Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori. Oʻzbek jadid adabiyoti, adabiy tanqid, yangi oʻzbek sheʼriyatining shakllanishi va rivojlanishi tendensiyalari, choʻlponshunoslik va adabiy aloqalar boʻyicha taniqli mutaxassis. 2009-yili “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” nishoni bilan taqdirlangan. 2023-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 1990-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan. Mehnat faoliyatini oʻsha yili Yunus Rajabiy nomidagi Toshkent pedagogika bilim yurtida ona tili va adabiyot oʻqituvchisi sifatida boshlagan. Sergeli tumanidagi 301-maktabda, Toshkent menejment va texnologiyalar kollejida, Olmazor politexnika kollejida ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, boʻlim boshligʻi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Dars ishlanmalari respublika miqyosida ommalashgan. Sh.H.Hojieva 2018-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbek filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, kafedra professori lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yili “Choʻlpon sheʼriyatida poetik tafakkurning yangilanish tamoyillari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2025-yili “Choʻlpon ijodida jahon estetik tafakkurining poetik sintezi” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Olima adabiyotshunoslikning turli yoʻnalishlarida izchil tadqiqot olib borish barobarida ilmdagi eng soʻnggi yangiliklarni talabalar auditoriyasiga olib kirishga erishmoqda. Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori. Oʻzbek jadid adabiyoti, adabiy tanqid, yangi oʻzbek sheʼriyatining shakllanishi va rivojlanishi tendensiyalari, choʻlponshunoslik va adabiy aloqalar boʻyicha taniqli mutaxassis. 2009-yili “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” nishoni bilan taqdirlangan. 2023-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 1990-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan. Mehnat faoliyatini oʻsha yili Yunus Rajabiy nomidagi Toshkent pedagogika bilim yurtida ona tili va adabiyot oʻqituvchisi sifatida boshlagan. Sergeli tumanidagi 301-maktabda, Toshkent menejment va texnologiyalar kollejida, Olmazor politexnika kollejida ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, boʻlim boshligʻi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Dars ishlanmalari respublika miqyosida ommalashgan. Sh.H.Hojieva 2018-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbek filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, kafedra professori lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yili “Choʻlpon sheʼriyatida poetik tafakkurning yangilanish tamoyillari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2025-yili “Choʻlpon ijodida jahon estetik tafakkurining poetik sintezi” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Olima adabiyotshunoslikning turli yoʻnalishlarida izchil tadqiqot olib borish barobarida ilmdagi eng soʻnggi yangiliklarni talabalar auditoriyasiga olib kirishga erishmoqda. “Cho‘lpon va milliy she’riyatning yangilanishi” (2019), “Cho‘lpon va jahon estetik tafakkuri” (2025), “Cho‘lpon ijodida Sharq va G‘arb adabiyoti an’analari” (2024), “Cho‘lponning adabiy-estetik olami” (2026) singari monografiyalari, 100 ga yaqin ilmiy maqolalari OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida, jumladan, SCOPUS bazasidagi va yuqori impakt-faktorli xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Respublika va xalqaro anjumanlar to‘plamlarida 60 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. Olima tadqiqotlari orqali Turkiston jadid adabiyotining atoqli vakili, yangi milliy she’riyatimiz asoschisi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ijodini o‘rganish borasida salmoqli ilmiy yutuqlarga erishdi. Uning tadqiqotlarida o‘tmish va zamonaviy jahon estetik tafakkuri ta’sirida Cho‘lponda adabiyotning hayotni o‘zgartiruvchi kuch ekaniga ishonch, go‘zallik kriteriysining mohiyati milliy ozodlik, inson erki, davlat mustaqilligi kabilar hisobiga yangilanganini, xunuklikning asosiy kategoriyalari esa bosqinchilik, mustamlaka zulmi, shaxsiy erksizlik, haqsizlik, gender notenglik kabilar hisobiga kengayganini, Cho‘lpon sharq an’anasidagi xayoliy-ijodiy borliqni tark etib, jahon estetik tafakkuridan real kundalik hayot voqeligini tasvirlash prinsiplarini o‘zlashtirganini yoritgan va yangiliklar bilan boyitgan. Cho‘lponda estetik tafakkurning yangilanishi faqat o‘qib-o‘rganish emas, balki amaliy faoliyat, o‘qiganlariga hayajonli va faol munosabat doirasida kechganini, amaliy faoliyat va o‘qiganlariga munosabat uning ijtimoiy hayotga qizg‘in aralashuvi; Moskva, Boshqirdiston va boshqa joylarga safarlari; Gaspiraliga, Zaki Validiyga, Gorkiyga yozgan xatlari; marsiyalar, maqolalar, tarjimalar shaklida namoyon bo‘lganini, pirovardida bularning bari Cho‘lponning estetik tafakkurida sintezlashganini, shuning uchun ham dissertatsiya boshdan-oxir sinchkov kuzatishlar natijasida topilgan parallellar asosiga qurilganini, ya’ni Cho‘lponning badiiy ijodi uning tarjimalari, maqolalari, xatlari, hayot voqealari fonida; qizg‘in ijtimoiy-tarixiy muhit kontekstida tahlil qilgani olimaning Cho‘lpon ijodi bilan jiddiy shug‘ullanganidan dalolatdir. Sh.H.Hojievaning maqolalari Turkiya, Hindiston, Malayziya, Ozarbayjon va Qozog‘istonning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan. Olimaning kitoblari va maqolalari ilmiy-nazariy bazaning mustahkamligi, adabiy-estetik qarashlarning yangiligi, tahliliy quvvati, xulosalarning adabiyotshunoslik rivojiga hissa bo‘lib qo‘shilgani jihatidan alohida ahamiyatga ega. Olima Turkiyaning jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida kuchli 1000 talikka kiruvchi Hajettepe universitetida, Anqara Yildirim Boyazid universitetida, Ozarbayjon Respublikasi Boku davlat universitetida ma’ruzalar o‘qigan. 