1952-yil 10-yanvarda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. 1968- yil o‘rta maktabni oltin medal bilan, 1974-yili Samarqand davlat universiteti matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1974-yildan Samarqand davlat universiteti o‘quv-hisoblash markazida mehnat faoliyatini boshlagan. 1980-2005 -yillari SamDU matematika fakultetida assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri, 2005-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali professori lavozimlarida ishladi. 2016- yildan boshlab Jizzax politexnika instituti “Oliy matematika” kafedrasi professori lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda. 1977–1979-yillari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahridagi Ozarbayjon davlat universitetida aspiranturada tahsil oldi va 1981- yil fizika-matematika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1990–1992-yillari Respublikamiz markazi Toshkent shahrida akademik N.Yu. Satimovning “Differensial o‘yinlar va optimal boshqaruv tizimlari” ilmiy maktabi doktoranturasida boshqariluvchan differensial mansubliklar uchun optimallash masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi va 1993-yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Professor S.Otakulov hozirgi zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan optimal boshqaruv nazariyasi va matematik modellashtirish masalalari bilan ko‘p yillardan buyon faol shug‘ullanib kelayotgan, mamlakatimiz va bir qator chet el olimlari bilan ilmiy hamkorlik olib borayotgan yеtuk mutaxasis-olim sifatida tanilgan. Uning imiy ishlari mamlakatimiz va chet ellarda–AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon kabi davlatlar nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan. S.Otaqulov bir necha yillar (2000 – 2011) davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida fundamental tadqiqotlar ilmiy grantlariga rahbarlik qilib keladi. Professor S.Otakulov ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 280 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumaladan 2 ta monografiya, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlagan. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi tavsiyasi bilan 2007 - yilda “Issledovanie operatsiy”, 2009 - yilda “Kombinatorika va graflar nazariyasi”, 2020-yilda “Iqtisodiyotdagi matematik usullar”, 2021- yil “Chiziqli algebra asoslari va uning tatbiqlarii”, 2022- yil “Analtik geometriya va vektorlar algebrasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. 2019-yili Germaniyaning “Lambert academic publishing” nashriyotida “Задачи управления ансамблями траекторий дифференциалных включений” nomli monografiyasi chop etldi va bu ish 2021-yili 8 ta chet tili: ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, portugal, polyak, golland tillariga tarjima qilinib dunyo ilm ahli e’tiboriga havola etildi. Hozir “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligida professor ilmiy unvoniga ega. Professor S.Otaqulovga 2021- yil 26 -dekabrida Turon Fanlar Akademiyasi Prezidiumi qarori bilan Turon fanlar akademiyasi Akademigi ilmiy unvoni berildi. Hozirgi kunda professor S.Otakulov Jizzax politexnika institut huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 kengashda, AQSh, Hindiston, Ispaniya, Rossiya kabi chet davlatlar va Respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar tahririyatida faol ishtirok etmoqda. Professor S.Otakulov rahbarligida Jizzax politexnika instituti “Oliy matematika” kafedrasida “Dinamik sistemalarni optimal boshqarish usullari va tatbiqlari” yo‘nalishda tadqiqot ishlari olib borilmoqda va uning rahbarligida kafedra ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy tadqiqotchilarga rahbarlik qilib kelmoqda. Professor S.Otakulovning kafedradagi keyingi 5 yilllik faoliyati davomida bitta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi, 50 dan ortiq ilmiy maqola va materiallari Scopus va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida chop etildi. Professor S.Otakulov 45 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab bakalavr, magistr va ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Uning shogirdlari bugungi kunda oliy, o‘rta maxsus va xalq ta’limida, davlat va jamoat boshqaruvning turli bo‘g‘inlarida mehnat qilmoqdalar.