Olim

ERNAZAROVA DILRABO QO‘SHBOQOVNA

Biologiya fanlari doktori, professor

Ernazarova Dilrabo Qo‘shboqovna 1978-yil 13-avgustda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1999-yilda Samarqand Qishloq xo‘jaligi instituti Agronomiya fakultetida umumiy agronomiya mutaxassisligi bo‘yicha bakalavrni tamomlagach shu institutning Botanika va yem xashak yetishtirish texnologiyasi kafedrasida laborant sifatida boshlagan. 2000-yil Toshkent davlat agrar universiteti agronomiya fakultetining magistraturasiga o‘qishga kirdi. Ernazarova Dilrabo Qo‘shboqovna ilmiy faoliyatini 2003-2005-yillarida “G‘o‘za sistematikasi va introduksiyasi” laboratoriyasi aspirantidan boshlagan. 2007-2011-yillarga mo‘ljallangan “FA-F5-T024 «Gossypium L. turkumining polimorf turlarining turichi va turlararo bioxilma-xilliklarining filogenetik qarindoshlik darajasi” fundamental loyihasi kichik ilmiy xodimi, 2010-2011-yillarga mo‘ljallangan FA YOOF4 “G‘o‘zaning G.barbadense L. turida tola uzunligi belgisiga assotsiatsiyalanuvchi DNK markerlarini aniqlash va kartalashtirish” mavzusidagi yoshlar loyihasi rahbari sifatida tadqiqotlarda ishtirok etgan. 2009-2011-yillarga mo‘ljallangan FA-A10-T099 "Jahon g‘o‘za genofondining tetraploid turlari vakillarini qimmatli xo‘jalik belgilarini baholash va ulardan amaliy seleksiyada foydalanish" amaliy loyihasi, 2012-2014-yillarga mo‘ljallangan “Dunyoviy g‘o‘za genofondi tetraploid turlari xilma-xilligining seleksiyaviy salohiyatini o‘rganish va baholash” fundamental loyihasi kichik ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritdi. Nomzodlik dissertatsiyasini 2008-yilda O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti qoshidagi D.015.80.01- raqamli ixtisoslashgan kengashda “G.hirsutum L. va G.tricuspidatum L. tur xillarining turichi va turlararo filogenetik qarindoshligi” mavzusida 03.00.15 – Genetika ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. 2012-yilda Genetika ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilgan. 2015-2017-yillarga mo‘ljallangan “G‘o‘za genofondining diploid va tetraploid turlariga oid dunyoviy xilma-xilliklari orasidan turli uslublar qo‘llash asosida qimmatli namunalar ajratib olish, baholash, seleksiyaviy jarayonni jadallashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada loyiha rahbari lavozimida ishladi. 2018-yilda O‘zbekiston Milliy universitetiga doktorantiga o‘qishga kirdi. Doktorlik dissertatsiyasini 2023-yilda O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli Ilmiy kengashda “Gossypium L. turkumi allopoliploid turlari turichi va turlararo duragaylarining genetik xususiyatlarini, ularning filogeniyasi bilan bog‘liq holda o‘rganish” mavzusida 03.00.09 – Umumiy genetika ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. 2022-yildan 2023-yilgacha O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishladi. 2023-yildan 2024-yilgacha O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti yetakchi ilmiy xodimi lavozimida ishladi. D.Ernazarova 2022-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida Genetika kafedrasi dotsenti sifatida pedagogik faoliyat olib borib, bakalavr va magistrlarga “Evolyutsion ta’limot” fanidan, 2025-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand davlat universiteti Genetika kafedrasi magistrlariga Biotexnologiya va seleksiyaning genetik asoslari fanidan dars berib kelmoqda. 2024 3-7-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Cotton Research Conference-8” Jahon Paxta kongressida faol qatnashib “The Role of Polyploidy in Cotton Breedingyil” mavzusidagi xalqaro ko‘rgazmasi uchun maxsus mukofot va sertifikatni hamda 2025-yil 20–23-avgust kunlari Samarqand davlat universitetida o‘tkaziladigan “Silk Road Wheat Innovation Alliance” mavzusidagi Xalqaro akademik simpoziumda ilmiy ma’ruza bilan qatnashib xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan. 2024-yil 28-noyabrdan 28-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Germaniyaning Heinrich-Heine nomidagi Dyusseldorf universiteti O‘simliklar genom muhandisligi markazida va 2025-yil 14-apreldan 12-maygacha boʼlgan muddatda Ispaniyaning Barselona Avtonom Universiteti (Universitat Autònoma de Barcelona) ilmiy treningi “Molekulyar biologiya va biotexnologiya sohasidagi zamonaviy usullar” bilan tanishish yuzasidan treningda bo‘lib qaytdi. Ernazarova Dilrabo Qo‘shboqovna hammuallifligida respublikamizning hududlarda yetishtirishga moslashgan g‘o‘zaning o‘rta tolali Genofond 3 navi hammuallifi. Ilmiy faoliyati davomida 250 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan monografiya, nufuzli xalqaro jurnallarda, mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan. Qator xalqaro va respublika anjumanlarida faol ishtirok etgan.