Olim

DJAMILOVA NARGIZA NURITDINOVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor

   1969-yil 7-iyun kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumanida  tug‘ilgan. 1986-yil o‘rta maktabni bitirgan. 1986-1990 yillarda  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  institutining  “Maktabgacha tarbiya” fakultetida ta’lim olgan. Mutaxassisligi pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi, maktabgacha tarbiya metodisti. 1990 yilda Nizomiy nomidagi TDPIni imtiyozli diplomga tamomlagan. N.N.Djamilova  ilmiy-pedagogik faoliyatni 1990 yilda Nizomiy nomidagi TDPIning “Maktabgacha tarbiya metodikasi”kafedrasida  assistent o‘qituvchi lavozimidan boshlagan, 2000-2003 yillarda Nizomiy nomidagi TDPU aspiranti, 2003-2009  yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” fakulteti, “Maktabgacha va oilaviy ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2009-2010 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogika va psixologiya” fakulteti, “Maktabgacha va oilaviy ta’lim” kafedrasi dotsenti, 2010-2013 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, 2014-2020 yillarda “Maktabgacha ta’lim” fakulteti, “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, 2021 yildan hozirgi vaqtgacha “Maktabgacha ta’lim” fakulteti, “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi professori  lavozimida ishlab kelmoqda. N.N.Djamilova 2000-2003 yillarda Nizomiy nomidagi TDPUning 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha aspiranturada tahsil olgan. 2007 yilda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI huzuridagi  ilmiy darajalar beruvchi D.113.20.01-raqamli Ilmiy kengashi yig‘ilishida, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha, "Pedagogicheskiye osnovi formirovaniya organizatorskix kachestv u uchashixsya pedagogicheskix kolledjey” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009-yilda “Maktabgacha ta’lim” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi. 2010-2013 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining katta ilmiy xodim-izlanuvchisi institutida faoliyat yuritgan. 2020-yilda Nizomiy nomidagi TDPU  huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashi yig‘ilishida “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari” mavzusida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha, pedagogika fanlar doktori (DSc)  ilmiy darajasini olish uchun  dissertatsiya ishini  himoya qilgan. Hozirda “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi “ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga ega. Professor N.N.Djamilova hozirgi zamon pedagogikasining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan tashkilotchilik, boshqaruv nazariyasi va maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy axloqiy  tarbiyasi masalalari bilan ko‘p yillardan buyon faol shug‘ullanib kelayotgan, mamlakatimiz va bir qator chet el olimlari bilan ilmiy hamkorlik olib borayotgan yetuk mutaxasis-olim sifatida tanilgan. Uning imiy ishlari mamlakatimiz va chet ellarda–AQSH, Germaniya, Italiya, Rossiya, Belorussiya kabi davlatlar nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan. N.Djamilova  bir necha yillar (2009 – 2020) davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy amaliy  grantlarida a’zo sifatida ishtrok etgan.



   Professor  N.Djamilova ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 120 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumaladan 4 ta monografiya, 3 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlagan. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi tavsiyasi bilan 2008 yilda “Oila pedagogikasi”, 2013-yilda “Maktabgacha pedagogika”, 2020-yilda “Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi”, 2021-yil “Bolalar jismoniy tarbiyasi”, ”Pedagogik akmeologiya”, 2022-yil “Теория и технология физического развития детей” nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. Hozirgi kunda professor Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi, Rossiya va Respublika miqyosidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ilmiy axborotlari ilmiy nazariy jurnali va “Tarbiyachi”  ilmiy jurnallar tahririyati a’zosi sifatida faol ishtirok etmoqda. Professor N.Djamilova Nizomiy nomidagi TDPUning “Maktabgacha ta’lim” fakultetida “Bilag‘on bolajon” ilmiy markaziga rahbarlik qilmoqda va uning rahbarligida kafedra ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda, ilmiy tadqiqotchilarga rahbarlik qilib kelmoqda. Professor N.Djamilova kafedradagi keyingi 5 yilllik faoliyati davomida  2 ta monografiya, 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi, 30 dan ortiq ilmiy maqola va materiallari Scopus va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida chop etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining 4 ta dasturiy mahsulot uchun guvohnomasi rasmiylashtirilgan. Professor N.Djamilova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim vazirligining ilmiy-tadqiqotlar va uslubiy bo‘limlari bilan hamkorlikda ekspert sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2008 - yildan buyon muntazam ravishda yoshlarda tashabbushkorlikni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlarda ishtirok etadi. Professor N.Djamilova 30 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab bakalavr, magistr va ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.  Uning shogirdlari bugungi kunda oliy, o‘rta maxsus va xalq ta’limida, davlat va jamoat boshqaruvning turli bo‘g‘inlarida mehnat qilmoqdalar.