Djumabayev Alijon Bakishevich 1946-yil 1-sentyabrda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida tavallud topgan. 1966-yili Toshkent politexnika institutiga “Avtotransport muhandis-mexanigi” mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kirgan. Institutni bitirib, 1971-1973-yillarda Andijon viloyati avtotresti va korxonalarida masʼul lavozimlarda ishlagan. Djumabayev A.B. 1974-1977-yillarda ToshPI aspiranti, soʻngra katta ilmiy xodim, ilmiy sektor mudiri, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1981-yili Moskva shahridagi akademik I.M. Gubkin nomidagi institutda 05.02.04 ixtisosligi boʻyicha fan nomzodligi, 1990-yilda esa Butunittifoq temir yo‘l transporti ilmiy-tadqiqot institutida 05.02.04. va 05.02.01 tutash ixtisosliklari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Unga 1991-yili Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib 05.02.04 - “Mashinalarda ishqalanish va yeyilish” mutaxassisligi boʻyicha professorlik ilmiy unvoni berilgan. Professor Djumabayev A.B 1991-2007-yillarda Toshkent davlat texnika universitetining Andijon umumtexnika fakulteti, Toshkent avtomobil yoʻllar va Andijon Muhandislik-iqtisodiyoti (hozirgi Andijon mashinasozlik) institutlarida mutaxassislik kafedralari mudiri lavozimida ishlab, Andijonda 1201 va 1205 (1991), 05.14.02 (1996) mutaxassisliklari boʻyicha muhandis, Termiz davlat universiteti, AndMII, NamMPI va Jizzax politexnika institutlarida 05.21.00 (1994-1998) yoʻnalishida texnika fanlari bakalavri tayyorlashni tashkil etishda, 2001-2007-yillarda ToshDTU qoshidagi “Fan va taraqqiyot” ITK tarkibiy boʻlimlari, jumladan “Geterogen sistemalar tribologiyasi va mexanokimyosi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, kompozit materiallar boʻyicha sinov laboratoriyalaridan tashkil topgan sinash kompleksi va “Kompozit” serrtifikatsiyalash organlarini tashkil etishda tashabbuskorona xizmat qilgan. Professor A.B. Djumabayev paxta xom ashyosini dastlabki ishlash texnologik tizimlarida import oʻrnini bosuvchi geterokompozit (GK) materiallarni qoʻllash nazariyasiga asos soldi. Uning ilmiy ishlari paxta tolasi va chigitining jarohatlanishini kamaytirish hamda ularning tabiiy xususiyatlarini maksimal saqlashga qaratilgan. A.B. Djumabayev rahbarligida yaratilgan, strategik ahamiyatga ega boʻlgan tola va chigitning sifat koʻrsatkichlarini prognozlash nazariyasi sobiq Ittifoq (MDH) Davlat mukofotlari laureatlari tomonidan batafsil oʻrganilib, munosib baholangan. U 300 dan ortiq ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar, jumladan, GOST 23.223-85:97 davlatlararo standarti, 15 ta ixtiro va patentlar muallifidir.
Professor Alijon Jumaboyev Rossiya FAning yetakchi olimlaridan biri Nikolay Mixin hamda Moskvadagi I.M. Gubkin nomidagi institut kotibasi Lyudmila Obishchenko bilan. (Moskva, 1980-yil)
Prof. A.Djumabayev shogirdlari bilan. (Toshkent 1980-yil)
Olimning ilmiy ishlari nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham yuksak eʼtirof etilgan. Jumladan, taniqli akademik Nikolay Sergeevich Yenikolopov professor A.B. Djumabayevning ilmiy faoliyatiga yuqori baho bergan. Ushbu munosib eʼtirof natijasida Alijon Bakishevich 1988-yili Rossiya Fanlar akademiyasining Fizik kimyo instituti faxriy professori etib saylangan.
