Narkulov Suxrob Dusmuratovich Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri. 1983-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Narkulov Suxrob Dusmuratovich 2006-yilda M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining bakalavriat (B №025216, 10-iyun 2006-yil), 2008-yilda shu fakultetning magistratura (M №034824, 21-iyun 2008-yil) bosqichini tamomlagan. 2009-2012-yillar O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi sifatida “O‘zbekiston jamiyati ijtimoiy-ma’naviy rivojlanishida falsafiy ongning o‘rni” mavzusida tadqiqot olib bordi va falsafa fanlari doktori, professor O‘.M.Abilov rahbarligida 2012-yil 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan nomzodlik (01 № 013193, 26-aprel 2012-yil) dissertatsiya ishini himoya qildi. 2015-2018-yillar shu universitetning mustaqil tadqiqotchisi sifatida “Mustaqillik davrida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar” mavzusida tadqiqot olib bordi va falsafa fanlari doktori, professor O‘.M.Abilov ilmiy maslahatchiligida 2018-yil 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan doktorlik (04 № 005463, 28-mart 2018-yil) dissertatsiya ishini himoya qildi. Umumiy ish faoliyati 20 yil. Suxrob Narkulov o‘z pedagogik faoliyatini 2006-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlagan, 2010-2014-yillar shu kafedrada katta o‘qituvchi, 2011-2014-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy malakali hamshiralik fakulteti dekan muovini, 2015-2016-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy malakali hamshiralik fakulteti dekani, 2016-2025-yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, 2025-yil 26-avgustdan hozirgi kungacha Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Pedagogik faoliyati davomida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlari natijalari asosida 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan 2016-yil dotsentlik (03 № 007691, 28-sentyabr 2016-yil) va 2023-yil professorlik (05 № 004289, 28-fevral 2023-yil) ilmiy unvonlarini olgan. Zamonaviy o‘qitish usullaridan, yangi pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, Narkulov Suxrob Dusmuratovich «Falsafa», «Dinshunoslik» fanlarining namunaviy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etdi, ushbu dasturlar asosida ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualarning muallifidir. Bundan tashqari Narkulov Suxrob Dusmuratovich ushbu fanlardan sillabuslar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruzalar matnlari va ularning multimedia shakllarini tayyorladi. Narkulov Suxrob Dusmuratovich tomonidan 230 tadan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, bulardan 100 ta ilmiy maqola, 100 ta tezis, 9 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 26 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta uslubiy tavsiyanoma va 8 ta monografiya, xususan “Falsafiy ong va ma’naviy yangilanish” (2012-yil, 140 bet), “Fuqarolik jamiyati va ijtimoiy ongda transformatsiya jarayonlari” (2015-yil, 190 bet), “Modernizatsiya va o‘zbek etnotafakkuridagi yangilanishlar” (2021-yil, 144 bet), “Ezgulikka talpingan insonlar” (2024-yil, 140 bet), “Ta’lim xizmatlari bozorida samarali marketing tadqiqotlari” (2025-yil, 110 bet) kabi 10 ga yaqin monografiyalar, “Dinshunoslik” (2024-yil, 260 bet), “Falsafa” (2024-yil, 390 bet) kabi 10 ga yaqin darsliklar, “O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” (2020-yil, 140 bet), “Soliq va soliqqa tortish” (2022-yil, 120 bet), “Ibn Sino tib qonunlari” (2022-yil, 170 bet), “Mantiq” (2025-yil, 180 bet) kabi 10 dan ziyod o‘quv qo‘llanmalar, Journal of innovations in social sciences ilmiy junalida “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichi va ijtimoiy ongdagi transformatsiya jarayonlari” mavzusida, Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences ilmiy jurnalida “The Role of Social Sciences in the Development of Students' Ideological Immunity” mavzusida, Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal ilmiy jurnalida “The Influence of Creative Characteristics of Social Consciousness on the Formation Process of Citizenship” mavzusida, Eurasian journal of academic research ilmiy jurnalida “Ijtimoiy ong yaratuvchanlik xususiyatining fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoniga ta’siri” mavzusida va shu kabi ilmiy maqolalarni 100 dan ziyod xorij va respublikaning nufuzli ilmiy jurnallarida, “Bioetika va tibbiyot huquqi” Xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyasida “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi va bioetika: muammolar va istiqbollar” mavzusida, “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusida Singapurda bo‘lib o‘tgan “Multiditsiplinar tadqiqotlar” bo‘yicha xalqaro konferensiyada “Attention to the younger