Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich 1988-yil 8-yanvarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek. 2009-yilda Urganch davlat universitetining “Fizika” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich 2011-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti, Fizika fakultetida “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2020-yilda Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 02/30.12.2019.K/FM/T.36.01-raqamli ilmiy kengashda 01.04.06 – Polimerlar fizikasi ixtisosligi boʻyicha “Elektr oʻtkazuvchan polimerlarda zaryad tashuvchilar dinamikasini modellashtirish” mavzusida Fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mehnat faoliyatini 2011-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagandan so‘ng Urganch davlat universitetining Fizika kafedrasida o‘qituvchi-stajyori lavozimidan boshlagan. 2014-yilda shu universitetning Fizika kafedrasi o‘qituvchisi va 2017-yilda tayanch doktoranti bo‘lgan. 2020-yilga kelib, Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga tayinlangan. 2021-yilda Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasining dotsenti lavozimiga tayinlandi. 2023-yilda Urganch davlat pedagogika instituti (UrDPI) tashkil etilishi munosabati bilan institutning “Aniq va amaliy fanlar” fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. 2025-yilda Urganch davlat pedagogika instituti Fizika va astronomiya kafedrasida professor vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi va 2026-yildan boshlab hozirgi vaqtgacha Urganch davlat pedagogika instituti “Fizika va astronomiya” kafedrasi professori vazifasida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Umumiy mehnat faoliyati 17 yil. Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich tomonidan 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar nashr etilgan. Shular jumlasiga 30 dan ortiq ilmiy maqola (12 tasi Scopus va Web of Science bazasiga kirgan), 50 ta tezis, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma. 1 ta elektron darslik, 1 ta elektron o‘quv qo‘llanma, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy ko‘rsatma, 1 ta monografiyalarni misol qilish mumkin. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 13 dan ortiq bakalavr talabalari bitiruv malakaviy ishlarini hamda umumiy soni 11 nafar magistr talabalari magistrlik dissertatsiyasi ishini himoya qilishgan va himoya qilib kelmoqdalar. H.Sh.Matyoqubov o‘quv jarayonini ilmiy asosda takomillashtirish maqsadida 2013 – 2021-yillar davomida ko‘plab nufuzli respublika va xalqaro (ICTP) ilmiy-amaliy anjumanlarda, “Yilning eng faol yosh olimi” hamda “Eng yaxshi pedagog” kabi tanlovlarda muntazam g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari universitet tomonidan berilgan bir necha faxriy yorliqlarni qo‘lga kiritgan. - 2024-yil Matematika va matematik modellashtirish instituti va Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti (Olmaota, Qozog‘iston) hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro konferensiyada tashkilotchi sifatida hamda o‘zining “Exciton dynamics in branching conducting polymers” (Tarmoqlangan o‘tkazuvchan polimerlarda eksiton dinamikasi) nomli ma’ruzasi bilan maʼruzachi sifatida ishtirok etgan. - 2024 – 2025-yillarda Turkiya davlatining Fethiye shahrida “Kvant materiallar va texnologiyalar” mavzusida ketma-ket ikkinchi va uchinchi xalqaro konferensiyada Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich o‘z ma’ruzasi bilan faol qatnashib, bir nechta sertifikat bilan taqdirlangan. - 2025-yil 29-30-sentabr kunlari Urganch davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan “Recent advances in photonics and quantum optics: new optoelectronic technologies, quantum communications, and quantum computers” mavzusida Xalqaro konferensiyasi tashkilotchisi. Matyoqubov H.Sh. O‘zbekiston fizika jamiyati va qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yirik konferensiyalarda tashkilotchi sifatida ishtirok qilgan va bu xalqaro anjumanlarga talabalar va yosh olimlarni bevosita tinglovchi sifatida qatnashishini ta’minlashda ishtirok qilgan. Jumladan: - “Dynamics Days Central Asia”, 18-20 sentabr 2019, Samarqand. - Summer School “New Advances in Quantum Information Science and Quantum Technologies”, 10-18 sentabr 2019, Samarqand. - ICTP Summer School “Advances in Condensed Matter Physics: New trends and Materials in Quantum Technologies”, 07-15 may 2019, Samarqand. - Summer School “New Advances in Condensed Matter Physics: Quantum transport, topological effects and energy conversion in low-dimensional systems”, 20-28 sentabr 2017, Xiva - “Asia-Pacific Conference and Workshop on Quantum Information Science”, 26-28 sentabr 2017, Xiva. Shular jumlasiga quyidagi qator xalqaro anjumanlarni kiritish mumkin (so‘nggi 5 yildagilar). - Matyoqubov H.Sh. Horizon – 2020 jamg‘armasi hisobidan “Spectral Optimization: From Mathematics to Physics and Advanced Technology/SOMPATY” mavzusida quyidagi davlatlarda Research visits abroad: Institute of Mathematics, Universität zu Lübeck, Germany-2022, Ilmenau Technical University, Germany – 2023, Nuclear Physics Institute, Czech Academy of Sciences – 2023, Ilmenau Technical University, Germany – 2024, Institute of Mathematics, Universität zu Lübeck, Germany-2025 ilmiy stajirovkalar olib bordi. - 2025-yil 13-18-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasi Ashgabat shahrida Turkmaniston Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti (IUHD) tomonidan o‘tkaziladigan Universitetlar talabalari uchun ochiq matematika olimpiadasida (OMOUS-2024) jamoasiga rahbar sifatida ishtirok qilgan. Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich o‘z mehnat faoliyati davomida bir qancha Xalqaro va Respublika grantlarida bajaruvchi sifatida ishtirok qilgan. Shular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. - UNDP fondining 46300 AQSH dollari hajmidagi “Установка производства биогаза для подсобных хозяйств.” mavzusidagi UZB/SGP/0P4/Y2/RAF/2009/16 raqamli ilmiy-tadqiqot ishida qatnashgan. - TWAS fondining 18000 AQSH dollari hajmidagi “Si-SiO2 chegaralarida joylashgan nano o‘lchamli lokal potensialning yon sig‘imiga ta’sirini modellashtirish” mavzusidagi - 174 RG/PHYS/AS_G FR:3240262672 raqamli ilmiy-tadqiqot ishida qatnashgan. - O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining BF2-022 raqamli “Tarmoqlangan uglerod nanostrukturalarida kvant transporti” loyihasida qatnashgan. - Xalqaro O‘zbekiston-Germaniya “Динамика носителей заряда в тонкопленочниках солнечных элементакс на основе полимеров” mavzusidagi M/UZ-GER-06/2016 (UZB-007) raqamli ilmiy-tadqiqot ishida qatnashgan. - 04.2022 – 03.2024-yillarda Xalqaro O‘zbekiston-Turkiya “Quasiparticles and soliton dynamics in brandched superconducting materials” MRT-2130213155 loyihadida faol ishtirok qilgan. - 04.2020 – 09.2025-yillar oralig‘ida Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich bevosita ishtirok qilgan hamda hozirda ishtirok qilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari HORIZON 2020-“Spectral Optimization: From Mathematics to Physics and Advanced Technology (SOMPATY)”, Grant agreement ID:873071. H.Sh.Matyoqubov hozirgi kunda quyidagi loyihalarda ishtirok qilib kelmoqda: - 2023-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan muddatda “Kichik o‘lchamli nanostrukturalarda boshqariladigan kvant tashish: tarmoqli kvant – funksional materiallarni modellashtirish va loyihalash” - 2025-yildan 2027-yilgacha bo‘lgan muddatda “Past o‘lchamli ochiq Manakov kvant tarmoqlarida boshqariladigan dinamika” loyihasi. Uning tashabbusi va rahbarligida kafedrada “Tarmoqlangan nanostrukturalarda kvant transporti” yo‘nalishidagi yangi ilmiy maktabga asos solindi va yosh olimlar uchun xalqaro grantlarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratildi. 2025-yilda uning soha mutaxassislari va yosh tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan “Tarmoqlangan elektr o‘tkazuvchan polimerlarda zaryad tashuvchilar dinamikasini modellashtirish” nomli yirik monografiyasi nashr etildi. Shuningdek, u tomonidan yaratilgan “Optika” va “Umumiy fizika” fanlaridan elektron darsliklar hamda innovatsion o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik huquqi (DGU) bilan tasdiqlangan va respublika oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilgan. H. Matyoqubov oliy ta’limda fizikani o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalarni tatbiq qilishning tashkilotchisi bo‘ldi. Fakultet dekani sifatida u yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun “Beruniy izdoshlari” va “Fizika innovator” kabi ilmiy to‘garaklar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, talabalar turar joylarida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish borasida insonparvarlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, “Innovatsion ilm-ta’lim texnologiyalari markazi”, “Iqtidorli talabalarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash markazi” kabi bo‘linmalar samarali faoliyat ko‘rsatib, ilm-fan yutuqlarini hayotga, xususan, yangi avlod quyosh elementlarini yaratish jarayoniga tatbiq etishda fakultet dekani Hikmatjon Matyoqubovning jonkuyarligi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Olim Xorazm viloyatidagi maktablarda keng ko‘lamli o‘quv va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boradi, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, “Ma’rifat soatlari” kabi davlat tadbirlarida o‘zining chuqur bilimi va hayotiy tajribasi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. H. Matyoqubov uzoq yillar davomida fan va innovatsion texnologiyalar sohasida xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda uning boshchiligidagi jamoa Ozarbayjon, Chexiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Rossiya olimlari bilan o‘zaro manfaatli korporativ hamkorlikni muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.