilindi. “Mindon va mindonliklar” Monografiya. – Toshkent: Yangi nashr, 2015. 3. FA-A1-GO25 PV-2014-0911000555 «O‘zbeklar: etnik tarix, madaniyat va an’analar» (2015 – 2017) loyihalarda ilmiy natijalari bilan ishtirok etib, 4 ta kollektiv monografiya, nazariy xususiyatga ega qator maqolalar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi arxivida saqlanayotgan referativ hisobotlar tadqiqotning natijalari hisoblanadi. Qolaversa, tadqiqotchi ilmiy izlanishlaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Toshkent” telekanalidagi ilmiy-ma’rifiy mavzudagi “Ona shahrim”, “Toshkent hunarmandchiligi”; “O‘zbekiston” telekanalida namoyish etilgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvlarni tayyorlashda (dalolatnoma) sifatida foydalanilib kelinmoqda. Davlatovaning ilmiy izlanishlari natijasida an’anaviy hunarmandchilik masalasini tadqiq qilishda fanlararo aspektda keng qamrovli tadqiq etishning nazariy uslubiy jihatlari ishlab chiqilib, tarixiy izchillik, tarixiy-qiyoslash, san’at antropologiyasi, geografik determinizm, modernizatsiya, strukturaviy va semantik-semiotik nazariya usullaridan foydalangan. 4. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyinchalik Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi) huzuridagi Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot institutining F3 201907036 “O‘zbek oilasi tarixi elektron muzeyini yaratish” (2019 2021(2022 3 oy)). Mazkur loyiha doirasida A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy arxivi va O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono arxividan o‘zbek oilasi tarixi, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oilaviy marosimlar, urf odat hamda an’analar aks etgan foto suratlar, video roliklar tarixiy ma’lumotlar to‘plandi. Shuningdek, kutubxona fondlaridan mavzuga oid ilmiy adabiylar, monografiyalar, ilmiy jurnallar, narrativ asallar, vaqtli matbuot materiallari asosida bibliografiya yaratildi. Ular asosida qator jurnallarda va ilmiy amaliy konferensiyalarda chiqishlar qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi kam sonli etnoslar(qozoqlar misolida) birinchi marta ularning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, an’analari, diniy e’tiqodi va erkinliklari, urf odat va marosimlari, shajaralari, madaniy ma’rifiy qarashlari hamda qo‘ni qo‘shnichilik masalalarini qamrab olgan anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi. Ayniqsa, so‘rovnomani o‘tkazish jarayonida suhbat dialog asosida olib borilganligini aytib o‘tish mumkin. Bunda qozoqlarning o‘z o‘zini anglashi, boshqa millat vakillari bilan oila qurishiga munosabati, millatga mansublikni anglatuvchi belgilarni ayta olishi, diniy e’tiqodi(bu borada diniy ibodatlarni bajarishi) va boshqalar. Bundan tashqari, Sarke, Bog‘bon va Sirg‘ali mahallasida yashovchi aholi bilan qisqacha suhbat ham o‘tkazildi. Sarke mahallasida yashovchi qozoqlarning «yuz ochdi» (olib qochib kelingan qizni to‘ygacha mahallaga, qarindoshlarga tanishtirish) marosimi telefonda videoga yozib olindi. Bundan tashqari, Navoiy viloyatining Navoiy, Zarafshon shaharlari hamda Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlarida, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, Marg‘ilon shahri, Qo‘qon shahri, Farg‘ona shahri, Xorazm viloyatining Urgench shahri , Urgench, Xonqa, Gurlan, Shovot tumanlari hamda 15¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬–19 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Taxiatosh, Xo‘jayli, To‘rtko‘l va Qo‘ng‘irot tumanlarida o‘rganishlar o‘tkazilib, ko‘p millatli oilalarda o‘zaro munosabatlar, aralash nikohlar va urf odat, an’analar bo‘yicha materiallar to‘plandi. So‘rovnomalar o‘tkazildi va SPSS usulida tahlil qilindi. 150 dan ortiq tarixiy va zamonaviy fotosuratlar jamlanmasi tuzildi. “O‘zbek oilasi tarixi elektron muzeyini yaratish” bo‘yicha oila tarixi, oila va nikoh shakllari, oilaviy marosimlar hamda ular bilan bog‘liq urf odatlar tahliliga oid matnlar tayyorlandi hamda ba’zilari OAVlarida nashr etildi. 5. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “O‘zbek milliy etnomadaniy tantanovar liboslari kolleksiyasining mobil ilovasini yaratish” (2021-2022 yillar) mavzusidagi amaliy loyihasida ishtirok etganman. Ushbu loyida doirasida O‘zbekistonning janubiy hududlari hisoblangan Qashqadaryo va Surxondaryo vohasi ayollarining tantanovar liboslarning turlari(jins, mavsum, marosim, bayram) ga doir ma’lumotlar to‘plandi. Liboslar turkumini jinslar (ayollar, erkaklar va bolalar) bo‘yicha ro‘yxatini shakllantirildi. Hududlar bo‘yicha tantanovar liboslar turkumini shakllantirish. O‘rganilayotgan hududlar bo‘yicha ayollar tantanovar liboslar ro‘yxatini shakllantirildi. Hududlarning to‘y va marosim ayollar liboslarini tarixiy tavsifini tayyorlash va shunga oid chizmalarini yaratildi. Hududlar tantanovar liboslarini haftalik ko‘rgazmalar uchun ro‘yxatini tuzildi. Hududlarda marosim va to‘y liboslari turkumini yaratish va ko‘rgazmaga qo‘yilishi yuzasidan takliflar berish hamda hamkorlar bilan o‘zaro kelishildi. Dala amaliy tadqiqotlari davomida tantanovar liboslarning tavsifini to‘plash va shunga mos ravishda eskizlarini yaratildi hamda etnomadaniy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Loyiha doirasida muallif tomonidan Davlatova S.T., Orifjonova G.R. Qashqadaryo-Surxondaryo vohasi ayollarining etnomadaniy tantanovar liboslari. Kitob-albom. – Toshkent.: “Fan va ta’lim”, 2022. – 80 b. Nashr etilgan. Shuningdek, mazkur loyihalar ni bajarish davomida muallif tomonidan bir necha respublika va Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorussiya, Ukraina, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston kabi davlatlarda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirok etilgan. 6. O‘zbekiston Milliy universitetining AL- 662205481 сонли “Қашқадарё воҳаси тарихий ва маданий ёдгорликлари, экотуризмига оид зиёратгоҳларнинг i-turism платформасини ишлаб чиқиш”(2024-yil) mavzusidagi amaliy loyihasida ishtirok etganman. Ushbu loyida doirasida Qashqadaryo vohasida mavjud ziyoratgohlar, ularning joylashgan o’rni, mahalliy xususiyatlari hamda mazkur ziyorat obyektlarining respublikada diniy bag’rikenglikni mustahkamlashdagi ahamiyati yoritib berilgan. 7. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining “Ijtimoiy fikr” markazi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hududiy boʻlinmalari, mustaqil ekspertlar hamkorligidagi “Muloqot koʻpriklari: jamiyatda oʻzaro tushunish” mavzusidagi 2025 yil iyul-sentyabr oylarida moʻljallangan amaliy loyihasi. 8. Мillatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorlikdagi 2025 yil 1 mart-31sentyabr oylarida moʻljallangan “Umumiy tarix narrativi: “Mintaqaviy yakdillik” ijtimoiy-gumanitar soha oydinlari klubi” mavzusidagi amaliy loyihada ishtirok etgan. 9. Hozirda 2026-yilga mo‘ljallangan IL-9124104582 “Qashqadaryo viloyati mavsumiy marosimlar bilan bogʻliq folklor namunalari, urf odatlarni yozib olish va ilmiy tadqiq etish hamda mavsumiy marosimlar bilan bogʻliq audiovizual asarlar to‘plamini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada a’zo sifatida ishtirok etmoqda. Hozirda 2025-20265-yillarga moʻljallangan Al -11325078175-R5 shifri ostida ro‘yxatga olingan “Oʻzbekistonning raqamli etnokonfessional atlasini yaratish” (https://loyiha.ilmiy.uz/profile/my-applications/projects) loyihasi rahbari hisoblanadi. Oʻzbekistonning raqamli etnokonfessional atlasining yaratilishiga taʼlim tizimida, xususan, oliy taʼlimning tarix, etnologiya, madaniyatshunoslik, ijtimoiy atropologiya, sotsiologiya, dinshunoslik yoʻnalishlari oʻquv jarayonlarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda sohaga aloqador boshqa vazirlik va tashkilotlar tomonidan keng foydalanishi koʻzda tutiladi.