generation is a factor in the development of society” mavzusida, Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Tendensii formirovanie nauki novogo vremeni” xalqaro konferensiyada “Новое общественное сознание в условиях независимого развития Узбекистана” mavzusida, Shvesariyada bo‘lib o‘tgan 4-xalqaro konferensiyada “National Values And Their Role In The Life Of Human And Society” mavzusida va shu kabi tezislar bilan 100 ga yaqin Xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan. Suxrob Narkulov ilmiy rahbarligida 3 nafar tadqiqotchi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishi ustida ish olib borishmoqda. Zohirov Ramiz Turdimurodovich 2020-yil 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “Oilada avlodlararo munosabatlarni mustahkamlash: an’anaviylik va zamonaviylik” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2023-yil “Oila institutini mustahkamlashning ijtimoiy-demografik, normativ va etnoma’naviy asoslari” mavzusida falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qildi va OAK tomonidan tasdig‘ini oldi. Suxrob Narkulov bugungi kunda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borish bilan birga Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida respublikaning tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradigan professor-o‘qituvchilariga “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari” fanidan ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.
Professor S.D.Narkulov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti huzuridagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/08.05.2024.F.135/01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.01.05 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi. Shuningdek, AQShning “American Journal of Social and Humanitarian Research” nomli ilmiy jurnalida, O‘zbekistonning “Innovations in science and technologies” nomli ilmiy jurnalida tahririyat a’zosi. S.D.Narkulov o‘zining pedagogik va mutaxassislik malakasini doimiy oshirib keladi. Xususan, 2026-yil yanvar oyida Turkiyaning Firat Universitetida “Professional Development – Digitalization and 21st Century Skills” mavzusidagi 144 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladi. Dastur doirasida ilmiy loyihalar yozish bo‘yicha treninglar, pedagogika va professional rivojlanish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari, ta’limda raqamlashtirish va elektron texnologiyalarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar, og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, hikoyalar orqali til o‘qitish (storytelling), drama asosida til o‘qitish, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va darsliklarni tahlil qilish, ta’limda XXI asr ko‘nikmalarining ahamiyati kabi yo‘nalishlarda qator nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tashkil etilgan seminar-treninglar professor S.D.Narkulov uchun ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni ko‘rish va o‘rganish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. S.D.Narkulov tomonidan Omonov B.N. “Ekologik globallashuv va uning O‘zbekiston ekologik siyosatiga ta'siri”; Djurakulov X.A. “Zamonaviy ekoturizm rivojida shaxs ekologik huquqiy ongini yuksaltirish zaruriyati”; Hashimova G.I. “O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy madaniyatining ijtimoiy-falsafiy tahlili”; Soqiev X.V. “Axborotlashgan jamiyatda shaxs identikligining shakllanish xususiyatlari”; Sultonov S.H. “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy adolat tamoyillarining ijtimoiy-falsafiy tahlili”; Djuraev L.N. “Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida yoshlar iqtisodiy madaniyatining transformatsiyalashuvida innovatsiya sotsiomadaniy fenomen sifatida”; Imamov B.B. “Innovatsion madaniy munosabatlar – millatlararo totuvlikni ta'minlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari”; Muratova D.A. “Texnogen sivilizatsiyasida inson ongi transformatsiyalashuvining falsafiy tahlili”; Abidov A.Sh. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda konfessiyalararo hamjihatlikning o‘rni”; Sherov M.B. “O‘zbekiston harbiy xizmatchilarida kreativ tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari (ochiq manbalar asosida)” va boshqa 50 ga yaqin tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan doktorlik dissertatsiya ishlariga rasmiy opponetlik qilgan. Narkulov Suxrob Dusmuratovich hozirgi kunda Toshkent davlat tibbiyot universitetida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda tub yangi islohotlar tizimini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda, shu bilan birga pedagog, olim sifatida o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan talabchan, u o‘z ustida doimiy izlanishda, hamkasblari, talabalar hurmatiga sazovor insondir.