Professor A.B. Djumabayev asos solgan “Kompozitsion polimer materiallar” laboratoriyasi jamoasi va akademik N.S. Yenikolopov (fotosuratda oʻng tarafdan birinchi). Ilmiy tadqiqot va sinov jarayonlari, 1988-yil. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk davrlardan boshlab, “UzAuto Motors” kabi yirik sanoat korxonalarida kafedra filiallarini tashkil etish orqali taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan yetakchi olimdir. Bu borada professor Djumabayev A.B. Andijon mashinasozlik instituti (AndMI) da avtomobilsozlik va mashinasozlik yoʻnalishlari boʻyicha, Andijon Davlat universiteti (ADU) da mehnat taʼlimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni taʼminlashda, kafedralar ilmiy-pedagogik potensialini oshirishda, moddiy-texnik bazasini yaratishda tashabbuskorona mehnat qilib kelmoqda. Bugungi kungacha 300 dan ortiq ilmiy-texnik, oʻquv-uslubiy ishlar, shu jumladan, davlatlararo standart GOST 23.223-85:97 hamda metodik tavsiya R54-308-90, 15 ta ixtiro va foydali modellar uchun patentlar muallifi, 300 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy hamda MDH mamlakatlarida chop etilgan. Professor Djumabayev A.B. ToshDTU “Fan va taraqqiyot” ITK huzuridagi D.067.50.01 Ixtisoslashgan ilmiy kengash raisi muovini ToshDTU va OʻzMU 16.07.2013 T/FM.02.02 Ixtisoslashgan ilmiy kengash aʼzosi boʻlgan. AndMI da ilk bor tashkil etilgan PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengash aʼzosi. Professor Djumabayev A.B. respublikada fan va texnologiyani rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan yetakchi olimlardan biridir. U nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham faol ilmiy faoliyat yuritib, Bolgariya, Germaniya, Rossiya, Belorussiya va Hindiston kabi davlatlarning nufuzli simpozium va anjumanlarida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. National Institute of Technology, Srinagar “Tribo Indiya 2023” Xalqaro simpozium (oktyabr, 2023) Prof. Alijon Djumabayev
Prof. A.B.Djumabayev va prof. M.Bronoves (Mexanika instituti, Rossiya Fanlar Akademiyasi, Moskva)
Olim ilmiy nashrlar rivojiga ham katta eʼtibor qaratib, “Mexanika muammolari”, “Kompozit materiallar”, “ToshDTU xabarnomasi”, “Texnika yulduzlari”, Respublika OTMlararo “Innovatsiya: fan, taʼlim, texnologiya” (ADU) ilmiy-texnik jurnali hamda AndMIning “Mashinasozlik” ilmiy xabarnomasi tahririyat aʼzosi sifatida samarali faoliyat yuritmoqda. Professor A.B. Djumabayevning ilm-fan sohasidagi koʻp yillik xizmatlari munosib eʼtirof etilib, u Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti, Andijon mashinasozlik instituti hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Faxriy professori hisoblanadi. Professor Djumabayev A.B. “Трение и повреждаемость хлопка” (“STANDART” 2011.-275c.) monografiya yakka muallifi hamda “Основы обеспечения эксплуатационной надёжности гетерокомпозитных полимерных материалов для деталей машин” monografiya hammualifi va tahrirchisi, 30 dan ortiq magistrlar, 3 nafar falsafa fanlari doktori (PhD), 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar tayyorlagan, 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi (doktorant PhD), 1 nafar DSc va 5 nafar magistrlar dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Professor Djumabayev A.B Andijon mashinasozlik institutining “Yeransport vositalari muhandisligi” kafedrasida Davlat budjetidan moliyalashtirilgan. Bajarilishi 2021-2023-yillarga moʻljallangan № UZB-Ind-2021-85 “Development, Mechanical and Tribological Characterization of Nano Thermoplast (polypropylene)/Thermo-reactive (epoxy resin)/Nano filler composites and Polmyer coatings (Nano- termoplast (polipropilen), termoreaktiv (epoksid smolasi asosida), nano oʻlchamdagi toʻldiruvchilar bilan boyitilgan polimer kompozit materiallar va qoplamalarini mexanik hamda tribologik xossalarini takomillashtirish)”nomli va AL-7623031217 “Sanoat chiqindilari asosida gidrofob-kimyoviy barqaror organomineral kompozitsion materialning tarkibini ishlab chiqish va xossalarini tadqiq qilish.” xalqaro amaliy-ilmiy loyihada bosh ilmiy xodim sifatida samarali faoliyat koʻrsatib kelgan.
Toshkent davlat transport universiteti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi jamoasi bilan
Professor Alijon Djumabayevning ilmiy va tarbiyaviy merosi, boy ilmiy faoliyati uning munosib davomchilari-farzandlari timsolida yangi bosqichga koʻtarildi. Olimning uch nafar farzandi ham bugungi kunda ilm-fan sohasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, uning toʻngʻich farzandi Ziyamuxamedova Umida Alijonovna texnika fanlari doktori (DSc), professor sifatida Toshkent davlat transport universitetida faoliyat yuritmoqda. U nafaqat pedagogik faoliyat, balki universitet qoshidagi nufuzli “Polimer kompozit materiallar tribologiyasi” ilmiy laboratoriyasining rahbari hamda sohada oʻziga xos maktab yaratgan olim sifatida eʼtirof etilgan. Umida Ziyamuxamedova tomonidan asos solingan ilmiy maktab bugungi kunda materialshunoslik va tribologiya sohasidagi dolzarb muammolar ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Professor A. Djumabayevning ilmga boʻlgan sadoqati va oilaviy anʼanalari farzandlarining ilmiy izlanishlarida oʻz ifodasini topmoqda. Bu esa olimning nafaqat yetuk mutaxassis, balki kelajak avlodni tarbiyalashda yuksak maʼnaviy fazilatlar egasi boʻlganidan dalolat beradi. Olimning ilmiy va pedagogik salohiyati uning davomchilari orqali mamlakatimiz ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qoʻshib, uning nomini barhayot qilishga xizmat qilib kelmoqda Serqirra ilmiy salohiyat sohibi, mashinasozlikda materialshunoslik, kompozit materiallar tribologiyasi va mexanokimyosi, mashinashunoslik, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish transport vositalari ekspluatatsion ishonchliligini taʼminlash sohalarida taniqli mehnatkash olim, talabchan ustoz, mehribon murabbiy va namunali oila boshligʻi.