Iminaxunova Irodaxon Xuseynovna 1986-yil 19-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Qizilqiya shahrida tug‘ilgan. U “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi. 2020-yil fevral oyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining eng yaxshi innovatsion loyihalari” III Respublika tanlovining Respublika bosqichi “Eng samarali innovatsion loyiha nominatsiyasi” g‘olibi. 2022-yilda Farg‘ona shahar hokimligining 1-oktyabr ustoz murabbiylar kuni bayramida tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanib kelmoqda. 2002-2006-yillarda Farg‘ona davlat universiteti bakalavri, 2013-2015-yillar Farg‘ona davlat universiteti magistranti. 2021-yilda “Теоретические основи развития процессов самостоятелного образования будуших спетсиалистов (на основе английского язика, изучаемих в медитсинских вузах)” mavzusida 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024-yilda pedagogika fanlari doktori DSc ilmiy darajasini “Tibbiy ta’lim talabalariga USMLE dasturini integratsiyalashni metodik takomillashtirish texnologiyalari (ingliz tilini o‘qitish misolida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan himoya qilgan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda Farg‘ona davlat universitetining filologiya fakulteti lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng Farg‘ona 1-tibbiyot kollejida o‘qituvchi sifatida boshlagan. 2015–2018-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi, 2016–2017-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Murabbiylar kengashi raisi, 2018–2020-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali matbuot kotibi, 2020–2021-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Tillar” kafedrasi mudiri, 2022–2026-yillar Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ilmiy kengash kotibi lavozimlarida ishlagan. 2021-yildan hozirgi vaqtgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Umumiy mehnat faoliyati 17 yil. Zamonaviy oʻqitish usullaridan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Iminaxunova Iroda Xuseynovna “Tibbiyotda xorijiy til”, “Amaliy xorijiy til”, “Pedagogika va psixologiya” fanlaridan Namunaviy dasturi asosida ishchi dasturlar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, maʼruza matnlari va oʻquv uslubiy majmualar hamda ularning multimedia shakllarini tayyorladi. Maʼruzalarining taqdimotlari kafedra oʻquv-uslubiy majmuasiga kiritilgan va barcha talabalar foydalanmoqda. 2023–2024-oʻquv yilida Xorijiy fakultetning “Davolash ishi” yoʻnalishining 2-bosqich talabalariga “Psycology and pedagogy” fanidan 72 soat maʼruza va amaliy mashgʻulotlarni, hamda 3-bosqich “Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi talabalariga 72 soat pedagogik amaliyot, 3 bosqich “Kasbiy taʼlim” yoʻnalishi talabalariga 36 soat pedagogik amaliyotlariga rahbarlik qildi. I.X.Iminaxunova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106- sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda “Xalq tabobati” yoʻnalishi uchun “Academic English in medicine (Traditional medicine)” fanidan tayyorlangan darsligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19-iyul 233-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan va foydalanish uchun chop etilgan Biomuhandislik yoʻnalishi uchun “Lotin tili va tibbiy terminologiya asoslari” darsliklariga tegishli griflar olingan. Kafedrada kafedra mudiri sifatida taʼlim samaradorligini oshirish boʻyicha qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda, jumladan, Turkiyaning Ege universiteti professori Penar Fedakar bilan hamda Oʻsh viloyatining Qirgʻiz-oʻzbek universiteti Ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi yetakchi olimlari bilan, Belarussiyaning Maksim Tank nomidagi Pedagogika davlat universiteti, Germaniyaning Akon Hochschule fur Humanwissenschaften tibbiyot oliy maktabi professor olimlari bilan hamkorlikda master – klasslar, maʼruzalar olib borishmoqda. Shuningdek, 2023–2024-oʻquv yilining 11-17-aprel kunlari Turkiyaning Ege universiteti hamda uning qoshidagi pedagogika – psixologiya hamda xorijiy tillar kafedrasi professorlari bilan hamkorlikda maʼruza darslari va master – klasslar oʻtkazildi. 2023–2024-oʻquv yilining 11-17-aprel kunlari Turkiyaning Ege universiteti xorijiy tillar kafedrasida 44 soatlik malaka oshirish kursidan oʻtib keldi.
2024-yil 3-8-iyun kunlari Yaponiyaning Niigata universiteti pedagogika psixologiya kafedrasida 12 soatlik onlayn ma’ruza o‘tib berdi. 2020-yil fevral oyida Istanbulning Sulton Abdulhamid nomidagi Solik Bilimlari universitetida “Tibbiy ta’limda kredit – modul tizimi” bo‘yicha tajriba almashib keldi.
2025-yilning aprel oyida Xitoyning Chongqing tibbiyot universitetida akademik almashinuv dasturi asosida xorijiy tillarni mutaxassislik fanlar doirasida o‘qish dasturida tajriba almashib kelgan.
I.Iminaxunova 2024–2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh olimlarning xorijiy ilmiy stajirovkalari” tanlovi bo‘yicha Gulf tibbiyot universitetga g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda ilmiy stajirovka o‘tab kelgan.
2020-yil fevral oyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining eng yaxshi innovatsion loyihalari” III Respublika tanlovining Respublika bosqichida “Eng samarali innovatsion loyiha nominatsiyasi” g‘olibligini qo‘lga kiritdi. 2017–2019-yillar uchun mo‘ljallangan № BYOA 1- 012– sonli “Oliy ta’lim muassasalarida chet tili mashg‘ulotlarida talabalarning ekologik madaniyatlarini rivojlantirish” mavzusidagi loyihada katta ilmiy xodim lavozimida ishtirok etgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bajarilishi 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan VM.688-F- sonli “Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish” nomli amaliy loyihada ilmiy xodim sifatida qatnashgan. Bajarilishi 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan “Tibbiy ta’lim pedagoglari uchun “Tibbiyot pedagogikasi” elektron metodik portalini yaratish” amaliy loyihada katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. Iminaxunova Irodaxon Xuseynovna faoliyati jarayonida xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan, 2019–yil iyul – avgust oylarida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlovdan o‘tib, Belarussiyaning Maksim Tank nomidagi Belarussiya davlat pedagogika universitetida “Ta’lim va innovatsiya” dasturi asosida malaka oshirib kelgan. 2021-yil 13-18-may kunlari O‘zbekiston Xotin – qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan o‘tkazilgan “INNOWOMENWEEK” xotin – qizlarning innovatsion haftaligida faol qatnashib sertifikatga ega bo‘ldi.
2026-yilning fevral oyida Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yil ayoli” milliy tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2021-yildan hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri sifatida kafedraning yosh mustaqil izlanuvchilariga amaliy yordam berib kelmoqda. Kafedra yosh tadqiqotchilariga bugungi kunda xorijiy tillarni o‘qitishdagi dolzarb muammolar ustida ish olib bormoqda Ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. I.Iminaxunova Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 ilmiy kengash hamda Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Jamoada va talabalar orasida o‘tkazilgan anketa so‘rovlarda uning ish faoliyatiga ijobiy baho berilgan. Iminaxunova Iroda Xuseynovna rahbar olima va pedagog sifatida o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan talabchan, u o‘z ustida doimiy izlanishda, hamkasblari, talabalar va boshqa xodimlar hurmatiga sazovor xodimdir.