2023-yil oktyabr oyida Turkiya poytaxti Anqara shahrida o‘tkazilgan o‘zbek shoiri Chori Avazning turk tilida nashr etilgan “Oydin xayollar” kitobi taqdimotida ma’ruza bilan qatnashgan. 2025-yili Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY shafeligida o‘tkazilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidchiligi” mavzusidagi uluslararo ilmiy anjumanda “Cho‘lponning turk va ozarbayjon adabiy an’analariga munosabati” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. 2026-yili Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOYning Anqara shahridagi bosh qarorgohida “Alisher Navoiy va turkiy dunyo” mavzusidagi uluslararo ilmiy konferensiyada “Cho‘lpon she’riyatida Alisher Navoiy an’analarining yangilanishi qonuniyatlari” mavzusida ma’ruza qilgan. Hojiyeva Shahlo 2025-yil fevral oyida “Alisher Navoiy va XXI asr” uluslararo ilmiy-nazariy konferensiyasida “Alisher Navoiy badiiy kashfiyotlari – Cho‘lpon estetik tafakkuri yangilanishi omili” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etgan. Mazkur safar davomida olima dunyo oliy ta’lim muassasalari TOP-1000 taligiga kiruvchi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida “XX asr boshlari o‘zbek-qozoq adabiy aloqalari: Abdulhamid Cho‘lpon va Mag‘jon Jumaboy” mavzusida ma’ruza qilgan. Shahlo Hojieva 2022-yili Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida o‘tkazilgan “Turkiy xalqlar adabiyoti: adabiy aloqalar, adabiy ta’sir va tarjima” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada “Shekspirning “Hamlet” tragediyasi Cho‘lpon tarjimasida” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashgan. 2022-yili Boku davlat universitetida o‘tkazilgan “O‘zbek va ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda “Abdulhamid Cho‘lpon va Husayn Jovid ijodiy munosabatlari” mavzusida ma’ruza qilgan. 2026-yili Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning ozarbayjon tilida chop etilgan “Vaqt haykali” kitobi taqdimotida “Zamonaviy o‘zbek va ozarbayjon she’riyati: o‘ziga xoslik va uyg‘unlik” mavzusida nutq so‘zlagan. Olima adabiyotimizning eng qadimgi davridan Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”i hamda Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosigacha, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Amiriy va Nodira nazmidan Muqimiy, Furqat va Zavqiy lirikasigacha, Komil Xorazmiy va Feruz ijodidan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon asarlarigacha, Zulfiya, Erkin Vohidov va Abdulla Oripov she’riyatidan Rauf Parfi, Usmon Azim va Sirojiddin Sayyid ijodigacha tadqiq qilib keladi. Ushbu tadqiqotlar nainki mamlakatimiz ilm ahli, balki xorijiy davlatlar olimlari tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda. Sh.H.Hojieva “O‘zbek tili” uslubiy qo‘llanmasi (2018) hammuallifi, Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Mutolaa san’ati” fanidan uslubiy qo‘llanma (2022), “Nutq madaniyati va mutolaa san’ati” o‘quv qo‘llanma muallifi. Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida yuqori saviyada o‘tadi. Olimaning ochiq ma’ruzalari O‘zbekiston televideniyesining “Ochiq dars” ko‘rsatuvi orqali respublikaga ommalashgan. Ushbu ko‘rsatuvdagi ma’ruza chuqur hayotiy va ilmiy asosga ega ekani, katta ta’sir kuchi, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan qimmatlidir. Olimaning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida “Mahalla” telekanalining “Saodatli umr” ko‘rsatuvi namoyish etilgan. U “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Olamning qalbi” ko‘rsatuvida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, kitobxonlikning yosh avlod ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi o‘rni, o‘zining shaxsiy kutubxonasi, o‘z muallifligida chop etilgan kitoblarning ilmiy va ma’rifiy qimmati haqida fikrlarini bildirgan. Hojiyeva Shahlo Hazratovna O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash va ushbu kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi, Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi, Urganch davlat universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash va ushbu kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi sifatida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok etib kelmoqda. Olima Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol qatnashib keladi. Jumladan, 2026-yil 15-may kuni Qarshi davlat texnika universitetida o‘tkazilgan O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” kitobi taqdimotida qatnashib, ushbu asarning Turkiston jadidchilik harakati namoyandalari qismatini, Vatan ozodligi g‘oyasini badiiy talqin etishdagi o‘rni xususida ma’ruza qildi. Shahlo Hojiyeva muntazam ravishda mamlakatimizda olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar mohiyati haqidagi publitsistik maqolalar chop ettirib kelmoqda. “Xalq so‘zi”, “Yangi O‘zbekiston” gazetalarida dolzarb ijtimoiy-siyosiy va madaniy-adabiy mavzularda maqolalarida, televideniye va radiodagi chiqishlarida ham ayni mavzuni chuqur yoritmoqda. Sh.H.Hojieva ilmiy-pedagog kadrlar yetishtirish borasida ham samarali ish olib bormoqda. Shu paytgacha olimaning bevosita ilmiy rahbarligida jami 2 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 12 nafar magistr shogirdlar yetishtirgan. Sh.H.Hojieva jurnalistika fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida O‘zMU jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Rahbariyat tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajaradi. Ishga halollik va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘ladi. U universitet professor-o‘qituvchilar jamoasi va talabalarining hurmatini qozongan pedagogdir.